14. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. Ayzenk Kettelning: ―psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir‖, - degan fikriga qo’shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan foydalanganligini ma‘qullaydi. Lekin Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan o’zgacharoq qo’llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini qiziqtirgan qandaydir shaxs xususiyatini belgilab, to’liq asoslangan ilmiy farazdan boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi o’laroq, Kettelning aytishicha, shaxsni tashkil qiluvchi asosiy elementlar batareya testlari hamda ma‘lumotlarni qayta ishlash orqali namoyon qilinadi. Shunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o’laroq, Ayzenkning ta‘kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bo’lishini tushuntirish uchun uchta superbelgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo’lsa, Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e‘tiborni genetik omillarga qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta‘sirini inkor qilmagan, balki shaxs xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko’rsatmoqchi bo’lgan. Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq-atvoriga qay darajada ta‘sir etishi aniqlanmagan bo’lsa-da, ko’p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga qo’shilishadi.
15. L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi Psixologiya va psixoterapiyada ekzistensial yo’nalishning yorqin vakillari shvetsariyalik psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Boss. Ular o’z konsepsiyasini nemis faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial nazariyasi asosida ishlab chiqishgan.
Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya bir qator o’ziga xosliklar bilan ajralib turadi. Avvalo, ular psixologiyaga tabiiy fanlardan sababiylik tamoyilining olib kirilishiga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, inson hayotida hech qanday sabab- oqibat ga asoslangan munosabatlar yo’q. Asosan, xulq-atvorning ketma-ketligi mavjud bo’lib, bu ketma-ketlik orqali sababiylikni keltirib chiqarib bo’lmaydi.