Obektiv simptomlari: zararlangan tomonda ko’z yumshoq toqimasini shishi va
giperemiyasi aniqlanadi, bundan tashqari ko’z yosh sohasi shishi, ko’z yoshni bu-
runlab burmagidan oqib turishi, burun shilliq qavati shishgan va giperemiyalash-
gan, dermatit, impetigo, burun kirish sohasi va yuqori lab sohasini ekzemasi, bu-
rundan doimiy shilliq- yiringli ajralma kelib turishi, gohida burun kirish qismida
furunkul bo’lishi mumkin.
Peshona do’ngini yoki ko’z usti teshigi sohasi (n. supraorbitalis) chiqadigan
teshik) bosib ko’rilganda og’riqni bemorlar his qiladilar. Barmoq bilan orbitani
tashqi ichki burchagi bosib ko’rilganda og’riq his qiladi- Yuingni og’riq nuqtasi.
Endoskop bilan tekshirilganda zararlangan peshona sohasida burun bo’shlig’ini
o’rta 1/3 qismida shish va giperemiya aniqlanadi, o’rta burun chig’anog’i katta-
lashgan, ko’p miqdorda yiringli ajralma, ayniqsa bu burun chig’anoqlarini qon to-
mir toraytiruvchi dori vositalari bilan surtilganda miqdori yana oshadi. Ajralma
o’rta burun yo’lini oldingi sohasida paydo bo’ladi va pastki burun chig’anog’ini
oldidan oqib turadi. Bundan tashqari yuqorida aytib o’tilgan o’rta burun
chig’anog’i ikkilanishi bo’ladi- Kaufman fenomeni.
Surunkali frontitni samarasiz davolanilsa bemorni ahvoli asta sekinlik bilan
yomonlasha boradi. Peshona bo’shlig’ida granulyasiya, polip, mukosele, bo’shliqni
suyak devoir kazeoz va xolesteatomli bo’lib o’zgaradi, oqmalar paydo bo’ladi,
oqma ko’pincha ko’z sohasiga ochiladi. Bo’shliqni orqa devori buzilsa, bemorda
kalla ichi asoratlari kuzatiladi.
Tashxis. Surunkali frontitni bemorni anamnezi (kasallikni kechishi 3 oydan or-
tiq bo’lishi), subektiv va obektiv belgilariga hamda yordamchi burun yo’llarini
anemizatsiya qilishdan keying ko’rinishlar, rentgenoskopiya va asoratli shakllarida
KT va MRT tekshiruvlariga asoslaniladi. Eng “qimmatli” tekshirish usullaridan
to’g’ridan va yon tomondan tushurilgan proeksiyalardagi rentgenografiyalar
hisoblanadi. Bunda ekssudat sathi, bo’shliqni total soyalanishi, poliplar, kazeoz va
xolesteatomli massalar bilan fragmentar soyalanish aniqlanishi mumkin.
Qiyosiy tashxis. O’tkir frontit va surunkali frontitni xurujini latent kechuvchi
shakli bilan o’tkaziladi. Bundan tashqari surunkali etmoidit va surunkali gaymorit
bilan qiyosiy tashxis o’tkaziladi. Surunkali frontitni uch shoxli nervni nevralgiyasi,
peshona bo’shlig’ini o’smasimon kasalliklari bilan qiyosiy tashxislanadi.
Davolash. Konservativ va “yarim jarrohlik” usulida davolash bemor uchun mu-
nim hisoblanadi. Davolash natijasi yaxshi bo’lmasa ham lekin bemorda klinik
kechishini yengillashtiradi va chuqur patomorfologik o’zgarishlarga olib kelmaydi.
Surunkali frontitni davolash chora tadbirlari o’tkir frontitni davolashdagi shora
tadbirlarga o’xshash kechadi.
Bunning uchun surunkali o’choqli infeksiyalarni sanatsiya ya’ni ichki burun
kasalliklari bilan hamroh kechishida: burun- peshona kanalini va boshqa
bo’shliqlarning kanallarini drenaj funksiyasini yaxshilashga qaratilgan muolajalar
(septum- jarrohlik, burun poliplarini olib tashlash, medial yo’nalishda o’rta burun
chig’anog’ini oldingi qismini lyuksasiyasi, g’alvirsimon labirintni periinfundib-
ulyar hujayralarni olib tashlash va bosh). Lekin barcha ko’rsatilgan konservativ va
“yarim jarrhlik” usullari har doim ham ayniqsa bemorda allergiya yiki patologik
jarayonni keltirib chiqaruvchi ma’lum bir omil shakllangan bo’lsa bemorni tu-
zalishiga olib kelmaydi. Bemorda periost va suyak to’qimasi yallig’lanishi,
mukosele yoki xolesteatoma va surunkali yallig’lanishning asoratlari bilan
kechgan bo’lsa konservativ davo samara bermaydi. Bunday holatda faqatgina
bemorga jarrohlik amaliyoti naf berishi mumkin.
Jarrohlik dovasi. Surunkali frontitni jarrohlik usulida davolashdan maqsad:
peshona bo’shlig’ini ochish, shilliq qavatdan patologik o’zgarishlarni va patomor-
fologik o’zgarishlarni ( granulyatsiyali to’qima, poliplar, suyak to’qimasini ne-
krozga uchragan qismi) olib tashlash, bo’shliqni drenaj va ventilatsion funksiya-
larini tiklash maqsadida burun- peshona kanalini shakllantirish. Agar bir vaqtning
o’zida boshqa bo’shliqlarda o’zgarish bo’ladigan bo’lsa, bir vaqtning o’zida
boshqa bo’shliqlarni xirurgik sanasiya qilishdan iborat bo’ladi. Barcha burun-
peshona kanalini shakllantirish uchun o’rta burun chig’anog’ini oldingi qismini
medial lyuksasiyasi va barcha g’alvirsimon labirintning periinfundibulyar hujay-
ralarini olib tashlab, burun-peshona kanalisni shakllantirishdan iborat bo’ladi.
Peshona bo’shlig’idagi barcha jarrohlik amaliyotlari 3 ga bo’linadi:
1.
Tashqi peshona orqali (Ogston- lyuk, Kuntu bo’yicha peshona bo’shlig’ini
oldingi devorini trepanatsiyasi, bunda peshona bo’shlig’ini oldingi devori, qosh us-
ti ravog’ini va peshona bo’shlig’ini pastki devorini total rezeksiyasi, peshona
bo’shlig’ini orqa devorini teri parchasidan invaginatsiya qilib yotqizish).
2.
Tashqi ko’z orqali (Yansen– Jaku bo’yicha peshona bo’shlig’ini pastki devo-
rini trepanatsiyasi).
3.
Burun orqali (Galle-Vake-Deni bo’yicha qiyshaygan tugmali zondni taxmi-
nan yuborish bilan peshona- burun kanali oldidan suyak massasini olib tash-
lashdan iborat).
Ko’pgina peshona bo’shlig’ini ochish qo’llanmalari (Killian- Taptas, Tilley,
Mouret, N.V. Belogolova va boshqalar) yuqoridagi usullarni modifikasiyasi
hisoblanadi. Shuni aytib o’tish kerakki Kunta jarrohlik amaliyoti hozirgi kunda
jarohatli va bundan keyin katta nuqson qolganligi uchun qo’llanilmaydi.
Tashqi peshona orqali Ogston- Lyuk usuli. Bu jarrohlik usulida peshona
bo’shlig’ini ochish yuqori jag’ bo’shlig’ini ochishda bajariladigan Kolduella- Lyuk
jarrohlik amaliyotini analogi hisoblanadi. Bu usul g’arb davlatlarida kam travmat-
ik, bo’shliqqa yaxshi kirish, jarrohlik amaliyotidan keyin parvarish yyengil va
qulay bo’lganligi uchun ko’p bajariladi.
Ko’rsatma: samarasiz konservativ davo (trepanopunksiya, antibiotikoterapiya,
dekongestantlar); tabiiy burun- peshona kanali orqali peshona bo’shlig’ini endona-
zal drenajlash bajarila olinmasa; peshona bo’shlig’ini ko’p kamerali turida surunk-
ali frontit bo’lishi; polipozli frontit; jarohatdan keying frontit; jarohat natijasida
peshona bo’shlig’ida yot jism va suyak to’qimasini joylashib qolishi; orbital aso-
ratlar; surunkali frontit natijasida o’tkir meningoensifalit bilan asoratlanishi.
Qarshi ko’rsatma: o’tkir asoratlanmagan frontit; 14 yoshgacha; umumiy sistemali
kasalliklar; barcha jarrohlik amaliyotiga vaqtincha yoki doimiy qarshi
ko’rsatmalar. Peshona bo’shig’ida jarrohlik amaliyoti qarshi ko’rsatma bo’lsa ham,
hayot uchun xavfli holatlarda amalga oshiriladi.
Og’riqsizlantirish: Mahalliy yoki umumiy og’riqsizlantirish ostida olib boriladi.
Mahalliy og’riqsizlantirish qosh usti sohasiga teri orasiga va teri ostiga 1% li no-
vokainni infiltrasiya qilib yuboriladi. xosil qilingan infiltrasiya maydoni kesma
kesiladigan jarohatdan katta bo’lishi kerak, bundan tashqari burun ildizidan 3-4 sm
pastdan ushlab olinadi. Og’riqsizlantirish jarayoni infundubulyum, o’rta burun
chig’anog’i, burun to’sig’ini yuqori qismi va hid bilish sohasini og’riqsizlantirishi
bilan tugatiladi.
Jarrohlik amaliyoti texnikasi. Peshona bo’shlig’ini “oddiy trepanasiya” si 5 ta bos-
qichdan iborat.
1.
Qosh usti ravog’i bo’ylab teri va suyak usti parda birga kesiladi; qon tomir
bog’lanib yoki elerktokaugulyatsiya yo’li bilan gemostaz; dokali prokladka ko’zga
yopiladi; peshona do’ngini va peshona bo’shlig’ini oldingi devori to’g’ri keng is-
kana bilan yumshoq to’qima ko’chiriladi; suyak maydonini ilmoq bilan ken-
gaytirish.
2.
Peshona bo’shlig’ini tarnovsimon iskana yoki Voyatshekning tarnovsimon
(1.48 rasm) iskanasi bilan trepanatsiyasi bajariladi; o’rta chiziqdan 1 sm tashqari-
dan uzoqlashib suyak qisqichlari yordamida suyak jarohatining qirralari tekisla-
nadi.
3.
Bo’shliq ichini ko’zdan kechirish, patologik o’zgargan shilliq qavatni yoki
patologik to’qima maydonini aniqlash, bo’shliqlar o’rtasini ehtiyotkorlik bilan ky-
uretaji, gohida shu devor shilliq qavatni dublekaturasi bo’lib infeksiya’ni qarama-
qarshi tomonga o’tmasligi uchun. Kyuretajni bo’shliq miya devori tomonda olib
borish ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Bo’shliq ko’zdan kechirilib
bo’lgandan keyin G. Laurens bo’shliqni yuqori tashqi sohasini tamponada qilishni
tavsiya qiladi.
1.48 rasm. LOR- a’zolarida suyak bosqichida jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun
qo’llaniladigan jarrohlik asboblari. a) V.I. Voyatshek iskanalari: 1- tarnovsimon iskana, 2- huddi
shu 4mm, 3- 8 mm, 4- 10 mm; b) suyak qisqichlari: 1- Yansenning suyak qisqichi; 2- suyak uchun
to’g’ri qisqich- ombir, 3- suyak uchun qiyshaygan qisqich- ombir.
4.
Peshona- burun drenaj kanalini shakllantirish. Bo’shliqni pastki-ichki bur-
chagidan peshona-burun kanalini yuqori teshigi qidiriladi va uyerga dastali dia-
metrik 5mm dan katta bo’lmagan o’tkir qoshiqcha kirgaziladi va ehtiyotkorlik bi-
lan kanal kyuretaji o’tkaziladi.
Asbobning harakati peshona-burun kanali va o’rab turuvchi g’alvirsimon labirint
to’qimasini buzgan holatda ichkariga, yuqoriga, orqaga, pastga, oldinga hara-
katlantiriladi, taxminan jimjaloq barmog’ini uchi kiradigan darajada teshik
shakllantiriladi. Sun’iy burun-peshona kanali shakllantirilganidan so'ng, peshona
bo’shlig’ini Mikulich bo’yicha tamponada qilinadi. Tamponada oxirida tamponni
bir uchini kanalning peshona teshigidan tiqilib burun teshigidan chiqariladi.
5.
Ligaturani ostidan dokali valik qo’yib teri jarohatini atravmatik igna bilan 3-
4 ta chok qo’yib tikiladi. Choklarni jarrohlik amaliyotidan 6 sutka o’tgandan so’ng
olib tashlanadi.
Killian bo’yicha peshona bo’shlig’ini fronto-orbital trepanasiyasi.
Bu usul XX asrga kelib keng tarqadi, bunda ijobiy taraflari ko’p bo’lib, jarrohlik
amaliyoti maydonini keng ko’rinishi, g’alvirsimon hujayralarini deyarli barcha hu-
jayralarini va hamda asosiy bo’shliqni ochish, patologik o’zgargan to’qimani toza-
lash qoidalariga rioya qilish va yaxshi kosmetik natijani kutish, sun’iy burun-
peshona kanalini optimal shakllantirishni amalga oshirsa bo’ladi. Bunda bir vaqtni
o’zida ikkinchi peshona bo’slig’ini reviziya qilish imkonini berib, ikkinchi
peshonani frontotomiyasi amalga oshirilmaydi.
Ko’rsatma va qarshi ko’rsatma Ogston- Lyuk usulidagi ko’rsatmalar bilan birxil.
V.V. Shapurov peshona bo’shlig’inida bajariladigan Killian jarrohlik amaliyotiga
quyidagi ko’rsatmalarni sanab o’tgan:
1.
Peshona bo’shlig’ini surunkali empiemasi, suyak devorini yemirilishi bilan,
ayniqsa serebral devori;
1.49 rasm. Peshona- burun kanalini zondlash va peshona bo’shlig’ini bilan burun bo’shlig’i
sun’iy drenaj kanalini shakllantirish uchun asboblar: a) pashona- burun kanalini zondlash uchun
Ritterning peshona zondlari; b) g’alvirsimon labirint hujayralarini va peshona- bo’shlig’ini kanalini
kryutaj va teshishi uchun egiluvchan peshona qoshiqlari.
2.
Peshona bo’shlig’idagi ko’p qaytalaniuvchi yoki jarrohlik amaliyotidan key-
ing tuzalmagan sinusitlar;
3.
Peshona bo’shlig’i o’smalari;
4.
Peshona bo’shlig’i jarohatlanishidan keying yot jismlar;
5.
O’tkir va surunkali yiringli frontitlarda kalla ichi asoratlari.
Og’riqsizlantirish. Umumiy va mahalliy o’griqsizlantish ostida olib boriladi.
Jarrohli texnikasi. Jarrohlik amaliyotini nomlanishi (peshona bo’shlig’ini fronto-
orbital trepanasiyasi yoki ko’z- yuz frontitomiysi) bejiz emas, sababi bunda jar-
rohlik amaliyoti peshona bo’shlig’ini yuz devori bilan ko’z devorida olib boriladi,
lekin ularni orasidagi to’siq saqlangan holatda olib boriladi. Pesjona bo’shlig’ini
Killian bo’yicha jarrohlik amaliyoti bir necha bosqichdan iboratdir:
1.
Bir vaqtni o’zida 1.50, 1 da ko’rsatilgan qosh bo’yicha tashqi qirrasidan
chiziq bo’yicha teri va suyak usti pardasini yumshoq to’qimasini bir vaqtni o’zida
kesiladi. Kesma tashqi burunning yon sohasidan va burun lab burmasigacha yoy-
simon o’tkaziladi. A. S. Kiselyov (2000) ko’zning yuqori medial qirrasi sohasidan
suyak usti pardasi kesmaslikni tavsiya qiladi. V. V. Shapurov keyinchalik kesilishi
uchun kerak bo’ladigan sohasidan perpendikulyar chiziq o’tkazishni tavsiya qilgan.
Keyinchalik jarohat qirralarini kosmetik tikish uchun kerak bo’ladi. Gemostaz.
2.
Kesma o’tkazilgan sohadan yumshoq to’qimalarni ko’chirish, faqar ko’zning
tashqi medial sohasida 1-1,5 sm ko’chirilmaydi. Maqsad keyinchlik bo’ladigan
suyak- suyak usti pardani loskut oziqlanishini saqlash maqsadida (1. 50, 8 rasm).
3.
Suyak usti parda (a, 3) birinchi kesmadan 0,5- 1 sm yuqoridan parallel rav-
ishda kesiladi (a, 2). Bu keyinchalik killian ko’prigini ( c, 7, 8) chegaralarini angla-
tadi.
4.
Suyak usti parda kesmadan yuqoriga qarab ko’chriladi va peshona suyagi (
b, 4) yuz sohasi kortikal qavati ochiladi.
5.
Peshona o’shlig’ining oldingi devori trepanasiyasi (c, 6) tarnovsimon iskana
yordamida olib boriladi va Voyatshekni tarnovsimon iskanasi bilan gubkasimon
suyakdan qirib olinadi. Teshik boshida kichik bo’lib, keyinchalik ko’prik uchun
bo’shliqni kattaligini va bo’sgliq ichidagi bor narsa va yuqori qirrasiga (c, 7) nis-
batan chamalash uchun kerak bo’ladi.
6.
Peshona bo’shlig’ini yuz devorini trepanasiya’ni teshigini kengaytirish
uchun, teshikni kengaytiradigan maxsus qulay asboblardan foydalaniladi (Gaek
qisqichi, Voyatshekni suyak qisqichlari, iskanalari va boshq). Teshik kattaligini
bo’shliqni hajmiga va uning ichidagilariga (poliplar, xolesteatoma, granulyasiya,
o’sma), devorni patologik holatiga (osteomielit, sekvestr va oqmalar bo’lishi),
patologik jarayonni xarakteriga bog’liq bo’ladi. Gohida ko’rsatmaga muvofiq
peshona bo’shlig’ini oldingi devorini butunlay olishga to’g’ri keladi.
7. Killian bo’yicha keyingi bosqich, bo’shliq ichidagi barcha narsalardan
tozalashga qaratilgan. Hozirda bundan holat qo’llanilmaydi. Kalla ichi asoratlarida
(ekstra- va subdural abssesslarda, peshona bo’lagini abssessi, meningoensefalit va
boshq) jarrohlik amaliyoti kengaytirilgan tartibda o’tkaziladi va kalla ichi
patologik jarayonini ko’rinishi aniqlanadi.
8. Suyak usti pardasi kesilgan joydan pastroqdan a,2, chiziq bo’yicha
ko’chiriladi, tegilmagan suyak usti pardasi esa saqlaniladi. Suyak usti pasrdasini
ko’chirish peshona bo’shlig’ini pastki (ko’z) devorida va tashqi burunning yon
sohasida (1.50 rasm, b, c, d, va e da suyak usti loskuti oq chiziq shaklida
ko’rsatilgan) olib boriladi. Korsatilgan ko’chirish faqat ko’z devorini 1/3 sohasida
olib boriladi, ko’zning yuqori qiyshiq mushagi payini jarohatlamaslik uchun
bajariladi. Tashqi burunni yon yuzasini suyak usti pardasini ko’chirish ko’z yosh
chuqurchasini tashqi qirrasidan olib boriladi. 8- bosqichga kelgandan keyin ko’zni
dokali salfetka bilan yopiladi. Suyak trepanisiyasi bajarilayotganda qog’oz
plastinkaga nisbatan ehtiyot bo’linadi.
9. Peshona bo’shlig’ini pastki devorini trepanasiyasi suyak usti pardasini
pastdan shunday hisob kitob bilan kesiladiki, ko’prikni pastki qirasini aniqlash va
yuqori jag’ni peshona o’sig’ini yo’li bo’ylab burun bo’shlig’iga kiriladi. Suyakni
tarnovsimon iskana bilan olish uchun mo’ljal bo’lib tugmali zond hisoblanadi,
zondni bo’shliq tomonidan ko’prik ostidan otkazib peshona- burun kanali orqali
burun bo’shlig’iga kiritiladi.
10. Burunda suyak va shilliq qavat teshilgandan so’ng, g’alvirsimon hujayralarni
ochish maqsadida teshikni yuqori medial tomonga qarab kengaytirish mumkin.
Shu yo’l bilan asosiy bo’shliqni ham ochish mumkin.
11. Peshona bo’shlig’idan patologik tuzulmalarni olib tashlash.
12. Jarohatni qavatma- qavat tikish, pastki qavatni ketgut bilan, terini-
atravmavmatik igna bilan tikiladi.
13. Oxirgi bosqich bo’lib kauchukdan yoki polimer materialdan drenaj nay
qoyish bilan tugatiadi ( 1.50 rasm, d, 10). Kateterni yuqori uchi peshona
bo’shlig’ini tubida joylashishi kerak. Rasmda ko’rsatilganidek, agar kateter
yuqoriroq o’rnatiladigan bo’lsa bo’shliqda yotgan kateterni uchi biroz qirqiladi,
sababi bo’shliq ichidagi to’planadigan shilliq yoki qonli ekssudat kateterning
pastki uchi sohasdan chiqib ketishi kerak bo’ladi. Kateterni pastki uchi burun
kattaklaridan 1 sm chiqib turishi kerak bo’ladi. Kateter shunday mahkamlanishi
kerakki, jarrohlik amaliyotidan keyin kateter chiqib ketishi kerak emas.
Proshevidniy bog’lam. Ikkinchi kuni bo’shliqni antiseptik moddalar, antibiotik dori
vositalari, bilan bo’shliq ichi yuviladi. Kateterni 3 haftadan keyin olib tashlanadi.
1
2
3
a
4
5
b
6
7
8
c
8
9
d
10
Jarrohlik amaliyotidan keyingi davo. Jarrohlik amaliyotidan keyingi davo
xarakterini jarrohlik amaliyotiga ko’rsatma bo’lgan bo’shliq ichidagi patologik
jarayon, jarrohlik amaliyotidan keyingi bo’shliq holati, asoratlar bormi yoki
yo’g’ligi, shu jumladan ko’z va kalla ichi asoratlari borligi, hamda shi klinikadagi
jarrohlarning amaliy ko’nikmalari belgilaydi. Suyak to’qimasini zararlanishsiz
kechgan asoratsiz yiringli frontitlarda qisman bo’shliq shilliq qavati saqlanib
qolganligi uchun parenteral antibiotiklarni yuborish tavsiya qilinmaydi va bo’shliq
ichi har kuni yuqorida aytib o’tilgan dori vositalari bilan yuvilib turiladi. Asoratli
kechgan holatlarda (peshona suyagini osteomieliti, orqa devorini buzilishlarida,
orbita flegmonasida va boshq) jarohat yarasi ochiq qoldiriladi va birlamchi
to’qimani tiklanish belgilari paydo bo’lgunga qadar har kuni antibiotik eritmalari
bilan bo’shliq yuvib tuirladi va yengil tamponada qilinadi. Bunday holatda
kesilgan jarohatning chetlarida chandiqlanish belgilari paydo bo’ladi.
Agar bu jarayon spontan bitadigan bo’lsa, gohida xunuk kosmetik
chandiqlanish bo’lishi mumkin. Shuning uchun to’qima granulyasiya bilan bitishi
uchun, to’qim atshekkalari kesib turiladi, chandiqli to’qima kesib olib tashlanadi
va qaytadan jarohat ikkilamchi tikiladi, jarohatning lateral chetlariga rezinali
chiqargichlar tiqib qo’yiladi. Peshona- burujn kanali nay olib tashlangandan keyin
obliteratsiya bo’lmasligi uchun, o’sgan granulyasiya to’qimalari o’tkir qoshiq bilan
olib tashlanadi yoki lyapis bilan kuydiriladi yoki Ritter peshona zondi bilan
bujlanadi (1.49 rasm). Bu bosqich eng mehnat ta’lab qiladigan va javobgarlik his
qiladigan bosqich hisoblanadi.
N.V. Belogolovov bo’yicha peshona bo’shlig’ini ko’z orqali ochish.
Jarrohlik texnikasi quyidagi bosqichlardan iborat:
1.
Jarohatni aniq qirralarini aniqlash uchun va chok qo’yish uchun qosh ustidan
chiziladi. Killian bo’yicha yoysimon kesish. Gemostaz.
2.
Yumshoq to’qimalarni va suyak usti pardani ko’chirish.
3.
Peshona bo’shlig’ini ko’z devorini trepanasiyasi.
1.50 rasm. Killian bo’yicha peshona bo’shlig’ida jarrohlik amaliyoti bosqichlari (V.V.
Shapurovdan, 1946 y). a- terini va suyak usti pardasini kesish yo’li; b- peshona bo’shlig’ini pastki
(ko’z) devorini trepanasiyasi; c- peshona bo’shlig’ini yuz devorini trepanasiya teshigi; d- jarrohlik
maydonini yakunlangan holati; e- rezinali nay orqali peshona bo’shlig’ini drenajlash; 1- Killian
bo’yicha teri va suyak usti pardasini bir vaqtni o’zida kesish; 2- suyak usti pardani kesish chizig’i, terini
ko’cchirgandan ketingi ko’rinishi; 3- suyak suyak usti pardani ko’prik uchun suyak usti pardani
qo’shimcha kesish; 4- peshona suyagini yuz qevorini kortikal qavatini ochish, teri loskuti bilan birga
ko’chirish; 5- peshona bo’shlig’ini pastki devorini trepanasiya qilinadigan sohasi; 6- peshona
bo’shlig’ini yuz devorini trepanatsion teshigi; 7- shakllantirilgan suyak- suyak usti parda ko’prigini
yuqori qirrqasi; 8- suyak- suyak usti parda ko’prigi; 9- sun’iy peshona- burun kanalini burun ichi qismi;
10- drenaj nay.
4.
Bo’shliqni kengaytirilgan pastki devori orqali peshona bo’shlig’ini ko’zcdan
kechirish (ayniqsa videojarrohlik uchun qulay hisoblanadi). Bo’shliqni patologik
tuzulmalardan tozalash. Uni vaqtinchalik tamponadasi.
Belogolovovning usulining o’ziga xosligi peshona- burun kanalini ochish
noksimon teshik tomonidan amalga oshiriladi. Suyakni burun shilliq qavatini
suyak yorig’i xosil bo’lguncha olinadi, bunda shilliq qavatga tegmaslikka harakat
qilinadi.
5.
Aytib o’tilgan shilliq qavatdan burun bo’shlig’i bilan suyak yorig’i orasiga
to’siq xosil qilinadi, suyak jarohatini qirrasiga maxsus loskut bichiladi. Buning
uchun ariqchani oldingi va orqa qirralari bo’ylab shilliq qavat kesiladi va
qoshimcha pastga ko’ndalang kesiladi. xosil qilingan loskutni yengilsuyak
jarohatini qirralariga tashlanadi.
6.
Jarohatga chok qo’yish. Bog’lam.
Burun orqali peshona bo’shlig’iga rezinali yoki boshqa materialli nay qo’yiladi,
bunda yasalgan loskutni surib yuborish kerak emas va nay mustahkamlanadi.
Jarrohlik amaliyotidan keyin natija ko’pincha yaxshi. Yuzda hech qanday nuqson
qolmaydi.
Peshona bo’shlig’ini Ritter- Yansen usuli bo’yicha orbita orqali ochish.
Mahalliy va mahalliy og’riqsizlantirish ostida teri ko’z kosasining yuqori
chetlari bo’ylab qoshning o’rtasidan ichkariga, burun yon devori tomon kesiladi.
Yumshoq to’qima suyak usti to’qimasi bilan birga ko’z kosasining yuqori de-
vora, qosh usti yoyi va burun yon devoridan ajratiladi. Iskana va qisqichlar
yordamida ko’z kosasi yuqori devorining bir qismi qosh usti yoyigacha olib tash-
lanadi va bo’shliq ichiga ochiluvchi oval teshik (2x1 sm) xosil qilinadi. Burun
bo’shlig’iga keng yo’l ochish maqsadida ba’zan suyakdagi jarohat pastga qarab
kengaytiriladi, yuqori jag’ peshona o’sig’ining yuqori qismi, burun va ko’z yosh
suyaklari qisman olib tashlanadi. Peshona bo’shlig’i va g’alvirsimon bo’shliqning
yuqori qismidan polip, patologik o’zgargan to’qima aylana uchli iqsqich va suyak
qoshiqchalari yordamida chiqarib olinadi va gistologik tekshiruvga yuboriladi. B.S.
Preobrajenskiy bo’yicha sun’iy teshik yo’l xosil qilish uchun peshona bo’shlig’iga
burun bo’shlig’i orqali uzunligi 3 sm, diametric 6-8 mm teng rezina naycha kiri-
tiladi. Naycha teriga yopishtirilib qo’yiladi. Jarohat maydoniga chok qo’yiladi.
Kanaldagi drenaj 3-4 haftaga qoldiriladi va peshona bo’shlig’i vaqti- vaqti bilan
ushbu drenaj naycha orqali yuviladi (1.51 rasm).
|