Y10: SMM:=RGM1;
Y11: SMM:= (RGM1)tesk;
Y12: SMM:=L1(SMM);
Y13: SMM:=R1(SMM);
Y14: SMM da kushish;
Y15:SMT[1]:=1;
Y16: SMT:=-1;
Y17: SMT:=0;
Y18: SMT:=( SMT)tesk;
Y19: SMT:=-Pmax;
Y20:sign SMT:=signRGT1;
Y21: SMT:=(RGT1);
Y22: SMT:=(RGT1)teskj
Y23:RGN1:=0;
Y24:RGN1:=R1(RG M1);
Y25:RGT1:=0;
Y26:SMM SMT:=X;
Y27:RGM1 RGT1:=X;
Y28:T:=signSMT.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qo‘shish amali qo‘shiluvchilarning tartiblarini
tenglashtirishdan boshlanadi. Tartiblarni ayirishdan oldin birinchi operandning
tartibi u
3
signali bo‘yicha RGT2 ga uzatiladi. Tartiblarni ayrilganda manfiy qiymat
modifikatsiyalangan teskari kodda ifodalanadi. Agar birinchi qo‘shiluvchining
tartibi manfiy ishoraga ega bo‘lsa, tartibning teskari kodini hosil qilish u
18
signali
bo‘yicha SMT raqam xonalarini inventrlash orqali amalga oshiriladi. RGT1 da
saqlanayotgan tartibning ishorasiga bog‘liq holda ikkinchi qo‘shiluvchining tartibi
SMT ga to‘g‘ri kodda (sign RGTq1) yoki teskari kodda (sign RGT=0)
uzatiladi,
hamda tartiblarning kodlarini qo‘shish bajariladi. Natijada tartiblar jamlagichda
birinchi va ikkinchi qo‘shiluvchilar tartiblarining farqi aniqlanadi.
Qo‘shiluvchilarning tartiblarini tenglashtirish kichik tartibli qo‘shiluvchi
mantissasini o‘ng tarafda, son tartiblarining farqiga teng bo‘lgan xonaga surib
bajariladi. Agar tartiblar farqining moduli mantissa jamlagichning xona to‘ri
uzunligidan katta bo‘lmasa (/SMT/>m), mantissalarini qo‘shishning ma’nosi
bo‘lmaydi. Chunki, mantissalardan birini sonni m dan katta bo‘lgan xonaga surish
mantissaning hamma qiymatli raqamlarning yo‘qolishiga olib keladi. Bu holda
natija mantissalrini qo‘shmasdan aniqlanadi va u katta tartibli qo‘shiluvchiga teng
bo‘ladi. Katta tartibli qo‘shiluvchi aniqlanishi bilan qo‘shish amali tugallandi.
Agar qo‘shiluvchilarning tartiblari teng bo‘lsa (SMT=0), mantissalarni
siljitish bajarilmaydi va mikrodasturda yig‘indi tartibini
aniqlovchi operatorlarga
o‘tish amalga oshiriladi. Agar qo‘shiluvchilarning tartiblari har xil bo‘lsa
(SMT
0), mikrodasturda mantissani siljituvchi operatorlarga o‘tish amalga
oshiriladi. Agar Sign SMT=0 bo‘lsa, ikkinchi qo‘shiluvchi kichik tartibga ega va
tartiblarni tenglashtirish RGM1 da saqlanayotgan ikkinchi qo‘shiluvchi
mantissasini siljitish orqali bajariladi. Mantissa bir xonaga surilganda tartiblar
farqining qiymati bittaga kamayadi. RGM1 dagi kodni siljitganda tartiblar farqini
bittaga kamaytirish uchun u
16
signali bo‘yicha SMT jamlagichga - 1 qiymati
teskari kodda (11, 11, …,10) uzatiladi va qo‘shish amalga oshiriladi.
SMT dagi
kodni siljitilganda tartiblarning manfiy farqiga bir qo‘shiladi. Mantissani
navbatdagi siljitishdan so‘ng tartiblar farqining nolga tengligi tekshiriladi. Farq nol
qiymatini olgan vaqtda qo‘shiluvchilarning mantissalari bir xil tartibli bo‘ladi.
Tartiblar tenglashtirilgandan so‘ng yig‘indiga katta tartibli qo‘shiluvchining
tartibi beriladi. Tartiblar farqining ishorasi trigger T ga u
28
signali bo‘yicha
kiritiladi. Agar farqning ishorasi musbat bo‘lsa, (T=0) yig‘indi tartibi birinchi
qo‘shiluvchining tartibiga teng, agar manfiy bo‘lsa (T=1), yig‘indi tartibi ikkinchi
qo‘shiluvchi tartibiga teng. Yig‘indi tartibi SMT ga T=0 bo‘lganda RGT2 dan,
Tq1 bo‘lganda RGT1 dan uzatiladi. Agar yig‘indi tartibi manfiy bo‘lsa, teskari
kodda ifodalanadi.
Mantissalarni qo‘shish
teskari kodda amalga oshirilib, natija to‘g‘ri kodda
ifodalanadi va 0
(
m
x1
Qm
x2
)<2 oraliqda yotadi. Agar natija
mantissasi
normalashtirilmagan bo‘lsa, mantissani siljitish va yig‘indi tartibini korreksiyalash
yo‘li bilan natija normalashtiriladi. Agar natija mantissasi 1
(
m
x1
+m
x2
)<2
oraliqda yotsa u xona to‘rini to‘lib – toshadi.
Qo‘zgalmas nuqtali sonlarni qo‘shishdan farqli ravishda O‘nli nuqtasi
siljuvchi sonlarni qo‘shish takroran bajariladi. O‘nli nuqtasi siljuvchi sonlarni
ayirish amali ayriluvchining ishorasini inventrlash yo‘li bilan qo‘shish amaliga
keltiriladi.
O‘nli nuqtasi siljuvchi sonlarni ko‘paytirishda ko‘paytma mantissasi
qo‘zg‘almas nuqtali sonlarni ko‘paytirish, ko‘paytma tartibi esa butun sonlarni
qo‘shish bilan aniqlanadi. O‘nli nuqtasi siljuvchi sonlar ustida bo‘lish amali
bajarilganda bo‘linma mantissasi qo‘zg‘almas nuqtali sonlarni bir – biriga bo‘lish,
tartib esa operandlar tartibini ayirish bilan aniqlanadi.
2>2>1>
Dostları ilə paylaş: