Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


Оila bilan ishlashda ijtimоiy pеdagоgning faоliyati



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə37/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
xorijmajmua 22-23

Оila bilan ishlashda ijtimоiy pеdagоgning faоliyati.
Oilaning ijtimoiy moslashishi birinchi tashkil etuvchisi – oilaning moddiy ahvoli
Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorni va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan bumlar) hamda uning a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa (tirikchilik minimum iva boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan oziq-ovqat, kiyim, turar joyi uchun haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunda oila kambag‘al hisoblanadi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei – past hisoblanadi. Agarda oilaning moddiy ta’minlanishi ijtimoiy me’yorlar minimumiga mos kelsa, ya’ni agarda oila hayot kechirish uchun asosiy talablarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablarini qondirishga yetmasa unda bunday oila kam ta’minlangan hisoblanadi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei - o‘rtacha hisoblanadi.
Daromadi darajasi va yashash sharoiti yuqori bo‘lib (ijtimoiy me’yordan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgina yashash asosiy talablarini qondirib qolmay, yana turli xil xizmatlardan foydalanish imkoni ham bo‘lsa bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘ladi. Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisi – uning psixologik muhiti – oila a’zolari kayfiyati, ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga munosabati, boshqa odamlarga, ishga, atrofdagi hodisalarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror mustahkam emotsional kayfiyatdir. Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchun er-xotinlar o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Oilaning psixologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: emotsional erkinligi darajasi, xavotirlanish darajasi, bir-birini tushunish, hurmat qilish, qo‘llash, yordam ko‘rsatish, hamdardligi, bir-biriga ta’siri darajasi; dam olish joyi (oilada yoki undan tashqarida), oilaning yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari ochiqligi.
Teng huquqlilik va hamkorlik prinsiplarida qurilgan munosabatlar ma’qul hisoblanadi. Oilada bir-birlarining huquqlarini hurmat qilishadi, bir-biriga bog‘langanlik mavjud, emotsional yaqinlik xis etiladi. Oilaning har bir a’zosi o‘zaro munosabatlar sifatidan xursand. Bularning hammasi bo‘lgan holatda – oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei yuqori deb baholanadi. Oilada nosog‘lom psixologik muhit er-xotinlar yoki ota-onalar va bolalar o‘rtasida doimiy qiyinchiliklar va janjallar bo‘lgan hollarda yuzaga keladi, oila a’zolari doim xavotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin xis eta olmaydilar: oila a’zolari o‘rtasida begonalik xissi hukmron bo‘ladi. Bularning hammasi oilaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan –psixoterapevtik, ya’ni stressni va charchoqni yo‘qotish, jismoniy va ma’naviy kuchlarini tiklab olishi kabi vazifasini bajarishga har bir oila a’zosiga halaqit qiladi. Bunday holatda ijtimoiy psixologik muhiti – past darajali bo‘ladi.
Shu bilan birga yomon munosabatlari inqirozli, butunlay bir-birini tushunmaslik, bir-biriga dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (psixik, jismoniy, jinsiy), ajrashish istagi paydo bo‘lishi bilan ifodalanuvchi holatlarga aylanishi mumkin. Inqirozli munosabatlarga misollar: ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan munosabatlari, aloqalarining to‘xtalishi.
Yomon munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda doimiy bo‘lmaganda oilaning oraliq holatida bo‘lganda oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei o‘rtacha hisoblanadi. Ijtimoiy moslashish tuzilishi uchinchi tashkil etuvchisi – ijtimoiy-madaniy moslashish.
Oilaning umumiy madaniyatliligini aniqlashda uning katta yoshdagi a’zolari bilim darajalarini hisobga olish zarur. Kattalarning bilim darajalari bolalarni tarbiyalashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oila a’zolarining turmush va o‘zini tutish madaniyatlarini ham hisobga olish kerak. Agarda oila odatlar va an’analarni davom ettiruvchisi, saqlovchisi rolini bajara olsa (oilaviy bayramlar saqlanib qolinsa, xalq og‘zaki ijodi saqlansa) oilaning madaniy darajasi yuqori hisoblanadi; qiziqishlari doirasi keng bo‘ladi; ma’naviy talablari rivojlangan bo‘lsa: oilada turmush to‘g‘ri tashkil etilgan, dam olish turli xillarda bo‘ladi, shu bilan birga dam olish va turmush faoliyati birgalikda olib boriladi; oila bolani har tomonlama (estetik, jismoniy, emotsional, mehnat) tarbiyalash bilan mashg‘ul bo‘ladi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlaydi.
Agarda oilaning ma’naviy talablari rivojlanmagan, qiziqishlari doirasi tor bo‘lsa, turmushi tashkil etilmagan, uyushmagan, oilani birlashtiruvchi birgalikda madaniy xordiq chiqarish va mehnat faoliyati bo‘lmasa, oila a’zolarining odobini boshqarish bo‘sh bo‘lsa (xulqini boshqarishda majburlash metodlari ustun bo‘ladi); oila nosog‘lom turmush tarzi olib borsa (nosog‘lom, xulqi buzuq) unda uning madaniyati darajasi – past bo‘ladi.
Agarda oila madaniyati yuqori darajaliligining to‘la to‘plamga ega bo‘lmasa, lekin o‘izining madaniy darajasi muammolarini tushunib yetsa va uni oshirish yo‘nalishida faollik ko‘rsatsa unda oilaning ijtimoiy-madaniy mavqei o‘rtachaligi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
To‘rtinchi ko‘rsatkichi-vaziyatli-rolli moslashishi
Bu moslashish oilada bolaga munosabat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolaga oqilona ijobiy munosabatda bo‘lganda, bolaning muammosini hal qilishda oilaning yuksak madaniyatliligi va faolligi bo‘lgan holda uning vaziyatli-rolli mavqei yuqori bo‘ladi: agarda bolaga haddan tashqari e’tiborlilik, uning muammolariga aralashish ko‘p bo‘lsa, unda 0 o‘rtacha bo‘ladi. Agarda bolaning muammolariga e’tibor berilmasa va undan ham yomoni bolaga yomon munosabatlar bo‘lsa, bu oilaning past madaniyati va faolligi bilan birga vaziyatli-rolli mavqei – past bo‘ladi.
Oilaning tipologiyasi
Oilaning ko‘plab tipologiyalari mavjud bo‘ladi: psixologik, pedagogik, sotsiologik. Ijtimoiy pedagogning faoliyati vazifalariga kompleks tipologiyasi javob beradi, u jamiyatda ijtimoiy moslashuvi darajasi bo‘yicha farq qiladigan oilaning to‘rt kategoriyadagi tiplarini ajratishni ko‘zda tutadi.
Yuqori darajasi - mustahkam oilalar.
O‘rtacha – xavfi bor oilalar guruxi.
Past darajali – notinch (baxtsiz) oila.
Juda past – asotsional oilalar.
Tinch, baxtli oilalar o‘z vazifalarini bajara oladilar. Ijtimoiy pedagog yordamiga deyarli muhtoj emaslar. Bunday oilalar moslashish qobiliyatlari hisobiga, ya’ni moddiy, psixologik va boshqa ichki imkoniyatlariga asoslangan qobiliyati hisobiga o‘z bolasining talab-ehtiyojlariga tezlikda moslashib oladi va uni tarbiyalash va rivojlantirish masalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Muammolar paydo bo‘lgan hollarda ularga ijtimoiy pedagogning bir martalik yordami (maslahati) yetarli bo‘ladi.
Xavfi bor gurux oilalari qoidalardan bir qancha chetlanishi bilan ifodalanadi (to‘la bo‘lmagan oila, kam ta’minlangan oila va shu kabilar). Bular oilaning moslashish qobiliyatini pasaytiradi. Ular bolani tarbiyalash vazifalarini o‘zlarining ko‘p kuchlarini ishlatib bajaradilar, shuning uchun ijtimoiy pedagog oila holatini kuzatib borishi kerak va kerak bo‘lganida o‘z vaqtida yordamini taklif etishi zarur.
Notinch oilalar, bu hayot faoliyati biror-bir sohasida yoki bir vaqtda bir nechtasidan past ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan oilalar. Masalan, oila daromadi past darajada, yomon psixologik muhit, oilada madaniyat darajasi past. Bunday oilalar ularga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past, bolani oilaviy tarbiyalash jarayoni qayta qiyinchiliklar bilan o‘tadi, natijasi kam bo‘ladi. Bunday turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog tomonidan faol va davomiyli yordam kerak bo‘ladi.
Assotsional oilalar – bu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga xilof ravishda hayot kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash – turmush sharoitlari eng oddiy sanitar-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar tarbiyasi bilan hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang‘och bo‘lib rivojlanishdan ortda qoladilar. Ota-onalari tomonidan boshqalar tomonidan am jabrlanadilar, ijtimoiy pedagogning bunday oilalar bilan ishlari huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda, hamda vasiylik qilish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak.
Оilada ijtimоiy pеdagоgik yordam shakllari.
Chet el amaliyotida muhtojlarga uzoq vaqtli va qisqa vaqtli ishlar shakllaridan foydalanib ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish boy tajribalari to‘plangan.
Oz vaqtli shakllari orasida olimlar inqirozintervent va muammoli-yo‘naltirilgan modelni o‘zaro aloqlarini ko‘rsatadilar.
Inqirozintervent modelli oila bilan ishlashda bevosita inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bunday vaziyatlar oilaning kundalik hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin yoki tasodifiy zarar yetkazuvchi holat bo‘lishi mumkin. Bunday noqulay davrlar bolaning yoshi inqirozi bilan bog‘liq, bunda oilada psixologik-pedagogik muammolar kuchayadi.
Uch yosh inqirozi shaxsning asosiy individual-psixologik sifatlari shakllanishi jarayoni bilan va ijtimoiy-ma’naviy sifatlarining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq bo‘ladi.
7-8 yosh inqirozi maktab o‘quvchisi yangi ijtimoiy mavqega moslashishi, hayotning yangi rejimini o‘zlashtirishi, o‘qituvchi bilan, bolalar jamoasi bilan munosabatlar o‘rnatilishi bilan bog‘liqdir.
12-17 yosh inqirozi o‘zini tashkil toptirish, oila a’zolari, ota-onalari bilan, umuman kattalar bilan munosabatlarini o‘zgartirish davri. 18-21 – ijtimoiy o‘zini aniqlash davri.
Oilaga inqiroz paytida faqatgina ijtimoiy pedagog emas, balki professional psixolog, yordam ko‘rsatish norasmiy guruxlari, maxsus tashkilotlar (ijtimoiy himoya, reabilitatsiya markazi va boshqalar) yordam ko‘rsatadilar.
O‘zaro aloqalar muammoli- yo‘naltirilgan modeli (shakli) qisqa vaqtli ishlar strategiyasiga kiradi, uning davomiyligi 4 oydan oshmaydi. Muammoli-yo‘naltirilgan modeli oila murojaat etgan aniq amaliy masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi.
Bu model diqqat markazida muammo va yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar bo‘ladilar, oilaga yordam ko‘rsatuvchilar o‘z kuchlarini oila anglab yetgan va ular buning ustida ishlashga tayyor bo‘lgan muammoni hal etishga qaratishlari kerak. Bunday muammolar bolaga destruktiv munosabatlar (lotincha destructio-buzish, barbod etish, biror narsaning normal tuzilishini parchalash), tarbiyalash noto‘g‘ri usuli, oiladagi yomon, ko‘ngilsiz psixologik muhit bo‘lishi mumkin. Chet el davlatlari ish tajribalarida asosan ustun bo‘lgan ishlar olib borish uzoq vaqtli shakllari mijoz bilan uzoq vaqt munosabatda bo‘lishni (4 oy va undan ko‘p) talab etadi va odatda psixologik yondoshishga asoslanadi.
Oilalar ijtimoiy-pedagog va psixologik yordam so‘rab murojaat etmasa (ular bunga muhtojlar aslida) unda ularga nisbatan patronaj kabi ish usuli qo‘llaniladi. Patronaj ijtimoiy pedagogning ish usullaridan bir shaklidir, bu usulda ijtimoiy-pedagog diagnostik, tekshirish, nazorat, moslashish-reabilitatsion maqsadlarda oilalarni uyiga kelib ishlashidan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston respublikasida patronaj ish usuli mavjud bo‘lib va pediatrik xizmatlar, nogironlar va nafaqaxo‘rlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin tibbiy va xo‘jalik-turmush xizmatlari patronaj imkoniyatlarini chegaralamaydi, uning doirasida turli xil ta’lim, psixologik yordamlari amalga oshirishi mumkin, shuning uchun ijtimoiy pedagogning oilaga kelib ishlash shakli uning ajralmas qismi bo‘lishi kerak.
Patronaj bilan bir qatordaoila bilan ishlash shaklidan biri sifatida konsultatsion suhbatlarni ko‘rsatish mumkin. Individual konsultativ suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlash guruxli ishlash metodi –trening qo‘llanishi mumkin.
“Оtaliq” va “qaramоqqa оlish” tushunchasining mоhiyati. Оtaliq va qaramоqqa оlishga muhtоj bоlalarning turlari. Vasiylik – bu “balog‘atga yetmagan shaxslar shaxsi va mol-mulki huquqlarini himoya qilish shaklidir (ota-onasiz olgan bolalar, ruhiy kasallar)”. Vasiylik deyilganda bunday kuzatishlar vazifasi yuklatilgan shaxslar yoki tashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik qilish topshirilgan shaxs vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik.
Qaramog‘iga olish - o‘z mazmuni bqyicha vasiylikka yaqin tushunchadir, qaramog‘iga olish – bu balog‘atga yetmagan bolalar shaxsiy va mol-mulkka himoya qilish shakli (va boshqa kategoriyali odamlarning ham), ya’ni qaramog‘iga olish deganda vasiylikdan farqli ravishda unga ancha keng kategoriyadagi bolalar kiradi. Hozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo‘llaniladi: yetim (hech kimi yo‘qlik) va ijtimoiy yetim (ijtimoiy hech kimi yo‘qlik).
Yetim bolalar – bu 18 yoshgacha bqlgan ikkala ota-onalari yoki birortasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy yetim – bu biologi kota-onalari bor bola, lekin ular qandaydir sabablarga ko‘ra bola tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar.
Bunday hollarda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasini jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib, ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilari kiradilar:
ota-onalari vafot etgan.
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan.
Ota-onalik huquqlari cheklangan;
Noma’lum, daraksiz, yo‘q hisoblangan.
Ishga yaroqsiz (nosog‘lom, ish qobiliyati cheklangan);
Jazoni ijro etish kolonniyalarida jazo olayotgan.
Jinoyat qilganlikda ayblanadi va qamoqqa olingan.
Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortadi.
Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash, ijtimoiy tashkilotlardan bolani olib ketishdan bosh tortadilar.
Vasiylik va qaramog‘iga olish – yetim-bolalarni va ota-onasi qarovisiz qolgan bolalarni boqish, tarbiyalash, ta’lim berish va ularning huquq va qiziqishlarini himoya qilish uchun joylashtirish shaklidir. Vasiylik 14 yoshga yetmagan bolalar ustidan o‘rnatiladi, qaramog‘iga olish 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi.
Yetimlik – jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolardan biridir. Ota-onasini yo‘qotgan bola – bu alohida juda ham fojeali dunyodir. Ota va onali bo‘lish talabi ehtiyoji bolaning eng kuchli talablaridan biridir.
