Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


Mavjud materiallarni umumlashtirish asosiyda keyslarning quyidagi tipologiyasini hosil qilish mumkin



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə10/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
xorijmajmua 22-23

Mavjud materiallarni umumlashtirish asosiyda keyslarning quyidagi tipologiyasini hosil qilish mumkin:
2-jadval.
Keyslar tipologiyasi

Tipologik belgilari

Keys turi

Asosiy manbalari

1. Bevosita ob’ektda olib boriladigan
2. Ta’lim jarayondagi
3. Ilmiy-tadqiqotchilik

Syujet mavjudligi

1. Syujetli
2. Syujetsiz

Vaziyat bayonining vaqtdagi izchilligi

1. O‘tmish va bugungi kunni bog‘lash asosidagi keys
2. Avval bo‘lib o‘tgan voqelikka asoslangan keys
3. Istiqbolga yo‘naltirilgan keys

Keys ob’ekti

1. Alohida ob’ektga yo‘naltirilgan
2. Tashkiliy-institutsional
3. Ko‘p ob’ektli

Materialni taqdim etish usuli

1. Hikoya
2. Esse
3. Tahliliy ma’lumot
4. Jurnalistik taftish
5. Hisobot
6. Ocherk
7. Faktlar majmui
8. Statistik materiallar majmui
9. Hujjatlar va ishlab chiqarish namunalari majmui


Amaliy keyslarning asosiy vazifasi – hayotiy vaziyatni mukammal darajada aks ettirishdir. Mohiyatan ushbu keyslar toifasi vaziyatning amaliy modeleni shakllantiradi. Bunday paytda keys-stadining ta’limiy vazifasi o‘quvchilarda u yoki bu xulq-atvor andozlarini qaror toptirish, qaror qabul qilish va ma’lum bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Tabiiyki bu guruhdagi keyslar maksimal darajada ko‘rgazmali va mukammal bo‘lishi kerak. Uning asosiy mazmuni hayotni anglash va optimal faoliyat yuritish qobiliyatiga ega bo‘lish hisoblanadi.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasi o‘zida ta’limiy funksiyani mujassam etsada, keys-stadining turli xillarida ushbu funksiyaning namoyon bo‘lish darajasi turlicha bo‘ladi. SHuning uchun ta’limiy funksiyasi etakchilik qilayotgan keyslar hayotni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi.
Birinchidan, ushbu keyslar mutaxassis kundalik hayotida ko‘p uchraydigan kasbiy faoliyat davomida to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar to‘plamini aks ettiradi.
Ikkinchidan, ta’limiy keyslarda birinchi o‘rinda ta’limiy va tarbiyaviy vazifalar turadi. Bu esa hayotni aks ettirishda ma’lum bir shartli holatlarni taqozo etadi.
Ayni shunday xususiyatlar tadqiqotchilik keys-stadi texnologiyasiga xos bo‘lib, uning asosiy mazmunini insonning vaziyatga tegishli yangi ma’lumotga va unda o‘zini tutishning yangi usullariga ega bo‘lish tashkil etadi. Uning ta’limiy funksiyasi ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini modellashtirish metodi vositasida egallashdan iborat bo‘ladi. SHuning uchun bunday keyslar texnologiyasidan kadrlarga dastlabki kasbiy bilimlarni berishda emas, bevosita kadrlar malakasini oshirishda, ya’ni mukammal kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega, tadqiqotchilik faoliyatiga tayyor sub’ektlar bilan ishlashda foydalanish maqsadga muvofiq.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasidan foydalanishda har bir keysning strukturasi (tuzilishi) alohida ahamiyaga ega bo‘ladi.

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin