Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Iroda psixologiyasi Reja



Yüklə 20,92 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2023
ölçüsü20,92 Kb.
#180859
1   2   3   4   5   6   7
Hissiy irodaviy

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.

Affekt holati


 Affekt tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holatlardir. Affekt lotincha bo`lib, ruxiy hayajon, ehtiros degan so`zdan olingan. Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va ba`zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda “portlash”singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi va bunday holatda organizm bo`shashib, harakatsiz bo`lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko`pincha odam birdaniga qo`rqqanida, to`satdan quvonganida va shu kabi hollarda “o`zini yo`qotib qo`yish” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir kishi o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko`rashmog`i kerak.
Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.

Stress


Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat tug`ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to`g`ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo`lishi va o`tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sud’yalar, korxona rahbarlari, o`quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir.
Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari.

Ehtiros


Ehtiros - muayyan harakatga va muayyan ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga qaratilgan bo`ladi, masalan, bilimga, ixtirochilikka, musiqaga, mehnatga bo`lgan ehtiros ijobiy ehtiroslarni, mol - dunyoga xirs qo`yish, qimor, qarta, ichqilikka va hokazoga bo`lgan salbiy ehtirosni ajratib ko`rsatish mumkin.

Yüklə 20,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin