Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə50/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
xorijmajmua 22-23

Mе’yordan jismоniy оg’ishlik.
Me’yordan og‘ishganlikni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me’yordan jismoniy og‘ishlik insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko‘rsatkichlari bilan (vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog‘lig‘ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko‘rsatkichlar bo‘lib, bunday ko‘rsatkichlarga to‘la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo‘lsa kerak. Jismoniy jihatdan me’yordan og‘ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi.
Sog‘lig‘i jihatidan me’yordan og‘ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga o‘tuvchi omillar, ba’zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og‘ir ekologik vaziyat, oziq-ovqat, ichimlik suvining sifatsizligi, oilaning umumiy yashash sharoitining og‘irlashishi va boshqalar. Sog‘ligi va o‘sishida me’yordan og‘ishlik bo‘lgan insonlarning ko‘pgina toifalari mavjud. 1980 yili jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati cheklangan shaxslar uchun uch bo‘g‘inli shkalasini qabul qildi.
Xastalik – inson sog‘lig‘idagi har qandy yo‘qotish, psixik yoki jismoniy funksiya anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir.
Cheklangan imkoniyat – inson uchun ye’yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o‘z faoliyatining yo‘qolishi (nuqsonning ko‘pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar.
Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog‘lig‘idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan, yosh ko‘rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat.
G‘arbiy davlatlarda “Sog‘lig‘ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. o‘zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy (yoki) va psixik kamchiligi bo‘lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog‘lig‘idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta’lim olishlarida to‘siqlik qiladi, shu sababli ta’lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi.
Shuningdek, “nuqsonli” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, ular jismoniy, psixik og‘ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan.
Mе’yordan psiхik оg’ishganlik va bоlaning ijtimоiylashuvi.
Me’yordan psixik og‘ishlik eng avval bolaning aqliy rivojlanishi,uning psixik nuqsonlari bilan bog‘liq.
Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to‘xtalish (ZPR) bo‘lgan bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va phren - aql) lar kiradi. Bolalarda turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: yengil – debillik, chuqur – idiotiya. Shuningdek, psixik og‘ishga nutqdagi nuqsonlilar, xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. Bu psixik og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib, autizm (Yunon tilidan, autos- sam) – psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi va o‘z-o‘zini o‘ldirish, suitsitga moyil bo‘ladi.
Me’yordan psixik og‘ishganlik bolalarning alohida guruhiga iqtidorlilar kiradi. Bu bolaga muvaffaqiyatga erishishini ta’minlovchi, biron-bir faoliyatni bajarishda yutuqlarga erishuvida muhim bo‘lgan bolalar iste’dodining o‘ziga xos turlaridir. hozirgi davrda bolalardagi iste’dodni, ulardagi musiqaga, san’atga, tasviriy san’at, sport, aqliy qobiliyatlilarini ertaroq aniqlovchi ajoyib metodikalar ishlash chiqilgan. Bu metodikalar bolalar qobiliyatlarini shakllashtirishga ham xizmat qiladi.
Pеdagоgik оg’ishganlik. Umumiy va kasbiy ta’lim оlmagan bоlalar.
Pedagogik me’yordan og‘ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika va ijtimoiy pedagogikada juda kam qo‘llaniladi. Pedagogik me’yorlarda eng avvalo standartlar ko‘zda tutiladi. Ular ta’lim darajalarini belgilab beradi. Ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik me’yordan og‘ish me’yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yorlar bo‘lib, mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlar hisoblanadi. Bu standartlarga muvofiq ma’lum yoshdagi bola, shu davrga muvofiq darajadagi ta’limni o‘zlashtirishi, o‘rta ma’lumot (9-sinf)ni olishi va o‘rta maxsus yoki kasb ta’limini olgan bo‘lishi lozim. o‘zbekiston respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim (9-sinf) hamma uchun majburiydir. Shu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus yoki kaab ta’limi o‘qish muddati uch yil davomida amalga oshiriladi.
Biroq o‘rta ma’lumotni olmagan bolalar ham bor. o‘zi mustaqil kasb ta’limi faoliyati turlarini egallay olmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Bunday bolalarning o‘qishga hoxishi yo‘qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasb faoliyati bilan shug‘ullana olmasligi kabi xususiyatlari birlashtiradi. Shunday holatlarlardan kasb ta’limiga ega bo‘lmagan bolalar kelib chiqadi. Bu me’yordan og‘ishganlikni bartaraf etishda mutaxassisning ijtimoiy-pedagogik yordami zarur bo‘ladi.
Ijtimоiy mе’yorlar va ulardan оg’ishganlik.
Ijtimoiy me’yordan og‘ishganlik tushunchasi “ijtimoiy me’yorlar” tushunchasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy me’yorlar – bu jamiyatning u yoki bu davrida, bosqichida maxsus o‘rnatilgan hatti-harakat namunalari yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) qoidalardir.
Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o‘z tarixiy rivojlanish yo‘liga ega. Ular Qadimgi davrlardan ma’lumdir. Jamiyat doimo o‘zini saqlab qolishga harakat qilgan. Shu maqsadda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli ijtimoiy cheklashlar: miflar, tabu (mann qilish), an’analar, diniy dogmalar (aqidalar) kiritilgan.
Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt o‘tishi bilan yanada mustahkamroq huquqiy, ahloqiy me’yorlar vujudga kelib, insonlar xulq-atvoriga bo‘lgan munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul qilingan ahloq va hulqli me’yordan og‘ish holatlari shakllanishiga qarshi me’yorlash yuzaga keldi.
Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo‘linadi:
Universal me’yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli me’yorlar.
Xususiy me’yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do‘st va boshqa) ga taalluqli me’yorlar.
Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar bola ijtimoiy me’yorlarni va jamiyat qadriyatlarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, uni xulqiy og‘ishgan bola deb ataydilar.
Xulqiy og‘ishgan bolalar muammosi sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan. Xulqiy og‘ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik, daydilik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqalar kiradi.
Mе’yordan оg’ishganlikni tashхis etuvchi psiхоlоgik-tibbiy-pеdagоgik kоmissiyaning rоli. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda bu toifadagi bolalarni turlicha atamalar bilan beradilar: “Tarbiyasi og‘ir”, “Og‘ir xulqli”, “deviant bola” xulqi og‘ishgan, asotsial xulqli bola. Ijtimoiy rivojlanishida xulqiy og‘ishgan bolalar orasiga yana shunday toifadagilar: Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar ham kiradi. Bunday bolalar – yetimlar va “ijtimoiy yetimlar” dir. Ular biologik ota-onalari bo‘la turib, turli vaziyat sababli birga yashamaydilar. “Ijtimoiy maydondan chetlatilgan” bolalarni jamiyatga qaytarish uchun ularga yordam berish zarur. Shu sababli ijtimoiy pedagogning bunday bolalar bilan olib boradigan ishlari, bir tomondan, xulqiy og‘ishlikning oldini olish, profilaktika ishlari, jamiyatda qabul qilingan me’yor va qoidalar holatlarida ogohlantirish, boshqa tomondan, xulqiy og‘ishgan bolalarni reabilitatsiya qilish ishlarini bajarish lozim.
Me’yordan og‘ishganlik tiplari



Jismoniy

Psixik

Pedagogik

Ijtimoiy

Kasallik;
ko‘rishida nuqsonli;
eshitishda nuqsonli
harakat apparatidagi nuqsonlar

psixik rivojlanishida ortda qolish;
aqliy zaiflik
nutqiy nuqson
emotsional-irodaviy nuqsonlar
iqtidorlilik

umumiy ta’lim olishdan og‘ishlik
kasbiy ta’lim egallashdagi og‘ishlik

yetimlik
xulqiy og‘ishlik: alkogolizm, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, daydilik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik.

Vоyaga еtish yoshida dеviatsiya hоlatlari. O’smir хulqining mе’yoriy оg’ishganligi.
O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb hisoblaydilarki, bu o‘sish bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, yetuk inson bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi.
O‘smirlik yoshida o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro faoliyatda, munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati almashinadi, unga kattalar yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy yetilish faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiy-psixologik muammolarni vujudga keltiradi.
O‘smirlik yoshida bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”-savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi. O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor maktab, oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir haqiqiy rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. O‘smir o‘zini erkin sezadigan, uni hurmat qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq xush ko‘radi.
Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki o‘smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k yerto‘lalar ham bo‘lishi mumkin.
Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalari bilan muammoli vaziyatda bo‘ladigan. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go‘dak g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda bo‘lishni davom ettiradilar. O‘smir esa bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi. Shu sababli kattalar bilan o‘zaro munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi. O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin bharakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film qahramonlari, kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun harakat qilishi holatlari ko‘p uchraydi. Tashqiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch turmgi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini tan olishlariga harakat qiladi.
Shu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida quyidagilarni aytish mumkin; hissiy noyetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini yetarli darajada nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o‘zini tan olishlariga bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smir – bu yetarli darajada yetilmagan va yetuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning chegarasidir.
Katta deb hisoblanishi uchun yetarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan bir vaqtda atrofdagilar bilan ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o‘z xulq-atvori va harakatlari jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishida katta e’tibor talab etadigan bosqich o‘smir shaxsidir.
Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga yetmagan, biroq o‘z xulq-atvori va hatti-harakatlariga axloqiy hamda huquqiy jihatdan mas’uliyatli bo‘lishga layoqatli deb hisoblaydi. Shu sababli o‘smirlar uchun o‘z hatti-harakati va xulq-atvoriga cheklangan huquqiy javobgarlik o‘rnatilgan.
8-Mavzu: Me’yordan og‘ish va deviant xulq-ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.
Reja
Giyohvandlik tushunchasi.
O‘smirlar orasidagi giyohvandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy oqibatlari.
Bolalar ichkilikbozligining sabablari va salbiy oqibatlari.
Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari.

Dеviant (mе’yordan хulqiy оg’ishgan) bоlalar bilan ijtimоiy pеdagоgik faоliyat


Dеviatsiya (оg’ishganlik) turlari. Dеviant, dеlikvеnt va kriminal хulqli o’smirlar: Umumiy va alоhida bеlgilar. Dеviant хulqli bоlalar bilan asоsiy ijtimоiy pеdagоgik faоliyat turlari - prоfilaktika va rеabilitatsiya. Ijtimоiy pеdagоgik prоfilaktik faоliyatning vazifalari, mazmuni, mеtоdlari va shakllari.
Asosiy tushunchalar: Anomal bolalar, iqtidorlilik, ijtimoiy me’yorlar, rivojlanishida og‘ishlik bo‘lgan bola, nogiron bola, deviant xulq, delikvant xulq, qarovsizlik.
Dеviatsiya (оg’ishganlik) turlari.
Deviatsiya tiplari
Me’yordan og‘ish
Jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-atvor me’yorlaridan og‘ishgan o‘smirlar og‘ir tarbiyalilar deb ataladi.
Og‘ir tarbiyali o‘smir jamiyatda o‘rnatilgan qoida va me’yorlarga rioya qilmaydi. Bunday holat ilmda deviatsiya deyiladi (lotin tilida deviation - og‘ishlik). Masalan, fizikada kompas magnit strelkasining og‘ishi, biologiyada organizm rivojlanishida og‘ishlik uchraydi.
Deviyatsiya (og‘ishlik) – bir tomondan uni o‘rab turgan inson va atrof-muhitga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasidir. O‘zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan bog‘liq. Ilgari aytib o‘tilgandek, xulq me’yordagidek yoki og‘ishgan bo‘lishi mumkin.
Me’yoriy xulq O‘smirning rivojlanishidagi ehtiyojlari va imkoniyatlari, uning ijtimoiylashuviga to‘la javob beruvchi, unga adekvat5[6] monand keluvchi mikrosotsium bilan uning o‘zaro faoliyatidir.
Agar bolaning atrofidagi muhit o‘smirning u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga doimo (yoki deyarli doim) o‘z vaqtida va adekvat (monand) bo‘lsa, o‘smirda xulq-atvor me’yoriy bo‘ladi. Bu fikrdan xulqi og‘ishganlikning tavsifi ham kelib chiqadi, biroq bolaning mikrosotsium bilan o‘zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini buzuvchi va ijtimoilashuvida va yuzaga keluvchi xulqi, jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy hamda huquqiy og‘ishganlik ijtimoiy dezadaptatsiyaning (bola uchun ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to‘siqlik qiladigan hodisa ko‘rinishlaridan biridir).
Bolalik - o‘smirlik dezadaptatsiyada quyidagi patologiyalar o‘z tasdig‘ini topgan: Maktab yoshidagi bolalar, maktabga bormaydilar, yetim-bolalar, ijtimoiy yetimlar, giyohvandlik va zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi o‘smirlar; jinsiy ahloqsiz o‘smirlar, huquqbuzarlik faoliyatlariga berilgan o‘smirlar.
Deviatsiyaning tarkibiga deviantlik, delinkvent va kriminal xulq-atvorlilar kiradi.
Deviant xulq-atvor-xulqiy og‘ishganlikning bir turi bo‘lib, o‘smirning yoshiga muvofiq bo‘lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinsiy yosh ijtimoiy guruhlari uchun xarakterli bo‘ladi. YA’ni xulq-atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. Deviant xulq-atvor ko‘rinishlariga o‘smirning namoyishkorlik, agressvilik, o‘ziga erk berish, o‘qish va mehnat faoliyatidan tizimli og‘ishlik, uydan ketib qolish, daydilik, ichkilikbozlikka berilish, alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog‘liq assotsial faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid6[7].
Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assotsial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo‘ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik, o‘t qo‘yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi.
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og‘ishgan subyekt, o‘z harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
- g‘arazli xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik, talnchilik, avtotransportni o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat.
- Giyohvand moddalarni tarqatish va sotish.
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati bo‘lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor
Dеviant, dеlikvеnt va kriminal хulqli o’smirlar: Umumiy va alоhida bеlgilar.
Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o‘uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog‘liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan avlodga o‘tuvchi xususiyatlar. Ularga aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar, asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto‘g‘ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga ruju quyishi, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar;
- inson organizmiga ta’sir etuvchi psixo-fiziologik og‘ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatik7[8], allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab bo‘ladi.
- Fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstitutsion-somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o‘z tengdoshlari, jamoa o‘rtasidagi chekkaga chiqish, turtilishga olib keladi.
2. Psixik omil. Bola psixopatologiyasida yoki aksentuatsiya8[9]Sida (haddan tashqari zo‘riqish) xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy og‘ishganlik bola asab-ruhiy kasalliklar psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi. Aksentuirlashgan xarakter xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarning ko‘rilishini talab etadigan bolalardir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og‘ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda o‘zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo‘sh qo‘yish) olib keladi. O‘smirda maktabga bo‘lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab bo‘ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo‘luvchi, maktab baholariga befarq bo‘ladigan, o‘quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo‘ladilar.
-O‘quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo‘lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki ikki fanni o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.
- maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o‘qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko‘rinishida o‘ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo‘ladi.
- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og‘ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo‘ladi. Shunday oilaviy o‘zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga yetmaganlarning assotsial xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi:
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o‘zida bir tomondan, bola istaklariga ko‘ra bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga
yoki oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha bo‘lgan tarbiyaviy holatlar.
Barqaror bo‘lmagan, janjalli usul noto‘liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er-xotin ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.
Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori, “oilaviy qahri qattiqlik” va zo‘ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi.
Qahrli munosabatlar (haqorat, xo‘rlash) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi, qaramog‘iga olgan odamlar tomonidan zarar yetkazilishining ko‘pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga bolala jismoniy zarar yetkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash, ko‘p takrorlanuvchi noo‘rin jazolar kiradi.
Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, ko‘chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida duch kelishlari mumkin.
Shunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta.
Bu esa bolalaga uni o‘zi haqida, men yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli emasman deb o‘ylashlariga sabab bo‘ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog‘lig‘iga katta zarar yetkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanligida xavf tug‘diradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo‘ladi. Jamiyatni boy va kambag‘allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag‘allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyatsiya va ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.
Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy axloqiy darajaning pasayishi bo‘lsa, qadriyatli, birinch navbatda axloqiy xulqning buzilishi, boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida yuzaga kelishiga olib keladi.
Dеviant хulqli bоlalar bilan asоsiy ijtimоiy pеdagоgik faоliyat turlari - prоfilaktika va rеabilitatsiya..
Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o‘sishi jamiyat oldiga ijtimoiy me’yorlardan og‘ishgan xulqli o‘smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo‘ygan. Shu sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli o‘smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar Fan va amaliyotda keng tarqalgan.
Profilaktika (oldini olish)-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og‘ishganlikning turli ko‘rinishlariga asosiy sabab bo‘luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo‘naltirilgan davlab, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlarining yig‘indisidir. O‘smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir necha yondashuvlari mavjud.
1.Axborotli yondashuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me’yordan xulqiy og‘ishganlik kelib chiqishida voyaga yetmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni) bilmasliklari tufayli uni o‘z asosiy yo‘nalishi sifatida voyaga yetmaganlarga bu me’yorlarga rioya qilish, o‘z huquq va yuurchlari haqida axborot berishdan iborat. Davlat va jamiyat qo‘ygan talablarini bajarishda bolalarning yosh ko‘rsatkichiga mos qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko‘zda tutadi.
Bu ishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye)dan kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan foydalanish mumkin.
2. Ijtimoiy-profilaktik yondashuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning sabablari va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga yetmaganlar tomonidan giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi uchun jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida ma’lumotga ega emaslar. Ular giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik moddalarini tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. O‘smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi psixotron moddalar to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan bu moddalarni iste’mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Bizning jamiyatimizda o‘smirlar o‘rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik profilaktikasi muammosi ham muhim o‘rin tutadi. O‘smirlar ichkilikbozlik va alkologizmning og‘ir ijtimoiy va psixonevrologik oqibatlari haqida ham bilmaydilar.
3. Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy me’yorlardan og‘ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi turli psixik nosog‘lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo‘lishi lozim. Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog‘lig‘ida turli nuqsonlar bo‘lsa, u o‘z ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mumkin. Bu holatda insonga uni o‘zgartirib bo‘lmaydigandek qaraladi. O‘smirda bunday psixik nosog‘lomlikni o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir.
Chunki ular umuman hayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O‘smir psixiatr mutaxassislar ko‘rigidan o‘itkazilib, shunga muvofiq tibbiy davo choralari ko‘rilishi lozim.
4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o‘smirni deviantlik xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to‘g‘rilashdan iborat. Ayniqsa, uning axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. O‘smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim:
- o‘z so‘zi va ishining egasi bo‘lish;
- o‘smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga bo‘lgan qiziqish va harakatlarini to‘xtatish;
- hozirgi davrda muhim bo‘lgan masalalar bilan band qilish;
- huquqqa qarshi bo‘lmagan, puxta o‘ylab chiqilgan maqsadlarni qo‘yish.
Erki bo‘lmagan inson flyugerga o‘xshaydi, shamol qay tarafga essa o‘sha tomonga o‘giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o‘zgalarning so‘zlariga quloq solishi. o‘zga axloqiy qarash va baholarga og‘dirish oson. O‘zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va ahloqsizlik xulq-atvoriga ega bo‘ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va huquqlarini berib, uni o‘z-o‘zini boshqara olishga o‘rgatish zarur.
5. Saknsiyalarni qo‘llash. Bu yondoshuv mohiyati huqukbuzarlik qilgan insonni jinoiy qonunlar asosida jazolash turadi.
Biroq, jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bu Samara bermaydigan holat bo‘lib, jamiyat tomonidan qattiq sanksiya bo‘lib hisoblanadi, xalos. Shu sababli ijtimoiy og‘ishganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimоiy pеdagоgik prоfilaktik faоliyatning vazifalari, mazmuni, mеtоdlari va shakllari
Ijtimoiy pedagogning jamiyatga moslashagan, xulqiy og‘ishgan o‘smirlar bilan olib boradigan ish texnologiyasi ularni reabilitatsiya qilidir.
Reabilitatsiyani insonni jamiyatga muvofiqlashtirishga kiritadigan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin. Reabilitatsiya yana inson shaxsi, uning jismoniy alohida psixikasining funksiyalariga ta’sir etishning natijasi sifatida ham qaralishi mumkin. Adaptatsiya (moslashuvchanlik)dan farqli ravishda, reabilitatsiya inson faoliyatini qayta tiklash deb tushuniladi. Reabilitatsiya – bu bolani faol hayotga, jamiyatga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadini ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning quyidagi turlari belgilangan: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmida o‘z funksiyasini yo‘qotgan u yoki bu joyning to‘la yoki qisman qayta tiklanishi yoki boladagi rivojlanayotgan kasallikni sekinlashtirish imkoniyatini yaratishga yo‘naltirilgan.
Psixologik reabilitatsiya o‘smir ruhiyatig, ongiga deviant xulq-atvorning kerakmasligi, uni shaxs sifatida hech Kim hurmat qilmasligini singdirishni maqsad qilgan.
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni o‘qitish yoki unga to‘g‘ri keladigan mehnat turiga qayta o‘qitib tayyorlash, yengallashtirilgan va ish kuni qisqartirilgan mehnat sharoitlari bo‘lgan ish joyi bilan ta’minlash.
Maishiy reabilitatsiya o‘smirning hayoti uchun me’yordagidek sharoitning yaratilishini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy reabilitatsiya – bu ijtimoiy muhitda bolaning hayot faoliyatini qayta tiklash jarayonidir. Shuningdek, qandaydir sabablar bilan shaxs hayot faoliyatining buzilishi, ijtimoiy muhitdagi cheklashlarga yo‘l quymaslikdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya – bu o‘smirning qonuniy, xuquqiy manfaatlarini himoya qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy chora-tadbirlar tizimi bo‘lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o‘z-o‘ziga xizmat qilishda zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori bilan ijobiy ijtimoiy rollarni bajarish, zarur ta’limni olish kabilarni o‘z tarkibiga oladi. O‘smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni reabilitatsion markaz deb ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:
qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o‘smirlarda profilaktik oldini olish choralarini ko‘rish.
Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek, jismoniy, psixologik zo‘ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og‘ir hayotiy vaziyatlarga tushgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish
Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish
Ota-ona qaramog‘i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o‘z qaramog‘iga olish funksiyasining bajarilishi
favqulodda vaziyatlarda psixik va pedagogik qo‘llab-qo‘vvatlash
oilaga qaytishga hamkorlik qilish
ta’lim olish, me’yordagidek o‘sishga imkoniyat bilan ta’minlash.
Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g‘amxo‘rlik qilish.
Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-qo‘vvatlash, ularni reabilitatsiya orqali hayotlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yordam berish.
Alkоgоl istе’mоl qilishga оg’ishgan o’smirlar bilan ijtimоiy pеdagоgik faоliyat
Bоlalar alkоgоlizmi ijtimоiy pеdagоgik muammо sifatida. Bоlalar alkоgоlizmining sabab va оqibatlari. Bоlalar alkоgоlizmi-assоtsial оilalar ko’rsatkichi.
Alkоgоlizm mе’yordan psiхik оg’ishning sabab bo’luvchi hоlati. Rеklama-bоla uchun bоrliqni nоto’g’ri ko’rsatilishi. Bоlalarni spirtli ichimlikka qiziqtirish darajasi. Ijtimоiy pеdagоgning alkоgоl istе’mоl qiluvchi bоlalar bilan ishlash tamоyillari, vazifalari. Bоlalar alkоgоlizmining prоfilaktikasi. Alkоgоlik bоlalarni ijtimоiy pеdagоgik rеabilitatsiya qilish.
Asosiy tushunchalar: alkogolizm, ichkilikbozlik, bolalar alkogolizmi.
Bоlalar alkоgоlizmi ijtimоiy pеdagоgik muammо sifatida.
Bugungi kunda bolalar alkogolizmi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolaridan biridir. Bu muammo madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarga ega. Bu muammoga qarshi kurashishda samarali chora-tadbirlar kurishda bu muammoning tarixini bilish muhimdir.
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish odati 8 ming yil ilgari vujudga kelgan. Arab kimyogari Albukazis Koza tomonidan ishlab chiqilgan turli o‘simlik moddalarining achishi sababli hosil bo‘ladigan etil spirti keng tarqalib iste’mol etila boshlandi. Aroq VI asrda kashf etilgan. Aroq benedektin-manaxi tomonidan barcha monastirlarda tarqatila boshlandi. Hokimlar hamma vaqt ichkilikbozlikka qarshi kurashib kelganlar. Spirtli ichimliklarni sotishni mann etuvchi qattiq qarorlar chaqarib, nazorat qilganlar. Ivan Grozniy, Boris Godunov, Yekaterina II lar davrida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va tarqatishga qarshi chiqargan farmonlari bu ichimliklarning to‘la yo‘qotilishiga erishilmadi va aholining ichkilikbozlik muammosi hal etilmadi. Bunga qator sabablar ham mavjud edi. Birinchisi – ichkilikbozlik odamlarni jamiyatda mavjud muammolardan chalg‘ituvchi voqelik sifatida o‘rin tutardi. Ikkinchi sabab – spirtli ichimliklarni sotishdan davlatga katta moddiy manfaat bor edi va mavjud. Sobiq Ittifoq davridagi statistik hisobotlarda, 1980 yil 1950 yilga nisbatan, 10,4 barobar ortiq spirtli ichimliklar ko‘proq iste’mol qilingan. Bu ma’lumotga uyda tayyorlangan aroq, musallas va sharoblar kiritilmagan. Sotsiologlarning fikricha, jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili jon boshiga 8 litr spirtli ichimligi to‘g‘ri keladi. Bu millatlarning genofondi o‘zgarishiga olib keladi. Bu holatda sog‘lom bolalarga nisbatan ruhiy, jismoniy og‘ishgan, nosog‘lom bolalarni spirtli ichimliklarga juda yosh davrlaridan va tez o‘rganib qolishi juda xavotirli omillardandir.
Alkogolizmning bir necha belgilari mavjud. Tibbiy nuqtai nazardan alkogolizm surunkali kasallik bo‘lib, davolanishi zarur. Ijtimoiy jihatdan alkogolizm - shaxsni deviant (xulqiy og‘ishganlik) hulq-atvorining shakli bo‘lib, shaxsni ijtimoiy degradatsiyalash, spirtli ichimlikka qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi.
Alkogolizm rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida inson alohida kasalmand ahvolga tushadi. Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida kasallik rivojlanib ichkilikbozlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Bu ikki ichkilikbozlik va alkogolizm holati bir-biri bilan o‘zaro aloqador bo‘lib, quyidagi holatlarga sabab bo‘ladi: jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ijtimoiy parazitizm (tanballik), ma’naviy ahloqsizlik, hulq-atvor buzuqligi, o‘z-o‘zini o‘ldirish. Bolalar alkogolizmiga 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardagi kasallikning birinchi ko‘rinishldari kiritiladi. Kattalarga nisbatan bolalar alkogolizmi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Spirtli ichimliklarga tez o‘rganib qolish. Agar kattalarda ichkilikbozlikdan alkogolizmgacha bo‘lgan davr 5-10 yil bo‘lsa, bolalarda surunkali alkogolizmga o‘tish 3-4 marta tezroq yuz berishi mumkin. Bu bolalar organizmining anotomik-fiziologik tuzilmasiga bog‘liq. Bolalar miyasi kattalardan farqli ravishda, suvga boy, oqsilning kamligi, suvda esa alkogol yaxshi erishi va organizmga tez singishi, uning 7 % foizi faqatgina o‘pka va jigarda qolishiga olib keladi. Qolgan 93 % barcha organ va tizimlarni ishdan chiqaruvchi zahar sifatida tarqaladi. Bola bu zaharga tezda o‘rganib qolishiga olib keladi.
Kasallikning og‘ir kechishi. Bu bola organizmining shakllanish bosqichida turganligi bilan organizmning asab tizimi alkogol ta’siriga qarshi kurasha olmasligi natijasida organizm va asab tizimini buzuvchi, og‘ir tuzatib bo‘lmaydigan jarayonga sabab bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Bola tomonidan alkogolni (katta) ko‘p miqdorda iste’mol qilish. Bu bolalarning alkogolni iste’mol qilishi jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, shu sababli ham bolalar yashirincha, birdaniga ko‘p miqdorda iste’mol qilishga harakat qiladilar.
Ichkilikbozlikning tez rivojlanishi. O‘smirlar istagan bo‘lar-bo‘lmas sabablar tufayli ichishni me’yoriy odat qilib oladilar, yengil mastlik holatidayoq ular o‘zlaricha ishonchsizlik holatini sezadilar. Shu sababli ular to‘liq mastlik holatigacha ichishga intiladilar. Shundagina ichimlikni muvaffaqiyatli, to‘liq darajali hisoblaydilar.
Davolashning kam samaraliligi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi ichkilikbozlik xulqiy og‘ishganlik bilan uzviy bog‘liqdir. O‘smir uchun alkogolizmning eng asosiy xavfliligi shundaki, u o‘z-o‘zini nazorat qilish xususiyatini bo‘shashtiradi. Ichkilikbozlik va jinoyatchilik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bir qator illatlarga sabab bo‘ladi:
Voyaga yetmaganlar ko‘pgina jinoyatlarni mast holatda sodir etadilar (22 % o‘g‘rilik, 76 % bezorilik, 6 % zo‘ravonlik, 56% bosqinchilik). Ko‘pgina zo‘ravonlik holatlari (agressiv) mastlikda sodir etiladi. Bu holat – mastlik odatiy sharoitdagi ijtimoiy hulq-atvor ko‘nikmalarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi;
ko‘pgina jinoyatlar spirtli ichimliklar sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lish maqsadida sodir etiladi;
ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarda ko‘pgina jinoyatlarni sodir etishga intilish (kriminologiyada “mast motivatsiya” atamasi mavjud);
ichkilikbozlik (kriminal) jinoyatchilik holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi;
ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarning jamiyatdan xulqiy og‘ishgan tengdoshlari guruhlariga qo‘shilishlarida vosita sifatida namoyon bo‘ladi;
ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarni jinoyatchilik faoliyatiga qo‘shilib qolishlariga sabab bo‘lib, uni ko‘pincha katta yoshdagilar tashkil etadi.
Bоlalar alkоgоlizmining sabab va оqibatlari. Bоlalar alkоgоlizmi-assоtsial оilalar ko’rsatkichi.
Bolalar turli mutaxassislar: tibbiyot xodimlari, pedagoglar, psixologlar turlicha baho beradilar. Alkogolizm sabablari va oqibatlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan
Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari

Yosh ko‘rsatkichlari

Sabablar

oqibatlar

Ilk bolalik davri
0-3 yosh

1. Mastlikda hosil bo‘lgan homila
2. Boshlang‘ich 3 oy davrida homiladorlikdagi ichkilik ichish
3. Emizikli davrida alkogol iste’mol qilinish

epilepsiya (tutqanoqlik), aqli norasolik;
jismoniy rivojlanishdagi norasolik;
ruhiy rivojlanishdagi norasolik

Maktabgacha va kichik maktab yoshi
3-9 yosh

1. Ota-onalarning pedagogik savodsizligi
2. Oilaviy alkogolizm an’analari

organizmning alkogol bilan zaharlanishi
spirtli ichimliklarga qiziqishning shakllanishi

O‘smirlik va yoshlik davri
9-18 yosh

1. Nosog‘lom oila
2. O‘z-o‘ziga bino qo‘yish
3. Ommaviy axborot vositalarining pozitiv reklamalari
4. Bo‘sh vaqtning ko‘pligi
5. alkogolizm oqibatlari haqida bilimning yo‘qligi
6. shaxsning psixologik xususiyatlari
7. muammodan qochish

alkogolga qiziqishning shakllanishi
spirtli ichimliklarni iste’mol qilish odatining shakllanishi
alkogolizmning hulqining stereotiplarini ishlab chiqish
alkogoldan mastlik holatida huquqbuzarlik holatlarini sodir etish
alkogoldan mastlik holatida huquqbuzarlik holatlarini sodir etilishining anglanmaganligi
psixik muammollarni hal etishda alkogoldan doping sifatida foydalanish
alkogolga bo‘ysinib qolish

Fanda to‘plangan ma’lumotlar homilador ayolning spirtli ichimliklar iste’mol qilishi qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi. Bunda rivojlanayotgan homila bilan alkogolning qanchalik aloqador bo‘lishi zarur moddalar bilan ta’minlanishi ona qornidagi homilani himoya pardasi orqali o‘tadi. Biroq etil spirti va zaharni himoya parda to‘sa olmaydi. Boshlang‘ich 3 oy mobaynida, homiladorlikda homilaning ichki organ va sistemalari shakllanish jarayoni sodir bo‘ladi. Homilaning alkogol bilan zaharlanishi turli norasolik va nuqsonlarga sabab bo‘ladi. Homila alkogoldan umuman himoya etilmasligi tufayli uning miyasiga zarar yetkazadi. Shu sababli bosh miyada suv to‘planishi, shishlar, grijalar bilan og‘rigan bolalar dunyoga keladi.


Bunday bolalar ilk bolalik davrida yoki nobud bo‘ladilar yoki butun umrga aqliy noraso bo‘lib qoladilar.
Ikkinchi bosqich maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bosqich. Bu bosqichda ikki sabab bo‘lib, ota onalarning pedagogik savodsizligi va oilaviy hamda maktab an’analari hisoblanadi. Pedagogik savodsizlik ota onalar alkogolni (dori darmon) shifoviy modda deb hisoblaydilar.Alkogol ishtahani kuchaytiradi, kamqonlikni tuzatadi, uyquni yaxshilaydi, Tish chiqishini osonlashtiradi. Ota-onalar bolalarga yoshlik davridan spirtli ichimlikni kichik miqdorlarda ichirib turilishi katta bo‘lganida alkogolga berilib ketishi oldini oladi degan fikrlar yuradi.
Bolalarning ichkilikbozlikka odatlanishiga yaqin qarindoshlarining spirtli ichimlik iste’mol qilishlari hamda oilaviy an’analar sabab bo‘ladi (tantanali, xursandchilik yoki yomon kunlarda spirtli ichimliklar ichishlar). Bunday bayram kunlarida bolalarga ham spirtli ichimliklar quyib beradilar. Bunday oilalarda spirtli ichimliklar ichish yomon hisoblanmaydi, bolalarni spirtli ichimlik ichishlari esa tashvish tug‘dirmaydi. Bolalar ichkilikbozlik odatlarini spirtli ichimlik ichishga boshlashdan ancha avval bilib oladilar.
Bolalar o‘yinlarida kattalarga taqlid qilib qadah so‘zlari gapiradilar, bakallarni urishtiradilar, ularning mast holatlarini o‘xshatadilar, kichik yoshdagi maktab bolalarida alkogol tantanalar va uchrashuvlarda doimiy odatiy hol degan tasavvur paydo bo‘ladi.
Alkogolning o‘zi gendan o‘tmasligi, faqatgina ota-onalaridan olgan xarakteri xususiyatlaridan kelib chiquvchi unga moyilligini o‘tishi biologik tekshirishlar bilan isbotlangan. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishida ota-onalarining yomon odatlari, oilada ichkilikbozlik holatlari asosiy rol o‘ynaydi.
Uchinchi bosqich o‘smirlik va yoshlik davrlari. Asosiy sabablar qilib quyidagi yettitasini ko‘rsatish mumkin: oilaviy sharoitlar yomonligini; ommaviy axborot vositalarida pozitiv reklamalar; bo‘sh vaqtida hech bir ish bilan shug‘ullanmaslik; alkogolizm oqibatlarini bilmasligi; muammolarni hal etish bilan shug‘ullanmasligi; psixologik xususiyatlari; o‘zini tashkil toptirish.
Bu davrda alkogolga berilishi yuzaga kelishi sodir bo‘ladi, bu berilish odatga aylanadi, bu odat esa ko‘pchilik hollarda alkogolga qaram bo‘lib qolishi hollariga olib keladi.
Alkоgоlizm mе’yordan psiхik оg’ishning sabab bo’luvchi hоlati. Rеklama-bоla uchun bоrliqni nоto’g’ri ko’rsatilishi Bolalarni ma’naviy tarbiyalash va rivojlantirishning muhim shartlari oilaviy munosabatlarning ma’naviy-emotsional tomonlari hisoblanadi. Boshqa oilalarga nisbatan bolalar ko‘proq spirtli ichimlik iste’mol qilishni boshlaydigan oilalarning bir necha turlari mavjud:
Janjalkash oilalar, bunda oilaviy munosabatlar dushmanlik, raqiblik, yakkalanish, oila a’zolari orasida keskinlik ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Oila a’zolari bir-birlarini yomon xususiyatlarini ko‘rsatib ayblaydilar va bir-birilariga yomon niyatda bo‘ladilar. Qandaydir bir yon bosishga erishish uchun bolalar spirtli ichimliklar iste’mol qila boshlaydilar.
Alkogol o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida. O‘smirlar ichkilikbozliklarining sabablaridan biri – bu kattalarga o‘xshashni istashdir. Spirtli ichimlik ichishni bunday o‘smirlar mardlik va dovyuraklik, mustaqillikdan belgi deb hisoblaydilar. Ma’naviy cheklanganligi, maktab jamoasida o‘zini namoyon eta bilmaslik bunday o‘smirlarni spitli ichimlik ichishga, ko‘chadagi o‘rtoqlari orasida o‘zini ko‘rsatishga majbur etadi.
Alkolog reklama sifatida. Spirtli ichimliklarni ichishni kino, televideniye, reklamalarda ommalashtirish spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga o‘smirlarni qiziqtiradi. AQSH lik sotsiologlar spirtli ichimlik ichadigan kinoqahramonlar namunasi (ular asosan ijobiy rollarni o‘ynaydilar) o‘smirlarni ichkilikbozlikka jalb etishning eng ta’sirli usulidir.
Alkogol vaqtni o‘tkazish vositasi sifatida. Maktabdan tashqari bolalar va o‘smirlar muassasalari sonining kengayib ketishi turli xil ta’lim xizmatlari uchun to‘lanadigan narxlarning qimmatligi (musiqa, raqs va boshqalarga o‘rgatish) ko‘pchilik o‘smirlarning bo‘sh vaqtlari ko‘p bo‘ladi. Foydali ish bilan shug‘ullanmaydigan o‘smirlar ko‘chalarda to‘dalarga qo‘shilib odatda spirtli ichimliklari icha boshlaydilar.
Alkogol me’yordagidan psixik kamchiliklari o‘rnini to‘ldiruvchi vosita sifati. Bolalarda alkogolizmini rivojlanishiga ko‘pincha psixik sog‘lomligidan kamchiliklari yoki ijtmoiy moslashishiga xalaqit qiluvchi jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar sabab bo‘ladi. Nuqsonning paydo bo‘lishi sababidan qat’iy nazar (tug‘ma kamchilikmi, psixik kasallanishmi) bolada atrofdagilar bilan munosabatlar buziladi, o‘ziga noto‘g‘ri baho berish yuzaga keladi. Bunday hollarda alkogol bola shaxsidagi mavjud moslasha olmaslikni silliqlashga imkon beruvchi, o‘rnini to‘ldiruvchi omil hisoblanadi, uning tengdoshlari orasiga qiynalmasdan kirib borishini ta’minlaydi.
Alkogol hayoliy haqiqat sifatida. Ba’zi bir o‘smirlar o‘zidagi mavjud keskinlikni yo‘qotish, yomon tashvishlardan ozod bo‘lish maqsadida spirtli ichimlik iste’mol qiladilar. Keskin vaziyatlar oilada yoki maktab jamoasida begonalashib qolishi sababli yuzaga kelishi mumkin.
O‘smirda dunyodagi hamma hayotiy tashvishlarni spirtli ichimlik ichib hal qilish mumkin degan fikr paydo bo‘ladi.

Alkogolizmning oqibatlari


Itimoiy-iqtisodiy (o‘qishni tashlab ketish, ishlab chiqarish mahsuldorligini keskin pasayishi, ishlab-chiqarish va maishiy jarohatlar sonining oshib borishi, turli xil alkogolizmga qarshi chora-tadbirga harajatlar sarflash).
Ijtimoiy-psixologik (oilaviy, maktab, mehnat yoki boshqa ijtimoiy-ijobiy aloqalarining uzilishi, shaxsning ma’naviy va ruhiy barbod bo‘lishi, mikromuhitda ma’naviy-psixologik vaziyatning yomonlashishi).
Kriminal (jinоyatlar sоdir etish, bоshqa оdamlar bilan jinоiy faоliyatlarga qo’shilib kеtish, kriminalizitsiya va viktilizatsiya9[10] yuzaga kеlishi uchun qulay vaziyatlar yaratilishi).Jismoniy (alkogol iste’mol qilgan aniq bir shaxsning o‘zigina emas, balki kelajak avlod sog‘lig‘i uchun ham zarar keltiriladi).

Bоlalarni spirtli ichimlikka qiziqtirish darajasi. III. Spirtli ichimlik ichishga bolalarning (moyillik) berilish darajalari


Katta sinf o‘quvchilarining spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari jarayonini o‘rganib chiqqan olim-fiziologlarning tekshirishlariga tayanib yettita darajalarini ko‘rsatish mumkin.

Bolalarning spirtli ichimlik ichishga berilish darajalari



Bosqich nomi

Sabablari

1. Nolinchi daraja

--//--

2. Boshlang‘ich daraja

Kattalar dunyosiga qo‘shilish
“hamma kabi bo‘lish”

3. Alkogolni ba’zan iste’mol qilib turish

kayfiyatni ko‘tarish
o‘ziga ishonchini oshirish
o‘z ko‘rinishini yaxshilash


organizmni quvvatini oshirish
erkin xis etish
do‘stlari orasida vaqtni xursandichilikda o‘tkazish

5. Yaqqol psixik qaramligi

hayot tashvishlaridan vaqtinchalik chalg‘ish
o‘ziga ishonchini oshirish

6. Jismoniy bog‘liqlik

o‘zini yomon xis etishini yo‘qotish
avvalgi ichganlari ta’sirida
hayot tashvishlarini esdan chiqarish uchun
hayotiy kuch-quvvatini oshirish uchun

7. Shaxsning alkogolizm bilan buzilishi

kasalmand holatini yo‘qotishga intilish



Nolinchi darajasi o‘zining shaxsiy fikri bo‘yicha sog‘lom hayot kechirishga intiluvchi hech qachon spirtli ichimlik ichmagan balog‘at yoshiga yetmagan bolalarni ifodalaydi. Spirtli ichimliklar ichishdan bosh tortish sabablari: spirtli ichimliklarning organizmga, o‘zini xis etishiga va hulqiga yomon ta’sir ko‘rsatishiga ishonishi.
Boshlang‘ich bosqichida spirtli ichimliklarini alohida hollarda yoki judakam hollarda iste’mol qiladilar
Alkogolni iste’mol qillganda o‘zini yomon xis qiladi, spirtli ichimliklar yoqmaydi. Alkogolni iste’mol qilish sabablari quyidagilardan iborat: kattalar dunyosiga qo‘shilish, hamma kabi bo‘lish, bu bosqich odatda 2-3 oy davom etadi.
Vaqti-vaqti bilan spirtli ichimlik ichish alkogoli bor turli ichimliklarni ichib ko‘rib bilan ifodalanadi. Kichik miqdordagi spirtli ichimliklar eyforiyani keltirib chiqaradi. Alkogolni iste’mol qilish sabablari: kayfiyatni ko‘tarish, o‘ziga ishonchini oshirish, kommunikabelligini ko‘tarish, bu davr 3-4 oy davom etadi.
Yuqori xavfli darajali davri ichkilik ichish uchun odatda sabablari ko‘payib borishi bilan ifodalanadi, odatda. oyiga ikki marotabadan ko‘proq. Sabablari: o‘zini tetik xis etish yoki erkin xis etish uchun, do‘stlari bilan vaqtini xursandchilikda o‘tkazish uchun. Bu davrning davomiyligi 4-12 oydan iborat. Bu bosqichda alkogolni iste’mol qilishga faol intilishi namoyon bo‘ladi, uning ta’sir kuchini tushunib oladi. Alkogol ta’siri ostida o‘smirlarda faqatgina yaxshi kayfiyat paydo bo‘libgina qolmay, balki faolligi va tajovuskorligi ham oshadi. O‘smirlar o‘zlaridan bir necha yosh katta bolalar bilan aloqalar o‘rnatadilar.
Kattalardan mast holatlarini yashirishga o‘rganadilar. Bu bosqichda spirtli ichimliklarga odatlanib qoladi, lekin hali bog‘lanib, qaram bo‘lib qolgan emas.
Alkogolga yaqqol psixik bog‘lanib qolganligi darajasi. Alkogoldan mast bo‘lish o‘smirlarning juda yoqtiradigan psixik holatiga aylanib qoladi va ulardan bolalar kayfiyatini, hulqini boshqaruvchi sifatida foydalanadilar. Sabablari: vaqtinchalik hayot tashvishlaridan chalg‘ish, o‘ziga ishonchini oshirish. Psixik bog‘lab qolish 1,5 yil davomida yuzaga keladi. Bu bosqichda alkogolga psixik qaram bo‘lib qolishi shakllanadi. Spirtli ichimlik iste’mol qilish kunlik sur’ati ortib boradi.
Alkogol ichishga intilish endi faqatgina kechki paytlarda emas, balki butun kun davomida davom etadi, shu bilan birga sutkalik me’yori ortib boradi. Spirtli ichimlik iste’mol qilishni to‘xtatgan paytlarida jahldor, ta’sirchan bo‘lib qoladilar. Ularning kayfiyatlari tez o‘zgarib yomonlashadi, ko‘pincha janjalkashlik va jahldorliklari namoyon bo‘ladi. Ular kichik bolalarni spirtli ichimlik ichishga jalb qiluvchi bo‘ladilar. Bunday hollarda pedagogik va tarbiyaviy ta’sirlardan tashqari tibbiy choralar – narkologga murajjat etish va davolash zarur bo‘ladi.
Alkogolga jismoniy bog‘lanib qolish darajasi. Spirtli ichimlikka juda o‘rganib qoladi, boshi og‘rib, xumor qiladigan bo‘lib qoladi, alkogolni iste’mol qilish miqdori nazorat qilinmaydi. Jismoniy bog‘lab qolishlik spirtli ichimlik iste’mol qilganida 3-5 yil davomida yuzaga keladi. Bu davrda alkogolga psixik va jismoniy bog‘liqligi kuchayishi sodir bo‘ladi. Yaqqol ifodalangan bosh og‘rig‘ini yo‘qotish sindromi paydo bo‘ladi. Bosh og‘rig‘i paytida kayfiyati yomonlashishi, xafa bo‘lishi, ko‘ngli bo‘shashib ketishi, organizmi fiziologik vazifalarining buzilishi kuzatiladi: tez terlab ketadi, qo‘llari qaltiraydi, yura kurushi tezlashadi. Bu bosqichda shaxsning patologik xususiyatlari tez shakllanadi, u ta’sirchan, jahldor, tajang, qo‘pol, beraxm bo‘lib qoladi. Intellektual rivojlanishi sekinlashadi. Bolalar tez-tez mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradilar, yomon o‘qiydilar. Ba’zan uylaridan ketib qolib daydib yuradilar. Bu bosqichda darxol kasalxonada davolash kerak bo‘ladi.
Shaxsning alkogolik buzilish darajasi surunkali ichkilikbozlikning rivojlanishi bilan ifodalanadi, spirtli ichimlikka chidamliligi pasayadi. OGir jismoniy bog‘liqligi shunchalik kuchliki, u alkogoldan psixik bog‘liqlikdan ham ustun bo‘ladi. Sabablari: yomon ahvolini tuzatishga harakat qilish. Bunday holatda darhol kasalxonada davolash zarur bo‘ladi.
Ijtimоiy pеdagоgning alkоgоl istе’mоl qiluvchi bоlalar bilan ishlash tamоyillari, vazifalari.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat – bu aniq bir bolaga uning individual muammolarini hal etish uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatdir.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi prinsiplarga tayanadi:
bolaga individual-shaxsiy yondoshish
bola shaxsining ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratish
bolaga yondoshishning obyektivligi
konfedensialligi10[11]
ijtimoiy-pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi o‘z tuzilishiga ega va quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: maqsad, subyekt, obyekt, funksiyalari, metodlari, shakllari, spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishning tuzilishi har bir tarkibiy qismi mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Birinchi - tashkiliy qismi. Alkogolizmga odatlangan o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi bolalarda alkogolizmni rivojlantirishga imkon beruvchi salbiy omillarni yo‘qotishga qaratilgan.
Birinchi omili – individual psixologik hisoblanadi, bu shaxsiy xislatlari buzilishiga, sabablilik doirasining zararlanishini o‘z ichiga oladi. O‘smirning munosabatlar ko‘nikmalari rivojlanmagan, pedagogik qarovsiz, psixik rivojlanishi (ZPR) ortda qoladi.
Ikkinchi omil – individual-somatik – spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolada nasliy somatik kasalliklar bo‘ladi, ular jismoniy kasalliklar rivojlanishdan ortda qolishga olib keladi.
Uchinchi omil – ijtimoiy-maktabdan tashqari, bu kattalar tomonidan bola huquqlari buzilishini, bola qarovsiz qolganini yoki kattalar bolani haddan tashqari qattiq tarbiyalash bilan shug‘ullanishlarini anglatadi, yoki bolani noqonuniy harakatlarga jalb etadilar, oilaning ijtimoiy mavqei past, oilaviy o‘zaro munosabatlar yomon bo‘ladi.
To‘rtinchi omil – ijtimoiy maktab, ya’ni sinfdagi yomon ta’sir qiluvchi psixologik muhit, o‘quv guruhining (sinfning) past ijtimoiy mavqei. Bu omillar bolaga ta’sir ko‘rsatadi, unda spirtli ichimliklarga bog‘lanib qolishni rivojlantiradi. Shuning uchun, ijtimoiy-pedagogik faoliyat bolaning ijtimoiylashishini qiyinlashtiruvchi omillarni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadlarini quyidagi vazifalarni hal etish bilan amalga oshirish mumkin:
Ma’lum bir o‘smirga faol yordam ko‘rsatish va himoyalash usullarini yaratish.
O‘smirda ijobiy qadriyatli yo‘nalishlar shakllantirish
O‘smirni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etish.
Faol shaxsni tarbiyalash. Unga fuqarolik, oilaparvarlik sifatlarini rivojlantirib, o‘ziga to‘g‘ri baho berishini shakllantirib tarbiyalash kerak.
Bolaning jismoniy va psixik sog‘lomligini mustahkamlab borish.
Bolaning huquqiy madaniyati asoslarini shakllantirish.
Qiyin vaziyatlarda yo‘l topa bilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ikkinchi tarkibiy qism – bu uning subyekti. Faoliyat subyekti ijtimoiy-pedagogik hisoblanadi, lekin undan tashqari maxsus ishlar bo‘yicha mutaxassislar ham valeolog[1], psixolog va ota-onalar ealb etilishi mumkin.
Uchinchi tarkibiy qismi – bu obyektdir, butun ijtimoiy-pedagogik faoliyat tashkil etiladigan obyekt. Faoliyat obyekti alkogolizm jarayoniga turli darajalarda berilgan bolalar hisoblanadilar.
To‘rtinchi tarkibiy qism – faoliyat vazifalari, bu vazifalarni faoliyat subyektlari bajaradilar: ijtimoiy-pedagog, ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis, valeolog, psixolog, ota-onalar.
Ijtimoiy-pedagogning faoliyati vazifalari quyidagilardan iborat:
Ijtimoiy-pedagogik- ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni yo‘lga quyishda bolaga va oilaga yordam ko‘rsatish, bolaning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit yaratish.
Ijtimoiy-o‘qitish vazifalari – bolaga ichkilikbozlik muammolari haqida bilimlarni egallab olishga yordam ko‘rsatish hamda ichkilikbozlikka berilish jarayoniga qarshi turish ijtimoiy mahoratlari va ko‘nikmalarini egallashiga yordam ko‘rsatish.
Huquqiy-himoyalanish vazifalari, bu vazifa alkogolizmga berilgan bolaning huquqlarini himoya qilishni va rioya qilishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ijtimoiy turmush – oila va bolaga turmush, tura rjoy sharoitlarini yaxshilashda yordam ko‘rsatish va qullab-quvvatlash.
Ijtimoiy-iqtisodiy - spirli ichimlik ichadigan bola yashaydigan oilaga moddiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etishini ko‘zda tutadi.
Valeolog ijtimoiy-tibbiy vazifalarni bajaradi, bu spirtli ichimlik ichadigan bola sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha ishlarni ko‘zda tutadi.
Psixolog ijtimoiy-psixologik vazifalarni amalga oshiradi, bu ishlar turli xildagi testlardan o‘tkazishni, bola va ota-onalarga maslahatlar berishni ko‘zda tutadi. Bolaning ota-onalari bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishlari kerak.
Faoliyatning beshinchi tarkibiy qismi metodlar hisoblanib, ular uning turli subyektlari faoliyatlariga, bolaning yoshi xususiyatlariga, uning alkogolizm jarayoniga berilganliklari darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Faoliyat tuzilishining oltinchi tarkibiy qismi - aniq metodlarga binoan belgilanadigan metodlarni amalga oshirish shakllari.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ushbu texnologiyasi kompleks hisoblanadi, chunki bir maqsadga erishishga harakat qiluvchi turli mutaxassislarni ishlarini birlashtiradi.
Bоlalar alkоgоlizmining prоfilaktikasi. Spirtli ichimlik ichishga oatlangan bola bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning faoliyatida asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:
Bolaning ijtimoiy moslashishi darajasini oshirish bo‘yicha faoliyat.
Alkogolizmni oldini olish bo‘yicha faoliyat.
Ota-onalarga bilim berish bo‘yicha faoliyat
Bolalar ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha faoliyat
Muhitga moslashtirishga to‘siq bo‘lgan vaziyatlarni yo‘qotish bo‘yicha bola va uning atrof-muhiti o‘rtasidagi vositachilik faoliyati.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat ijtimoiy pedagog tomonidan quyidagi asosiy vazifalarni bajarishini ko‘zda tutadi.
Birinchi vazifasi – diagnostika qilish. Bu faoliyat bolalarni spirtli ichimliklarga o‘rganishlari xavfi omillarini yo‘qotishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlangan bola haqida ma’lumotlar to‘plash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Pedagog bolaning xususiyatlarini o‘rganadi, uning oilasi haqida ma’lumotlar to‘playdi, bolaga yomon ta’sir ko‘rsatish manbalarini o‘rganadi, spirtli ichimlik ichishga o‘rgatuvchilarni aniqlaydi, mikromuhitning bolaga ta’sirini o‘rganadi.
Ma’lumotlar to‘plash bolaning o‘zi bilan. Uning ota-onalari. Sinf rahbari bilan suhbatlar, so‘rovlar (og‘zaki yoki yozma ravishda) amalga oshiriladi. Bundan tashqari standartlashtirilgan intervyu olish, kuzatish, oila va bolaning hujjatlarini o‘rganish usullarini ham qo‘llaniladi.
Ikkinchi vazifasi – taxmin qilish, uning mazmuni pedagog birinchi vazifasi asosida pedagog alkogolizmga berilgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat dasturini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
Uchinchi vazifasi – ta’lim-tarbiyaviy. Bu faoliyat ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini hamdauni amalga oshirish metodlarini tanlashni ko‘zda tutadi. Pedagog bolaning ijtimoiy-reabilitatsiyasi jarayonida uning qaysi sifatlari tarbiyalanishi kerakligini aniqlaydi, bolaning ta’lim va tarbiyasidagi kamchiliklarini yo‘qotadi.
To‘rtinchi vazifasi - huquqni himoya qilish. Pedagogik o‘z faoliyatini huquqiy asosda qurishi kerak, bu bolaning huquqlarini himoya qilishni hamda ularga rioya qilishni bildiradi.
Beshinchi vazifasi – tashkilotchilik. Bu bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishda turli mutaxassislarning ishtiroki va birgalikda ishlarni olib borishlarini talab etadi.
Oltinchi vazifasi – kommunikativ. Uning mazmuni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ma’lumotlar almashish maqsadida uning ishtiroklari o‘rtasida ko‘plab aloqalar o‘rnatilishi zaruriyati yuzaga kelishidan iborat bo‘ladi.
Yettinchi vazifasi – oldini olish – profilaktik, bu faoliyat olingan yaxshi natijalarni mustahkamlash va ichkilikbozlik va alkogolizmning takrorlanishi mumkinligini yo‘qotishni ta’minlaydi.
O‘zining faoliyatida ijtimoiy pedagog uchta asosiy rollarda ishtirok etadi:
- maslahatchi sifatida, u ota-onalar va bolalar o‘rtasida janjalsiz, tortishuvsiz, kelishib munosabatlarda bo‘lish muhimligi va mumkinligi haqida oilaga ma’lumotlar beradi.
- konsultant rolida, oilaviy, mehnat, boshqaruv va jinoiy qonunchilikni hamda psixologik, pedagogik, ijtimoiy pedagogik masalalarini tushuntiradi.
- ota-onalar yoki yaqin atrofidagilari tomonidan bolaning huquqlari buzilgan hollarda himoyachi sifatida harakat qiladi.
Alkоgоlik bоlalarni ijtimоiy pеdagоgik rеabilitatsiya qilish.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar
Bir yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarda odatlari yuzaga kelishida, uning hayotiy yo‘nalishlari shakllanishida ota-onalar katta ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun ijtimoiy pedagogning faoliyati birinchi navbatda bolaning oilasi (uning ota-onalari bilan) hamda bolaning o‘zi bilan ishlashdan tashkil topadi.
Bolaning bu yoshda spirtli ichimlik ichish istagi ko‘p hollarda kattalarga taqlid qilishdan iborat bo‘ladi.
Agarda bu davrda bolada yomon odatlar paydo bo‘lib, ularning orasida alkogolni iste’mol qilishni ma’qullaydiganlari mavjud bo‘lsa, unda 7 yoshiga kelib ular to‘la shakllanadi. Bu yomon odatlarni tuzatish, yo‘qotish juda qiyin bo‘ladi.
Ota-onalar bilan ishlash ikki yo‘nalishlarda olib boriladi:
Oila a’zolari o‘rtasida munosabatlar madaniyatini shakllantirish. Faqatgina munosib oilaviy munosabatlar mavjudligidagina ma’naviy alkogolga qarshi ko‘rsatmalarni shakllantirish mumkin.
Bolaning sog‘lom hayot faoliyati muxitini yaratish, bu unda alkogolga va spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchi odamlarga nisbatan salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishni, bu holatni ma’naviy qoralashni o‘z ichiga oladi.
Bola bilan ishlar olib borishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchisida o‘kishga intilishni shakllantirish (bola spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlanganda odatda maktabda o‘qishida jiddiy muammolar yuzaga keladi va o‘qishni istamaydi qoladi).
Irodasi, o‘z qadr-qimmatini xis etish kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish
Ishlash metodlari: yorqin emotsional hikoya qilish, namoyish etish, ko‘rsatib berish, syujetli-rolli o‘yinlar
O‘smirlar
O‘smirlik davrida,11 yoshdan boshlab, kattalar bolalarga o‘z ta’sirlarini yo‘qota boshlaydilar va o‘z tengdoshlari bilan munosabatlar katta ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. O‘smirning ijtimoiy mavqei qanchalik past bo‘lsa, uning guruhga ta’siri shunchalik past bo‘ladi. Shuning uchun u o‘zi istamagan ijobiy harakatlarni amalga oshiradi. O‘smir guruhdagi qoidalar uchungina shunday yo‘l tutadi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog ishida asosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarda guruhlar bilan ishlashga qaratishi shart:
Alkogolizm sabablari va oqibatlarini oldini olish. Bu ishni alkogolizm bilan bog‘liq mavzuda guruhli munozaralar yoki roli o‘yinlar o‘tkazish yordamida amalga oshirish mumkin.
O‘smirlarni bo‘sh vaqtlarini tashkil qilish, chunki mazmunsiz vaqtni o‘tkazish o‘smirlarning spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari rivojlanishi xavfi asosiy omili hisoblanadi.
O‘smirda alkogolga qarshi ishonchini shakllantirishga qaratilgan alkogolga qarshi tarbiyalash.
Maktab pedagogik jamoasiga alkogolizmgi qarshi bilimlar berish. Alkogolga qarshi tarbiya elementlarini maktab doirasida fanlarga kiritish mumkin. Masalan, “Davlat va huquq asoslari” faniga “alkogolizmga berilib ketish oqibatida ota-onalik huquqlaridan mahrum etish” mavzusini kiritish mumkin; “Tarix” faniga “Qoloq xalqlarni ularni qul qilish maqsadida kolonizatorlar tomonidan spirtli ichimlik berib mast qilishlari” mavzusini va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy pedagogning vositachilik faoliyati – bu oldini olish ishlariga faqatgina o‘kuvchilarning ota-onalarini emas, balki militsiya xodimlarini, rayon poliklinikasi shifokorlarini, jamoatchilikni ham jalb qilishdan iborat bo‘ladi.
O‘smirning ijtimoiy-pedagogik qarovchizligini bartaraf qilish. Bunday qarovsizlik so‘z boyligi kamligi, atrof Dune haqidagi bilimlarining yetarli emasligi, ko‘pchilik ko‘nikmalar (hisoblash, o‘qish, yozish va boshqalar) yaxshi o‘zlashtirilmaganligi ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Yoshlik
O‘smirlardan farqli ravishda yoshlik davrida, 15-17 yoshida tengdoshlari guruhiga emotsional bog‘liqligi kam darajada ifodalanadi. individualligini ifodalovchi hulqi usuli birinchi o‘rinda bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog katta sinf o‘kuvchilari bilan individual ishlashga e’tiborini qaratishi kerak:
Individual konsultatsiyalar o‘tkazish.
Shaxsni ijtimoiy o‘qitish, bu spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan bog‘liq xavflarni tasavvur etishni o‘z ichiga oladi.

Giyohvandlik – bоlalarda dеviantlik хulqi vujudga kеlishi shakli sifatida


O’smirlar giyohvandligi ijtimоiy pеdagоgik muammо sifatida. O’smirlar giyohvandligi хususiyatlari. Giyohvand mоddalar turlari. O’smirlar giyohvandligining sabab va оqibatlari. O’smirlar giyohvandligining rivоjlanish bоsqichlari (darajalari).
O’smirlar giyohvandligi ijtimоiy pеdagоgik muammо sifatida.
Giyohvandlik tushunchasi. "Giyohvandlik" deganda, eyforiya holatani kelgirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq tushuniladi. Eyforiya haqiqiy ahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishidir. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga, balki jamiyatga ham zarar keltiradi.
Ijtimoiy tibbiy sohada giyohvand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud:
1) giyovhand moddalarni iste’mol qilishni o‘z ixtiyori bilan
chek qo‘yishi mumkin bo‘lgan holat,
2) shu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat.
Giyohvandlikni ijtimoiy pedagogik yo‘nalishda o‘rganish, uni giyohvandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlash mumkin. Bu tobelik bolani jismoniy va ruhiy holsizlanishga hamda ijtimoiy dezadaptatsiyaga olib keladi.
Giyovhandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi. Taksokomaniyada giyovhand modda o‘rniga, organizmga benzin, kerosin, bo‘yoqlar kabi maiishy kimyo vositalar hidlanadi.
Taksokomanlar, odatda, 13 — 14 yoshli o‘smirlar bo‘lib, ular o‘z organizmlarining zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksokomaniyaning xavfi shundaki, bolalar organizm zaharlanishi natijasida nobud bo‘lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi. Taksokoman tirik qolgan taqdirda ham, uning organizmiga zaharli moddalarning ta’siri juda yomon oqibatlar — nogironlik, aqli norasolikka olib keladi.
Giyohvandlik hozirgi kunda kzedidagi sabablarga ko‘ra jiddiy muammo hisoblanadi:
o‘smir yoshidaga giyohvandlarning ommaviy ko‘payishi;
qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol qilishning keng tarqalishi;
giyohvand bolalar va o‘smirlar ijtimoiy maqomining o‘zgarishi.
Noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bilan bir qatorda, hozirgi kunda giyohvand bolalar va o‘smirlar safi yuqori
daromadli oilalar farzandlari bilan to‘lib bormoqda. Bu oilalardagi o‘smirlarning moliyaviy erkinligi axloqiy me’yorlari yuqori bo‘lmagan alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib kelib, ularda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o‘tkazish. bajaradi. Giyohvand moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi.
O’smirlar giyohvandligi хususiyatlari.
Bugungi kunda, garchi bir dozasi uchun yuqori narx belgilansa-da, kokoin, geroin, "ekstazi" tabletkalari kabi giyohvand moddalarni iste’mol qilish kattaxavf tug‘dirmoqda. Birinchi iste’mol qilish bosqichi "yarim giyohvandlik" bosqichiga aylanib, unda o‘smir turli narkotik moddalarni qayta-qayta iste’mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol qilgan o‘smir ularning ichidan birini tanlab oladi. Bu yerda og‘ishgan xulq-atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. Chunki kerakli narkotik turi tanlangach, giyohvandning avval ruhiy, so‘ngra jismoniy tobeligi boshlanadi.
O‘smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to‘xtab o‘galgan edi. O‘smir guruhlar o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, ularga kattalarning gamxo‘rligiga qarshi chiqish: hamda tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi xulq-atvor reaksiyalari hos.
O‘smirning giyohvandlik xulq-atvori asosida uning shaxs tavsifi ko‘rsatkichlari hamda ruhiy va jismoniy og‘ishish sabablari yotadi Uning shaxsiyatiga esa quyidagi turli omillar ta’sir qiladi:
a) biologik omillar: kasallik, charchoq munosabati bilan
giyohvand moddalar qabul qilish;
b) ruhiy: eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish,
o‘zini namoyon qilishga intilish, ijobiy ijtimoiy
qiziqishlarning yo‘qligi, ruhiyatnint buzilishi;
v) ijtimoiy: tengdoshlar guruhlari, modaning ta’siri;
d) ijtimoiy madaniy va submadaniyatning ta’siri: ba’zi
yoshlar guruhlari narkotiklarni hayotnint ajralmas bo‘lagi deb
hisoblashadi;
ye) yoshlarning giyohvandlashuv muammolarini uzoq vaqt oshkor
qilmasliklari;
j) narkotiklarga yetishish mumkinligi.
Yoshlar giyohvandigi bilan shug‘ullanayotgan pedagoglar va olimlar o‘smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o‘z nazariyalarini ilgari
surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi, ular qaysi omillarni eng muhim, deb hisoblashlariga ko‘ra aniqlanadi.
Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G. A. Shichko, E. I. Bextel, A. N. Mayurov, S. N. SHeverdin, F. G. Uglov, A. A. Gabiani, A. I. Durandina, J. di Jennaro va boshqalar) ijtimoiy-madaniy omilni yaqqol ajratib, o‘smir spirtli ichimlik, giyohvand moddalarni iste’mol qilishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli ichimliklar reklamasi, atrofdagilarning yomon namunasi oqibati, deb hisoblashadi. Demak, informatsion va psixologik tomonlardan, o‘quvchilarni spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi qurollantirishimiz lozim.
Giyohvand mоddalar turlari.
Ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D. V. Kolesov, V. Guldman, M. Raytenberg, A. F. Boyko, B. S. Bratus va P. I. Sidirov) bolalar va o‘smirlarning giyohvand xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o‘smirning psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi, deb hisoblashadi. Bu nazariya tarafdorlari, muammoning yechimi o‘quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda, deb ko‘rsatishadi.
Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug‘iladi: voyaga yetmaganlarning giyohvand bo‘lib qolishlariga nima sabab bo‘lmoqda? Bunda hammasi muayyan bir shaxsga bog‘liqmi?
Giyohvandlikning nafaqat o‘zi, balki shaxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir.
Giyohvandlik oqibatlari uch turga ajratiladi: biologik, ijtimoiy-psixologik va jinoiy.
Biologik oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik ko‘rsatishning pasayishi, bola organizmining barbod bo‘lishi kiradi.
Ijtimoiy-psixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb tavsiflash mumkin. Unda avval giyohvand modda iste’mol qilishdan boshqa qizikishlari va ehtiyojlari pasayadi, so‘ngra bu ehtiyojlar umuman yo‘q bo‘lib ketadi. Bolaning giyohvand modsaga qiziqishi butun hayotining o‘rnini bosadi. Atrof-muhit giyohvand tomonidan giyohvand modsalarni topishni va iste’mol qilishni og‘irlashtiruvchi va yenshllashtiruvchi nuqtai nazardan baholana boshlaydi. Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyohvand do‘stlaridan ajraladi, o‘qishni xohlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyohvand moddaning kerakli me’yori iste’mol qilinganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lib qoladi.
O’smirlar giyohvandligining sabab va оqibatlari.
Giyovhandlikning jinoiy oqibatlari biologik va iJtimoiy-psixologak oqibatlar bilan izohlanadi. Bu o‘zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko‘rinishga ega. Giyohvand o‘z qiziqishi, ehtiyojlarini qondirish uchun o‘qishni yoki ishini tashlashi kerak. Chunki uning vaqti faqat giyohvand moddalar izlash: bilan o‘tadi. Ularni doimiy xarid qilishga mablag‘ yetishmaganligidan, giyohvand ularni noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritish imkoniyatlarini izlaydi (o‘g‘rilik, talon-taroj orqali). Pul yo‘q bo‘lgan hollarda, giyohvand o‘z maqsadiga yetishish uchun har narsaga, xatto qotillikka ham tayyor bo‘ladi.
Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, qo‘lga kiritish, saqlash yoki sotish, bolalarni narkotik moddalar iste’mol qilishga undash, tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish, ularni iste’mol qilish uchun maxsus joylarni tashkil qilish bilan bog‘liq jinoyatlar ma’lum guruhlarga mansubdir.
Narkotik moddalarni iste’mol qiluvchi o‘smirlarni aniqlash muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Bu bolalarni davolash bilan bevosita tibbiy-narkologik xizmat xodimlari shugullanadilar, ijtimoiy pedagogning maktabdagi asosiy faoliyati narkomaniya profilaktikasidir.
Milliy va xorij pedagogik adabiyotlarida zararli odatlar profilaktikasi masalalarini o‘rganish natijasida yosh avlodning giyohvandlikka qarshi tarbiyasi masalasida ikki asosiy tendensiya mavjudligi ma’lum bo‘ldi: axborot-faoliyat yondashuvi (milliy adabiyotlarda) va informatsion-emotsianal yondashuv (xorij amaliyotida).
Axborot-faoliyat yondashuvi tarbiyalanuvchining o‘zini giyohvandlikka qarshi faoliyatga jalb qilish orqali giyohvandlikkaqarshi kurashishni nazarda tutadi (A.. N. Yakushev, K. R. Ismagilov).
Informatsion-emotsianal yondashuvda axborot bilan bir qatorda, ijtimoiy-psixologik treningga ham katta e’tibor qaratiladi. Xorij giyohvandlikka qarshi tarbiyasida faol metodlarga yetakchi rol topshirilib, ularning o‘ziga xos xususiyati faoliyat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilganlikdir. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy pedagog maktab o‘quvchilari bilan birgalikda giyohvandlikka qarshi dasturni ishlab chiqayotganida faol metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday zamonaviy metodlarga giyohvandlikka qarshi treninglar, o‘yinlar kiradi.
Falsafa, sotsiologiya va pedagogikada o‘yin shaxs ijtimoiy individualligini shakllantirish usuli hisoblanadi. O‘yin nazariyachilari, bolalar va o‘smirlar yoshidagi o‘yin hayotga tayyorgarlik usullaridan biri, deb hisoblanishini tan olishgan. Uning faoliyati boshqalar tajribasini o‘zida sinab ko‘rishning tayyor modeli hisoblanib, shaxsning aqli va hissiyotiga ta’sir qiladi.
O’smirlar giyohvandligining rivоjlanish bоsqichlari (darajalari).
Uzoq muddatli o‘yinlar rolli o‘yinlarning maxsus turi hisoblanib, uning asosiy xususiyatlari ommaviylik, muddatining uzunligi, o‘yinning real haqiqatlar bilan boglanib ketishidir. Uzoq muddatli o‘yii darsdan tashqari tadbir sifatida o‘tkazilib, giyohvandlikka qarshi xulq-atvor, munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Bu o‘yinni o‘tkazishda ijtimoiy pedagogning vazifasi rollarni tarbiyaviy samaradorligini yuqori darajada ta’minlaydigan qilib taqsimlashdir. Xususan, pedagog yoki pedagoglar guruxi o‘yinda qatnashadilar, yuqori sinf o‘quvchilari esa pedagoglar va o‘smirlar o‘rtasida vositachi bo‘ladilar.
Ijtimoiy pedagog maktab ta’lim-tarbiyasining turli yo‘nalishlariga moslab o‘yinni tashkillashtiradi. Ona tili va adabiyoti, tarix, davlat va huquq asoslari, kimyo, biologiya darslarida o‘quvchilar insho, bayon, diktant yozishadi, giyohvandlikka qarshi kurash mavzusida nutqva referatlar bilan chiqish qilishadi.
Sinfdan tashqari faoliyatlarida ular gayohvandlikka qarshi qaratilgan devoriy gazetalar, rasmlar tayyorlashadi. Shuningdek, intervyu metodi ham qo‘llanilib, u nafaqat giyohvand shaxslardan, balki ularning oila a’zolari, ko‘shnilaridan ham olinadi. Sinfdan tashqari faoliyatda ijtimoiy pedagog o‘smirlarga mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi, ijtimoiy, tibbiy-narkologik muassasalar bilan aloqalar o‘rnatishga yordam beradi.
Barcha materiallar pedagog-tashkilotchida to‘planadi va uzoq muddatli o‘yinni yakunlaydigan teatrli sahna ko‘rinishida ishlatiladi. Uzoq muddatli o‘yin o‘quvchilarning giyohvandlikka qarshi faoliyati bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Unda o‘quvchilar mustaqil ravishda giyohvandlikka qarshi adabiyotlarni o‘rganishadi, referat va ma’ruzalar tayyorlashadi, reydlarda ishtirok etishadi, mahalliy giyohvandlik holatini o‘rganish bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar olib borishadi.
Savol va topshiriqlar:
"Giyohvandlik" tushunchasiga ta’rif bering?
O‘smirlar orasidagi giyohvandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy sabablarini alohida ko‘rsating.
O‘smirlar giyohvandligi oqibatlarini sanab bering.
Ijtimoiy pedagogning giyohvandlik profilaktikasida o‘smir o‘quvchilar bilan o‘tkazadigan o‘yin metodlari mohiyatini tushuntiring.
Jinоyatchilik bоlalarda dеlinkvеntlik хulqi vujudga kеlish shakli sifatida
Vоyaga еtmaganlar jinоyatchiligi muammоsi. Vоyaga еtmaganlar jinоyatchiligining sabab va оqibatlari. Sudlangan vоyaga еtmaganlarning ijtimоiy-psiхоlоgik, pеdagоgik хususiyatlari.
Asosiy tushunchalar: bolalar jinoyatchiligi, huquqbuzarlik, jinoyat, maxsus o‘quv-tarbiyaviy muassasalar, tarbiyalash koloniyalari.
Balog‘at yoshiga yetmaganlar jinoyatchilik muammolari
Balog‘at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik butun dunyoda eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunday jinoyatchilikning o‘sishi eng avval rivojlangan kapitalistik mamlakatlar uchun xosdir. Balog‘at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning asosiy sabablari deb g‘arb mutaxassislari yoshlar o‘rtasidagi ishsizlikni, yoshlarning kelajaklariga ishonmasliklari, jamiyatni boshqarish hozirgi zamon usullaridan qoniqmasliklarini ko‘rsatadilar.
Masalan, Germaniya politsiyasi ma’lumotlari bo‘yicha 1996 yili hibsga olingan hamma huquqbuzarlardan 14 % doimiy ish joyiga ega emas edi. Aniq harakatlar bilan o‘g‘rilik qilgan jinoyatchilar orasida ishsizlar to‘rtdan bir qismini tashkil etdilar, ular tomonidan shaxslarga nisbatan jinoyatlar 28 %, 34 % bosqinchiliklar amalga oshirilgan.
G‘arb mutaxassislari balog‘at yoshiga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning o‘sib borishi sabablari haqida boshqa fikrlarni ham aytadilar. Masalan, balog‘at yoshiga yetmaganlar uchun odil sud va huquqbuzarlikni olidini olish AQSH federal byurosi rahbari A.Regneri o‘smirlar orasida jinoyatchilikning asosiy sabablari oilalarning buzilishi, bolalar bilan beraxm munosabatlarda bo‘lish, bolalarning ta’lim olish va tarbiyalanish huquqlarining buzilishi, yashash uchun qulay sharoitlarining bo‘lmasligi va natijada bolalarning uydan ketib qolishlari deb hisoblaydi. Konnektikut shtatida balog‘at yoshiga yetmaganlarni tekshirish juda jiddiy zulm o‘tkazgan jinoyatchilar orasida 75 % o‘zlariga ham ota-onalari va boshqa shaxslar tomonidan shavqatsiz munosabat ko‘rsatilganini aniqlab berdi. Ular kuch ishlatib jinoyat sodir etishlarning umumiy sonidan 33 % ni sodir etganlar.
Yaponiyalik mutaxassislar o‘z mamlakatlarida balog‘at yoshiga yetmaganlar jinoyatlari hozircha o‘sib borishi sabablarini o‘ziga xos baholaydilar. Ular jinoyatchilik o‘sishi turmush sharoitlaring, farovonlikning o‘sishi va o‘qish bilan, oilada tarbiyaning yetarli bo‘lmasligi, oilaning an’anaviy qadriyatlari buzilishi, individualizmning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq oqibatlar-stresslar sababli deb hisoblaydilar. Yaponiyada o‘tkazilgan tekshirishlar balog‘atga yetmagan huquqbuzarlar ko‘pincha ota-onasiz o‘sgarlar, hamda kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar bo‘lib chiqishini ko‘rsatdi.
Rossiyalik mutaxassislar ham jinoyatchilikning o‘sishini ko‘rsatadilar. Hozirgi davrda o‘smirlar Rossiyada aholining eng kriminogen zararlangan qismi hisoblanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksiga binoan balog‘at yoshiga yetmagan huquqbuzar deb jinoyat sodir etish paytiga kelib 14 yoshga to‘lgan, lekin hali 18 yoshga to‘lmagan shaxslar hisoblanadilar. Balog‘at yoshiga yetmaganligi javobgarlikni yumshatuvchi holat sifatida qaraladi. Masalan, balog‘at yoshiga yetmaganlarga nisbatan ba’zi bir jazolar ko‘zda tutilmagan, xususan, o‘lim jazosi.
O‘zbekiston Respublikasi sud amaliyotida xukmni ijro etishni kechiktirishdan keng foydalanishni alohida ta’kidlash kerak, bundan hozirgi kunda ozodlikdan mahkum etiladigan hamma balog‘at yoshiga yetmaganlarning taxminan yarmiga nisbatan qo‘llanilmoqda.
Bundan tashqari, huquqbuzarlarning ma’lum qismi (20 % dan ortig‘i) jazo berilishdagi yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilmoqda. Bu ishlar bo‘yicha materiallar yoki balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga yuboriladi yoki ularga nisbatan majburiy tarbiyalash choralari qo‘llaniladi, masalan, quyidagilar:
1) ogohlantirish;
2) ularni ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar, yoki maxsus davlat organlari nazoratiga topshiriladi.
3) keltirgan zararini qoplash majburiyati yuklatiladi.
4) bo‘sh vaqti cheklanadi va boshqalar.
Tarbiyaviy ta’sir choralarini muntazam bajarmay kelgan holatida sud jinoiy javobgarlikka tortishi mumkin.
Shunday qilib, haqiqatda jinoiy jazolar jinoiy jazonadigan harakatlar amalga oshirgan o‘smirlarning yarmidan kamiga nisbatan qo‘llanilmoqda. Alohida balog‘at yoshiga yetmaganlar uchun mumkin bo‘lgan jazo (amalga oshirish) asosiy turi ozodlikdan mahrum etish hisoblanadi, bu jazoni ular tarbiyalash koloniyalarida o‘taydilar. Agarda huquqbuzarlik sodir etgan o‘smir 14 yoshga to‘lmagan bo‘lsa (ya’ni jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga to‘lmagan bo‘lsa) uni maxsus o‘quv-tarbiyaviy tashkilotga yuboradilar.
Ijtimoiy-pedagogikada delikvent hulqi deb o‘rnatilgan huquqiy qoidalarni buzish va xuquqbuzarlikka olib keladigan hulqi tushuniladi:
Delikvent (lotincha delingnens - huquqbuzar) - hulqi o‘zining keskin ko‘rinishlarida jinoiy jazolanadigan harakatlardan iborat xulqi yomon subyekt.
Delikventlik (lotincha delingnens – jinoiy harakatni amalga oshiruvchi huquqbuzar) – sotsiologiyada va yurisprudensiyada militsiya ro‘yxatida turadigan yoki jinoiy jazoga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarga muntazam amalga oshiruvchi tarbiyasi qiyin o‘smirning qonunga xilof harakatlarini ko‘rsatish.
Shuni ham alohida aytish kerakki, balog‘atga yetmaganlar va yoshlar ishlari bo‘yicha Komissiya, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, mahalla jamoyatchiliklari, maktab o‘qituvchilari va ota-onalar tomonidan birgalikda katta profilaktik ishlarni amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda balog‘atga yetmaganlar orasida jinoyatchilik kamayib bormoqda.
Ana shu haqida 7.03.04. “Do‘stlik” kanalining radio eshittirishida Chirchiq shahrining prokurori yordamchisi Anora Ergasheva gapirdi. Lekin shular bilan birga Chirchiq shahridagi bezorilik qilmishlari holatlari haqida gapirib o‘tdi.
2003 yili 10-sinf o‘quvchisi Nikitin Yevgeniy militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib uning maktabida bomba qo‘yilganligini xabar qiladi, 2004 yili fevral oyida boshqa ikki o‘quvchilar Korshunov Aleksandr 9-sinf o‘quvchisi va 6-sinf o‘quvchisi Nosov Ivanlar ularning maktablarida bomba yashirilgan deb militsiyaga qo‘ng‘iroq qiladilar. Qoidabuzuvchilarni darhol topdilar. Lekin, bundan avval maktabdan hammani evakuatsiya qildilar, mutaxassislar – saperlar keldilar. Darslarni bekor qilish, mutaxassislarni chaqirish davlat uchun 60 ming so‘mga tushdi. Keyinchalik bolalarning birinchi darslari yo‘qligi va ular zerikkalarida militsiyaga qo‘ng‘iroq qilganliklari ularning gaplaridan ma’lum bo‘ldi.
Ikkala o‘quvchilar ham yaxshi oilalardan bo‘lib chiqdilar: Nosovning otasi ham, onasi ham bor, Korshunov.A.ning oilasida ikkita bola va uning oilasi moddiy ta’minlangan, yaxshi oila bo‘lib chiqdi.
Ota-onalari bolalari tarbiyasida qandaydir kamchilikka yo‘l qo‘yganlar, ularning bo‘sh vaqtlarini, dam olishlarini tashkil eta olmagandirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-onalar o‘z farzandlari uchun javobgarlar deb yozib qo‘yilgan. Portlash moslamasi haqida yolg‘on chaqiruv – bu jinoiy jazolanadigan jinoyatdir. Agarda bola qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, uning ota-onasidan jarima undiriladi, agarda o‘smir bo‘lsa uni balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiya ro‘yxatiga oladilar.
Vоyaga еtmaganlar jinоyatchiligi muammоsi.
Jinoyat kodeksiga binoan, tarbiyalash koloniyalarida ozodlikdan mahrum etishga hukm etilganlar, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan balog‘atga yetmaganlar hamda ular 21 yoshga yetguncha tarbiyalash koloniyalarida qoldirilishga hukm etilganlar jazo o‘taydilar.
Yoshi ko‘p jihatdan insonning jismoniy holatini, uning xulqini, qiziqishlarini, hayotdagi imkoniyatlarini belgilashi hammaga ma’lum.
Jazoni o‘tash davrida ham yoshi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ular tarbiyalash jarayonini tashkil etishda, hukm etilganlar jamoalarini tuzishda va boshqalarda hisobga olinadi. Balog‘atga yetmagan jazolanuvchi – bu o‘smirdir.
O‘smirlik davri organizmning keskin jismoniy rivojlanishi, kuch-quvvati, faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. O‘smirning qattiq emotsionalligi, ta’sirchan, yengiltakligi intizomni buzish sababi bo‘lishi mumkin. Balog‘atgayetmagan jazolanuvchilar tashqi ta’sirlarga shu bilan birga ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham juda ta’sirchan bo‘ladilar. Ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qaramaydilar. Bu ma’naviy beqarorlikka olib keladi, u hulqini ijtimoiy boshqarish samarasini pasaytiradi. Bular ularda ijtimoiy foydali ko‘rsatmalar, qarashlar va ishonchlarini shakllanishini qiyinlashtiradi. Shu bilan bir vaqtda ma’naviy beqarorligi, “oson va chiroyli” hayot kechirishga intilishi, madaniylik darajasi pastligi xulqini ma’naviy o‘zi boshqarishiga zarar keltiradi. Bu holat odob-axloqsizlik harakatlardan ular osongina noqonuniy ishlarni amalga oshirishga o‘tishlariga olib keladi.
Bu yoshdagi o‘smirning hulqi va faoliyatiga o‘zicha baho berishi ta’sir ko‘rsatadi, u ko‘pchilik hollarda yoki oshirib yuborilgan yoki pasaytirilgan bo‘ladi. O‘ziga yuqori baho berishda o‘smir o‘zini hammadan ustun deb hisoblaydi, boshqalar orasida ajralib turishni istaydi. Bunday jazolanuvchilar koloniya xodimlarining maslahatlariga kam quloq soladilar, tarbiyachilarga kinoyali munosabatda bo‘ladilar, ularda ma’naviy o‘zini takomillashtirishga istak uyg‘onishga intilishga e’tiborsizlik bilan qaraydilar. O‘zini baholashi past bo‘lgan jazolanuvchilar o‘zlarida ishonchsizlikni his etadilar, qo‘rqadilar, boshqalardan yomon ko‘rinadilar. Buning oqibatida ular boshqalar ta’siri ostida qoladilar.
Balog‘atga yetmagan jazolanuvchilarda bu yoshda irodasi va irodaviy sifatlari shakllanishi jarayoni boradi. Bu davr davomida tarbiyalanuvchilar o‘zlarini shaxs sifatida, kuchli va irodali shaxslarni namuna qilib olib o‘zlarini tarbiyalashga qodir ekaliklarini anglab yetadilar.
Ammo tashqi ko‘rinishi ularda ko‘pincha qilgan ishlari ma’naviy mazmunini to‘sib qo‘yadi. Buning natijasida ma’naviy namuna sifatida ularda jinoyatchilik romantikasi ishqivozlari o‘rin oladi.
Ko‘pchilik balog‘atga yetmagan jazolanuvchilar uchun dunyoqarashlari qarama-qarshiliklari xosdir. Ularning qarashlari va ishonchlari mantiqsiz va qarama-qarshidir. Jazolanuvchilarning o‘zlari bu mantiqsizlikni, tartibsizlikni kamchilik deb tushunadilar. Bunday o‘smirlarni qarama-qarshilikka ishontirish va ularda to‘g‘ri xulq qoidalarini tarbiyalash oson bo‘ladi, lekin pedagogik va ijtimoiy ancha qarovsiz jazolanuvchi balog‘atga yetmaganlar guruhlari bor.
Ular mantiqiy tartib bilan va asoslab o‘z qarashlarini himoya qilishlari mumkin. Bunday turdagi o‘smirlar bilan ishlash ancha qiyin. Sotsiologik tekshirishlar ko‘pchilik o‘smirlar jazolanishlaridan avval militsiyada ro‘yxatda turganlar bilan munosabatlarda bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Ular kitob o‘qish, musiqa bilan qiziqmaganlar, ulardan kamdan-kamlarigina sport bilan qiziqqanlar. Tekshirishlar ko‘rsatishicha jazolanuvchilarning 70 % dan ko‘prog‘i hukm etilishlaridan avval 5-8 soat bo‘sh vaqtlari bo‘lganligini ko‘rsatdi, ular hech narsa bilan mashg‘ul bo‘lmaganlar, maktabga bormaganlar, ishlamaganlar, uy ishlarini bajarmaganlar. Ularning bilim darajalari odatda 2-3-sinfni tashkil etgan: o‘smirlar orasida umuman savodsizlari ham uchraydi. Balog‘at yoshiga yetmagan jazolanuvchilarning ko‘pchiligi kasb-hunarga ega emas, ish stajlari yo‘q.
Bo‘sh vaqtlarining ko‘pligi, ularning alkogol ichimliklari, narkotiklar iste’mol qilishlariga, erta jinsiy aloqalarni boshlashlariga olib kelgan. Bunday hayot ularni ijtimoiy foydali mashg‘ulolardan chetga tortadi, ko‘pincha qarindoshchilik munosabatlarining uzilishiga, o‘qishga qiziqishi yo‘qolishiga, oxir oqibat jinoyat sodir etishiga olib kelgan.
Jazolanuvchilarning ko‘pchilik qismi (53 %) to‘la bo‘lmagan oilalarda, bolalar uylarida tarbiyalanganlar. Ota-onalarining yo‘qligi ma’naviy-axloqiy tarbiyalanishini qiyinlashtiradi. Bunday hollarda asosan bola qorni to‘qligi va egni butunligi haqidagi qayg‘uriladi. Ikkala ota-onasi bo‘lgan oilalarda kattalar va bolalar o‘rtasida bir-birini tushunish yo‘qligi, o‘smirning ma’naviy axloqiy muammolari, do‘stlariga ota-onalarning befarqligi aniqlandi.
Ana shu masala bo‘yicha tekshirishlarni tahlil qilish quyidagicha xulosaga kelishga imkon beradi:
Zamonaviy oilalarning katta a’zolari yuqori darajada band bo‘lishlari sababli ta’lim muassasalari pedagogik jamoalari bilan (maktab, kollej, litsey) o‘zaro aloqalari yo‘q. Shuning uchun ota-onalar o‘smirning haqiqiy ichki dunyosi haqida, uning qiziqishlari va talablari haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lmaydilar. Bular ota-onalarda bolaga ko‘r-ko‘rona muhabbatni yuzaga keltiradi.
Ota-onalarning bunday bir tomonlama qarashlarini ota-onalarning maktab (litsey, kollej) bilan aloqalarini yaxshilash yo‘li bilan yo‘qotish mumkin edi. Ma’lumki, o‘quv yurtlarida o‘smirning xulqi yomon belgilarini ancha obyektiv baholaydilar (uning hulqi og‘ishini, jamoatchilik tartibiga zid harakatlari va huquqbuzarliklarini). Bunday hollarda ota-onalarga pedagoglar malakali yordam ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
O‘smirning oiladan tashqaridagi yaqin odamlari haqida ota-onalar quyidagi yo‘llar bilan xabardor bo‘ladilar:
a) ularning qiziqtirgan uning o‘zi haqidagi va uning do‘stlari haqidagi muammolarni qo‘pol va odobsiz usulda talab etadilar.
b) bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxsdan oladilar.
v) bolaning xulqini o‘zlari kuzatishlari natijasida.
Ota-onalar odatda bolaga o‘zlariga yoqqan bolalar bilan do‘st-o‘rtoq bo‘lishni majbur qilishga harakat qiladilar. Aynan ana shu bolani ota-onasidan uzoqlashtiradi, uni yolg‘onchi qiladi.
Ota-onalar bola bilan muomalani bilmaydilar. Shuning uchun ota-onalarni umumiy pedagogik o‘qitish tizimini yaratish zarur, masalan, maxsus seminarlar o‘tkazish yo‘li, bu maqsadlarda ommaviy axborot vositalardan foydalanish yo‘li bilan, yoki ijtimoiy pedagoglar va psixologlar yordamida ishlab chiqilgan “oila xizmati” tizimlari yordamida.
Bugungi kundagi ota-onalar ko‘p tomondan huquqiy va pedagogik sohada tayyor emaslar. Shuning uchun ular bolagi nisbatan jinoiy xavf solinganda o‘z farzandlariga to‘gri harakat qilish bo‘yicha biror-bir masalahat berishga qodir emaslar. Shu sababli ota-onalarning o‘zlari orasida va oilaning katta a’zolari orasida profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurati yuzaga keladi.
Ota-onalar ma’lum yuzaga kelgan vaziyatda o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirib berishlari, bolani ayniqsa, notanish odamlar bilan tanishishda yoki notanish yangi joylarda bo‘lishlarida diqqat-e’tiborli, ehtiyotkor bo‘lishlarini tushuntirishlari kerak. Katta shahar sharoitida o‘smir uchun zarar tegishi xavfi ayniqsa, yuqori bo‘ladi. Bu yerda o‘smirning xulqi asosiy yo‘nalishi ularga xavfli joylarga borishni ta’qiqlagan ota-onalarining talablarini qat’iy bajarishi bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlarning jinsiy tarbiyasi zamonaviy holati haqida olingan ma’lumotlar bu muammoni hal etishda ko‘plab jiddiy xatolar va kamchiliklar borligini ko‘rsatadi.
Kichik va katta sinf o‘quvchilari jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha faqatgina qisqa ma’lumotlar oladilar.
Hozirgi paytda 4-11-sinflar uchun respublikamizda yangi Fan kiritilgan, “Sog‘lom avlod tarzi (asoslari?)”. Bu fanning dasturida jinsiy tarbiya haqida bo‘lim bor. Lekin faqatgina jinsiy masalalarni o‘rganishning o‘zigina yetarli emas.
Balog‘at yoshiga yetmaganlar jinsiy jaxlsizligiga jinoiy tajovuz qilish bilan kurashish bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. Chunki bu holat aniq bir balog‘atga yetmagan yoki o‘smirning o‘ziga emas, balki uning atrofidagilarga ham juda katta ma’naviy zarar ko‘rsatadi.
Bafarqlik, beraxmlik bilan jinoyat sodir etish usuli o‘smirlar tomonidan (tarbiyasida kamchiliklari bo‘lganlarida) faol huquqbuzarlik faoliyatiga, shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirishga chaqiriq deb qabul qilinishi mumkin. Boshqa tomondan bu o‘smirga uning tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin (ya’ni, o‘smirlar tengdoshlari va kattalarga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladigan bo‘lib qoladilar).
Shundan kelib chiqib, bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga to‘g‘ri baho berish va ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, ota-onalarni jalb etib profilaktik ishlarni olib borish zaruriyati yuzaga keladi.
Tibbiyot xodimlari va huquqiy muxofaza qilish organlari seksual asosda tajovuzkor hulqli shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish bo‘yicha birgalikda ish olib borishlari kerak.
O‘g‘il bolalar va qizlar o‘zaro munosabatlari muammolari o‘smirning jinsiy yetilish yoshidan ancha avval yuzaga keladi. Bolalar va qizlar orasidagi yaqin aloqalar, munosabatlar haqidagi ma’lumotlar odatda noto‘gri tushuniladi. Bola bu haqida ishonchli manbalardan qanchalik kam ma’lumotlarga ega bo‘lsa, u bu sohaga shunchalik ko‘p qiziqadi. Shuning uchun jinsiy tarbiyalash asoslari erta bolalik yoshidan boshlanishi kerak bo‘ladi.
Akseleratsiya sababli bugungi kunda o‘smirlarning erta jinsiy yetilishlari va uning ijtimoiy tashkil topishi jarayoni ancha uzoq davom etishi o‘rtasida uzilish yuzaga kelgan. Bu holat bir qator muammolarni keltirib chiqardi, masalan, doimiy ravishda kinomotografiya, videofilmlar, matbuotdagi maqolalar va boshqa erotik manbalar tomonidan qo‘zg‘atib kelinayotgan jinsiy instinktlarining uzoq qondirilmasligi kabi.
Bu muammoni hal etish o‘smirlarni sportga ommaviy jalb etish, ijtimoiy jamoatchilik ishlarida ishtirok ettirish bilan mumkin bo‘ladi.
Shu sababli bizning fikrimizcha bunday ishlarning hamda o‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni olidini olish bo‘yicha faoliyatlar markazi umumta’lim maktab bo‘lishi kerak deb to‘g‘ri fikr aytilmoqda, maktab oilaga nisbatan va boshqa ijtimoiy institutlarni boshqarishi kerak bo‘ladi.
Haqiqatan, maktab oilaga, ota-onalarga yordam ko‘rsatishni tartibga soluvchi bo‘lishi kerak. Maktab bu ishga ijtimoiy pedagoglarni, tibbiyot xodimlarini, huquqiy himoya qilish organlarini jalb etishi kerak. Bu ishlar maktabning ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishda tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni ancha kengaytiradi.
Bu ishda qo‘shimcha ta’lim, bolalarning dam olishlari va ijod bilan shug‘ullanishlari, bolalar va yoshlar ijtimoiy tashkilotlarining ham roli katta.
Vоyaga еtmaganlar jinоyatchiligining sabab va оqibatlari.
Og‘ir moddiy ta’minlanganlik holati o‘smirlarning o‘z ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirish uchun imkoniyatlarini kamaytiradi, bu ko‘pincha o‘smirlarni jinoyat sodir etishga majbur etadi. Biror-bir buyum xarid qilib olish uchun mablag‘ning yetishmasligini ular noqonuniy usul bilan to‘ldiradilar. Balog‘atga yetmagan hukm etilganlar uchun nomusiga tegish, o‘g‘rilik, bosqinchilik, odam o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, avtomashinalarni o‘g‘rilash kabi jinoyatlar xosdir. Yomon niyatda jinoyat sodir etishning sabablari quyidagilar: qimmatbaho buyumni egallab olish istagi, buyumlar sotib olish uchun shaxsiy puliga ega bo‘lish istagi. Bu jinoyatlar asosida modadan qolmaslik tengdoshlari ega bo‘lgan narsalarga ega bo‘lish, hatto jinoyat sodir etib bo‘lsa ham ega bo‘lish istagi yotadi. Kuch ishlatib jinoyat sodir etishning eng ko‘p uchraydigan sabablari: qasos olish, “erkakligini” ko‘rsatib quyish, “irodasini mustahkamlash”, “hech narsadan qo‘rqmaslik” va shunga o‘xshash. Ko‘pchilik jinoyatlar “xavfi bo‘lganiga javoban”, “do‘stini sotmaslik”, “o‘rtoqlarini ishontirishga” kat sababli sodir etiladi.
Retsedivlar (takroriy jinoyat sodir etish) sabablari orasida “jabrlanuvchilar qarshilik ko‘rsatmadilar”, “o‘ziga ishonish xissi paydo bo‘ldi”, “o‘g‘rilangan narsani sotish osonligi”, “tajribali yo‘lboshchining rahbarligi” kabi sabablar uchraydi.
Asossiz beshavqatlik xususiyatiga ega og‘ir jinoyatlar, odam o‘ldirish, bezorilik, og‘ir tan jarohati yetkazishning ko‘pchilik qismi o‘smirlar tomonidan mast holatda yoki narkotik iste’mol qilgan holatda sodir etiladi. Bunday holatlarda jinoyat sodir etish aybni og‘irlashtiruvchi hisoblanadi. Hukm etilganlarning ko‘pchiliklari erta chekishni boshlaganliklari, spirtli ichimlik ichganlari aniqlandi, bunga kattalar, shu jumladan ota-onalari ibrat bo‘lganlar, yana o‘rtoqlaridan toksik moddalarni xidlashga, narkotiklar iste’mol qilishga o‘rganish sabab bo‘lgan.
Jinoyatlarning bir qismi o‘smirlar tomonidan kattalar bilan birga sodir etiladi. Bunday jinoyatlar odatda oldindan tayyorlanadi. Katta yoshli jinoyatchilar, jinoyat fosh etilgan taqdirda o‘smir “o‘rtoqlik xissi” va qasam ichganligi sababli aybni o‘z bo‘yniga oladi deb o‘ylaydilar, agarda sud bo‘ladigan bo‘lsa unga katta muddat bermaydilar, shartli yoki ijro etishni orqaga surish beriladi deb ishontiradilar. Mustaqil va hech kimga qaram bo‘lmaslikka intilib, lekin bunga xali tayyor bo‘lmay o‘smirlar jamoatchilikka yot elementlarning psixologik ta’sir ko‘rsatishlariga osongina ko‘nadilar. O‘smir bir o‘zi hech qachon jazm eta olmaydigan ishni u guruhda amalga oshira oladigan bo‘ladi.
Ba’zi o‘smirlar jinoyat sodir etib buni sho‘xlik deb baholaydilar. Ular tartib buzish bilan jinoyat orasidagi chegarani ko‘rmaydilar. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida hukm etilgan balog‘atga yetmaganlarning 50 % gina ular jinoyat sodir etayotganlarini bilganlar. 20 % taxmin qilganliklari, qolganlari esa hatto xayollariga ham keltirmaganliklari aniqlandi. Ularing ko‘pchiliklari o‘z huquqbuzarliklarini jasorat, madrlik va irodasini ko‘rsatish deb baholaydilar.
Sudlangan vоyaga еtmaganlarning ijtimоiy-psiхоlоgik, pеdagоgik хususiyatlari.
Balog‘atga yetmaganlarga tarbiyalash koloniyalarida bo‘lishi boshlang‘ich davri, hayot sharoitiga moslashishlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Moslashish yaxshi va yomon ham bo‘lishi mumkin, lekin salbiy va ijobiy ham belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Bu davrda yuqori o‘rinni egallash, jamoadagi rollarini taqsimlash uchun kurash boradi. Bu davrda tartibni buzish va jinoyatlar sodir etishning o‘sishi kuzatiladi. Tashqi dunyodan ajratib qo‘yilishi hukm etilganlarning munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rejimli tashkilotlarda munosabatlar ikki turga ajratiladi: rasmiy va norasmiy. Rasmiy munosabatlar jazoni o‘tash rejimi va ichki tartib bilan boshqariladi. Norasmiy munosabatlar - hukm etilganlarning norasmiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rniga binoan ularni kategoriyalarga ajratuvchi “boshqa hayot” qoidalari bilan boshqariladi.
Stratifikatsiya11[12] hukm etilganning o‘z guruhida balog‘atga yetmaganlarni “o‘zlariniki va begonalarga” ajratish mavqeini qat’iy belgilashdan iborat bo‘ladi.
Retsidivistlar12[13] keng jinoiy aloqalarga ega bo‘lib, ular ancha yuqori mavqega ega bo‘ladilar. Ko‘plab sonli guruhlar mavjud bo‘lishiga qaramay hukm etilganlar ikkita asosiy guruhlarga ajratiladi:
1) Yuqori mavqeli - mustahkam, qat’iylar, “o‘g‘il bolalar”
2) past statusli – ezilganlar, “pastlar” xo‘rlanganlar.
Bu guruhlardan har biri o‘z guruhlariga ega, bu ko‘plab janjallar kelib chiqishiga olib keladi.
Tarbiyalash koloniyasiga kelgan yangi odamni mavqei odatda “ro‘yxatga olish” yo‘li bilan aniqlanadi. Yangi bolani faxm-farosatliligini, aqlini, o‘zini himoya qila olishini tekshirib ko‘radilar.
Ko‘pincha bu sinovlar beshavqat va beraxmlik ko‘rinishida bo‘ladi. Sinovdan o‘tayotganning sog‘lig‘i uchun ma’lum xavf mavjud bo‘ladi. Balog‘atga yetmagan hukm etilganlarning kattalardan farqi ko‘pchilik o‘smirlarda ma’lum hayotiy rejalari, kelajakdagi istiqbollari yo‘qligidan iborat bo‘ladi, bu ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni ancha qiyinlashtiradi.
Shunday qilib, balog‘atga yetmagan hukm etilganlarning shaxsi va guruhlari belgilari quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi:
Yoshi xususiyatlari – organizmining tez jismoniy rivojlanishi
Ma’naviy beqarorligi.
Mos bo‘lmagan ravishda o‘ziga baho berish (yuqori baholash, past baholash)
Irodasi jadal shakllanishi jarayoni.
dunyoqarashning qarama-qarshiligi.
Pedagogik va ma’naviy tarbiyasizligi.
bo‘sh vaqtining tashkil etilmaganligi.
Bilim, ma’naviy va professional darajasi pastligi.
oiladagi muammolar.
Ota-onalarining yo‘qligi, yoki oilasi to‘liq emasligi.
Ota-onalarining yoki qarindoshlarining jamoat tartib-qoidalarini buzishlari.
qarindoshlik aloqalari uzilishi.
Jinoyat sodir etish motivlari.
Sotib olishga qurbi yetmagan narsaga ega bo‘lish istagi.
o‘g‘il bolaligini ko‘rsatib qo‘yish, guruxda obro‘ga ega bo‘lish.
Jinoyat sodir etayotganligini yaxshi tushunib yetmaslik.
Deviant (og‘ish, chetlanishlar) yomon axloqqa odatlanish.
Katta yoshdagi jinoyatchilarga bo‘ysunishi.
Huquqiy bilimi pastligi.
Tashkilot tarbiyasi va tartibiga qarshi bo‘lish.
Tashkilot sharoitlariga moslashib olish imkoniyatlari.
Hukm etilganlarning stratifikatsiyasi (status-rolli munosabatlar)
Ma’lum hayotiy rejalarning yo‘qligi.
Shunday qilib, balog‘atga yetmagan hukm etilgalar – bu shaxsi ijtimoiylashishi jarayoni oxiriga yetmagan odamlar, bu jarayon turli ijtimoiy o‘rin egallashni, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar tizimiga qo‘shilishini ko‘zda tutadi.
O‘smirni jinoyat sodir etganda aybdor deb hisobladilar. Uni tarbiyalash koloniyasiga, ya’ni yopiq turdagi tarbiyalash tashkilotiga yuboradilar. Bu albatta shaxsning ijtimoiylashish jarayonini to‘xtatib qo‘yadi va uning bir tekis rivojlanishini yanada qiyinlashtiradi.
Ijtimoiylashish yakunlanmagan jarayonini jamiyatdan ajratib qo‘yilgan holatda davom ettirishga to‘gri keladi. Bu Ushbu jarayonning mohiyatiga qarama-qarshidir. Ko‘pchilik o‘smirlar (jinoyat sodir etgan) ijtimoiy muhit uchun jiddiy xavf tug‘diradilar. Shuning uchun ularni jamiyatdan ajratib qo‘yish zarurdir. Shu sababli ular uchun ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llashdan bosh tortishning iloji bo‘lmay qoladi.
Shunda qarama-qarshilik yuzaga keladi: o‘smirni jamiyatdan ajratib quyish zarurligi va shu bilan bir vaqtda uni ijtimoiylashtirish jarayonini yakuniga yetkazish.
Milliy va chet el tajribalarining ko‘rsatishiga jazo choralarini kuchaytirish, qattiq nazorat qilish o‘smirlar orasida jinoyatchilikning o‘sishi muammosini samarali hal etish yo‘li deb qaralishi mumkin emasligini ko‘rsatdi. Jinoyatchilikni yo‘q qilish – bu birinchi navbatda ijtimoiy muammodir.
Jinoyatchilik darajasi faqatgina uni yuzaga keltiruvchi omillarni yo‘qotib borilgan holdagi asta-sekin pasayib borishi mumkin. Balog‘atga yetmaganlar jinoyatchiligi bilan kompleks va samarali kurashish maqsadlarida davlat milliy dasturi rejalashtirilmoqda va amalga oshirilmoqda. Masalan, 70-yillarda AQShda axloqi buzilgan yoshlar hayoti ijtimoiy, turmush madaniy va moddiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha 36 dastur amalga oshirildi. XX asrning 90-yillarida AQShda yoshlar orasida axloqi buzilganlar bilan kurashish bo‘yicha 65 ta dastur amalga oshirilgan. Ana shu dasturlarni bajarish uchun kongress 15 mlrd. dollar ajratdi. Yevropa parlamenti ekspert komissiyasi 1996 yili balog‘atga yetmaganlar orasida jinoyatchilik muammolarini ko‘rib chiqib yoshlar va balog‘atga yetmaganlar orasida jinoyatchilik bilan kurashish samaradorligi oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqdi. Ular asosan quyidagilardan iborat: politsiya xodimlari, ijtimoiy tashkilotlar va yoshlar, balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha milliy tashkilotlarning jinoyatchilikni oldini olish sohasidagi hamkorliklarini ancha kuchaytirish kerak: balog‘atga yetmagan huquqbuzarlarni jinoiy javobganlikka tortish va ularni tergov paytida ushlab turish amaliyotini o‘zgartirish kerak; O‘smirlarni jazr o‘tash muddatlarini ikki yil bilan chegaralash, muddatidan avval ozod etish huquqini berish. Umuman olganda balog‘atga yetmagan huquqbuzarlarni tuzatish tashkilotlariga joylashtirmay qayta tarbiyalashni afzal bilish taklif etiladi.
Ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jinoiy jazodan to‘la bosh tortishga erishish masalasi mumkin bo‘lmaganligi sababli ko‘pchilik mutaxassislar jazo choralari belgilanayotganda o‘smir huquqbuzarlarning undan psixologik ta’sirlanishlari va ularning yoshi xususiyatlarini hisobga olishni tavsiya etadilar. Tarbiyalash koloniyalariga joylashtirilgan balog‘at yoshiga yetmagan huquqbuzarlar bilan ishlashda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralari, maktab va o‘smirlarning ozod etilishiga psixologik tayyorgarligi asosiy rol o‘ynashi kerak.
Vоyaga еtmagan huquqbuzarlar bilan ijtimоiy pеdagоgik faоliyat
Vоyaga еtmagan хuquqbuzarlar uchun maхsus o’quv-tarbiyaviy muassasalar. Vоyaga еtmagan хuquqbuzarlar ijtimоiy pеdagоgik prоfilaktikasi. Vоyaga еtmagan хuquqbuzarlar ijtimоiy rеabilitatsiyasi bo’yicha individual va jamоaviy ishlash.
Vоyaga еtmagan хuquqbuzarlar uchun maхsus o’quv-tarbiyaviy muassasalar Bugungi kunda bizning jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri so‘zsiz yoshlar orasida jinoyatchilikning o‘sishini pasaytirish yo‘llarini izlash va ularni oldini olish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Profilaktika (lotincha prophlaktikos – oldini oluvchi, saqlovchi) – tarbiyasi qiyin o‘smirlar delikvent (noqonuniy) va deviant (og‘uvchi) hulqlarini yuzaga kelishi, tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘plami.
Uyushgan jinoyatchilik doirasiga borgan sari ko‘proq balog‘at yoshiga yetmaganlar tortib borilmoqda. O‘smirlardan tashkil topgan kriminal guruhlar tomonidan xavfli jinoyatlar sodir etilmoqda. Jinoyatchilik yosharib bormoqda va mustahkam retsidiv (takrorlanuvchi) xususiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Bu keskin muammoni hal etishda ijtimoiy pedagogika asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi, biroq bu muammoni jamiyatning hamma kuchlarini jalb etish, kompleks usullar bilangina hald etish mumkin. Aniq bir huquqbuzar bilan individual ish olib borish, tarbiyaviy-profilaktik jarayonni tashkil etish sohasida aniq bir sistemaning yo‘qligi oqibatida tarbiyalash tizimida ko‘pchilik kamchiliklarni yuzaga keltiradi. Ba’zi pedagoglar individual yondoshishni hulqida og‘ish bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlarning xususiy xususiyatlarini hisobga olish deb tushunadilar. “Individual yondoshish – deb yozadi A.S.Makarenko – shaxsning alohida injiqliklari bilan shug‘ullanishni bildirmaydi. Individual yondoshish bahonasida yakka individalistik tarbiyani tushuni kerak emas. O‘quvchi kamchiliklariga ko‘z yumuvchi, uning injiqliklariga ko‘nuvchi, tarbiyalash va xarakterni tuzatish o‘rniga uning aytganini qiladigan pedagog kuchsiz, ilojsiz bo‘ladi. Individual yondoshish uning individual qobiliyati va imkoniyatlariga mos ravishda tarbiyalash ijtimoiy xususiyati bilan belgilanadigan shaxs sifatlarini unga yetkazishdan iborat bo‘ladi”13[14].
A.S.Makarenkoning fikricha ikkita xato juda ko‘p uchraydi: birinchi xato “hammani bir xil teng ko‘rish”dan iborat bo‘lib, odamni standart namunaga kiritish, inson turlari tor seriyasini tarbiyalashga intilish hisoblanadi. Ikkinchisi - har bir individning xususiyatlariga passiv e’tibor qilish, har bir odam bilan alohida tartibsiz shug‘ullanish bilan hammani bir vaqtda boshqarishga natijasiz urinish. Bu – gipertrofiyadir (lotincha - haddan tashqari oshirib yuborish).
Huquqbuzarlikni individual profilaktika qilish tuzatish-yo‘naltirishdan biri sifatida elementidan iborat bo‘ladi, lekin faqatgina undan iborat bo‘lmaydi. Bu shaxsni maqsadga muvofiq qayta tarbiyalash jarayonidir.
U huquqbuzarlarning tarbiyachilar, jamoatchilik va atrofdagilar ta’siri ostida o‘zlari to‘g‘ri qarashlar va ishonchlar, tushunchalar ishlab chiqishlaridan iborat. Ijtiomiy-ijobiy hulqi ko‘nikmalari va odatlarini egallaydilar, o‘z hissiyotlari va irodalarini rivojlantiradilar. Shu tariqa qiziqishlari, intilishlari va layoqatlarini o‘zgartiradilar. Boshqa tomondan individual profilaktika aniq bir shaxsga atrof-muhitning tas’ir ko‘rsatishini bartaraf qilishga qaratiladi. Ushbu jarayonni samarali boshqarish uchun quyidagilarni ta’minlovchi profilaktik metodlarni tanlash kerak:
Ma’naviy ongini ishlab chiqish.
Pozitiv hulqi ko‘nikma va odatlarini shakllantirish
Jamoyatchilik tartibiga zid ta’sirlarga qarshi tura olishga imkon beruvchi irodaviy kuchlarini tarbiyalash.
Mikromuhitni ijtimoiy sog‘lomlashtirish.
Huquqbuzarlikni profilaktika qilish asosiy vazifalari:
Ijtimoiy hulqi og‘gan va huquqbuzarlikka qodir bo‘lgan shaxslarni hamda ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota-onalar va boshqa shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash.
Yosh insonning jamiyat bilan kelishmovchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, bunga imkon yaratuvchi sabablar va holatlarga yo‘l quymaslik maqsadida balog‘atga yetmagan huquqbuzarlarning shaxsi yoshi va psixologik xususiyatlarini o‘rganish
Huquqbuzarlarga va uni o‘rab turgan muhitga individual tarbiyaviy profilaktik ta’sir ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish.
Tarbiyaviy va profilaktik ishlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat hamma subyektlarining birgalikdagi harakatlarini va mosligini tashkil etish, hulqi buzilgan o‘smirlar hayot kechirishini kundalik, muntazam nazorat qilishni amalga oshirishni tashkil qilish.
Qayta tarbiyalash - qayta kuch talab etadigan, jiddiy, mashaqqatli, turli xil profilaktik va ma’naviy ta’sir ko‘rsatish usullaridan foydalanishni talab etadigan murakkab jarayondir, chunki oilada ham, maktabda ham va mehnat jamoalarida ham hulqi ijobiy qo‘nikmalariga o‘rganilmagan tarbiyaviy va pedagogik mazmunda eng ortda qolgan odamlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Qayta tarbiyalash jarayonini tashkil etishda quyidagi kategoriyadagi balog‘atga yetmaganlarga alohida e’tibor berilishi kerak:
Jazo olib tarbiyalash koloniyalaridan qaytib kelgan, lekin ularning hulqlari tashvish uyg‘otadigan shaxslarga.
Ozodlikdan mahrum etish hukmini ijro etish kechiktirilgan balog‘atga yetmagan huquqbuzarlarga nisbatan.
Jinoyat sodir etib, lekin jinoiy javobgarlikdan jamoatchilik yoki administrativ ta’sir ko‘rsatish, yoki amnistiya sababli ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshgacha ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etganlarga.
Maxsus o‘quv-tarbiyaviy tashkilotlardan qaytib kelganlarga.
Jamoatchilik yoki administrativ ta’sir ko‘rsatish choralariga olib keluvchi huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan.
Spirtli ichimlik yoki narkotik moddalar iste’mol qiluvchilar.
Ilgari sudlanmagan, lekin bir yil davomida ikki marta administrativ javobgarlikda ayblangan, yoki rasmiy ogohlantiriga takror olib keluvchi shaxslar.
O‘qishni doimiy qodiruvchilar.
Doimiy qimor o‘ynaydigan va jamoatchilik tartibiga rioya qiymay hayot kechiradiganlar.
Profilaktik ta’sir xususiyatlari va tendensiyalarini hisobga olganda va uning ichki hissiyotlari bilan, intilishlari bilan mos kelganda optimal bo‘ladi. Shunda tashqi profilaktik ta’sir kursatish go‘yoki o‘zini tarbiyalash, o‘zini rivojlantirish jarayoni bilan uyg‘unlashadi.
Vоyaga еtmagan хuquqbuzarlar ijtimоiy pеdagоgik prоfilaktikasi. Huquqbuzar shaxsini ijtimoiy sog‘lomlashtirish profilaktik dasturi quyidagi muhim komponentlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Individual-profilaktik ta’sir ko‘rsatish maqsadini, ulardan asosiysi - o‘smirda axloq va huquq qoidalari talablariga doimiy rioya qilish zarurligi haqida ishonchini yuzaga keltirishdir.
O‘smirda qanday yetishmaydigan sifatlarni tarbiyalash va qanday salbiy xislatlarni yo‘qotish zarurligini hisobga oluvchi shaxsga tarbiyaviy va nazorat ta’siri metodlari va usullarini.
Shaxsga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yo‘qotish uchun uning atrofiga bevosita ta’sir ko‘rsatish va shaxslararo munosabatlarni qayta tarbiyalashga imkon beruvchi tizimli shakllantirish usullari.
Ushbu bolaga nisbatan eng ko‘p tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan aynan ana shu mehnat, o‘quv jamoalari, ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik va davlat tashkilotlarining individual-profilaktik ta’sir ko‘rsatish vositalarini.
Shaxsni ijtimoiy sog‘lomlashtirish profilaktik dasturini amalga oshirish asosiy bosqichlarini.
Profilaktik dasturni amalga oshirishda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
Qayta tarbiyalash jarayonining mazmunliligi, yo‘naltirilganligi, muntazamliligi.
Qayta tarbiyalash foydaliligini tushunib olish.
Bir tomondan jamiyatning balog‘atga yetmagan huquqbuzarga talablarini va ikkinchi tomondan - o‘smir shaxsi individual xususiyatlarini va rivojlanish umumiy qoidalarini o‘rganish.
Qayta tarbiyalashda majburlash va talabchanlikning bo‘lmasligi.
Tarbiyaviy profilaktik jarayon ishtirokchilarining hammasi chidamliligi va sabr qilishlari.
O‘smirning o‘zining faolligi, u o‘ziga ko‘rsatilayotgan tarbiyaviy ta’siri tushunib yetish, shu bilan birga o‘z tashabbus ko‘rsatish va irodasini namoyon etsin.
Individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish dasturining asosiy maqsadi balog‘atga yetmaganning shaxsini umumiy qabul qilingan qoidalar, tartib va boshqa ijtimoiy qadriyatlar tomoniga o‘zgartirishdir. Bu maqsadga darxol erishib bo‘lmaydi, oylar va yillar talab etilishi mumkin.
Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib vazifalar aniqlanadi. Ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: balog‘atga yetmaganning normal pozitiv qiziqshlarini tiklash va rivojlantirish; normal munosabatlarni; ijtimoiy mas’uliyatini va intizom va javobgarlik xissini.
Balog‘atga yetmaganni qayta tarbiyalash qo‘yilgan masalalarini hal etish uchun Ushbu o‘smirning hayot tarzidagi pozitiv vaziyatlarini, ularning mustahkamligini Xamda uning talab-istaklarini, qiziqishlarini, layoqatini aniqlash maqsadida bolaning psixologik, ijtimoiy, ma’naviy “qiyofasini” tuzib olish muhimdir.
Individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish metodlarini tanlash bolaning faoliyati ustun doirasini hisobga olib quriladi. Huquqbuzarlikni individual profilaktika qilishda rag‘batlantirish, sustlashtirish metodlaridan faol foydalanish mumkin. O‘zining mazmuni bo‘yicha ular an’anaviy rag‘batlashtirish va jazolash metodlaridan ancha boydir. Rag‘batlantirish metodik usullari qatoriga ma’qullash, maqtov, ishonish, baholash, mukofotlash, minnatdorchilik bildirish va boshqalarni kiritish mumkin. Yigit va qizlardan iroda va mehnatsevarlikni talab etadigan harakatlar va ishlarinigina rag‘batlantirish kerak. Ular ko‘p kuch sarflamay va vaqt sarflamay amalga oshirganlarini emas sustlashtirish (tartibga chaqirish, yo‘lga solib turish) metodlari usullari tanbeh berish, koyish, ogohlantirish, ya’ni qoida buzuvchi shaxsiga nisbatan qattiq talablardan iborat bo‘ladi. Ular insonning hulqiga jamoatchilik talablari alohida shaklidan iborat bo‘ladi, unda bir vaqtning o‘zida nima noto‘g‘ri bajarilganligini qoralash ham, keyinchalik qanday harakat qilishga ko‘rsatma ham beriladi hamda qilgan ishini takrorlashi mumkinligini oldini olish maqsadida kelajakda ogohlantirish beriladi.
Tormojeniye (sekinlashtirish, tartibga chaqirish yo‘lga solish) insonga har kuni kerak bo‘ladi va u tarbiyalangan bo‘lishi kerak, odat bo‘lishi, har bir jismoniy va psixik harakatda ifodlanishi, ayniqsa tortishuv janjallarda kerak bo‘ladi. Yo‘lga solish usullari agarda ularni jamoa, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ayniqsa yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Umuman yo‘lga solish uchta asosiy vazifani bajarishi kerak: o‘z kamchiliklarini tushunib yetishga, ularning yomonligini anglashga, xulqini o‘zi boshqarish bilan bu kamchiliklarni yo‘qotish.
Shundan keyin maqsadlarga muvofiq va shaxs xususiyatlarini hamda vaqtni o‘tkazish eng nozik davrini (nazoratni kuchaytirish uchun) hisobga oluvchi vositalarni aniqlanadi. Ular ko‘pchilik hollarda bo‘ladigan og‘zaki o‘rgatishdangina iborat bo‘lmay, balki turli xil kompleks choralardan iborat bo‘lishi kerak.
Profilaktik vositalar, hatto tushuntirish, suhbat yoki jamoatchilik ta’siri, uqtirish kabi keng tarqalganlari ham har doim ham juda foydali deb hisoblanishi mumkin emas. Bundan tashqari vositalar har qanday tizimini doimiy deb tavsiya etib bo‘lmaydi, chunki bola shaxsi rivojlanish jarayonida o‘zgaradi, yangi munosabatlarga kirishadi, uning hayot faoliyati sharoitlari o‘zgaradi.
Yosh huquqbuzarni qayta tarbiyalash samarali vositalaridan biri o‘ziga individual bo‘lgan, dinamik, insonning ichki dunyosi hamma boshqa tomonlari bilan murakkab munosabatlarda bo‘lgan uning emotsional-irodaviy doirasiga ta’sir ko‘rsatish hisoblanadi. Shaxsning emotsional-irodaviy sohasi tushunchasiga psixologiyada sezgi va irodasini kiritadilar. Sezgi – insonning hayotida sodir bo‘layotgan, u idrok etayotgan yoki amalga oshirayotgan ishga turli shakldagi hayajonlanish, ta’sirlanish ichki munosabati sezish ta’sirlanish turli shakllari – emotsiya, affekt, kayfiyat, stress holati, zavq ham va nihoyat sezgi tor ma’noda bu – shaxsning emotsional doirasini tashkil etadi.
Asosiy emotsional holatini psixologiyada ijobiy ajratish qabul qilingan – bu qiziqish, quvonch, hayajonlanish, hayratlanish, emotsional holat sifatida ijobiy yoki salbiy emotsional ta’sirlanish belgisiga ega emas. Salbiy emotsional holatga esa azoblanish, g‘azab, nafrat, jirkanish, qo‘rqinch, uyat hisoblanadi.
Shaxsning emotsional holatini ifodalovchi barqaror sezgidan biri muhabbat xissi hisoblanadi. Iroda – bu insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan o‘z faoliyati va hulqini tashkil etish va o‘zini boshqarishdir. Iroda – bu insonning o‘zi belgilab olgan maqsadi bilan belgilanadigan shaxsning faolligi alohida usuli, uning hulqini tashkil etish alohida turidir.
Iroda ikki bir-biri bilan bog‘liq vazifalarni bajarishni ta’minlaydi - rag‘batlantiruvchi, uyg‘otuvchi va yo‘lga soluvchi, ularda o‘zini namoyon etadi. Uyg‘otuvchi vazifalari insonning faolligi bilan ta’minlanadi. Irodaning yo‘lga soluvchi vazifalari, uyg‘otuvchi vazifasi bilan birgalikda ishtirok etib, shaxsning keraksiz, noxush harakatlarini to‘xtatib ushlab qolishda namoyon bo‘ladi.
Huquqbuzarlar bilan ishlash usullari turlicha bo‘lishi mumkin: kitob o‘qishga, san’atga qiziqtirish, ijobiy yo‘nalishdagi norasmiy guruhga qo‘shish; kech qolish, dars qoldirish odatlarini yo‘qotish. Yosh huquqbuzar shaxsiga tarbiyaviy-profilaktik ta’sir ko‘rsatish metodlari, vosita va usullarini tanlash ko‘p holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Ulardan bir qismini yuqorida ko‘rsatib o‘tdik. Individual profilaktika shaxsning faolligini, kerakli chora-tadbirlarni o‘tkazishga istagi yoki qarshiligini hisobga olishni talab etadi.
Vоyaga еtmagan хuquqbuzarlar ijtimоiy rеabilitatsiyasi bo’yicha individual va jamоaviy ishlash.
Huquqbuzarlik sodir etgan o‘smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar asosan ochiq sotsiumda (o‘smir kichik huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa yoki shartli hukm etilgan bo‘lsa) o‘tkazilsa yoki maxsus o‘quv tarbiyaviy tashkilotlarda olib borilsa, tarbiyalash koloniyalarida asosan balog‘atga yetmagan hukm etilganlarga yordam reabilitatsion dasturlari amalga oshiriladi.
Balog‘atga yetmaganlar uchun koloniyalarda tarbiyalash jarayoni “kattalar” koloniyalaridan ancha farq qiladi. Bu koloniyalarda qonun hukm etilganlar bilan ishlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi, ta’sir ko‘rsatish pozitiv choralari qo‘llaniladi, bu imtiyozlar sonini ancha oshiradi va jazo choralarini ancha kamaytiradi. O‘smirlar bilan ishlashda umumta’lim va professional tayyorgarlikdan iborat o‘quv-tarbiyaviy ishlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Hamma tarbiyalanuvchilar uchun ular kasb egallashlari uchun kerakli sharoitlar yaratiladi: shu bilan birga kasb tanlash keng va ixtiyoriy imkoniyatlari ta’minlanadi. Region va mehnat bozori talablari, yoshi, jismoniy va psixik xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat tarbiyasining samaraliligini oshirish o‘smirlarni ijtimoiylashtirish masalasini, ularni mustaqil hayotga tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi.
Hukm etilganlarning ko‘pchiligi koloniyaga kelishidan avval maktablarda kollejlarda o‘qiganlar, imtizomni buzuvchi, tartibbuzarlikni boshlovchi va janjallarda ishtirok etuvchi deb ta’riflanadilar, ular darslardan qochib ketadilar, tengdoshlari va o‘qituvchilarni haqoratlaganlar. Shuning uchun o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan hukm etilgan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. O‘z faniga qiziqtirish, foydali ishlarga jalb eta bilish mahorati, chidamli bo‘lish va qo‘yilgan maqsadga erishishda qat’iy, tirishqoq bo‘lish – mana shular bu turdagi balog‘atga yetmaganlar bilan ishlovchi pedagogning professional mahorati mezonlaridir.
Hukm etilganlarning bilm olishga, mehnatga munosabatlarini o‘zgartirish, tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish va madaniyati yuqori darajali ish bilan, texnologiyalar bilan ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bajargan ishlariga haq to‘lashni ta’minlashga erishish zarur, bu o‘smirlarning o‘z mehnatlari natijasiga qiziqishlarini oshiradi. Jinoyatchilarni tuzatish jarayonini ta’minlovchi asosiy vositalarga umumta’lim o‘qitish kiradi. Umumta’lim o‘qitish balog‘atga yetmaganlarga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida alohida rol o‘ynaydi. Chunki tarbiyalash koloniyasida tashkilotning asosiy tuzilish elementi va amalda koloniyada olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning markazi hisoblanuvchi umumta’lim maktabida hamma hukm etilganlar bilim oladilar. Koloniyaga kelganlarida hamma hukm etilganlar umumta’lim maktabining kerakli sinflariga taqsimlanadilar, otryadlar bo‘yicha taqsimlash ularning bilim darajalaridan kelib chiqib “bo‘lim-sinf” prinsipi asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda ishlash yoki kasb-hunar kollejida o‘qitish faqatgina maktabdan bo‘sh vaqtida amalga oshirilishi mumkin.
Koloniyada tarbiyalash jarayonida maktab o‘qituvchilarining, otryadlar tarbiyachilari va kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari, ishlab chiqarish murabbiylarining aniq o‘zaro aloqalari juda muhimdir. Koloniyada eng keng tarqalgan tarbiyaviy ishlar usullari suhbatlar, leksiya, munozaralar, qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlar hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda halol hayot kechirayotgan koloniyaning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan hukm etilganlarning qarindoshlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar keng qo‘llanila boshlandi. Ozodlikdan mahrum etilish sharoitlarida o‘qishdan va ishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish kerak bo‘ladi. Koloniyada bu vaqt tartibli belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Shuning uchun, ular rasmiy ko‘rinishda bo‘lmasligi uchun (hisobot uchun) hukm etilganlar uchun bo‘sh vaqti chora-tadbirlarni aniq rejalashtirish zarurdir. Chora-tadbirlar o‘smirlarda hayotga qiziqish uyg‘otishi,irodalilik sifatlari va ularning jamoatchilik tartibiga zid ta’sirlarga qarshi turishga imkon beruvchi xarakteri xususiyatlarini shakllantirish kerak. Hukm etilganlarning qarindoshlari bilan ijtimoiy-foydali aloqalardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi, ular tarbiyaviy ishlar jarayonini faollashtiradi, ilgari yaratilgan jamoatchilik tartib qoidalariga zid hayot tarzi va hulqini buzishga imkon beradi. Hukm etilgan balog‘atga yetmaganlarga tuzatuvchi ta’sir ko‘rsatishlar samaraliligi umumiy kriteriylar bo‘yicha belgilanadi. Bu kriteriylar ma’lum tuzatish daradalariga asoslangan bo‘ladi: “tuzatish yo‘liga kirdi”, “tuzatish yo‘lidan aniq bormoqda”.
Bu tushunchalar o‘rtasida chegara qanday? Afsuski bu baholash kriteriylari hamma tuzatish koloniyalari uchun yagona hisoblanadi va haqiqiy jarayonlarni mos ravishda aks ettirmaydi.
Demak, tuzatish ta’sir ko‘rsatishining samaraliligini belgilovchi aniq ko‘rsatkich ozod etilgandan so‘ng jinoyatchining hulqi retsidivi (qayta takrorlash) hisoblanadi.
Balog‘atga yetmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish ta’sir ko‘rsatishi amaliyotida jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazo turiga muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo‘lishi mumkin, bu usul Yevropa mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Shartli ravishda hukm etish haqida gapirsak jazolashning bu turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo‘llanilgan o‘smirlarni aniq nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu talab bajarilmaganda o‘smirlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘ladi va qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi.
Balog‘atga yetmaganlar huquqbuzarlik va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda istalgan samaraga ular bilan tarbiyaviy ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb etilgandagina samaraga erishish mumkin. Penitensiar14[15] tashkilotlar boshida bunday yuksak va qiyin masalani hal etishga qodir bo‘lgan – yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng yaxshilari turishlari kerak.



Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin