Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo`yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amamga oshirdilar. Veber va Fexnerlarning maqsadi tashqi ta‘sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi - sezgilarning o`zaro munosabatlari sohasidagi konuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo`zg`atuvchi ta‘sirotlar o`rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab sezgi qo`zg`atgich logarifmasiga proportsionaldir degan psixofizik qonunni kashf etdi, Veber va Fexnerlar utkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanniig paydo bo`lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo`lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperi-mental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat ko`zatish, asosan, o`z-o`zini ko`zatishdan foydalanib kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob‘ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
V. Vundt
V. Vundt
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832-1920 y.)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo`di. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o`z-o`zini ko`zatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va ulchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izoshli fanga aylantirishni maqsad qilib qo`ydi.
Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo`lib qolgan bir qancha metodlarni, ya‘ni qo`zg`atish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi.
Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimentax psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.