Ijtimoiy yetimlik bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun xosdir. Masalan, amerikalik tadqiqotchilari butun dunyo bo‘yicha kasalxonalar, tug‘ruqxonalar, ijtimoiy muassasalar tashlab ketilgan chaqaloqlar bilan to‘lib ketganligini aytadilar. Ularni turlicha “voz kechilgan bolalar”, “davlat bolalari”, “tashlab ketish uchun tug‘ilganlar” ham deb ataydilar.
Urush boshlanganda Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramova artelda temirchi bo‘lib ishlaganlar. Tokent ayollarining O‘zbekiston barcha ayollariga murojaat etib (1942 yanvar) ularni evakuatsiya qilib kelingan bolalarga nisbatan onalik g‘amxo‘rligini ko‘rsatishga chaqirganlaridan keyin ular turli millatlardan yetim-bolalarni tarbiyalariga olishgan. Ular orasida rus, belorus, moldavan, ukrain, latish, qozoq, tatar va boshqa millat bolalari bor edi. Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadilar, ularni o‘qitib tarbiyalab bizning mamalakatimizga munosib kishilari qilib o‘stirdilar. 1966 yilda zilziladan so‘ng Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarni oilaga qabul qildilar. Shomahmudovlar “Hurmat belgisi” ordeni bilan B,Akramova “qahramon ona” ordeni bilan ham mukofotlanganlar. Ular Raxmat Fayzining “Ulug‘ inson” romanining, “Sen yetim emassan” badiiy filmining asosiy qahramonlari timsoli qilib olinganlar. Toshkentning ko‘chalaridan biri Shomahmudovlar nomi bilan ataladi, Xalqlar Do‘stligi maydonida “Do‘stlik” monumenti o‘rnatilgan. Ulardan tashqari yana minglab o‘zbek oilalari urush yillarida evakuatsiya qilingan bolalarni asrab olganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq shoiri Gofur Gulom o‘zining “Sen yetim emassan” she’rida o‘z ota-onalarini va uylarini yo‘qotgan bolalarga qaratilgan qalb so‘zlarini yozgan:
Sen yetim emassan, tinchlan jigarim!
Quyoshdek mehribon vataning onang,
Zamindek vazminu mehnatkash, mushfiq
Xalq bor, otang bor cho‘chima jigarim,
O‘z o’yingdasan, uxla jigarim
Yetimlikning hamma sabablarini aytib o‘tish qiyin, chunki bu turli fan sohalari olimlari (shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va ko‘plab boshqalar) shug‘ullanadigan ko‘p qirrali muammo va u ham oxirigacha o‘rganib bo‘linmagan. Ammo hech bo‘lmaganda yetimlikning uchta sabablarini aytish mumkin:
Ota-onalar (ko‘pincha onalar) o‘zining balog‘atga yetmagan bolasidan o‘z ixtiyori bilan voz kechadi, shu bilan birga bu ko‘pincha chaqaloqlik yoshida kuzatiladi: voz kechish, tashlab ketilgan chaqaloqlar.
Bolaning qiziqshlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish. Bu holat asosan ichkilikbozlikka berilgan, jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog‘lom ota-onalari bo‘lgan, notinch oilalarda yuz beradi.
kiritish Ota-onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko‘chishga majbur etuvchi qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, yer qimirlashi va shu kabilar) oqibatida yo‘qolib qolgan bolalarni ham mumkin. Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi – bolaning oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari xalqaro hujjatlarda qayd etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konvensiya va boshqalar), O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarda qayd etilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi oila kodeksida eng ustun va mustaqil sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko‘rsatiladi: oilada yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish huquqi, o‘zini himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining ismiga huquqi. davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolishga va uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishni oldini olishga bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish mumkin bo‘lmasa uning uchun yangi oila izlash afzal deb hisoblanadi.
O‘zbekistonda ota-onalarisiz qolgan yetim-bolalarga yordam ko‘rsatish uchun “Sen yolg‘iz emassan” Respublika ijtimoiy fondi tashkil etilgan. Har bir mamlakatlarda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy alternativ masalalar tizimi yaratilmoqda, rivojlantirilmoqda va mustahkamlanmoqda. Ularga quyidagi mumkin bo‘lgan usullarni kiritish mumkin:
Oilaga qaytarish.
Mamlakat ichida asrab olish.
Tarbiyalash uchun oilaga berish;
Maxsus tarbiya muassasalariga berish.
Yetim-bolalarga vasiylik qilish ikki yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin – asrab olish yoki davlat qaramog‘iga olish bilan. Asrab olish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: asrab olgan oila, vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila.
Farzand qilib olish – bu bolani himoya qilish maxsus chorasi, bunda bola va uning haqiqiy ota-onasi bo‘lmagan odam yoki er-xotin o‘rtasida qarindoshlik aloqalari yuridik o‘rnatiladi. Bolaning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun bolani farzand qilib olganida u aynan oilaga ega bo‘lishi, unga biror-bir o‘rnini bosuvchi emas, oilaga ega bo‘lishi muhim holat hisoblanadi. Bizning davrimizda ko‘plab hamyurtlarimiz mehribonlik ko‘rsatib ota-onasiz qolgan bolalarni oilalariga oladilar. Masalan, Nizomiy nomidagi TDPU padgogika kafedrasi katta o‘qituvchisi Ishmuxamedov Ravshan Djurayevich yetim qolgan bola – koreys bolani asrab oldi (2003). Ishmuxamedovlar oilasida o‘zlarining to‘rtta farzandlari bor. Bunday harakat haqiqiy insonparvarlik va begonalar baxtsizligiga g‘amxo‘rlik munosabatini bildiradi.
Davlat vasiyligi – asrab olingan bolaga (yetim bolaga) uning tarbiyasi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratib, uni bu maqsadda maxsus tashkil etilgan tashkilotga joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bola bolalar uyiga (maloletka), vaqtinchalik asrab olinadigan oilaga, mehribonlik uyiga (bolalar uyi) maktab-internatga joylashtirilishi mumkin.
Bоlani asrab оlishda ijtimоiy pеdagоgik faоliyat.
Asrab olingan bola har xil turdagi qabul qiluvchi oilaga tushishi mumkin: bu vasiylik qiladigan oila yoki bola qilib oldigan oila bo‘lishi mumkin. Bular orasida farq birinchi holatda bola uchun unga qarindosh bo‘lgan odamlar topiladi, ikkinchi holatda – bola bilan qarindoshlik aloqasi bo‘lmagan odamlar oila vazifasini bajarishlaridan iborat bo‘ladi. Vasiyning vazifasi bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Vasiy voyaga yetmagan bolada mavjud bo‘lgan mol-mulki va ko‘chmas mulkini saqlash va foydalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi, lekin o‘zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bola qilib olgan oila umuman olganda bolaning yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu yerda u o‘z bolasi huquqiga ega bo‘ladi.
Bola uni oilasiga olgan ota-onalarining familiyasini olishi mumkin, hatto yangi ism ham. Farzand qilib olingan bolaning hamma huquq va majburiyatlari haqiqiy o‘z bolalari huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi.
Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish oilasi. Vaqtinchalik asrab oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli sifatida bir qator rivojlangan mamlakatlarda juda ham keng tarqalgan hisoblanadi.
O‘zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq etish va tarqalishga ega emas.
Vaqtinchalik asrab olish oilasini vasiylik oilasi yoki bola qilib oluvchi oiladan farqi birinchi navbatda bu professional mutaxassislar oilasi bo‘ladi. Agarda chet eltajribalariga murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko‘rsatish mumkin:
Ota-onalarda ma’lum professional malakalari bo‘lishi kerak;
Oila kerakli professional-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.
Bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to‘lanadi.
Bolaning oilada bo‘lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga olinadi.
Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o‘z shaxsiy uylarida o‘tadi.
Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar bolaning oilada bo‘lishini ko‘zda tutadi: o‘z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo‘natilishi, internat yoki boshqa muassasalarga yuborilishi.



Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin