SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 135 Stress (inglizcha stress — so’zidan olingan bo’lib, jiddiylik, keskinlik,
zo’riqish) degan ma’nolarni anglatadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish
psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng ko’lamda amalga oshirila
boshlandi. Stress — og’ir jismoniy va murakkab aqliy nagruzkalar, ishlar
me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug’ilganida, zaruriy chora -tadbirlarni
zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo’riqishlar dir. Mana
shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini biron-bir emotsiya turi ro’yobga
chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo bo’lishi hamda kechishining
psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat uchuvchilar, kosmonavtlar,
dispetcherlar (inglizcha dispatcher — ishlab chiqarishni muvojiqlashtiruvchi
ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, ta’lim tizimi
xodimlari uchun alohida ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.
„Stress― tushunchasini psixologiya faniga olib kirgan olim kanadalik
fiziolog G.Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati
(adaptation sindrom - yunoncha — syndrome — belgi, alomat, ko ‘rinish,
moslashuvi demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir
etishiga alohida ahamiyat bergan. SHuningdek, ekstremal (lotincha extremus —
favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi,
murakkab jarayonlardagi stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil
qilishgacha (dezorganizatsiya lotincha — de organisation — tashkilot, tuzihna
ma’nosini bildiradi) olib borishi, shunga o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini
bashorat qilish (prognoz yunoncha — prognosis — bashorat ma’nosini anglatadi)
imkoniyatlari G.Sele tomonidan o’rganilgan.
Tadqiqotchi U.Kennonning gomeostazis (yunoncha o’xshashlik — stasis
ma’nosini bildiradi) haqidagi ta’limotida stress holati har tomonJama
o’rganilgan. U ushbu atamani psixologiya faniga 1929-yilda olib kirgan.
Gomeostazis mexanizmda moslashish xususiyatlari yaqqol o’z ifodasini topadi.
Uning mulohazasicha, faoliyat shakllarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida
nerv sistemasi va miya funksiyasini oqilona ta’minlab turishda hamda saqlashda
gomeostazis muhim o’rin tutadi.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o’ziga xos tarzda o’zgaradi, unda
qo’zg’alishning umumiy reaksiyasi paydo bo’ladi, uning harakatlari tartibsiz
ravishda amalga oshadi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi,
natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi.
Lekin stress holatida flziologik o’zgarishlar tashqi tomonidan qariyb ko’zga
taslilanmasligi mumkin. Biroq muammoni yechishdagi qiyincliilik, diqqatni
taqsimlashdagi sarosimalikni stressning tashqi ifodasi, deb taxmin qilsa bo’ladi.
SHaxs stress holatida telefon raqamlarini adashtiradi, vaqtni chamalashda