Международный научный журнал № 8(100), часть 1
«Научный импульс» Март , 2023
967
SHAXSNI SHAKLLANISHIDA MILLIY QADRIYATLARNING O'RNI VA AHAMIYATI
Do'sanova Dilnoza Absatovna
Termiz davlat pedagogika instituti 1- bosqich talabasi
Ilmiy rahbar F.U.Olloqulova
Annatatsiya: Ushbu maqolada yosh avlod ongi, tasavvuri va tafakkuriga singdirilgan
milliy g'oya har qanday yod g'oyalarning ta'siridan uzoq bo'lishini ta'minlashi bilan birga
ularga munosib javob qaytara olish ko'nikmasini ham shaklaantiradi, milliy
qadriyatlarimizni asrab avaylashga undaydi. Bugungi kunda globallashuvning eng salbiy
oqibatlaridan biri bo'lgan ommaviy madaniyatning yoshlarimiz ongiga ta'siri birmuncha
jadallashgan vaqtda, yoshlarimizni milliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, sadoqat ruhida
tarbiyalash, ularning ma'naviy barkamol, ruhan tetik, aqlan yetuk va jismonan sog'lom
shaxs bo'lib voyaga yetishishini ta'minlash bugungi kunda birmuncha mas'uliyatli va jiddiy
vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.
Kirish so'zlar: milliy qadriyat, umumbashariy qadriyat,ta'lim, tarbiya, navro'z, urf-
odat, an'ana, barkamol shaxs, ma'naviyat.
Yurtimizning o'ziga xos rivojlanish, yangilanish, yuksalish davri kundan kun
yangilanib, o’ziga xos ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu yuksalishning zamirida esa inson va
uning baxt saodati, manfaatlari yotadi. Yurtimizda insonlarning tinch-totuv yashashi,
ularga barcha qulay imkoniyatlarni yaratish va baxtli kelajagini ta'minlash masalasi turadi.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov yurtimiz fuqorolarining go'zal
hayot va baxtli kelajakka yuz tutishida tarixiy xotira, shonli o'tmish, asarlarga tengdosh
qadriyatlar bilan birga bo'lishi kerak deb hisoblagan edi. Toki avlodlarimiz qaysi davrda
yashamsinlar o'z o'tmishi va qadriyatlari bilan behad g'ururlansinlar. Zero, millatning
dunyoda mavjudlik belgisi - uning qadriyatlaridir. Dunyoda millatlar borki, barchasi o'z
qadriyatlari va an'analari bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Pedagog, olima, professor
Oynisa Musurmonova aytganlardek, "Inson qadriyat bilan tirik, qadriyat bilan Aziz va
mukarramdir".
Darhaqiqat, qadriyat bu insonni o'zligini anglashga yordam beradi. Shu yo’rinda bir
savol tug'iladi: "Qadriyat - ozi nima?". Dastlab mana shu so'zning mohiyatini ochib
berishimiz lozim deb topdik.
Qadriyat - bu voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy,
madaniy-maʼnaviy ahamiyatini koʼrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va
insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat,
ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana,
urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi.
Международный научный журнал № 8(100), часть 1
«Научный импульс» Март , 2023
968
Demak, inson uchun qadrli bo'lgan har bir narsa qadriyat ekan. Qadriyat ham o'z
ichida bir qancha guruhlarga bo'linadi. Bular milliy qadriyatlar, shaxsiy qadriyatlar va
umuminsoniy qadriyatlardir.
Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini,
aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday
qadriyatlar o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan, abadiy qadriyatlardir.
Muayyan bir ellat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma'naviyati,
urf-odat va an'analari, o'tmishi va kelajagi bilan bog'liq bo'lgan qadriyatga milliy qadriyat
deyiladi.
Bir insonning faqat o'zigagina tegishli bo'lgan narsalar, holat-xususiyat va fazilatlar
shaxsiy qadriyat hisoblanadi. Demak, qadriyat butun bir jamiyatga, ma'lum bir hududga va
faqat bitta insonga tegishli bo'lishi mumkin ekan.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" deb nomlangan kitobida "Biz yoshlarimizning milliy va
umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni
safarbar etishimiz zarur",-deb ta'kidlaydi. Zero,
milliy va umuminsoniy qadriyatlar
hayot sinovidan o'tgan, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisadir.
Milliy qadriyatlarimizning namunasi bo’lgan Navruz bayrami yurtimizda har yili
tantanali ravishda nishonlanadi. Navruz yangi kun demakdir. Ya'ni shu kuni kun va tun
tenglashadi. Sharq mamlakatlarida bu kunni yangi kun, yangi yilning birinchi kuni deya
ulug'lashadi. Navro'zda momolarimiz doshqozonda sumalaklar qaynatishadi, yangalarimiz
turli taomlar, ko'k somsa, norin, g'ilmindi, chuchvara va boshqa bahoriy salatlar
tayyorlashadi. Yigitlarimiz milliy o’yinlarimiz bo’lmish kurash, arqon tortish, chillak va
ko'pkari kabilarda o'zlarini sinab ko'rishadi. Qizlar esa o'zlariga oro berib, yangi ko'ylaklar
kiyib, sochlarini mayda o'rib laparlar aytishib, qoshiqlar kuylashadi. Navro'z xalqimizning
o'chmas va boqiy qadriyatlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Navro'z haqida
yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham o'zining xalqimizga yo'llagan maruzasida qayidagicha
ta'riflaydi: "Navro‘z – chinakam xalq bayrami, milliy o‘zligimiz ko‘zgusi, ma’naviy va
madaniy hayotimizning ajralmas qismidir. Chindan ham, bizning kuchimiz – birlik va
ahillikda; bizning qudratimiz – mehr-oqibat, o‘zaro ko‘mak va saxovatda; bizning yutug‘imiz
ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchimizda."
Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonining oldida turgan muhim vazifalardan biri bu
barkamol shaxs tarbiyasida milliy qadriyatlar va an'analarimizdan foydalanishdir. Ayni
paytda, yurtimizda manan yetuk va barkamol bo'lgan shaxsni voyaga yetkazish davlat
siyosati darajasiga ko'tarilgan. Bunga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning: "O'zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida o'z
an'analariga doimo sodiq bo'lib , bu yo'ldan hech qachon og'ishmasdan ilgari boradi. Biz
bugun ko'p millatli xalqimizga, barchamizning umidimiz va suyanchimiz bo'lgan
yoshlarimizga ishonib, marrani katta olmoqdamiz. Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz baxti-
kamolini o'ylab, el-yurtimizning, xalqimizning yorug' kelajagini ko'zlab oldimizga ulkan
Международный научный журнал № 8(100), часть 1
«Научный импульс» Март , 2023
969
vazifalar qo'ymoqdamiz. Niyati ulug' xalqning-ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi
farovon bo'ladi",- degan jumlalarini keltirishimiz o'rinlidir. Shu o'rinda shuni aytib o'tishimiz
joizki ta'lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar va an'analarning ahamiyati katta bo'lib,
ular tarbiya jarayonida eng ta'sirchan qurol vazifasini bajaradi. Yurtimizning kelajagi
yoshlarimiz qo'lida. Qanday yoshlar? Jismonan sog'lom, manan yetuk, barkamol yoshlar.
Bunday yoshlarimiz ta'lim- tarbiyani, odob-axloqni, milliy qadriyat va an'analarni hurmat
qiladi va ularni asrab avaylaydi. O'zbekistonning o'z buyuk tarixi, madaniyati va ma'naviyati
bor ekan uning kelajagi ham buyuk bo'ladi .
Xulasa o'rinda shuni aytishimiz mumkinki, ertangi kunimiz, kelajagimiz, jamiyatimiz
ravnaqi yoshlarimizga bugungi kunda qay darajada ta’lim-tarbiya berayotganimizga bog’liq.
Bugun o’tmish an’analaridan, milliy urf-odat va madaniyatidan, buyuk bobokalonlarining
o’chmas adabiy merosidan ma’nan oziqlangan, zamon ilm-fan yutuqlari bilan hamnafas,
dunyoda bo’layotgan yangiliklardan xabardor, mavjud vaziyatlarni tahlil qila oladigan,
o’zining qat’iy nuqtai nazariga ega avlodni tarbiyalash masalasi butun boshli xalqimiz,
davlatimiz oldida turgan muhim va rad etib bo’lmas masala sanaladi. Ajdodlarimiz
yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir degan hikmatlarining o’ziyoq, inson
qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ehtirom yoshlik davridan boshlab
singdirmoq lozimligini ko’rsatadi
Dostları ilə paylaş: |