Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


-jadval. Keys-stadi ta’lim texnologiyasida qo‘llaniladigan tahliliy faoliyat turlari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə9/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
xorijmajmua 22-23

1-jadval.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasida qo‘llaniladigan tahliliy faoliyat turlari



Tahliliy faoliyat turlari

Tavsifi

Tasnifi

1.

Muammoli analiz

Muammolarni ajratish;
Muammolar maydoni va ularning tasnifini shakllantirish.

  1. vaziyatning muammoli mazmunini analiz qilish;

  2. vaziyatning muammoli shartlarini analiz qilish;

  3. vaziyatning muammoli oqibatlarini analiz qilish.

2.

Tizimli analiz

Ob’ektni tizimiy yondashuv pozitsiyasidan o‘z strukturasi va funksiyalariga ega tizim sifatida ko‘rib chiqish

  1. deskript analiz: mavjud struktura asosida funksiyalarni shakllantirish;

  2. konstruktiv analiz: mavjud funksiyalar asosida struktura shakllantiriladi.

3.

Prakseologik analiz

Faoliyatli jarayonlarni ularni optimallashtirish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish

Faoliyatni optimizatsiyalash usullarini analiz qilish;
Faoliyatni modellashtirish va algoritmlashtirish

4.

Prognostik analiz

Vaziyatning keyingi rivojiga nisbatan farazlar keltirish

Normativ prognostik analiz;
Izlanishga doir prognostik analiz

Keys-stadi ta’lim texnologiyasi mohiyatan quyidagi didaktik tamoyillarning ketma-ketligiga asoslanadi:



  1. Har bir o‘quvchiga individual yondashuv, uning ehtiyojlarini va ta’limiy uslubini inobatga olish. Bu tamoyil ta’lim jarayonini tashkil etmasdan avval o‘quvchilar haqida maksimal axborotni olishni nazarda tutadi.

  2. Ta’limda maksimal darajada erkinlik berish (o‘qituvchilarni tanlash imkoniyati, fanlarni tanlash imkoniyati, topshiriqlar va ularni echish uslublarini erkin tanlash imkoniyatining mavjudligi).

  3. O‘quvchilarni topshiriqlarni echishda zarur bo‘lgan ko‘rgazmali materiallar bilan etarli miqdorda ta’minlash (ilmiy maqolalar, video va audio tasmalar, u yoki mahsulotlar).

  4. Asosiy muammolar atrofida jipslashtirilgan nazariy materialni ratsional uzatish.

  5. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik munosabatlari. O‘quvchi istalgan vaqtda o‘qituvchiga savol bilan murojaat qilishi mumkin.

  6. O‘quvchi shaxsining kuchli jixatlarini rivojlantirishga urg‘u berish.

Keys-stadi ta’lim texnologiyasi o‘qituvchining aks ettirish faoliyatining mahsuli hisoblanadi. Intellektual mahsulot sifatida u o‘z manbalariga ega. Hayot keyslarning eng asosiy manbasi degan tezis hech kimda shubha uyg‘otmasa kerak. Bu masalada faqatgina uning keysning mazmuni va shaklini qanchalik belgilashi mumkin ekani haqidagi fikrlar munozaraga sabab bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy hayot o‘zining turfa xil ko‘rinishlarida keys stadi tarkibidagi muammoli vaziyat syujeti, muammosi va omillar (faktorial)bazasini shakllantirib beradi. Keys stadining tarkibiy qismi – muammoli vaziyat (keys)ning yana bir muhim manbai bu ta’lim tizimidir. U ta’lim va tarbiya maqsad va vazifalarini, keys stadi texnologiyasining ta’limning boshqa metodlariga integratsiyasini belgilaydi. Fan bu keyslarning uchinchi manbaidir. Aynan fan keyslarning ikki asosiy metodologiyani belgilab beradi. Ular esa o‘z navbatida analitik faoliyat va tizimiy yondashuv hamda muammoli vaziyatni hal etish jarayonida keys-stadi texnologiyasi tarkibiga integratsiyalashgan boshqa bir qator ilmiy metodlar bilan belgilanadi.
Keys-stadining muammoli vaziyatining determinatsiyasi asosiy manbalari turlicha tasnifga ega bo‘lishi mumkin. Keys-stadini tuzishning amaliyotida asosan bir manbaning usutunlik qilishi kuzatiladi. Ushbu yondashuv, manbalarning ta’siriga ko‘ra, keys-stadi texnologiyasi doirasida keyslarni tasnifiga asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Bunda amaliy keyslarni ajaratish mumkin, ular mutlaq hayotiy vaziyatlarni tavsiflaydi; bundan tashqari ta’limiy keyslar guruhini ham ajratish mumkin, ularning asosiy vazifasi ta’lim berishdir; ilmiy-tadqiqotchilik keyslari, tadqiqotchilik faoliyatini yuzaga keltirish maqsadini ko‘zlovchi keyslar sarasiga kiradi.

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin