. Reja Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning xususiyatlari.
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifalari.
O‘quvchilarning ijtimoiylashuvi jarayonida tengdoshlar jamiyati va bolalar submadaniyatining ahamiyati.
Ota -ona qaramog‘ida bo‘lmagan bolalar bilan olib boriladigan jtimoiy-pedagogik faoliyat.
Оila va uning asоsiy vazifalari. Bоlani оilada ijtimоiylashuv muammоsi. Оilaning ijtimоiy mavqеi va uning tipоlоgiyalari. Оila bilan ishlashda ijtimоiy pеdagоgning faоliyati. Оilada ijtimоiy pеdagоgik yordam shakllari. “Оtaliq” va “qaramоqqa оlish” tushunchasining mоhiyati. Оtaliq va qaramоqqa оlishga muhtоj bоlalarning turlari. Bоlani asrab оlishda ijtimоiy pеdagоgik faоliyat. “Sеn еtim emassan” (2002) fоndi davlat qaramоg’idagi muassasalarda ijtimоiy pеdagоgik faоliyat va оta-оnasiz qоlgan bоlalarga uning yordami.
Asosiy tushunchalar: oila, xavfi bor guruxi oilasi, yetimlik, vasiylik va g‘amxo‘rlik, asrab olish.
Оila va uning asоsiy vazifalari. Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi bo‘yicha boshqa hech bir institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi bola jamiyatda qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog‘liqlikni inson o‘zining butun hayoti davomida xis etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi xulqi qoidalari yuzaga keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.
Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha yomon og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar sotsiologlar asotsial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar.
Hamma davrlarda ham oila o‘zining farzandlarini tarbiyalashda yordam olishga talabni xis etgan. Tarix ko‘rsatishicha, odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik o‘tib kelgan. Zamonaviy industrial jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmoqda. Shuning uchun, jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar ijtimoiy ishlar xodimlari ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqatgina notinch, yomon oilalar emas, bugungi kunda tinch yaxshi oilalar ham muhtojlar.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila – bu nikoh va (yoki) qon-qarindoshchilikka asoslangan kichik ijtimoyi gurux, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila – bu ijtimoiy institut bo‘lib, unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko‘rish, bolalaning boshlang‘ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila-nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20 ming yil ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi mavjud bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay, hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan.
Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda, bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarinigagina to‘xtalib o‘tamiz.