Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə18/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
xorijmajmua 22-23

5-mavzu: Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv va uni loyihalash.
Tarbiyalash texnologiyasi – yangi atama bulishiga karamay rivojlangan mamlakatlarda keng tarkalgan. Tarbiyalash texnologiyasi pedagogikada yangi yo`nalish hisoblangan. “Ijtimoiy pedagogika” bilan birlamchi fuqarolik gururi, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyat xissi va boshka shaxsiy sifatlarni shakllantirish jiddiy ta’sir kilmokda.
Tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning goyasi, mazmuni va tarkibini emas, balki bu soxadagi xukumat ishlab chikkan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shugullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi muljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini kurib chikadi. SHu bois professor – o`qituvchilar uchun xar tomonlama rivojlangan, yukori intellektual va ma’naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga karatilgan talabalarni xukumat siyosatiga muvofik tarbiyalash texnologiyalarini iegallashi dolzarbdir.
Moddiy ishlab chikarishdagi jarayondan farkli ularok tarbiya jarayoni yagonadir va ularni mayda bulaklarga va kadamlarga bulish kiyin. Tarbiya jarayoni ketma-ket andoza bilan emas, bir varakaiga olib boriladigan jarayondir.
SHu munosabat bilan ayrim “texnologik jarayonlar” - insoniy sifatlarni shakllantirish kunikmalari mavjud tarbiyachilarni jalb qilishga extiyotkorlik va muloxazali yondashuv zarur buladi. Fakat shaxsgina shaxsni shakllantira oladi. SHu sababli tarbiyachi texnologik jarayonni boshidan oxirigacha olib borishi darkor. Ushbu xolatda umumiy texnologiyaga tayangan shaxsiy maxorat bilan ish kuriladi.
Psixologiya va pedagogika fanlaridan foydalanib, maqsadlar ketma-ketligini tugri “texnologik” tanlay bilish uta mas’uliyatlidir.
Bunday yondashuv an’anaviy tarbiya uslubi hisoblangan ommaviy tadbirlar, masalan, sayoxatlar, madaniyat yodgorliklari, muzey, teatr, kurgazmalar, mashxur insonlar bilan uchrashuvlar utkazishdan birmuncha farklanadi. Bu tadbirlarni inkor etmasdan ularning tarbiyaviy samaradorligidan tula foydalangan xolda yangi uslubiyat - noanik maqsadlardan muayyan va anik maqsadlarni shakllantirishga rejalashtiriluvchi maqsadlarga utiladi. Bunda ma’naviy, madaniy, xukukiy, milliy, umuminsoniy qadriyat lar kabi muayyan bilim va me’yorlar egallanadi. Oliy o`quv yurtlari olimlari va pedagoglari guruxi tomonidan tarbiyaviy ishlar dasturi ishlab chikilgan. Uning asosiy tarbiyaviy yo`nalishlari va maqsadlari kuyidagicha:

  1. Fuqaro tarbiyasi. Eng yuksak milliy qadriyat lar va sifatlarni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyat larni inobatga olgan xolda xar bir fuqaroning milliy o`z-o`zini anglashini rivojlantirish.

  2. Kasb egallash, shaxsiy mas’uliyat, yukori malakali bulish va kasbiy maxoratga intilishni tarbiyalash, mexnat faoliyatiga va doimiy ravishda malakani ustirib borishga undovchi sifatlarni tarbiyalash.

  3. Oilaviy xayotga tayyorlash. Ota-ona va karindoshlar, oila oldida ma’suliyat va javobgarlik xissini tarbiyalash.

  4. Talabani shaxs sifatida rivojlantirish. Betakror shaxsiy sifatlar va ijtimoiy qiyofani xar tomonlama ijodiy rivojiga ko`maklashish.

Bu dastur D. Kratvolning ruxiyatli qadriyat soxasidagi o`quv maqsadlari taksonomiyasiga mos keladi. U dunyoda tan olingan va tarbiyaviy maqsadlarni va kutilmagan natijalarni rejalashtirishda keng kullaniladi. Uning asosida tarbiyaviy texnologiya yotadi. O`qitish texnologiyasidagi kabi, tarbiya vazifalarini shakllantirishda (takkoslanuvchi tarbiyaviy maqsadlar) tarbiyalanuvchilar xatti-xarakatini aks ettiruvchi fe’llardan foydalaniladi.
Kratvol taksonomiyasiga tarbiyaviy texnologiyaning besh asosiy tushunchasi kiradi: qabul qilish, idrok etish, qadriyat larni uzlashtirishni yo`lga solish, qadriyat larni baxolashni tashkil etish, qadriyat lardagi yo`nalishlarni kengaytirish yoki faoliyatga tadbik etish.

  1. Qabul qilish

Ushbu tushuncha talabaning atrof dunyodan kelayotgan ragbatlovchi u yoki bu xodisalarni qabul qilishga tayyorligi va kobiliyatini belgilaydi. Tarbiyachi bunday maqsadga erishish uchun talabaning diqqatini tortish, saklash va yo`naltira bilishi zarur.
Qabul qilish tushunchasiga xos tushunchalar.
1 “sezgi”
2 “tayyorgarlik” yoki “qabul qilish istagi”.
3 “tanlov - ixtiyoriy diqqat”.
Talabaning ta’lim mazmuniga beixtiyor munosabatdan faol munosabatigacha olib keladi (xolbuki, bu boskichda tula idrokli va maqsadli bulmasa xam).

  1. Idrok etish, munosabat (sezgi).

Ushbu tushuncha talabaning faolligini namoyon bulishini belgilaydi. Bu boskichda talaba u yoki bu vokelik yoki tashki ragbatni nafakat qabul qilishi, balki unga kizikishini namoyon qiladi.
Xos tushunchalar:

  1. Mansub munosabat.

  2. Ixtiyoriy munosabat.

  3. Munosabat orkali konikish.


Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin