Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#185774
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

 Gavdasi gajak boʻlib qolibdi. Savol alomatiday 
gajak boʻlib turmoq
. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Gajak [f.-egik, egri] 3. sft. Egilgan, qayrilgan. Dumi gajak oʻrdak. 
Koʻplarning qo‘llarida dastasi gajak, kungurador hassa, lablarida jim-jima mushtuk. 
Nazir, Haykal. Kamolxonov, iltimosiga “xoʻp” degan javobini kutib, 
uvol
alomatiday 
gajak boʻlib turganida, telefon jiringlab qoldi. A. 
' Ikkinchi lug‘at. R-tom. -B.29. ' Ikkinchi lug‘at.Z-tom. -B.89. ' Ikkinchi lugʻat. 5-
tom. -B.603. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B. 208. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.208. Ikkinchi 
lugʻat. 3-tom. -B.607. 
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.2-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.459. 5 Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 459.
Ikkinchi lugʻat. 4-tom. -B.459. Ikkinchi lugʻat, 4-tom. -B.460. Ikkinchi lugʻat. 4-tom. -
B.460. 
Qahhor, Ikki yorti — bir butun. Oʻynab, dumini gajak qilib, sag‘risiga tagilab, 
Gajdumbek ot ketib borayotibdi. “Goʻroʻgʻli” . 
Gajakdor 
soʻzi ikki maʼnoga ega boʻlib, ikkala maʼnosi ham tashqi qiyofa 
ifodalashi mumkin: 
Gajakdor satana xotin. Gajakdor, gajakli kiyim kiygan
. Ushbu soʻz 
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: 
“Gajakdor [f. - gajakka ega] 1. Gajagi bor, gajakli. Koʻngil qoʻygani u koʻzlari 
xulyur

Sizga kelin boʻlar Nigor gajakdor. “Nigor va Zamon” Shu payt darvozadan xoʻppa semiz, 


yuzlari kepchikday, gajakdor satang xotin harsillab-gursillagancha savlat toʻkib kirib 
keldi. Gazetadan. 
2. Koʻchma Bejama, serhasham. Gajakdor xat. ..tagiga esa: “O‘zingizning 
Karimjoningiz”, deb gajakdor qilib yozdik. “Yoshlik”. 
Gajakli q. Gajakdor” , 
Devonavash
soʻzi tashqi qiyofa ifodalashda qoʻllanadi: Devonavash odam. 
Devonavash shoir. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Devonavash [f. - devonaga oʻxshash] kt. Devonasifat, 
devonalarga oʻxshagan. U shoir xalqi devonavash boʻladi, deb bitgan-u, lekin haligacha 
gujumga bog‘langan shoirni koʻrmagan edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik”3. 
Devonavor
soʻzi ikki maʼnoda boʻlib, ikkala maʼno ham tashqi qiyofa ifodalashda 
ishlatiladi: 
Devonavor yig‘lamoq, Devonavor kiyim
. Ayni shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek 
tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Devonavor [f. - 
jinni, telba; telbalarcha] 1. Devonalar kabi, devonalardek, telbalarcha. Devonavor 
yig‘lamoq. Devonavor boʻldim yorning dastidan, Shamiyud izlab oshdim toglar ustidan. 
Tohir va Zuhra”. 
Birinchi lugʻat L-tom. -B.182; Ikkinchi lug‘at. 1-tom. -B.563. 
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 563. Ikkinchi lug‘at.1-tom. 
2. Devonalarniki kabi, devonalarnikiga oʻxshash. Zoriy Xivaning atoqli 
ulamolaridan, biroq yengil-boshiga qaramas, aksar devonavor kiyimda yurardi. S. 
Siyoyev, Yorugʻlik 1. 
Befayz 
soʻzi tashqi qiyofa ifodalashda qoʻllanadi: Befayz yuz, Befayz bashara. 
Mana shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar 
qayd etilgan: “Befayz [be.. + fayz] Dilni, koʻzni quvontirmaydigan; koʻrimsiz, fayzsiz, 
sovuq. Befayz imorat. Sen ham mening oʻg‘lim tengisan, hovling qarovsiz qolib, juda 


befayz boʻlib qopti. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Choyxona befayz, uch-toʻrt xoʻranda 
toʻrda yupqa sholchaga yonboshlab, choy ichardi. S. Siyoyev, Avaz”. 
Bangibashara soʻzi tashqi qiyofa ifodalagan: Bangibashara soʻfi. Ushbu o‘zbek tili 
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Bangibashara [bangi + bashara] Koʻrinishi bangilarga o‘xshash, bangisifat. Alqissa, baq-
baqaloq Mulla Mamasolshch Mulla Madkarim Maxdum bilan novcha boʻyli, 
bangibashara xudhud soʻfi xonaqohda o‘tirishib, bir soat chamasi mudrashdilar. N. 
Maqsudiy, Laylat ul-qadr”. 
Barzangi soʻzi ikki maʼnoga ega boʻlib, ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi. 
Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd 
etilgan: “Barzangi [f. va a - qora tanli, -negr] 2. st.. Haybatli, davangirday, yoʻgʻon 
gavdali. Toshtemirga negadir, etimol, moʻridan chiqqanday qop-qora va baquvvat 
barzangiday bir yigit oʻlgani uchundir — Toshqora laqabini taqishgan. O. Yoqubov, Tilla 
uzuk... Yoʻg‘on, qop-qora bir barzangi, bitta ursa, oʻldirib qoʻyadi. “Mushtum”4. 
Barzangisifat soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalaydi: Barzangisifat 
erkak. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Barzangisifat [barzangi + sifat] Barzangiga 
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi Pavlax ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 698. Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B. 289. 
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 186. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.200-201. 
oʻxshash, haybatli. Bir doʻkon ayvonidagi temir bochkalar yonida soch va soqoli 
oʻsgan barzangisifat bir erkak yotibdi, P. Tursun, Oʻqituvchi”1. 
Buqalamun soʻzining ikkita maʼnosi boʻlib, ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalaydi: Buqalamun odam. Buqalamun rahbar. U haqida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Buqalamun [a. - tovlanuvchan; 
xameleon] 2. sft. koʻchma Oʻzgaruvchan, birdek turmaydigan; rang-barang. -Bu 


buqolamun falakning gardshiga boq, chirog‘im! — dedi Shokir ota. Oybek, Tanlangan 
asarlar”. 
Gʻamgin soʻzi ikkita maʼnodan iborat boʻlib, birinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalagan: Gʻamgin Lola. Gʻamgin ota. Ayni soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Gʻamgin [a.-g‘amli, qayg‘uli; xafa, 
maʼyus] 1. Ruhini g‘am egallagan holatli; qayg‘uli. Oyqiz g‘amgin Lolaning yelkasiga 
qoʻlini qoʻyib, alohida mehribonlik bilan gapirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. 
Kampir chap yonida oyog‘ining uchi bilan yer chizib turgan g‘amgin Adolatga boqdi. I. 
Rahim, Chin muhabbat”. 
Kallador soʻzi kallaga ega maʼnosi bilan tashki qiyofa ifodalaydi: Kallador 
odam.Kallador bola. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Kallador [f. - kallaga ega, kallasi bor: aqlli] Kallasi, boshi katta. 
Kallador, choʻtirsimon, yum-yumaloq rais katta qornini silkib kuldi. Oybek, O. v. 
shabadalar” . 
Kasal soʻzi oltita maʼnoga ega boʻlib, shundan ikkinchi maʼnosi tashki qiyofa 
ifodalagan: Kasal odam. Kasal ona. Kasal bola. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining 
izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Kasal [a.-dangasalik; 
dangasa, ishyoqmas] 2. sft. Organizmining meʼyoriy holati, faoliyati buzilgan, kasallikka 
yoʻliqqan; betob. Kasal odam. Kasal mol. Xotirjam ishlasin, deb kasal onasini birovning 
qo‘liga 
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 201. 

Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.466. 

Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B. 463. 
Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B.249. 


tashlagim kelmadi. S. Zunnunova, Olov. Odam organizmining kasal yoki 
shikastlangan aʼzolarini almashtirish uchun sunʼiy “ehtiyot qismlar” yaratish g‘oyasi 
yangilik emas. “Fan va turmush” . 
Husnsiz soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Husnsiz bola. Husnsiz ayol. U soʻz haqida 
“O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Husnsiz 
Husni, chiroyi yoʻq; xunuk”. 
Behayo soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Behayo harakat. Bu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati"ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Behayo [be.. + 
hayo] 2. Odob-axloq doirasiga sigʻmaydigan, beadab. Behayo xatti-harakat. Behayo 
ibora. Behayo soʻz. Tangri behayo soʻzlarni gapiruvchi kishini yomon koʻradi. 
Gazetadan”. 
Behalovat soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Beholovat odam.Beholovat ona. Mazkur 
soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Behalovat [be.. + halovat] Huzur-halovatdan holi, tinchlik bermaydigan; besaranjom, 
tinchi yoʻq, halovatsiz. Behalovat turmush. Doktorlarning yig‘ini oʻzi shunaqa behalovat 
boʻlar ekan-a, — dedi Xolima. H. Nazir, O‘tlar tutashganda. Behalovat kecha uning 
nazarida ancha -
oʻzshdi
. “Sharq yulduzi”. -Ts! — qizi koʻrsatkich barmog‘ini qonsiz 
labiga qo‘ygancha, behalovat nigohini unga qadadi. “Yoshlik” . 
Bexafsala soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Bexafsala bola. Bexafsala ish. Ayni shu 
soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd 
etilgan: “Bexafsala [be.. + hafsala] Ishga astoydil yopishmaydigan, qunt qilmaydigan
loqayd; hafsalasiz. Behafsala kishi oʻglining dangasa va xotiniga nisbatan behafsala
kimsaga O‘zbek tilining izohli lug‘ati.5 tomlik.5-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 382. “Ikkinchi lug‘at.5-tom. -B. 604. 
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.297. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 297. 
Takroriy sifatlar uchramadi. 


Yuqoridagilarda koʻrinib turibdiki, oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa 
ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar ijobiy maʼnoli sifatlarga qaraganda nisbatan kamroq 
qoʻllanadi.. 
BOB BOʻYICHA XULOSA 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar arab, fors-tojik va 
boshqa tillardan O‘zbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar hisoblanadi. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar qanday maʼnoni 
anglatishiga koʻra ikki boʻlindi: 1) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid 
tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar; 2) 1) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid 
tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar oʻz qatlamga oid tashqi 
qiyofa ifodalovchi sifatlarga qaraganda maʼnolari nisbatan kamroq holatda uchradi, 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning ijobiy maʼnoda 
qoʻllanishi tanlab olingan yigirmata sifatda uchradi. Bunday sifatlar juft hamda takroriy 
shakllarda uchramadi. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarlarning salbiy maʼno 
ifodalashi oʻn yettita sifatda uchradi.Ularda qoʻshma, juft, takroriy sifatlar uchramadi. 
Oʻzlashgan. sifatlarning ijobiy va salbiy maʼnolarda qoʻllanishi ularning O‘zbek 
tiliga singib ketganligini va faol qoʻllanayotganligini anglatadi. 
XULOSA 
Sifat soʻz turkumini XX asrning 60-yillaridan boshlab ilmiy-nazariy asoslarda 
oʻrganish boshlangan. 
Sifatlar predmet(lar)ning belgisi, hidi, rangi, tusi, shakli, hajm-oʻlchovi, holati, 
maza-taʼmini bildiruvchi mustaqil soʻzlardir. Bundan koʻrinib turbdiki, sifatlar narsaning 
belgi-xususiyatini turli nuqtai nazardan ifodalashi, anglatishi mumkin, Bunday begilar 
bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli boʻladi. 


Sifatlar oʻzlari ifodalayotgan xususiyatlariga koʻra narsaning shakl koʻrinishini, 
hajm-oʻlchovini bildiruvchi, narsaning xususiyatini bildiruvchi sifatlar, narsaning 
rangini, tusini bildiruvchi, narsaning holatini bildiruvchi, narsaning hidini bildiruvchi, 
narsaning vaqt va oʻrni belgisini bildiruvchi hamda narsaning maza va taʼmini bildiruvchi 
sifatlarga boʻlinadi. 
Sifatlar asosan otga bogʻlanib, narsaga xos belgini, baʼzan feʼlga bog‘lanib, 
harakatning belgisini bildirib keladi. 
Ular maxsus yasovchi qoʻshimchalarga ega boʻlgani singari oʻziga xos soʻz 
yasalish qoliplariga ham ega. 
Sifatlar gapda koʻpincha sifatlovchi aniqlovchi, kesim va hol vazifalarida keladi. 
Baʼzi sifatlar otga koʻchgan. Sifatlar otlashganda otga xos kelishik va egalik 
qoʻshimchalarini olib, gapda ega, toʻldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi. 
Sifatlar anglatgan maʼnosiga koʻra asliy va nisbiy sifatlarga boʻlinadi.Ularda 
belgining ortiq va kamligiga koʻra farqlanishi daraja deyiladi. 
Sifatlarda erkalash shakli hamda juft va takroriy shakllar bor. Xullas, sifatlar 
narsalarning belgi xususiyatlarini anglatgani kabi tashqi qiyofani ham ifodalab keladi. 
Sifat turkumiga oid soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalashi mumkinligini ulardan 
soʻng aniqlanmishni keltirish bilan topish oʻrinlidir, chunki sifatga tegishli soʻzlar koʻp 
boʻlib, ularni topishda maʼnolarini yanglishtirib qoʻyish mumkin. 
O‘z qatlamga oid sifat turkumiga oid soʻzlar bilan tashqi qiyofa ifodalash ancha 
keng tarqalgan , yiqqan misollarimizda ularning miqdori quyidagichadir: ijobiy maʼnoda 
qoʻllanadigan sifatlar yigirma toʻrtta, salbiy maʼnoda qoʻllanadiganlari yigirma yettita 
ekan. 
Tashqi qiyofa ifodalovchi oʻz qatlamga oid sifatlarning sodda va sodda yasama 
sifatlardan tashkil topgan. Birikmali, takroriy va qoʻshma sifatlar esa juda kam miqdorni 
tashkil etadi. 


Soʻzlarning bir, baʼzan ikki maʼnosi sifat turkumiga oid boʻlsa, shundan faqat bitta 
maʼnosi tashqi qiyofani xizmat qiladi.Baʼzi bir sifatlarning tashqi qiyofa ifodalashini 
aniqlash uchun sifatdan keyin aniqlanmish soʻzni qoʻyish kerak. Zero, hamma sifatlar 
ham tashqi qiyofa ifodalayvermaydi, ulardan ayrimlari tashqi qiyofa ifodalaydi. 
Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼlum qismi juda kam holda shunday 
maʼnoni ifodalashga xizmat qiladi, 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar arab, fors-tojik va 
boshqa tillardan O‘zbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar hisoblanadi. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar qanday maʼnoni 
anglatishiga koʻra ikki boʻlindi: I) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid 
tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar; 2) 1) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid 
tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar oʻz qatlamga oid tashqi 
qiyofa ifodalovchi sifatlarga qaraganda maʼnolari nisbatan kamroq holatda uchradi. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning ijobiy maʼnoda 
qoʻllanishi tanlab olingan yigirmata sifatda uchradi. Bunday sifatlar juft hamda takroriy 
shakllarda uchramadi. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning salbiy maʼno 
ifodalashi oʻn yettita sifatda uchradi.Ularda qoʻshma, juft, takroriy sifatlar uchramadi. 
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ijobiy va salbiy 
maʼnolarni anglatishi ham kuzatildi. Bunday sifatlarning ijobiy maʼno ifodalovchilari 
miqdoran sal kam boʻlsa-da, miqdoran ko‘p boʻlgan salbiy maʼnoli tashqi qiyofa 
ifodalovchi sifatlarga qaraganda koʻproq va faolroq qoʻllanadi. 
Ikki tomlik “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ga nisbatan besh tomlik xuddi shunday 
lugʻatda sifatlar, shu jumladan, tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar miqdor jihatdan ko‘p 
ekanligini qayd etish lozim. 


Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼnolaridan koʻrinib turibdiki, ular ham 
ijobiy, ham salbiy maʼnolarda ishlatilsa-da, kishilar nutqida faol qoʻllanadi. Bunday 
sifatlar tuzilishiga koʻra sodda, sodda yasama, birikmali va qoʻshma shakllarda uchraydi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 
1. 
Abdurauf Fitrat.Tilimiz Ishtirokiyun gazetasi. -1919. 12 iyul, 23 avgust. 
Yoshlik jurnali.-1990. №,5. 
2. 
Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamon O‘zbek tilidagi baʼzi bir juft va juft-
takror soʻzlarning komponentlari masalalariga doir. Samarqand universitetining asarlari. 
Yangi seriya, 102-chiqarish. -Samarqand, 1960. 
Z.Abdurahmonov.N. R. Juft soʻzlarning fonetik xususiyati. Samarqand 
universitetining asarlari. Yangi seriya, 115-chiqarish. - Samarqand, 1961. 
4.Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamon O‘zbek tilida juft soʻzlar sostavi masalalari. 
Samarqand universitetining asarlari. Yangi seriya, 129-chiqarish. “O‘zbek tilshunosligi 
masalalari”. - Samarqand, 1963. 
5. Abdurahmonov N. Juft soʻzlarning sintaktik funksiyasi. Samarqand 
universitetining asarlari. -1971. №227. 
6.Abdurahmonov Gʻ. Sifatlarning otlashishi. Ucheniye zapiski Ferganskogo 
Gospedinstituta, IV,-Fergana, 1957. 
7.Ahmedov A. Til boyligi.-Toshkent, 1968. 
8. 
Aʼlamova M.Nutqda aks etar bir olam boylik.-Toshkent, 1989. 
9. 
Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va stilistika asoslari. -Toshkent, 
1987. 
10. 
Begmatov E. va b. Adabiy norma va nutq madaniyati. -Toshkent: Fan, 
1983. 


