Shartnoma № “ ” 2023 yil Namangan shahri


III. MUTAXASSISLIK KAFEDRASINING MAJBURIYATLARI



Yüklə 44,48 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü44,48 Kb.
#174992
1   2   3   4   5   6
Amaliyot shartnomasiXTA

III. MUTAXASSISLIK KAFEDRASINING MAJBURIYATLARI



  • malaka amaliyoti boshlanishidan ikki oy oldin talabalar malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturini tasdiqlash uchun taqdim etish;

  • har bir bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha malaka amaliyoti buyruqlari loyihalarini shakllantirish;

  • talabalarga malaka amaliyoti hujjatlari majmuasini nashr qilishni tashkil etish va ta’minlash;

  • talabalarning malaka amaliyotini oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini oʻquv-uslubiy boʻlim, va dekanatlar bilan hamkorlikda tashkil qilish;

  • qabul qiluvchi tashkilotlarda malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturini bajarilishi, talabalar hisoboti mavjudligining nazorat qilish hamda hisobot himoyasini tashkil qilish;

  • oliy ta’lim muassasasi Kengashiga malaka amaliyotlari oʻtkazilganligi haqida bir oʻquv yilida bir marta hisobot berish.



IV. AMALIYOT RAHBARINING MAJBURIYATLARI



  • malaka amaliyotini oʻtash joylariga talabalami taqsimlashda ishtirok etish;

  • malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka amaliyoti oʻtkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur koʻrsatmalar va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish;

  • zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;

  • malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga malaka amaliyoti dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash;

  • talabalarni malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi hamda kundalik bilan ta’minlash;

  • talabalatning malaka amaliyoti oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish;

  • qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan talabaning malaka amaliyotini oʻtashi holati boʻyicha muntazm ravishda aloqada boʻlish;

  • malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik toʻldirishining nazoratini olib borish, zarur hollarda uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joylariga borib koʻrish yoʻli bilan amalga oshirish;

  • talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga koʻrsatma va tavsiyalar berish;

  • talabalarning malaka amaliyoti boʻyicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash;

  • malaka amaliyotini oʻtashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda oʻz taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va institut Kengashida koʻrib chiqish uchun) taqdim elish.




Yüklə 44,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin