Anketa tuzish, suhbat, intervyu, ma’lumotlarni o‘rganish
Bo‘lajak asrab oladigan ota-onalarni o‘rganish
Diagnostik (boshlang‘ich diagnostika)
Anketa tuzish, suhbat
Bola joylashtirilgan muassasalar va oialalarni Vоsitachilik borib ko‘rish (inqiroz oila, bolalar uyi va boshqalar)
Vositachilik
Kuzatish, suhbat
Bo‘lajak oilani va uning yaqinlarini o‘rganish
Diagnostik (chuqur diagnostika)
Anketa tuzish, test sinovlari, suhbat, ishontirish, hujjatlarni o‘rganib chiqish
5. Kiritish o‘qitishi, leksiya, hikoya, suhbat, videofilmlar
O‘qitish (boshlang‘ich, dastlabki o‘qitish)
Leksiya, suhbat, kuzatish, ishonish, mashq qilish
6. Bolani asrab oluvchi oilaga joylashtirish, asrab oluvchi ota-onalarni chuqur o‘qitish kursi
Patronaj qiluvchi.
“Sеn еtim emassan” (2002) fоndi davlat qaramоg’idagi muassasalarda ijtimоiy pеdagоgik faоliyat va оta-оnasiz qоlgan bоlalarga uning yordami
Agarda bola asrab olinmasa va bola qilib oladigan oilaga tushmasa unda bu bolaning tarbiyasi, ta’lim va rivojlanishi bilan davlat tashkiloti shug‘ullanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda bolalar uylari (malyutka) invalidlar uchun maktab-internatlari reabilitatsion markazlari va 28 ta mehribonlik uylari (bolalar uylari) mavjud. Mehribonlik uylarida 3400 ga yaqin bolalar yashaydilar. Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar tarbiyalanadigan davlat tashkilotlari faoliyatlarining asosiy maqsadlari: bu tashkilotlardagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish; reabilitatsion, tibbiy va ijtimoiy xususiyatdagi tadbirlarni amalga oshirish; bolalar umumiy ta’lim olishlarini tashkil etish.
Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolaning rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni yaratish.
Bolalar sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash.
Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini ta’minlash.
Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
Bolalar ta’lim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib ta’lim olishlari.
Trabiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini shakllantirish.
Tarbiyalanuvchilarda o‘zini rivojlantirishga va o‘zini anglashga talablarini yuzaga keltirish.
Kasb-hunar ta’lim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va keyinchalik o‘zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy pedagogning bolalar mehribonlik uyidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatini chuqurroq ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi – bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiylashtirish (bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni). Bu maqsad turli masalalarni bajarish bilan amalga oshirilishi mumkin. Jadvalga qarang, unda ijtimoiy pedagogik faoliyat masalalari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish metodlari va shakllari ko‘rsatilgan.