3.5.
G’alvirsimon bo’shliqni o’tkir yallig’lanishi.
O’tkir etmoidit (ethmoiditis atsuta)- g’alvirsimon labirintni shilliq qavatini
o’tkir yallig’lanishi. Eng ko’p yallig’lanadigan bo’shliqlardan biri hisoblanadi,
gaymoritdan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Etiopatogenezi. Asosan o’tkir rinit, O’RVI, gripp va boshqalardan keyin
rivojlanadi. Bunga olib keluvchi omillarga g’alvirsimon labirintni tabiiy chiqarish
teshiklarini anatoma- topografik joylashuvi, o’rta burun yo’lini tor bo’lishi, burun
to’sig’ini qiyshiqligi va boshq. sabab bo’lidi. Bunday omilda burun shilliq qavatini
biroz shishi g’alvirsimon bo’shliqdan ajralmalarni ajrashini qiyinlashtiradi.
Anatomik yaqinlik esa boshqa bo’shliqlarda yallig’lanish bo’lsa, g’alvirsimon
bo’shliqqa tez o’tib ketishiga sabab bo’ladi.
Klinikasi. Bo’shqa bo’shliqlarga o’xshab umumiy va mahalliy belgilar tafovut
qilinadi.
Umumiy belgilari. Tana haroratini ko’tarilishi (38-39ºC), harorat 6-7 kun ushlab
turilishi mumkin, holsizlik belgilari bo’lishi mumkin. Bemorlarni ko’pincha bosh
og’rig’i bezovta qiladi, uni xarakteri har xil bo’ladi, og’riq burun ildizida va ko’z
1.51 rasm. Peshona bo’shlig’i radikal jarrohlik amaliyoti. 1- peshona bo’shlig’i
oldingi devoridagi trepanatsion teshik; 2- peshona bo’shlig’ini orqa devori; 3-
Preobrjenskiy bo’yicha rezinali kateter.
kosasi sohasiga tarqaladi. Bu og’riq simptomlari uch shoxli nerv tolalarini
qo’zg’alishiga bog’liq bo’ladi.
Mahalliy belgilar. Burun bitishi va burundan nafas olish qiyinligi, burundan
shilliq- yiringli ajralma oqishi, har xil darajada hid bilishni pasayishi bezovta
qilishi mumkin.
Bolalarda va immun holati sust surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarda
infeksiya ta’sirida g’alvirsimon bo’shliq kattaklarining suyak devorlari qisman
emiriladi. Bunday hollarda zararlangan tomonda ko’z kosasining ichki burchagi,
yuqori va pastki qovoqlari shishib, qizaradi. Ushbu maydonda yopiq empiema
(yopiq yiringli o’choq) xosil bo’lishi va yiringli jarayon ko’z kosasi atrofida
yumshoq to’qimasiga tarqalishi mumkin. Natijada ko’z olmasini tashqi tomonga
siljishi, ekzoftalm, xemoz, koz olmasi harakatlanganda kuchli og’riq paydo bo’lib,
ko’rish o’tkirligining pasayishi va organizmning zaxarlanish belgilari kuzatiladi.
Tashxis. Old rinoskopiyada o’rta burun chig’anog’i sohasida shilliq parda shishgan
va qizarganligi, ba’zan o’rta burun yo’lida yiringli ajralma yoki orqa kattakchalar
yallig’langanda hid sezish teshigidan yiringli ajralma oqayotganligi ko’zga
ko’rinadi. G’alvirsimon bo’shliqning old kattaklari yallig’langanda esa- yuqori
burun yo’lida aniqlanadi. Rentgenografiya tekshiruvida g’alvirsimon bo’shliq
kattaklarning xiralashishi qayd etiladi. Endoskopiya tekshiruvida g’alvirsimon
bo’shliq kattaklarining burun bo’shlig’iga ochilish teshiklarini ko’zdan kechirish
va old etmoidit yoki orqa etmoiditni tashxisini aniqlash imkonini beradi.
Yiringli ajralma g’alvirsimon bo’shliq kattaklaridan chiqarilmay qolganda
(yopiq empiema) bemorning ko’z qovoqlari shishib, ko’z olmasi tashqi tomonga va
pastga siljiydi, ba’zan ko’z kosasi atrofida, keyinchalik ko’zning ichki burchagida
oqma xosil bo’ladi.Og’ir hollarda yiringli jarayon ko’z kosasidan kalla ichi
bo’shlig’iga tarqalib kalla ichi asoratining rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Klinikasi. Quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
1.
Etiopatogenetik:
rinopatik,
jag’-
odontopatik,
barotravmatik,
mexanotravmatik va bosh;
2.
Patomorfologik: kattaral, sekretor-seroz;
3.
Mikrobiologik: yiringli flora, viruslar,spesifik flora;
4.
Simptomli: belgilariga qarab (gipersekretor shakli, gipertermik, anosmotik,
nevrologik);
5.
Aniq mezonlar: juda og’ir kechishi va qo’shni a’zolarga yallig’lanish
o’zgarishlarni tarqalishi ( ko’proq bolalarda uchraydi), otkir osti (ko’pincha
qariyalarda), o’tkir;
6.
Asoratlangan shakllari: intraorbital, intrakranial, optoxiazmal;
7.
Yosh mezonlari: bolalardagi, kattalardagi va qariyalardagi etmoidit.
Davolash. O’tkir etmoiditni asorat bo’lmaganda konservativ davolanadi.
Mahalliy davo bo’shliq ichidagi shishni kamaytirishga va bo’shliqdan ajralmani
chiqishini yaxshilashga qaratilgan. Shu maqsadda burun bo’shlig’iga qon tomir
toraytiruvchi dori vositalari tomiziladi. Adrenalinga shimdirilgan paxtani 1-2
daqiqaga o’rta burunga qo’yish yaxshi samara beradi. Kombinasiyali dori
vositalari, o’zida sekretolitik, antibiotik va og’riq qoldiruvchi dori vositari sprey
shaklida (rinofluimusin, izofra, polimiksin va boshq) buyuriladi va fizioterapevtik
muolajalar (UVCh, terapevtik lazer) qo’llash tavsiya qilinadi. Burun yondosh
bo’shliqlari Proets usulida yuviladi. Bundan tashqari “YaMIK” sinus- kateter bilan
yuvish yaxshi samara beradi. Umumiy davolash qatshonki bemorda tana haroratini
ko’tarilishi va intoksikatsiya belgilari kuzatiladigan bo’lsa shunda tavsiya qilinadi.
Bemorga keng ta’sir doirasiga ega bo’lgan antibiotiklar (augmentin, sumamed,
klasid, sipromed va boshq), antigistaminlar, mukolitiklar, simptomatiklar tavsiya
qilinadi.
Agar asoratlar kuzatilsa (empiema, subperiostal abssess, ko’z kosasi
hujayralarini flegmonasi) jarrohlik amaliyotiga- g’alvirsimon bo’shliqni, qovoq va
ko’z kosasini kletchatkasini abssessi endonazal ochish tavsiya qilinadi.
3.6.
G’alvirsimon bo’shliqni surunkali yallig’lanishi.
Surunkali
etmoidit
(ethmoiditis
chronica)-
g’alvirsimon labirintni
hujayralarini shiliq qavatini surunkali yallig’lanishi. Surunkali etmoidit tashxis
o’z vaqtida qo’yilmagan va o’tkir etmoidit oxirigacha yaxshi davolanmaslik
natijasida kelib chiqadi. Boshqa sinusitlarga nisbatan surunkali etmoidit ko’pincha
boshqa sinusitlar bilan birga kechadi. Surunkali etmoiditni kelib chiqishida o’tkir
infeksion kasalliklar, organizmni immun holatini pasayishi, adenoid vegetasiya,
burun to’sig’ini qiyshiqligi (3.3 bo’limda aytib o’tilgan) va boshq. sabab bo’lishi
mumkin. Surunkali etmoiditni kattaral- seroz, yiringli yoki giperplastik turlari
tafovut qilinadi. Bunda shilliq qavat qalinlashgan va giperemiyalangan, o’rta burun
yo’lida shilliq qavat polipoz metaplaziyaga uchragan bo’ladi. Shilliq qavatni
polipoz o’zgarishi uzoq vaqt mahalliy allergik reaksiya sababli bo’ladi. Poliplar
ko’picha ko’p miqdorda va har xil kattalikda uchrab burun bo’shlig’ini barcha so-
halarini egallab, gohida burun teshigidan chiqib turadi. Ayrim hollarda poliplar bu-
run to’sig’ini bir tomonga siqishi natijasida, ba’zida tashqi burunni deformatsiya-
siga olib kelishi mumkin.
Patomorfologiya. Polip shilliq qavatni shishli yallig’langan xosilasi hisobla-
nadi. Neytrofillar, boshqa hujayralar (eozinofillar,labrositlar, plazmaik hulayralar)
uchraydi. Ko’p qavatli silinfrik epiteliyni ko’p qavatli epiteliyga o’choqli meta-
plaziyasi kuzatiladi.
Simptomlari va klinik kechishi. Surunkali etmoiditni ochiq turini belgilarini
subektiv va obektiv belgilariga bo’linadi. Bemorning asosiy shikoyatlari burun tu-
bida va peshona- orbital sohada to’lishishlik hissiga, bir yoki ikki tomonlama bu-
run bitishiga, burun nafas olish qiyinligiga, ayniqsa kechasi, doimiy, burundan
doimiy shilliq- yiringli ajralma oqib turadi, burun qoqilgandan so’ng u yerdan
ajralmalarni chiqishi qiyin bo’ladi. Surunkali etmoiditni boshlang’ish davrida bu-
run ajralmalar kam bo’ladi, cho’ziluvchan shilliq xarakterga ega bo’ladi. Vaqt
o’tishi bilan shilliq yashil- sariq rangli yiringli ajralmaga aylanadi, agar u yerda os-
teit yoki periostit rivojlanadigan bo’lsa- qo’lansa hidli yiring chiqishni boshlaydi,
subektiv va obektiv kakosmiya rivojlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan osteit yoki per-
iostit shakllangan bo’lsa bu ko’pincha odontogen gaymorit bilan birga kechadi.
Agar jarayon peshona bo’shlig’iga yoki yuqori jag’ bo’shlig’iga tarqaladigan
bo’lsa, unda burundan kelayotgan ajralma ko’payadi.
Og’riq sindromi murakkab xarakterga ega bo’lib, quyidagilarga bog’liq
bo’ladi. Og’riqlarni doimiy, tomtoq, burunni tubiga tarqaluvchi, tunda kucha-
yuvchi turlariga bo’linadi. Jarayon bir taraflama bo’ladigan bo’lsa og’riq bir tara-
flama bo’lib, shu tomondagi ko’zga va peshona sohasiga tarqaladi. Ikki tomonlama
jarayonda og’riq uchuvchan xarakterga ega bo’lib, ikkala ko’z va peshona sohasiga
tarqaladi, tunda kuchayadi. Yallig’lanish jarayon xuruj beradigan bo’lsa og’riq pul-
satsiyali xarakterga ega bo’ladi. Yorug’likdan qo’rqadi va boshqa simotimlar pay-
do bo’ladi. Boshqa simptomlar oldingi etmoiditga xos: ko’rish organini tez char-
chashi, intellektual va jismoniy mehnat qobiliyatini pasayishi, uyqusizlik, ishtahani
yo’qolishi.
Mahalliy obektiv belgilariga quyidagilar kiradi: bemor ko’zdan kechirilganda
sklerani qon tomirlarida, ko’z olmasini oldingi qismlaridagi va ko’z yosh yo’llari
yumshoq to’qima diffuz infeksiya aniqlanadi. Burun kirish qismi sohasida va
yuqori labda dermatit belgilari ko’zga tashlanadi. Ko’z yosh suyagini og’riq
nuqtasi bosib ko’rilganda, sovuq davrida biroz og’riqli bo’lishi mumkin, o’tkiq
davrida og’riqli bo’lib, surunkali etmoiditni xuruj davrida to’g’ri keladi.Boshqa
og’riq belgisi bo’lib Gaek belgisi hisoblanadi (burun asosi bosilganda burunning
tubida to’mtoq og’riq kuzatiladi).
Endoskopiyada surunkali kattar, shish va burun shilliq qavatini giperemiyasi
aniqlanadi. Bundan tashqari burun yo’llari toraygan, ayniqsa o’rta va yuqori burun
yo’llari, aqyrim hollarda har xil kattalikdagi polipli o’zgarishlar aniqlanishi mum-
kin. O’rta burun chig’anog’i g’alvirsimon suyakning oldingi hujayralaridan tashkil
topganligi uchun, gipertrofiyaga uchragan bo’ladi.
O’rta burun chig’anog’ini xosil qilgan hujayralarda yiring to’planishi hisobiga,
suyak asosi destruksiyaga uchraydi, yumshoq to’qima gipertrofik tipda bo’ladi. U
yerda ekssudat to’planadi, lakunar kistaga o’xshagan bo’lib ko’rinadi. Buning
boshqatsha nomi concha bullosa deb atalib, o’rta burun chig’anog’ini mukoselesi
bo’lib hisoblanadi. Qayta rinoskopiya’ni 10 daqiqadan keyin burun shilliq qavatini
anemizasiyadan so’ng amalga oshiriladi. Bunda burunning yuqori qismidan yiring
kelayotganini ko’rish mumkin.
Surunkali yiringli etmoiditni yopiq shakli faqat bir hujayrada yoki o’rta burun
chig’anog’ida bo’lsagina bo’ladi. Oxirgi holatda concha bullosa kuzatiladi, yiringli
ajralmal yo’q, yallig’lanish bor joyda lokal giperemiya aniqlanadi. Etmoiditning
bu shaklida allergik simptom dominant bo’lib xizmat qilib, nazoorbital sohada nev-
ralgiya belgilari, gohida gemikraniya va akkomodatshiya buzilishi belgilari
namoyon bo’ladi.
Klinikasi. Surunkali yiringli etmoidit davolanmasdan uzoq davom etsa, u yerda
polip yoki kista shakllanishi mumkin, suyak to’qimasi destruksiyaga uchraydi,
g’alvirsimon suyakda katta bo’shliq paydo bo’ladi. Ma’lum bir sabablarga nisbatan
ko’z va kalla ichi asoratlari uchrashi mumkin.
Tashxis. Obektiv va subektiv, anamnestik ma’lumotlarga, rebtgenologik va endos-
kopik tekshiruvlarga asoslanib qo’yiladi. Lekin bularni ichida rentgenilogik tek-
shiruv ahamiyatli hisoblanadi (1.52 rasm).
Jarayon tarqalganda yoki qiyosiy tashxis o’tkazish maqsadida KT yoki MRT tavsi-
ya qilinadi.
Qiyosiy tashxis. Peshona bo’shlig’i va yuqori jag’ bo’shlig’i, asosiy bo’shliqni
yallig’lanishlari bilan o’tkaziladi. Bundan tashqari burun polipozi, rinolitiaz, burun
bo’shlig’ini yot jismi, g’alvirsimon labirintni yomon sifatli va yaxshi sifatli o’sma
kasalliklari, burun zaxmi bilan qiyosiy tashxis o’tkaziladi.
1.52.rasm. Burun yondosh bo’shliqlarini rentgenogrammasida o’ng tomonlama gemisinusit
(Kiselev A.S., 2000 bo’yicha); 1- o’ng peshona bo’shlig’ida suyuqlik sathi; 2- o’ng tomonlama
g’alvirsimon bo’shliqni oldingi hujayralarida pnevmatizasiya pasayganligi; 3- o’ng yuqori jag’
bo’shlig’ida gomogen soyalanish.
Davolash. Surunkali etmoidit ko’p qaytalangani uchun ko’pincha jarrohlik usu-
li taklif qilinadi. Bunda barcha yallig’langan g’alvirsimon bo’shliqning hujayrala-
rini tozalash, o’zgargan barcha yallig’langan to’qimalarni olib tashlash, bundan
tashqari bo’shliqlarni bir-biridan ajratib turadigan to’siqlarni ham olib tashlanadi,
jarrohlikdan keyin xosil bo’lgan bo’shliqmi keng drenajlash, antiseptik moddalar
bilan bo’shliqni ichini yuvib (past bosim ostida) turish, jarrohlik amaliyotidan
so’ng reparant va regeneratorlarni antibiotiklar bilan birga bo’shliq ichiga yuborish
kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Surunkali etmoiditni yopiq shaklida, concha bullosa bo’lgan mahal “kichik: jar-
rohlik amaliyoti amalga oshiriladi: orta burun chig’anog’ini burun to’sig’i tomonga
lyuksasiya qilish, o’rta burun chig’anog’ini ochish va olib tashlash, bir nechta ya-
qin hujayralarni kyuretajlashdan iborat bo’ladi.
Jarrohlik usulida davolash. Jarrohlik amaliyotiga ko’rsatma: uzoq vart yal-
lig’lanish jarayonnini kechishi, konservativ davoni samarasiz bo’lishi, boshqa
surunkali sinusit (surunkali frontit, surunkali gaymorit) bo’lishi, qaytalanuvchi va
burunni deformatsiyalovchi polip, ko’z va kalla ichi asoratlari.
Qarshi ko’rsatma: yurak qon tomir yetishmasligi, umumiy og’riqsizlantirishni qi-
lib bo’lmasligida, ichki a’zolarni o’tkir yallig’lanishida, gemofiliyada, endokrin
kasalliklarini xuruj davrida.
G’alvirsimon labirintga yo’l ochishni bir nechta usullari mavjud, bu esa
patologik jarayonni holatiga va uni anatomik joylashishiga bog’liq bo’ladi.
G’alvirsimon bo’shliqda olib boriladigan jarrohlik amaliyotlarini tashqi, yuqori
jag’ bo’shlig’i orqali va burun ichi turlari bo’lish mumkin.
G’alvirsimon bo’shliqni burun ichidan ochish Galle bo’yisha amalga
oshiriladi.
Bu usul faqat g’alvirsimon labirintni o’zida yallig’lanish bo’lsa va bunga
qo’shimcha asosoy bo’shliqda ham yallig’lanish bo’lsa yuqoridagi usul
qo’llaniladi.
Jarrohlik amaliyoti umumiy og’riqsizlantirish asosida olib boriladi. Jarrohlik
amaliyotiga asosiy mo’ljal joy bo’lib o’rta burun chig’anog’i va bulla ethmoidalis
hisoblanadi. Agar concha bullosa bo’lsa bulla ethmoidalis bilan birga olib tash-
lanadi. Bundan tashqari hujayralar orasidagi to’siqlar ham olib tashlanadi. Bu
konxatom yoki Lyuk qisqichlari bilan amalga oshiriladi. Bu bosqich g’alvirsimon
labirintni bo’shliq ichiga kirishni ta’minlaydi. O’tkir qoshiqcha yordamida kattakli
sistema yaxshilab kyuretaj qilinadi. Shu yo’sinda u yerdan patologik to’qima, hu-
jayralar orasidagi to’siq, poliplar, granulyasiyalar olib tashlanadi. Bunda asbob
harakati orqadan oldinqa qarab harakatlantiriladi (1.53 rasm).
Bunday holatda ehtiyotkorlik bilan kyuretaj amalga oshiriladi. Yuqorida iloji
boricha medialroq harakatlanish sekin-astalik bilan amalga oshiriladi, sababi
elaksimon plastinkani jarohatlab qoyish kerak bo’lmaydi. Bundan tashqari asbobni
ko’z tomonga harakatlanishi ham tavsiya qilinmaydi, doimiy o’rta chig’anoq so-
hasida bo’lish tavsiya qilinadi.
Barcha patologik to’qimalarni kyuretaj usulida tozalab bo’lmaganligi sababli,
qolgan to’qimalarni qisqich yoqdamida amalga oshiriladi. Endoskopiya yordamida
bu jarayon amalga oshirilsa yaxshi natija beradi. Asosiy e’tiborni patologik
to’qimalardan tozalayotganda g’alvirsimon labirintning oldingi kattaklariga qarati-
ladi. O’ldingi hujayralardan tozalash qiyin bo’lganligi sababli endoskop yordamida
bu jarayon amalga oshiriladi. Gallening qayrilgan kyuretkasini qo’llash yaxshi sa-
mara beradi. Galle jarrohlik amaliyotini o’rta burun chig’anog’ining oldida joy-
lashgan shilliq qavatdan loskut tayyorlab jarrohlik bo’shlig’iga yotqizish bilan tu-
gatishni taklif qilgan.
Jarrohlikdan so’ng bo’shliqni ichini yumshoq tamponada qilinadi. Bu tampon
vazelinli yog’ga shimdirilgan va keng ta’sir doirasiga tegishli antibiotik bilan
aralashtirilgan bo’lishi kerak. Tompon oxirina burun kirish qismiga mahkamlanadi
va burun oldiga to’qilgan bog’lam qo’yiladi. Agar jarrohlik amaliyoti oxirida qon
to’xtagan bo’lsa tamponni 3-4 soatdan keyin olib tashlanadi. Oxirida bo’shliq fizi-
ologik ewritma bilan yuviladi va antibiotik bilan chayiladi.
Yansen- Vinkler bo’yicha g’avirsimon bo’shliqni yuqori jag’ bo’shlig’i orqali
ochish.
Bu ikkita jarrohlik amaliyoti qatshonki bir vaqtning o’zida yuqori jag’ bo’shlig’i
sanasiyasi va g’alvirsimon bo’shliqni gomolateral ochish kerak bo’lgandagina
amalga oshiriladi. Kolduella- Lyuk jarrohlik amaliyoti tugatilgandan keyin
g’alvirsimon bo’shliq ochiladi. 1.54 rasmda Yansen- Vinklernind Petranton- de
Lima modifikatsiyasi bo’yich g’alvirsimon bo’shliqni ochish sxematik ravishda
ko’rsatilgan.
1.53.rasm. G’alvirsimon labirintni hujayralarini kyuretajida asbob harakatini yo’nalishi
(V.I. Babiyak 2009 y. I- tom, 301 bet.).
Konxotom yoki qoshiq bilan yuqori jag’ bo’shlig’ini ko’z bilan burun devori
orasidagi yuqori orqamedial burchak devori buziladi. G’alvirsimon labirintning
bo’shlig’iga shu burchak orqali tushish uchun, yuqori jag’ bo’shlig’i ochiladi va
tanglay suyagining ko’z o’simtasi orqali bo’shliqqa tushiladi. Buning uchun o’tkir
qoshiq yoki konxotom ishlatiladi. G’alvirsimon labirint bo’shlig’iga tushilayotgan
mahal suyak to’siqlarini sinayotgan ovozi eshitiladi va bo’sgliqqa tushish hissi
bo’ladi. Shu asboblar bilan hujayralar orasidag devorlar ham olib tashlanadi, faqat
asbob o’z o’qi atrofida aylantiriladi, orbita yoki elaksimon plastinkani yuqori me-
dial tomoniga harakat qilinmaydi. Bundan tashqari o’rta burun chig’anog’i olib
tashlanadi, teshik kattalashtiriladi. Bu jarayon g’alvirsimon labirint bo’shlig’i va
o’rta burun chig’anog’i orasida drenaj teshikni shakllantirishga yordam beradi.
Endoskop bilan barcha kattaklar ko’rib chiqiladi.
Jarrohlik amaliyotining oxirda g’alvirsimon labirint ko’zdan kechirilganda,
g’alvirsimon suyak bilan burun bo’shlig’i orasida jarrohlikdan keying xosil qilin-
gan teshik holati baholanadi. Bu endoskop bilan bemalol baholanadi. Endoskop
bo’lmagan mahal tugmali zond bilan tekshiriladi, agar teshik katta bo’ladigan
bo’lsa, jarrohlik o’tkazilgan tomondan ko’rsa bo’ladi.
Shunday qilib, yuqorida aytib o’tilgan jarrohlik amaliyotidan so’ng burun
bo’shlig’ini lateral devorida ikkita sun’iy teshik xosil qilinadi. Pastki burun
yo’ladiga teshik yuqori jag’ bo’shlig’i bilan bog’liqligi bo’lsa, o’rta burun
yo’lidagi teshik esa g’alvirsimon labirint hujayralari bilan bog’langan bo’ladi.
G’alvirsimon bo’shliq yumshoq tampon bilan tamponada qilinadi. Tamponni bir
uchi xosil qilingan teshik orqali burun teshigidan chiqarilib qo’yiladi, yuqori jag’
bo’shlig’ini esa Kolduella- Lyuk jarrohlik amaliyotidagidek tamponada qilinadi.
G’alvirsimon bo’shliqdan tampon 4 saotdan keyin olib tashlansa, yuqori jag’
bo’shlig’idan 4 soatdan keyin olib tashlanadi.
1.51.rasm. Yansen- Vinklernind Petranton- de Lima modifikasiyasi bo’yich g’alvirsimon
bo’shliqni ochish sxematik ko’rinishi (V. Rakovya’ni bo’yisha, yo’ldirilgani):a) yuqori jag’
bo’shlig’ini oldingi devorini rezeksiyasi (1) ko’z osti teshigini aylanib o’tish,; b) hujum zonasi (2),
g’alvirsimon labirintni orqa hujayralariga kirish; c) ochish joyi (3) Gaek qisqichi yordamida
g’alvirsimon labirintni oldingi hujayralarini ochish.
Grunvald bo’yicha g’alvirsimon labirintni tashqi (transorbital) yo’l orqali
ochish.
Hozirgi kunda bu usul kam qo’llaniladi. Qatshonki orbitani (flegmona) yiringli
asoratlarida, qog’ozli plastinkani yallig’lanish jarayoni natijasida yemirilishlarida,
ko’zning ichki burchagi bilan g’alvirsimon labirint orasida oqma bo’lishida, oste-
omalarda va orbitani medial sohasini jarohatlanishlari bo’lsagina qo’llaniladi.
1.55.rasmda ko’rsatilgan sxemada yumshoq to’qimani ko’chirish va
g’alvirsimon labirintni trepanasia qilinadigan sona chizib ko’rsatilgan. Orbitani
ichki qirrasi bo’ylab bir vaqtning o’zida yoysimon kesish yo’li bilan barcha yum-
shoq to’qimalar va suyak usti pardasi kesiladi. Kesma qosh usti yoyi ishki qirrasi
bo’ylab boshlab noksimon teshik chegarasida to’xtatiladi. Yumshoq to’qima ikki
tomondan o’tkir raspator yoki Voyatshekning iskanasi bilan ko’chiriladi. Bunda
qon ketish bo’lsa adrenalinga shimdirilgan sharik bilan bosib to’xtatiladi.
G’alvirsimon labirintga kirish uchun joy aniqlab olinadi, buning uchun qulay joy
peshona, burun, ko’z yosh, yuqori jag’ bo’shlig’ini peshona o’simtasi va qog’oz
platinka birikkan chok mo’ljal bo’lib xizmat qiladi (1.56 rasm).
Dostları ilə paylaş: |