IKKINCHI BOB
OʻZ QATLAMGA OID TASHQI QIYOFA IFODALOVCHI SIFATLAR
Sifatlar narsalarning belgi-xususiyatlarini bildiruvchi soʻzlardan tashkil topadi.
Odatda, ular o‘zbek tilining o‘z soʻzlaridan hamda turli tillardan oʻzlashgan boʻladi. Biz
uchun sifatlarning, yana ham aniqrogʻi, tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning qaysi
qatlamga oidligini aniqlash muhim. Buning uchun esa tashqi qiyofa ifodalovchi sifat soʻz
turkumiga oid oʻz va oʻzlashgan qatlamga tegishli boʻlgan soʻzlarni aniqlash kerak.
Bu bobda oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga toʻxtalindi va ular
quyidagi ikki guruhga boʻlindi: oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy va salbiy
maʼnoli sifatlar. Ularni quyida birma-bir koʻrib oʻtamiz.
2.1. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar
Biz toʻplagan soʻzlarimizni oʻrganib, ularning ijobiy maʼno yoki salbiy maʼno
ifodalashini baʼzi misollar bilan berib oʻtamiz va ularni “O‘zbek tilining izohli
lugʻati”dagi fikrlar bilan asoslashga harakat qilamiz. Soʻzning tashqi qiyofa ifodalovchi
maʼnosi soʻz bilan birga keltirildi, undan boshqa maʼnolari esa ishning ilova qismida
berib oʻtildi. Shu oʻrinda 1981-yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni
birinchi lugʻat, 2006-yilda nashr etilgan lugʻatni esa ikkinchi lug‘at deb belgilasak, takror
va ortiqcha hajmdan qutilamiz.
Bichimli
soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalab kela oladi: Bichimli kiyim. Bichimli
kiyim kiygan bola keldi. U haqda “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida
quyidagilar yozilgan: “Bichimli biror bichimga ega boʻlgan, tashqi tuzilishi, qiyofasi
oʻxshovli, xushbichim. Bichimli kiyim. Borayoqa, sher bichimli, koʻzi ko‘r, suluv bir
kishi saroyning og‘zida hassasini suyab turibdi. “Goʻroʻgʻli”1.
Baxtli
soʻzining uchta maʼnosi boʻlib, ulardan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa
ifodalab keladi: baxtli yuz, baxtli koʻrinish, baxtli odam. Bu birikmalarda asosiy maʼno
tashqi qiyofani ifodalashga qaratilgan. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli
lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Baxtli 1. O‘z hayotidan mamnun, baxti
kulgan; baxtiyor. Baxtli qiz.
Bunday baxtli yoshlik bir marta keladir. Zavqini surib
qoling, aylanay.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Ilohim, baxtli boʻl! Onangga, otangga
rahmat, senga ish oʻrgatishibdi.
Oybek, Tanlangan asarlar”.
Boʻydor
soʻzi omonim soʻzlardan boʻlib, birinchi omonim soʻz oʻz qatlamga oid
boʻlib, tashqi qiyofani ham anglatib keladi: boʻydor yigit, boʻydor qiz, boʻydor xotin.
Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar
yozilgan: “Boʻydor I 1. Boʻyi baland; boʻychan, daroz, novcha. Boʻydor yigit. Bekning
onasi oʻrta yoshlardan oʻtgan, boʻydor, sochlariga sal oq oralagan nuroniy xotin edi. A.
Muxtor, Tug‘ilish. Qiz boʻydorgina, ozg‘in ekan. N. Fozilov, Diydor” 3.
Boʻydosh soʻzi aniqlanmish olgan holda tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarni hosil
qilishi mumkin:. Boʻydosh bolalar, Boʻydosh qizlar. U haqda “O‘zbek tilining izohli
lugʻati” ning ikkinchi tomida quyidagilar toʻgʻrisida: “Boʻydosh Boʻylari teng; boʻyi-
boʻyiga mos tushuvchi. Habiba Xatibning Qutbiya nomli qizi bilan boʻydosh boʻlib. har
ikkilari bu maktabdagi qizlarning barchasidan katta edilar. S. Ayniy, Esdaliklar
9
.
2
Birinchi lugʻat. 1-tom. -B.85; Ikkinchi lugat.1-tom. —B.214-2
3
Ikkinchi lugʻat.1-tom.-B.477.
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.474-475.
Boʻlimli sifati ikki maʼnodan tashkil topgan boʻlib, birinchi maʼnosi tashqi qiyofani
ifodalay oladi: Boʻlimli yigit. Boʻlimli bola. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻlimli kam, hoʻl. 1. Boʻlali, boʻliq,
durkun, yetilgan. Beklar, qadimning boʻlimli yigiti deb, uning [Toʻgonbekning] yelkasini
qoqdilar. Oybek, Navoiy .
Boʻliq
soʻzining toʻrtta maʼnosi boʻlib, uning birinchi maʼnosi tashqi qiyofa
ifodalaydi: Toʻlishgan odam.Toʻla yigit. Semiz odam. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek
tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻliq 1. Yaxshi
oʻsgan, durkun; toʻlishgan; toʻla, semiz. Sharofat xola qurtxonaga kirib, vishillab barg
yeb yotgan boʻliq qurtlarni koʻrib, hang-mang boʻlib qoldi. Gʻayratiy, DovdiranG.
Beldor
sifati ikkita maʼnoga ega boʻlib, shundan birinchi maʼnosi aniqlanmish
olgan holda tashqi qiyofa ifodalab kelgan: Beldor odam. Beldor kishi. Bu soʻz haqida
“O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beldor 1. sft.
9
O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 1 -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 123; O‘zbek tilining izohli
lugʻati.5 tomlik. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.342.
Beli yoʻgʻon, beli baquvvat; kuchli. Joʻra.. askarning yukini olib.. beldor eshakka ildam
ortib.. piyoda ketdi. Oybek, O. v. shabadalar. Yoʻgon Usmon mirob — barvasta, beldor,
Soqol koʻksida, koʻzlar katta, hushyor. Habibiy”.
Gulchehra soʻzi ham tashqi qiyofani anglatib kela oladi: Gulchehra yuz .
Goʻzal
soʻzi toʻrtta maʼnoga ega boʻlgan holda uning birinchi maʼnosi tashqi
qiyofani ifodalab kelgan: Goʻzal yuz. Goʻzal chehra. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “ Goʻzal 1, Juda ham chiroyli, husndor,
xushroʻy. Goʻzal qiz. Gulsum uning [Elmu-rodning] xayolida bu yerdagi goʻzallarning
goʻzali boʻlib tura berdi. P. Tursun
10
Oʻqituvchi o‘ttiz besh yoshlarda ko‘ringan bu goʻzal xotin haram xodimalaridan
Gulshanbonu edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon1.
Yoqimli
soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlgani holda uning birinchi maʼnosi tashqi
qiyofani anglatib keladi: Yoqimli bola. Yoqimli kampir. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek
tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Yoqimli 1. Istarasi
issiq, yoqimtoy, kishini oʻziga tortadigan, koʻzga yaqin. Yoqimli bola. Darhaqiqat, u
yoqimli qiz boʻlibdi. U ancha kamtarga ham oʻxshaydi. Mirmuhsin, Umid. U [Anzirat]
oltmishilarga borib qolgan, nimjon, yuzi burishgan boʻlsa ham qizil, tovushi mayin va
yoqimli bir kampir edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari”.
Dostları ilə paylaş: |