Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə5/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
xorijmajmua 22-23

maftunkorlik;

  • kommunikativlik;

  • o’z imkoniyatlarini amalga oshirish;

  • davolovchilik;

  • tashxis;

  • millatlararo muloqot;

  • ijtimoiylashuv.

    Tadqiqotchilar o’yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O’yinlarning muhim qirralari S.A.SHmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbirni) tufayli bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko’ra, faoliyat jarayonining o’zidan bahra olish uchun qo’llanadi.


    O’yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakterga – «ijod maydoni»ga ega bo’ladi.
    O’yin uchun hissiy ko’tarinkilik xosdir. U o’zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo’ladi.
    O’yinning o’yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko’zda to’tgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo’lishini ko’rsatadilar.
    Tadqiqotchilar nazariy aspektda o’yinga faoliyat, jarayon va o’qitish metodi sifatida qaraydilar.
    O’yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o’z imkoniyatlarini to’la amalga oshiradi.
    O’yinli faoliyatni motivatsiyalash o’yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o’zini namoyon qila olishi, o’z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
    Jarayon sifatida o’yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:

    • o’ynash uchun olingan rollar;

    • bu rollarni ijro etish vositasi bo’lgan o’yin harakatlari;

    • predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o’yin narsalari o’rnida qo’llash;

    • o’yinda ishtirok etuvchilarning real o’zaro munosabatlari;

    • o’yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun) – ijro sohasi.

    O’yindan tushunchalar, mavzu va hatto o’quv predmeti bo’limini o’zlashtirishda o’qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.
    O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
    O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi.
    O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi.
    O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
    Faoliyatni rivojlantiruvchi o’yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog’ishtirish, o’xshashini topish, faraz, hayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o’quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.
    Ijtimoiylashuv o’yinlari jamiyatning me’yorlari va Kadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko’nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o’z-o’zini boshqarish, muloqotga o’rgatish, psixoterapiyani nazarda tutadi.
    Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o’yin degan tushuncha mavjud.
    Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o’yinlar «o’yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi.
    Pedagogik o’yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo’yiladi.Pedagogik o’yinlar asosida talabalarni o’quv faoliyatiga yo’llovchi o’yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
    G.K. Selevko tomonidan pedagogik o’yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan.
    Pedagogik o’yinlar quyidagi asosiy yo’nalishlarda bo’ladi:

    • didaktik maqsad o’yinli vazifa shaklida qo’yiladi;

    • o’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi;

    • o’quv materialidan o’yin vositasi sifatida foydalaniladi;

    • o’quv jarayoniga didaktik vazifa o’yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;

    • didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o’yin natijalari bilan bog’lanadi.

    Pedagogik o’yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o’yin metodikasi, soha xususiyati, o’yin muhiti bo’yicha tasnif qilingan.
    Pedagogik o’yinlar tasnifi:

    Yüklə 240,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin