Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


Har qanday keys quyidagi strukturaga ega bo‘ladi



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə11/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
xorijmajmua 22-23

Har qanday keys quyidagi strukturaga ega bo‘ladi:

Qaysi turga kirishidan qat’i nazar keys-stadi texnologiyasi o‘zi ichiga mana shu tarkibiy qismlarni oladi. Ularning to‘g‘ri ketma-ketlikda, zarur qonuniyatlar asosida joylashtirilishi texnologiya samaradorligini oshiradi. SHuning uchun keys-stadi texnologiyasini ishlab chiqish bosqichlarini alohida ko‘rsatib o‘tishni zarur deb bildik.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish bosqichlari:

  1. Ta’limiy maqsadlar tizimida ushbu keysning o‘rnini belgilash.

  2. Keysning mavzusiga bevosita dahldor bo‘lgan institutsional tizimni izlash.

  3. Vaziyat modelini tashkil etish yoki uni tanlash.

  4. Tavsifni yaratish.

  5. Qo‘shimcha axborotni to‘plash.

  6. YAxlit matnni tayyorlash.

  7. Keys-stadi texnologiyasini prezentatsiyasini tayyorlash, munozarani tashkil etish.

Keys-stadi texnologiyasi bilan ishlash jarayonini tashkil etish. Keyslar bilan ishlashning turli variantlari bo‘lib, ular o‘qituvchining kreativlik qobiliyatidan kelib chiqadi. Quyida keys-stadi texnologiyasi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning eng umumiy tasnifi keltirilgan.
Mashg‘ulotni tashkil etish bosqichlari:

  1. Birgalikdagi faoliyatga jalb etish bosqichi.

Uning asosiy vazifasi – umumiy faoliyatga motivatsiyani uyg‘otish, tashabbus bildirishga undash.

  1. Birgalikdagi faoliyatni tashkil etish bosqichi.

Uning asosiy vazifasi – muammoni echishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish. Faoliyat kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi mumkin.

  1. Birgalikdagi faoliyat refleksiyasi bosqichi.

Uning asosiy vazifasi – keys-stadi texnologiyasi bilan ishlashning ta’limiy va tarbiyaviy natijalarini tahlil qilish.

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin