Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə36/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
xorijmajmua 22-23

Tarbiyaviy vazifasi
Boshlang‘ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi muhit va sharoit bolaning shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydi, erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari – bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatish muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi, havas qilishiga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola kattalar qilganini takrorlaydi, ularning harakatlariga taqlid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof dunyoga, odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qoladi. To‘g‘ri ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq axloqli hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay ma’naviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Rekeatsion (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari
Buning mazmuni oila inson o‘zini to‘la himoyalangan deb xis etadigan, to‘la qabul qilingan, uning mavqei, tashqi ko‘rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iboratdir.
“Mening uyim – mening qasrim” iborasi sog‘lom, tinch oila – dunyodagi hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarini to‘plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi.
Rafiqasi o‘z uyida o‘zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab kelgan an’anaviy modeli endi o‘tmishda qolib ketmoqda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan bo‘lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi.
Bоlani оilada ijtimоiylashuv muammоsi Оilaning ijtimоiy mavqеi va uning tipоlоgiyalari Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri – bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha adapto - moslashtiraman), ya’ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jarayonining asosiy xarakteristikasi bo‘lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi, ya’ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati.
Oilaning ijtimoiy mavqeini aniqlash uchun uning bir qator tuzilish – funksional xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oilaning tuzilish xarakteristikalari
Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la, to‘la emas).
Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, yetuk, qari).
Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy).
Oiladagi avlodlar soni (bitta yoki bir necha avlodlar).
Bolalar soni (ko‘p bolalik, kam bolalik).
Oila a’zolarining individual xususiyatlari
Ularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi va bolaning xarakteristikalari kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy, psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyatlari; u boradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o‘qitish muvaffaqiyatlari; o‘zini tutishda chetlanishlar, patologik odatlari, nutqiy va psixik buzilishlar mavjudligi.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari uning tuzilish va funksional ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikalarni tashkil etadi – oila mavqeini (lotincha status-holati, vaziyati).
Oilaning ijtimoiy moslashishi tuzilishi





Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin