SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 137 Kimyoviy stress tushunchasi ostida barcha toksik moddalarning ta’siri tushuniladi.
Ruhiy stress o’ta salbiy yoki ijobiy his-tuyg’ular natijasi bo’lishi mumkin.
Jarohatlar, virusli kasalliklar, mushaklarning ortiqcha yuklanishi — biologik
stressdir.
Natijasiga qarab psixologiyada quyidagi turdagi stresslar ajratiladi: Eustresslar («foydali» stresslar). Muvaffaqiyatli yashash uchun har birimiz
stressning biroz miqdoriga muhtojmiz. Bu bizning rivojlanishimizning asosiy omili. Bu
holatni «uyg’onish reaktsiyasi» deb atash mumkin. Bu uyqudan uyg’onish kabidir.
Ertalab ishlashga borish uchun avvalo yotoqdan turish va uyg’onishingiz kerak. Ish
faolligiga erishish uchun sizga turtki — kichik dozada adrenalin kerak. Eustress aynan
shu vazifalarni bajaradi.
Barchaga ma’lumki, yaxshi uyqudan ko’ra yaxshiroq dori yo’q. Shunday ekan, siz
qanday uxlashingiz haqida o’ylab ko’rishingiz kerak. Quyida uyquni yaxshilashga
yordam beradigan ba’zi tavsiyalar keltirilgan.
Muntazam mashqlar normal uyqu uchun katta yordam beradi. Ularni yotishdan
ikki soat oldin, ochiq havoda bajarish tavsiya etiladi. Uxlashdan oldin issiq vanna qabul
qilib, sokin musiqa tinglashingiz mumkin. Har kuni buni qilishga harakat qiling. Uyqu
normal va sog’lom bo’lishi uchun organizmga melatonin deb ataladigan gormon kerak.
U gormon B guruhi vitaminlari qabulidan keyin ortadi, bu vitamin esa guruch, bug’doy,
arpa, pista urug’i, quritilgan o’rikda ko’p bo’ladi. Yotoqxona shovqinli va yorug’
bo’lmasligi kerak, bular tinch uxlashga xalaqit beradi. Stressli vaziyatni yengishda bir
tekis va soki nafas olish yordam beradi. Nafasni burun orqali chuqurroq olish kerak,
chiqarishda esa sekin, og’iz orqali chiqarish kerak.
Stressda to’g’ri ovqatlanish ham muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat oson va
yaxshi hazm bo’lishi kerak. Shoshmasdan, kam-kamdan ovqatlaning. Ovqatlangandan
keyin bir oz dam olish kerak.