SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 136 yanglisliadi, ong faoliyati engil tormozlanadi, idrok ko’lami torayadi va
boshqalar.
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tajribasi,
shakllangan malakasi muhim o’rin tutadi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning
oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyatga ega.
Undagi yuksak his-tiiyg’ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik,
sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishda
katta xizmat qiladi.
Stress — inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki
oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi
yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi
stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini
topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda
ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini
yo’qotadi.
Ushbu muammoga bir qancha ilmiy tadiqotlar bag’ishlangan. Stressning paydo
bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning
gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog’liq.
Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir stresslar sog’liqqa ta’sir qiladi. Stress immunitetni
pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va
boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray
olishni o’rganishga to’g’ri keladi.
Stress alomatlari. Amaliy nuqtai nazardan stress nima? Buni tushunish uchun
stressning asosiy alomatlarini ko’rib chiqamiz:
Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday
sabablarsiz yuzaga keladi.Yomon, notinch uyqu.Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh
og’rig’i, charchoq, biron narsa qilish yoqmasligi.
Diqqatni kamayishi, bu o’qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi
muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi.Dam olish, ish va muammolarni bir
chetga chetga surib qo’ya olmaslik. Boshqalarga, hatto eng yaxshi do’stlarga, oila va
yaqin kishilarga qiziqishning yo’qligi. Doimiy paydo bo’ladigan yig’lash, ko’z yosh
to’kish, xafagarchilik, umidsizlik, o’z-o’ziga achinish hissi.
Ishtahaning pasayishi — ba’zida esa aksincha: oziq-ovqatni ortiqcha yeb yuborish.
Ko’pincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini tishlaydi
va hokazo. Kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo bo’ladi.
Agar siz stress holatda bo’lsangiz, bu bir narsa demakdir: sizning organizmingiz
qandaydir tashqi ta’sirga javob reaktsiyasini qaytardi.
Stress turlari. Ba’zi holatlarda «stress» ning ta’rifi qo’zg’atuvchining o’ziga
tegishlidir. Masalan, jismoniy — bu kuchli sovuq yoki chidab bo’lmaydigan issiqlik,
atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.