11.Begmatov.E., Tursunpoʻlatova M. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari. -Toshkent: 
O‘qituvchi, 1991. 
12. 
Bekmirzayev N. Notiq, nutq, xulq.-Toshkent: Noshirlik yogʻdusi, 2011. 
13. 
Zamonaviy O‘zbek tili.Morfologiya.-Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008. 
N.Ibrohimova F. Sifat boshqaruvi . O‘zbek tili va adabiyoti. -1971. 
15.Madrahimov. O. O‘zbek tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doir. 
OʻzSSR Fanlar akademiyasining axboroti.-1957. № 1. 
16.Madrahimov O. Sifat va ot turkumlari masalasiga doir. O‘zbek tili va adabiyoti 
masalalari. -1961, №3. 
17.Madrahimov O. Yangi sifatlar. Xorazm pedagogika institutining ilmiy asarlari. 
-Xorazm, 1964.№ 1. 
18.Maʼrufov 3. M. O‘zbek tilida sifatlarning qiyosiy darajasi. Til va adabiyot 
instituti asarlari, 1-kitob. -Toshkent, 1949. 
19.Maʼrufov 3. M. So‘z sostavi. Ot va sifat. -Toshkent: Oʻzbekiston SSR Fanlar 
akademiyasi nashriyoti, 1956. 
20.Mirtojiyev M.,Mahmudov N.Til va madaniyati.-Toshkent: Oʻzbekiston, 
1992. 
21 .Mahkamov N.Adabiy norma va pleonazm.-Toshkent: Fan, 1988. 
22.Mamajonov S.Uslub jilolari.-Toshkent, 1972. 
23.Nutq madaniyatiga oid masalalar (maqolalar toʻplami). -Toshkent: 
Fan, 1973. 
24. Rahmatullayev Sh„ Abdurahmonov I. Hozirgi O‘zbek adabiy tilida ko‘lam 
sifatlari. O‘zbek tili va adabiyoti. -1972. №3. 
25.Rahmatullayev Sh. Frazeologizm -nutqimiz ko‘rki. -Toshkent: Oʻqituvchi, 
1981. 


26. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2008. 
27.Sodiqova M. Hozirgi O‘zbek tilida sifat. Toshkent: Fan, 1974. 
28.Sultonsaidova S, Sharipova O‘. Oʻzbek tili stilistikasi. Toshkent, 2009. 
29. Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullayev Sh. Hozirgi O‘zbek adabiy tili.-
Toshkent: Oʻzbekiston, 1992. 
ZO.Xoliyorov M. Yasama sifatlarning otlashishi . O‘zbek tili va -
dopeta
. -1973, 
№2. 
31.O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 1-tom. -Moskva: Rus tili,1981. 
32.O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 2-tom. -Moskva: Rus tili, 1981. 
33.O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 
34.O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.2-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 
35.O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.3-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 
36.O‘zbek tilining izohli lugʻati. 5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006, 
37.Oʻzbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.5-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 
38.O‘zbek tili grammatikasi. 1-tom. -Toshkent: Fan, 1975. 
39.Oʻzbek tili leksikologiyasi.-Toshkent: Fan, 1981. 
40. Hojiyev A., Begmatov E.Hozirgi O‘zbek adabiy tili va uni o‘rganishning aktual 
masalalari. O‘zbek tili va adabiyoti.-1992.№ 5.-B.7. 


41 .Shoabdurahmonov Sh.Oʻzbek adabiy tilining leksik normalari.Nutq 
madaniyatiga oid masalalar toʻplami.O‘zbek tili nutq madaniyatiga bagʻishlangan 1 
Respublika tilshunoslik konferenqiyasi materiallari. -Toshkent, . - z. 
42.Hojiyev A.O‘zbek tili sinonimlari lugʻati.-Toshkent, 1978. ' 
43.Qilichev E.O‘zbek tilining amaliy stilistikasi. –Toshkent O‘qituvchi,1992. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin