Buzuq
soʻzining oltita maʼnosi boʻlib, uning birinchi maʼnosi tashqi qiyofani
ifodalaydi:
Buzuq bashara. Buzuq turq.
Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Buzuq 1. Buzilib, yaroqsiz holga
kelgan, ishdan chiqqan; singan, vayron boʻlgan. Buzuq arava. Buzuq mashina. Buzuq
koʻprik. Uyi buzuq oʻngalur, oʻyi buzuq oʻngalmas. Maqol. Turdiyev buzuq devordan
oʻtayotganda, yara qoʻlini urib oldi, Shuhrat, Shineli yillar”. Mazkur soʻzning va boshqa
tanlab olingan soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalamaydigan maʼnolari ortiqcha joyni
egallamasligi uchun talqin va tahlilimizda berilmadi.
Beandaza
soʻzi uchta maʼnoni anglatadi.Uchala maʼnoda ham tashqi qiyofa
maʼnosini ifodalashi mumkin:
Beandaza kiyim kiygan bola. Beandaza koʻylak kiygan
ayol.
Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida
quyidagilar yozilgan: “Beandaza [be.. + andaza] 1. rvsh. Andazadan foydalanmasdan;
andazasiz. Kiyimni beandaza bichmoq. Beandaza kiyim.
2
sft. koʻchma s. t. Oʻxshovsiz, beoʻxshov, Yo gapim beandazami? A. Qahhor,
Sarob.
3
sft. koʻchma s. t. Chekini, meʼyorini bilmaydigan, quyushqondan tashqari
boʻlgan; haddan oshirib yuboradigan. Yoʻq, taajjublanmang, chunki beandaza redaktor
bundam nariga oʻtolmasa nima qilsin. “Mushtum”.
16
Hattoki balg‘amim sendan tozadir, Sening iflosliging beandazadir! “Sharq
yulduzi”1.
Bo‘yoqli soʻzi ham tashqi qiyofani anglatadi:
Dostları ilə paylaş: