keys-stadi texnologiyasi bilan ishlashda topshiriqlar va savollar to‘plami;
ilova.
Qaysi turga kirishidan qat’i nazar keys-stadi texnologiyasi o‘zi ichiga mana shu tarkibiy qismlarni oladi. Ularning to‘g‘ri ketma-ketlikda, zarur qonuniyatlar asosida joylashtirilishi texnologiya samaradorligini oshiradi. SHuning uchun keys-stadi texnologiyasini ishlab chiqish bosqichlarini alohida ko‘rsatib o‘tishni zarur deb bildik.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish bosqichlari: Ta’limiy maqsadlar tizimida ushbu keysning o‘rnini belgilash.
Keysning mavzusiga bevosita dahldor bo‘lgan institutsional tizimni izlash.
Keys-stadi texnologiyasi bilan ishlash jarayonini tashkil etish.Keyslar bilan ishlashning turli variantlari bo‘lib, ular o‘qituvchining kreativlik qobiliyatidan kelib chiqadi. Quyida keys-stadi texnologiyasi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning eng umumiy tasnifi keltirilgan.
Mashg‘ulotni tashkil etish bosqichlari:
Birgalikdagi faoliyatga jalb etish bosqichi.
Uning asosiy vazifasi – umumiy faoliyatga motivatsiyani uyg‘otish, tashabbus bildirishga undash.
Birgalikdagi faoliyatni tashkil etish bosqichi.
Uning asosiy vazifasi – muammoni echishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish. Faoliyat kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi mumkin.
Birgalikdagi faoliyat refleksiyasi bosqichi.
Uning asosiy vazifasi – keys-stadi texnologiyasi bilan ishlashning ta’limiy va tarbiyaviy natijalarini tahlil qilish.