Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#185774
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

Xushsurat
soʻzi tashqi qiyofa ifodalay oladi: Xushsurat odam. Xugisurat 
Sitorabonu. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning to'rtinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Xushsurat [xush + surat] Koʻrinishi chiroyli, ko‘rkam, goʻzal. 
Xushsurat odam. Uning yoshi oʻtib qolgan, ammo qosh-koʻzidan yoshlikda xushsurat 
boʻlgani aniq koʻrinib turardi. O‘. Hoshimov, Hup Zorki, soya bor. Eridan ancha yosh 
boʻlgan qora qosh, quralay koʻzli xushsurat “Itorabonu dadasi urishib bermasaydi”, deb 
hayiqib turar edi. M. Osim, 1bn Sino qissasi .
27
26
O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 1 -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 203. ' Ikkinchi lugʻat. 2-
tom. -B.729-730. 3 Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B. 160. 
27
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
433-bet. 


Xushsuhbat soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Xushsuhbat odam.. 
Xushsuhbat yigit. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
Uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Xushsuhbat [xush + suhbat] Yaxshi 
suhbat quradigan, suhbatni qizitadigan; gapi-soʻzi yoqimli, Xushsuhbat 
ham. Injener Oʻttiz begi yashar, xushsuhbat, qaddi-qomati kelishgan.. 
rilishga kelgan. H. Nazir, Maftuningman, Ozarbayjon"'. 
Xushtabassum
soʻzi tashqi qiyofa ifodalab keladi: Xushtabassum ayol. Bu soʻz 
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan:
“Xushtabassum [xush +tabassum] Yuzidan yoqimli tabassum arimaydigan; xushfeʼl. 
Xushtabassum ayol” .
28
Xushtabiat
soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalagan: Xushtabiat ayol. Xushtabiat yigit. 
Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning uchinchi tomida quyidagilar 
yozilgan: “Xushtabiat [xush + tabiat] Xatti-harakati yoqimli, xushfeʼl; ochiq. Oddiygina 
kiyingan xushtabiat ayol Dadashevni kutuvchilar stoliga taklif qildi. I. Rahim, 
Taqdir. Ruqiya opa oʻrta yoshlardagi xushtabiat ayol ekan. Oʻ. Umarbekov, Koʻk 
daftarning siri”.
29
Xushtabiatli
soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalaydi: Xushtabiatli yigit. Xushtabiatli 
odam. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Xushtabiatli ayol. xushtabiat. Neʼmatjon xushtabiatli, uyatchan bir 
yigit boʻlib, odamlar bilan ham juda odobli, bir maromda soʻzlashardi. J. Sharipov, 
Saodat”.
30
28
O'sha joyda 
29
O'sha joyda 
30
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
433-bet. 


Ayyor
soʻzining uchta maʼnosi boʻlib, uchinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalagan: 
Ayyor boqish. Ayyor tabassum.. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Ayyor [a. mugʻambir; yalangoyoq, bekorchi] 3. ot 
O‘zbek xalq dostonlarida: hiylagar; aygʻoqchi. Shu orada Alpomish Qalmoq elining 
ayyorlarini oʻtda kuydirib yubordi. “Alpomish” . Ayyor boqish - Kishining tashqi 
koʻrinishiga xos sifat, chunki odamning qarashi va boqishidagi ayyorlik uning tashqi 
qiyofasi bilan ifodalanadi. Shu soʻzining birinchi va uchinchi maʼnolari esa tashqi 
qiyofasini anglatmaydi. 
Baland
soʻzi yettita maʼnoga ega boʻlib, birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalagan: 
Baland odam. Baland kuyov
. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Baland [f.-yuqori] 1 Pastdan yuqoriga tomon oʻlchami 
Uzun. Boʻyi uzun; novcha. Baland minora. Baland devor. Baland tom. Boʻyi baland. 
Baland tog‘. Ikki yog‘i baland tog‘ — piyoda yursa, oyog‘i kuyadi. “Nurali”. Mashina bir 
baland tepaning orqasiga oʻtib toʻxtadi. S. Anorboyev, Xamsuhbatlar” .
31
Barvasta
soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi va ikkinchi maʼnolari 
tashqi qiyofa ifodalagan: Barvasta gavda. Barvasta yigit. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Barvasta [f.-
bogʻlangan, mahkamlangan; yopilgan, rivojlanmay qolgan] 1. Gavdali, keng yagʻrinli. 
Barvasta yigit. Arslonqul barvasta qomat, oʻmrovli, sodda, oʻn sakkiz yashar yigitcha edi. 
Oybek, Navoiy. Akaxonning oyog‘ida orqasi bosilgan kigiz shippak, barvasta gavdasi 
og‘ir chayqaladi. N. Aminov, Qahqaha. 
2.Tik qomatli, kelishgan, ko‘rkam. Barvasta qiz. Men oʻzim oshiq 
boʻlibman Boʻylari barvastaga. S. Zunnunova. Koʻtida kitobi, barvasta, 
31
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
146-bet. 


lobar, Manglayi kengligi baxtidek ravshan, Gʻ. Gʻulom”.
32
Avliyonamo 
soʻzi tashqi qiyofa ifodalay oladi: Avliyonamo odam. Avliyonamo 
bola. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar 
yozilgan: “Avliyonamo [a.f.] Avliyoga oʻxshash”. 
Shoʻx s
oʻzining beshta maʼnosi boʻlib, ikkinchi va uchinchi maʼnolari bilan tashqi 
qiyofani ifodalash mumkin: 
Shoʻx qiz. Shoʻx koʻzlar.
U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”ning beshinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Shoʻx [f. o‘ynoqi; goʻzal 
sevgili] 2. O‘yin-kulgini, hazil-huzulni yaxshi koʻradigan; xushchaqchaq, quvnoq. Shoʻx 
qiz. Bizning yigitlar juda shoʻx boʻladi, — dedi Muharram oʻtirayotib, — bitta namunasi 
mana, qoshingizda turibdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Temirjon qishloq qizlarining 
nihoyatda shoʻx, hazil-mutoyiba gaplarga 
chechet
boʻlshilarini koʻp eshitgan edi. J. 
Abdullaxonov, Oriyat. 
3. 
O‘z qiliqlari, ishvasi, noz-karashmasi bilan kishini oʻziga maftun 
qiladigan; oʻynoqi. Shoʻx koʻzlar. Necha kundan beri koʻrsatmayin vaslin 
sogintirdi, Tarahhum aylasun, ul shoʻxi jonon bir kelib ketsun. Hamza”.
33
Yoqut 
soʻzi omonim boʻlib, uning birinchi omonimi uchta maʼnoda qoʻllanadi, 
shundan ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Yoqut lablar. U haqida “O‘zbek 
tilining izohli lugati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Yoqut [a. - turli rangli 
qimmatbaho tosh]. 2. sft. Qizil, yoqutday qizil. [Odilbikaning] Sarv qomati, .oy kabi yuzi, 
qora qalam qoshi, shahlo koʻzlari, yupqa yoqut lablari har bir kishini oʻziga beixtiyor jalb 
qilardi. J. Sharipov, Xorazm. Bir tup joy.
34
32
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
165-bet. 
33
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
14-15-betlar 
34
34
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 2-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
56-57-betlar 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin