Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə13/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
xorijmajmua 22-23

Birinchi bosqich – keysni hal etish bo‘yicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa bo‘lib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish bo‘yicha individual ish
O‘quvchi mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni o‘rganadi, izohlaydi va asoslaydi;
3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchi bosqich – keys bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlash
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda keys ustida ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) echimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qo‘yilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
3) muammoli vaziyat echimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yo‘lini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
Keysni echish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini o‘tkazish:
1) real vaziyat echimiga doir o‘z variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yo‘lini izohlaydilar va echimning to‘g‘riligini asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va o‘z takliflarini asoslaydilar.
Jamoa bo‘lib keys ustidan ishlash:

  • guruhlar taklif etgan echimlar variantlarining muhokamasi;

  • taklif etgan echimlarning o‘zaro baholanishi;

  • taklif etilgan echimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga birgalikda (o‘quvchilar va o‘qituvchi) baho berilishi ham mumkin.


Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin