Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari


Keys-texnologiyasini amalga oshiruvchi o‘qituvchi faoliyatining bosqichlari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə12/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
xorijmajmua 22-23

Keys-texnologiyasini amalga oshiruvchi o‘qituvchi faoliyatining bosqichlari
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy bosqich: keys-texnologiyasini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich.
Tayyorgarlik bosqichi. Auditoriyadan tashqarida bajariladigan murakkab ilmiy-tadqiqotchilik, uslubiy va konstruksiyalash faoliyatini o‘z ichiga olib, o‘qituvchi harakatlarining quyidagi izchilligi bilan bog‘liq bo‘ladi:

  • keysni yaratadi (agar tayyor keysdan foydalanilmasa);

  • ta’lim texnologiyasini loyihalashtiradi va rejalashtiradi;

  • o‘quvchilarni tayyorlaydi, ularning keys bilan mustaqil ishlashi uchun o‘quv va uslubiy ta’minotni ishlab chiqadi.

Keys – texnologiyasini loyihalashtirish.
O‘qituvchi harakatlarining izchilligi:

  • Ishchi dastur asosida o‘quv mashg‘uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi (amaliy mashg‘ulot/mustaqil ish/ o‘quv amaliyoti).

  • O‘quv mashg‘uloti maqsadini oydinlashtiradi, o‘quv mashg‘ulotidan kutiladigan natijalar va pedagogik vazifalarni belgilaydi.

  • Ta’limning optimal modelini (belgilangan vaqtda va qaror topgan sharoitlarda qo‘yilgan maqsadning amalga oshirilishini va prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan optimal ta’lim metodlari, shakl va vositalari majmui)ni tanlaydi.

Keysning tekshirilishi va baholanishi
YAratilgan keys ekspert tekshiruvidan va bahosidan o‘tishi kerak. Quyidagilar tekshirish usullari bo‘lishi mumkin:
1. Keys loyihasining korxona xodimi tomonidan ko‘rib chiqilishi va unda bayon qilingan axborotning real vaziyatga muvofiq kelishi, shuningdek keltirilgan faktlar talqini va shu kabilarning tekshirilishi.
2. Ekspertlik bahosi va hamkasblar fikrlari, o‘qituvchi-keysologning keysning ta’limdagi qimmati xususidagi fikri, uni tekshirishning ikkinchi usulidir.
O‘quvchilar tomonidan keysni echish bosqichlari:
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, agar o‘quvchilarning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat bo‘lsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada ko‘proq samaraga erishish mumkin:

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin