8.
DAKRIOTSISTIT.
Umumiy ko’z kasalliklarining ichida dakriotsistit 2% dan 7,67% ni tashkil
etadi. Boshqa olimlarning fikricha ambulator ko’z kasalliklar ichida 9,2% ni va
statsionar kasalliklar ichida 6,8% ni tashkil etadi (Cherkunov B.F., 2001).
Ko’z yosh qopi to’g’ridan to’g’ri burun ko’z yosh kanaliga davom etadi,
shuning uchun shu sohadagi yallig’lanish kasallikka taa’luqli hisoblanadi.
Dakriotsistit- ko’z yosh qopining yallig’lanishidir. Bunda burun ko’z
yosh kanalining o’tkazuvchanligini buziladi, natijasida ko’z yosh qopida
yoshni
ushlanib
qolishi
va
ushlanib
qolgan
yoshda
turli
mikroorganizmlarni ko’piyishiga sharoit tug’iladi.
Yiringli jarayonda infektsiyani kon’yunktival bo’shliqqa tushish
manbai bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham dakriotsistit shox
pardaning yarali kasalliklarida va ko’zning ichki jarohatli infektsiyalarida
asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi.
Ayollarda dakriotsistit 6-10 marta erkaklarga nisbatan ko’p uchraydi.
Buni ko’z yosh o’tkazuvchi yo’llarni anatomofiziologik o’ziga xosligi
bilan tushuntiriladi.
Patologik anatomiya.
Dakriotsistit burun ko’z yosh kanalining to’liq yoki qisman,
vaqtinchalik yoki doimiy berkilib qolishi hisobiga kelib chiqadi.
Ko’z
yosh
qopini
yallig’lanishining
boshlang’ich
davrida
odatdagidek belgilar kuzatiladi: qon tomirlarni kengayishi, tsilindrik
hujayralarni joylashuvining buzilishi, polinuklearlar bilan shilliq ostini
bo’kishi kuzatiladi.
Burun ko’z yosh kanali toraygan yoki shish hisobiga to’liq burkilgan.
Shu davrda ko’z yosh qopining ichidagi suyuqlik xarakteri kul rang tusda
va shilliqdan tashkil topgan, epiteliy albumin massasi va kam miqdorda
limfotsit bilan ajrab chiqadi.
Yiringli dakristsistitda shilliq qavatini va epitelial qavatni
leykotsitlar va limfotsitlar bilan bo’kishi kuzatiladi. Ko’p miqdorda ko’z
yosh qopida kuzatiladi. Yiringli sekretni va toksinlarni ko’z yosh qopida
to’planishi hisobiga epiteliyni o’zgarishi kuzatiladi, keyinchalik shilliq osti
qavatda ham nekrotik o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlar ko’z yosh
qopining devorida yaralarni hosil bo’lishiga olib keladi. Shu nuqsonli
joylardan infektsiyalar atrof to’qimaga o’tib flegmonani keltirib ch iqarishi
mumkin. Tashqariga yiringni teshib chiqishi ko’pincha ko’z yosh qopidan
burun ko’z yosh kanaliga o’tadigan soha hisoblanadi.
Dakreotsistitning tavsifi.
V.G. Beloglazov bo’yicha, 1997 y.
Tug’ma Orttirilgan
Asoratlanmagan
kataral, yiringli
Asoratlangan;
flegmona, abstsess,
oqma, burun yoki ko’z kasalliklari
bilan.
Aralash: ko’z yosh yo’llarini
boshqa kasalliklari bilan.
Yuz-jag’ sohasini
jarohatlanishi bilan
B.F. Cherkunov bo’yicha dakriotsistitlarni klinik shakllari.
1) O’tkir dakriotsistit
2) Surunkali dakriotsistit;
A. Kataral oddiy,
B. Kataral ektotik,
V. Ko’z yosh qopining yiringli ektatik-empiemasi
G. Yiringli, flegmona bilan asoratlangani (ko’z yosh qopining
flegmonasi).
D. Stenozlangan (quruq, adgezivli)
3) Go’daklar dakriotsistiti;
A. Kataral,
B. Ektatik,
V. Yiringli,
G. Flegmanoz.
G.K. Babaxanov bo’yicha, 1998 y.
I.
Kelib chiqishi bo’yicha.
Tug’ma Orttirilgan Qaytalanuvchi
Noaniq Jarohatdan Tashqi DTSR Endonazal
etiologiyali keyin keyin DTSR keyin
II.
Kechishi bo’yicha
Asoratlangan Asoratlanmagan
1. Kataral 1.Flegmona
2. Yiringli 2.Abstsess, oqma
3. Ko’z va burun
asoratlari
III.
Bog’liqligi bo’yicha
Yuz-jag’ sohasini jarohat Ko’z yosh o’tkazuvchi yo’llari
va nuqsonlari bilan va LOR a’zolarining boshqa
kasalliklari
Klinikasi. Eng xarakterli belgilari bo’lib ko’z yosh oqishi va ko’z yosh
kanalchalarining teshigidan yiring chiqishi xisoblanadi. Ko’pincha ko’z ichki
burchagida shishni aniqlasa bo’ladi. Bu ko’z yosh qopining ektaziyasi
hisobiga kelib chiqadi. Ko’z yosh qopini kengayishi burun ko’z yosh kanalida
uzoq vaqtdan beri shish borligidan dalolatdir, lekin ko’z yosh kanalida stenoz
bo’lishi shart emas. Kengaygan qop shishgan, taranglashgan, og’riqli,
dumaloq kistasimon shaklda ko’zning ichki burchagi teri ostida joylashadi.
Shishgan sohaning ustidagi teri yupqalashgan bo’ladi. Kengaygan qopning
ichidagi suyuqlik ko’pincha shilliq aralashgan yiring bo’ladi. Bu ekssudat
infektsiya va toksinlar ta’sirida ko’z yosh qopidagi qadaqsimon hujayralarni
ta’sirlashi natijasida yuzaga keladi. Agar ko’z yosh qopi barmoq bilan bosib
ko’rilsa ko’z yosh nuqtalaridan yiring ajrab chiqishi ko’rish mumkin bo’ladi.
Dakriotsistitda ko’p miqdorda ko’z yosh va yiring oqishi nafaqat noqulay
sharoit tug’diradi, balki estetik kamchilikka ham sabab bo’ladi. Ko’z yosh
qopidan doimiy yiring oqib turishi surunkali kon’yunktivitga, blefaritga, shox
pardada yara hosil bo’lishiga va qisman yoki butunlay ko’rishni yo’qolishiga
sabab bo’lishi mumkin. Uzoq muddat cho’zilgan yallig’lanish jarayoni ko’z
yosh qopining shilliq qavatini atrofiyasiga olib kelis hi mumkin va natijada
ko’z yosh qopi cho’zilib, uerda tiiniq suyuqlik to’planishiga sabab bo’ladi.
Surunkali dakriotsistit shox pardani yaralanishi bilan asoratlanishi mumkin.
Yallig’lanishni atrof to’qimadagi kletchatkaga tarqashi natijasida o’tkir
dakriotsistitni keltirib chiqarishi mumkin. O’tkir dakriotsistitni kechishi
ko’pincha qaytalanish bilan amalga oshadi. Yiringni o’z holicha ochilishi
tashqi (yuz sohasida) va ichki (burun bo’shlig’i va burun yondosh
bo’shliqlari) oqmalarga sabab bo’ladi. Bu davrda o’tkir belgilar tugaydi,
dakriotsistit surunkali yiring xarakteriga ega, oqmadan vaqti -vaqti bilan
shilliq va yiring chiqib turishi mumkin.
Tashxis. Bunday bemorlarga obektiv tekshiruvdan tashqari burun
sinamasi o’tkaziladi. Burun bo’shlig’ini endoskop bilan tekshiriladi. Rentgen
va KT amalga oshiriladi.
Davolash. Dakriotsistitlar ikki xil usulda: konservativ va jarrohlik usulida
davolanadi.
Konservativ davoga antibiotiklar, fizioterapevtik muolajalar, konyulya
orqali antibakterial dori vositalari bilan yuvish va xar xil kolibrdagi zondlar
bilan ko’z yosh kanallarini zondlash kiradi. Lekin davolashning
samaradorligini ko’rcatib beradigan usul jarrohlik usulidir.
Jarrohlik usulida davolash ham ikki usulda amalga oshiriladi.
Tashqi yo’l usulida jarrohlik amaliyoti. 1994 yilda birinchi bo’lib
italiyalik vrach Toti tomonidan dakriotsistitlarni jarrohlik amaliyotida
davolashni tavsiya etgan. Ko’z qopiga tashqi yo’l bilan ko’z yosh qopi bilan
burun shilliq qavatiga yo’l ochishni amalga oshirgan. Bu usulning kamchiligi
bo’lib burun shilliq qavatiga va ko’z yosh qopiga chok qo’yilmasligi sababli
yo’l granulyatsiya bilan to’lishi kuzatiladi (Dobromilskiy F.I., Sherbatov I.I.,
1961). Bu usulni effektivligini yyetishmasligi va jarohatligini hisobga olinib,
bu usulni bir nechta takomillashgan yo’llari ishlab chiqildi. Bunga jarrohlik
amaliyotida ikkita bosqich- suyak trepanatsiyasi va teshikni shakillantirish
qo’shildi (Sultanov M.Yu., Tagidze N.S.,1994). Iskana va bolg’achani bosh
miya chayqalishi o’tkazgan bemorlarda qo’llash qarshi ko’rsatma bo’lib
xizmat qiladi. Bu ko’rsatma yuqori o’qli miopiyalarda va afakiyalarda ham
xizmat qiladi, bo’lmasa to’r pardani ko’chishi kuzatilishi mumkin
(SHaxmalov SH.A., Beloglazov V.G.,1969., Volkov V.V., Sultanov M.Yu.,
1975).
Endonazal dakriotsistorinostomiya. Ko’z yosh kanallarini burun ichi
jarrohlik usulida amalga oshirish XX asr boshlarida taniqli bo’lib ketdi.
Endonazal dakriotsistorinostomiyalarda haqiqiy muovofaqiyat Vest va Poliak
tomnidan amalga oshirilgan. Ular bir biridan bilmagan holda yangi
printsiplarni ishlab chiqishga muovofaq bo’ldilar. Bularni ishi ko’z yosh
qopini burun devorini keng qilib olishdan va domiy burun bilan ko’z yosh
qopiga yo’l ochib qo’yishdan iborat bo’lgan. Bunga erishish uchun ular
burunning shilliq qavatini bir qismini va ko’z yosh chuqurchasi suyak qismini
ham olib tashlashdi. Vest jarrohlik amaliyoti quyidagi 3 ta bosqichdan
iborat: burun shilliq qavatini rezeksiyasi, suyak qismini rezeksiyasi va ko’z
yosh qopining devorini rezeksiyasidan iborat.
Adabiyotlarda endonazal dakriotsistorinostomiya jarrohlik amaliyotining
samaradorligi 95,5%- 98,5% ni tashkil etadi (Bakshteyn F.S., Konyuxov
N.K., SHamxalov SH.A., Beloglazov V.G).
Bu kasallikni asosan jarrohlik amaliyotidan keyin qaytalanishi ko’proq
sun’iy yasalgan teshik sohasini granulyatsion to’qima bilan o’sishi va
chandiqlanishi sabab bo’ladi.
Jarrohlik amaliyoti 3 ta bosqichdan iborat:
1.
Bosqich. O’roqsimon skalpel bilan burun bo’shlig’i lateral devorining,
ya’ni o’rta burun qig’anog’ining oldingi qismi va agger nasi П-simon
kesiladi. Shu sohaga jarroh infiltratsion anesteziya qilayotganda “bo’shliqqa
tushish” hissini his qiladi. Burun to’sig’iga ishlatiladigan raspator bi lan
shilliq qavat suyakdan ko’chiriladi. Shilliq qavatdagi 10x8 mmli soha pastga
yoki orqaga loskut uchun surilib saqlanib qoldiriladi. Burun lateral devorida
yuqori jag’ suyagining peshona o’simtasi va ko’z yosh suyagigacha ochiladi.
Ko’z yosh chuqurchasiga to’g’ri mo’ljal olib Bauman to’mtoq zondi bilan
ko’z yosh qopini zondlanganda lateral devorda ko’z yosh suyaklarini
harakatini ko’rish mumkin. SHundan so’ng kpastki ko’z yosh nuqtasi orqali
kanalcha zondlanadi.
2.
Bosqich. Ko’z yosh qopini taxminan aniqlab olinganidan so’ng
stomatologik bor mashina bilan ko’z yosh suyagi va yuqori jag’ning peshona
o’sig’i teshladi. Ko’z chuqurchasining kattaligi taxminan 12 mm ga teng.
Ko’z yosh kopining pastki qisminig suyak qismida 8x10 mmli suniy teshik
shakllantiriladi.
3.
Bosqich. Baumen zondini yuqorigi va pastki ko’z yosh nuqtalari orqali
ko’z yosh qopiga olib borish kerak. Zondning uchi ko’z yosh qopiga etib
borgani burun lateral devoridan ko’z yosh qopi bo’rtib chiqadi. Bu sohada
ko’z yosh qopi o’roqsimon skalpel bilan П-simon kesilib, kesmaning asosi
suyak qismiga qaragan bo’lishi kerak. Pastki ko’z yosh nuqta orqali ko’z
yosh yo’llari to’mtoq ko’z ignasi bilan yuviladi. U erdagi suyuqlik yuvib
chiqariladi. Eng muhim jarayon bo’lib ko’z yosh yo’lining plastikasi
hisoblanadi. Burun shilliq qavati loskuti bilan ko’zning orqa suyak qismi
berkitiladi, uni ko’z yosh qopi sohasiga yo’naltiriladi, ko’z yosh qopining
loskuti esa burun kirish qismiga qarab yo’naltiriladi, yo’lning oldingi suyak
qismi yopiladi.
Jarrohlik amaliyoti pastki ko’z yosh kanal orqali kateter yoki leska
yordamida bujlash bilan tugatiladi. Bujlash 7 -10 sutka ushlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
«Bolezni uxa, gorla i nosa», V.T. Palchun, N.A.Preobrajenskiy, M., Medistina, 1980g.
2.
«Bolalar otorinolaringologiyasi», A.Dadamuxammedov,SH. Omonov, Toshkent 2005.
3.
«Otorinolaringologiya», V.T. Palchun, A.I. Kryukov, Moskva, «Litera»,1997g.
4.
«Otoinolaringologiya», V.T. Palchun, M.M. Magomedov, L.A. Luchixin, Moskva,
«GEOTAR-Media», 2008 g.
5.
«Otorinolaringologiya rukovodstvo», V.I. Babiyak, M.I. Govorun, YA.A. Nakatis, Sankt-
Peterburg, 2009 g.
6.
.«Otorinolaringologiya dlya medistinskix vuzov», Ovchinnikov V.O., M., Medis-
tina,1997g.
7.
«Prakticheskaya otorinolaringologiya», Xodjaeva K.A., Tashkent, 2005g
8.
«Neotlojnaya pomoщ v otorinolaringologii», M.A.SHuster, V.O.Kalina, F.I.CHumakov,
M., Medistina, 1989g.
9.
«Skoraya i neotlojnaya pomoщ v otorinolaringologii», D.I.Tarasov, A.X.Minkovskiy,
G.V.Nazarova, M., Medistina, 1977g.
10.
«Atlas po operativnoy otorinolaringologii», pod redakstiey V.S.Pogosova, M., Medistina,
1983g.
11.
«Professionalnыe zabolevaniya LOR organov», V.E.Ostapkovich, A.V.Brofman, M.,
Medistina, 1982g.
12.
«Otonevrologicheskie simptomы i sindromы», N.S.Blagoveщenskaya, M., Medistina,
1981g.
13.
«Lekstii po otorinolaringologii», Soldatov I.B., M., Medistina, 1990g.
14.
«Lekarstvennaya terapiya zabolevaniy uxa, gorla i nosa», Franstuzov B.L.,
Franstu-
zova S.B., Kiev, 1988g.
15.
«Detskaya otorinolaringologiya», Yu.B.Isxaki, L.I.Kalshteyn, Dushanbe, Maoraf, 1977g.
16.
«Opuxoli LOR organov», A.V.Kozlova, V.O.Kalina, Yu.L.Gamburg, M., Medistina,
1979g.
17.
«Otorinolaringologicheskiy atlas», V.A.Gapanovich, V.M.Aleksandrov, Minsk, 1989g.
18.
«Spravochnik otorinolaringologa», SHevrыgin B.V., M., Medistina, 1996g.
19.
«Klinicheskaya otorinolaringologiya». Uchebnoe posobie. N.V.Mishenkin, A.I.Drachuk,
L.I.Ivanova, Yu.M.Dashkevich, A.L.Noskov, M.P.Lisovskaya, Omsk, 1990g.
20.
«Situastionnыe zadachi po otorinolaringologii», pod redakstiey M.S. Plujnikova, Sankt-
Peterburg, 1998g.
21.
«Detskaya otorinolaringologiya», B.V.SHevrыgin, M., Medistina,1996g.
22.
«Rukovodstvo po otorinolaringologii», I.B.Soldatov, M., Medistina,1997g.
23.
«Otorinolaringologiya dlya vrachey obщey praktiki», V.V.Diskalenko, G.V.Lavrenova,
E.Yu.Gluxova (pod redakstiey M.S.Plujnikova), SPb, Manuskript, 1997g.
24.
«Bolalar otorinolaringologiyasi» A.Dadamuxammedov, M Mirzarasulov. Tashkent 1999.
25.
«Bolezni uxa, gorla i nosa» atlas V.T.Palchun, Moskva 1991
26.
«Quloq, tomoq va burun kasalliklari» A.I.Muminov. Toshkent 1994
27.
«Quloq, tomoq va burun kasalliklari» S.A.Xasanov, N.X.Voxidov, Toshkent 2008
28.
«Medistinskiy jurnal Uzbekistana», periodicheskiy nauchno-populyarnыy jurnal, Tash-
kent.
29.
«Stomatologiya», periodicheskiy nauchno-populyarnыy jurnal, Tashkent
30.
«Diseases of the Ear, Nose and Throat», P.D. Bull, Blackwell Science, 1996.
31.
«Hall & Colman’s Diseases of the Ear, Nose and Throat», Martin Burton, Churchill Liv-
ingstone, 2000
32.
33.
«Diagnostic picture tests in Ear. Nose & Throat», T.R. Bull, Wolfe medical publication
LTD, 1990
34.
«Ear, Nose and Throat. Head and Neck Surgery», R.S. Dhillon, C.A. East, Churchill Liv-
ingstone, 1994
Dostları ilə paylaş: |