Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə6/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
xorijmajmua 22-23

1. Faoliyat sohasi jihatidan: jismoniy, intellektual, mehnat, sotsial, psixologik.
2. Pedagogik jarayon xarakteri jihatidan: ta’limiy, trening, nazorat etuvchi, umumlashtiruvchi, bilish (idrok etuvchi), tarbiyaviy, qiziqtiruvchi, reproduktiv, produktiv, ijodiy, kommunikativ, diagnostik, kasbiy, tashviqiy, psixolgik.
3. O’yin metodikasi jihatidan: fanga xos, sujetli, rol ijrosi, tadbirkorlik, andozaviy, dramalashtirish
4. Fan sohasi bo’yicha: matematik, ximik, biologik, fizik, ekologik, musiqiy, teatr, adabiy, mehnat, texnikaviy, ishlab chiqarishga oid, jismoniy tarbiyaga oid, sport, xarbiy-amaliy, sayoxatga oid, halq o’yinlari, jamiyatshunoslik, boshqaruv, iktisod, tijoratga oid.
5. O’yin muhiti jihatidan: jihozli va jihozsiz, stol, xona, kucha, mahalla o’yinlari, kompyuter, televizion, texnik vositalar, texnikaviy, xarakat usullari yordamidagi o’yin turlaridan iborat.
Oliy maktab amaliyotida tadbirkorlik o’yinlariga alohida ahamiyat beriladi.
Tadbirkorlik o’yinlari nazariyasi umuman boshqa o’yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog’langan.
Tadbirkorlik o’yinlarini mashhur psixologlar L.S. Vigodskiy, A.N. Leontev, P.YA. Galperin va boshqalarning ishlarida nazariy asoslangan.
Tadbirkorlik o’yinlari o’z xarakteriga ko’ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi.
Tadbirkorlik o’yinlari bilish va o’qitishning vositasi sifatida XX asrning 20-yillarida gurkirab rivojlandi. Tadbirkorlik o’yinlariga taqlidiy (imitatsion) o’yinlar bilishning vositasi sifatida asos bo’ldi. Taqlidiy o’yinlarga o’z navbatida harbiy va harbiy-siyosiy o’yinlar asos bo’lgan.
A.A. Verbitskiy tadbirkorlik o’yinlariga o’qitishning ishoraviy-kontekst shakllari sifatida qaraydi. Uning fikricha, tadbirkorlik o’yinlarida mashq qilish faoliyati va bo’lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir sun’iy va tabiiy tizim sifatida o’zaro nisbatlanadi. SHu tufayli tadbirkorlik o’yinlari kasbiy faoliyatning ishoraviy modellari sifatida belgilanadi, uning konteksti (mazmuni) ishora vositalari, ya’ni tabiiy tilni ham hisobga olgan modellashtirish, taqlid (imitatsiya) va aloqa yordamida beriladi.
A.A. Verbitskiy oliy o’quv yurtining vazifasini bunday o’qitishda, ya’ni talabani bir yetakchi faoliyat tipi (o’quv)dan boshqa (kasbiy) tipga faoliyatning predmeti, motivi, maqsadi, vositasi, usul va natijalarini maqsadga muvofiq yo’naltirilgan (o’zlashtirilgan) holda o’tkazishni ta’minlash deb biladi.
Tadbirkorlik o’yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi:

  • ishlab chiqarish imitatsion modeli sifatida taqdim etilgan o’quv materiali mazmunining izchilligi;

  • o’yinli o’quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish;

  • o’quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug’dirish va ularni amalda qo’llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish;

  • o’yinning ta’limiy va tarbiyaviy samaradorligi yi g’indisi;

  • o’yinni olib boruvchi o’qituvchining talabalar faoliyatini tashkil etish va boshqarishidan talabalarning o’z xatti- harakatlarini tashkil etish va boshqarishga o’tishini ta’minlashi.

A.S. va G.F. Arbenevlar tadqiqotlarida tadbirkorlik o’yini mutaxassisning evristik tafakkurini rivojlantirishning samarali metodlaridan biri sifatida baholanadi.
A.Tyukov fikricha, har qanday o’yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qat’i nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:

  • kasbiy doira imitatsiyasi yaxlitligi. O’yin imitatsiyasiga taalluqli bo’lgan tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy sujet yoki asosiy mavzuga ega bo’lishi lozim;

  • mustaqil tashkil etishga yo’nalganligi;

  • o’qitishning muammoliligi;

  • metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta’minlanganligi.

Tashkiliy o’yin aslida tobora takomillashib boruvchi o’qitishni ta’minlashi kerak. SHu maqsadda unda faoliyat rivojlanishining to’liq davriyligi imitatsiyasi amalga oshiriladi, ya’ni qandaydir vaziyat yechimiga bo’lgan yondashuvdan topilgan yechimning umumlashtirilgan bahosi o’tiladi.
A.A. Tyukov o’yin davriyligining quyidagi bosqichlarni qayd qiladi:

  • vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o’yinning asosiy sujet mavzusi bo’yicha o’yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi.

  • amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;

  • o’yin jarayoni va ishtirokchilar xatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish;

  • echimni tashkil etish bosqichi.

YA.S.Ginzburg va N.M.Koryak o’yinning quyidagi sotsial-psixologik xususiyatlarini farqlaydi:

  • guruh xarakteri;

  • yaratuvchilik, shartlilik;

  • ramziylik, utilitar bo’lmaslik xarakteri;

  • belgisizlik (mavhumlik), tarqaluvchanlik xususiyati

Tadbirkorlik o’yinini tayyorlashning sotsial-psixologik muammolariga quyidagilar kiradi:

  • ishtirokchilarni tanlash;

  • rollarni taqsimlash;

  • o’yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash;

  • ijtimoiy psixologiya bo’yicha umumnazariy bilimlarni egallash;

  • nazariy bilimlarini amalda qo’llay olish;

  • shaxsiy tayyorgarlik.

I.Olloyorov tadbirkorlik o’yinlariga o’quv ishlarini tashkil etishning bir shakli sifatida qaraydi. U o’yinlar o’quv jarayonida o’z o’rniga ega va o’quv jarayonining asosiy vazifalari, mohiyati va tuzilmasi hamda o’rganilayotgan fanning didaktik tabiatiga bog’liq bo’lgan, aniq belgilangan didaktik funktsiyalarni bajarishini ta’kidlaydi.
Tadbirkorlik o’yinlarining didaktik funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi;

  • bilimlarni mustahkamlash va qo’llash;

  • o’quv jarayonida bo’lg’usi mutaxassisning faoliyati faqat o’rganish emas, balki uni bajarishga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat bo’lishi;

  • talabalar o’kuv-bilish faoliyatining bo’lg’usi kasbiy faoliyati, xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib berishi.



Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin