Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə21/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
xorijmajmua 22-23

Tarbiyalanganlik diagnostikasi:


Tarbiyalanganlik mezoni, lotincha «kriterium» – «taqqoslash», – bu shaxsga xos turli fazilatlar shakllanganlik darajasining ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqilgan ko`rsatkichidir. Ko`rsatkichlar nomlar, test utkazish shkalasi tarzida rismiylashtirilishi mumkin. Test sifatida nazariy topshiriqlar emas, balki tarbiyalanuvchining muayyan vaziyatda uzini tutishi, muayyan fazilatlarning borligi yoki yuqligiga guvohlik beruvchi, ulardan talab etiluvchi harakatlarning bajarilishi bulib xizmat qiladi.

Tarbiyalanganlik mezonini shartli ravishda qattiq va yumshoqqa ajratish mumkin:



  • qattiq mezonlar - bunga yoshlarning tarbiyalanganlik umumiy darajasini xarakterlovchi majmuadagi statik ko`rsatkichlar kiradi.

  • yumshoq mezonlar - tarbiyachiga tarbiyaviy jarayonning borishi va natijalari haqida umumiy tasavvur olishga yordam beradi.

Tarbiyalanganlik mezonlari guruhlari:


  • mazmuniy – urganilayotgan fazilatlar ko`rsatkichlarining mezonlariga moslarini ajratish bilan bog‘langan.

  • Bbholovchi – tashxislanayotgan fazilatlar kurinishlarining tezligini noaniq belgilovchi imkoniyatlar bilan bog‘langan.

  • umumiy mezonlar – shaxs yoki jamoa erishgan tarbiyalanganlik darajasining yakuniy natijalarni tashxislash uchun zarur.

  • ayrim mezonlar – alohida xususiyatlar, xislatlar va fazilatlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq oraliq natijalarning tahlili uchun.

Yo`nalishi, usuli va qullanish joyiga kura tarbiyalanganlik mezonlari shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi:



  • tarbiyaning tashqi kurinishi – shaxsning fikrlashlari, baholashlari, harakatlari natijalarining ifodasi bilan bog‘liq;

  • tarbiyachilar kuzidan yashirin – dalillash, ishontirish, rejalash, moslashish singari holatlar bilan bog‘liq.

Tashxislash natijalarini qayd etish:


Raqamli indekslar, shkalalar, turli xil shartli belgilar.
SHaxsning ma’naviy tarbiyalanganligini qayd etishda olti ballik shkaladan foydalanish mumkin. Undagi uchta ijobiy baho (+1, +2, +3) ma’naviy tarbiyalanganlik (tayyorlik) darajasini, uchta salbiy baho (-1, -2, -3) esa ma’naviy tarbiyasizlik (qarovsizlik) darajasini ifodalaydi.
Sifatli baholarga quyidagi mezonlar buyicha miqdoriy ekvivalentlar qushiladi:

  • ijobiy harakatlarga tayyorlik +1

  • ijobiy harakatlarga intilish +2

  • ijobiy harakatlarni amalga oshirishda qat’iylik, faollik ko`rsatish +3

  • salbiy harakatlarga tayyorlik ─1

  • salbiy harakatlarga intilish ─2

  • ijtimoiy zid harakatlar ─3

Tarbiyalanganlikni baholash asosiga shaxsning alohida fazilatlari emas, balki umumiy axloqiy yo`nalishi quyilgan bulishi kerak.


SHaxsning alohida fazilatlari axloq yo`nalishi bilan uzviylikda qaraladi.

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin