Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Didaktik tamoyillar — bu ta'lim jarayoni qonuniyatlari, mazmuni va metodlarini belgilab beruvchi o'qitish tamoyillaridir. Shuning uchun ham o'qituvchining pedagogik mahorati va ta'lim oluvchining o'rganuvchanlik faoliyatini bir qolipga solib, belgilangan maqsadga erishishni ta'minlaydigan qoidalar majmuasi ta'lim jarayonida qo'llaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini tashkil etadi.
Ta'lim vositalari- o'quv jarayonining tashkil etilishi va o'tib bori-shini ta'minlaydiganxilma-xil o'quv jihozlari, o'quv qo'llanmalari va boshqalar.
Bilim - bu o'quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko'ra foydalana oladigan faktlar, ma'lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir. U borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi. Obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi.
Kundalik bilim sog'lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi va insonning atrof-muhitga moslashuvchi, uning xatti-harakatlari va oldindan ko'ra bilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta'lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko'maklashish. Ta'lim-tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o'rni beqiyos.
Ilmiy bilim ta'lim-tarbiyani takomillashtirish muammolarining yechimlarini topishda qoi keladi va u tizimli, asosli narsa-hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo'ladi. U empirik va nazariy darajada bo'ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi.
Nazariy bilim - empirik holatlarni tushuntirish, ya'ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi. Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo' lib, dunyoni bilish-ning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika-texnologiyalar rivojlanishi ta'minlanadi
Ilmiy bilimlar, obyektiv olamni anchato'g'ri (batafsil) ifodalaydi. Ular doimiy emas, ular o'zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste'moldagi bilimga aylanadi, ya'ni tadrijiy (evolu-tsion) tarzda rivojlanib turadi.
Bilimlar banki - bu ma'lumotlar majmualarini bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi o'quv rejasidagi fanlar bloklari bo'yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmuyi.
Bilimlar bazasi - muayyan bir soha (yo'nalish, fan, bob, bo'lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo'yicha to'plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo'ljallangan bilimlar majmuyi.
Ko'nikma - bu o'zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshi-riladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyor-likda ifodalangan ongli faoliyat. U malakaning tarkibiy qismi bo'lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda o'z-o'zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va u talabalarda ko'p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga kela-di»
Malaka — avtomatlashgan, o'rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. U shaxs harakatining amalga oshirilishi va boshqarilishining avtomatlashgan shaklidir. Shaxsning mala-kalari shu bilan xarakterlanadiki, uning harakatlari oson, tez, go'yo o'z-o'zidan bajarilayotgandek bo'ladi.
O'qitish - o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurol-lantirish hamda ularning bilish faoliyati natijasida bu bilim, ko'nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir. U insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalalar yig'indisini o'zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.
O'qish - bilim, ko'nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo'lib, o'quvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g'ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag'batlantiradi.