Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#185774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

Bo‘yoqli yuz, Bo‘yoqli turq, 
Belgili
soʻzining birinchi maʼnosi tashqi qiyofani anglatadi, qolgan ikki maʼnosida 
bu hol ifodalanmaydi. Misol: 
Belgili bashara. Uning belgili koʻrinishi bor.
Mazkur soʻz 
16
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-tomlik. 1-tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B.107; Oʻzbek tilining izohli 
lug‘ati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 243. 2 
Birinchi lug‘at. 1 -tom. -B. 146; Ikkinchi lug‘at. 1 -tom. -B.365. 


haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Belgili 
1. Nima ekani aniq koʻrinib turgan; belgi qoʻyilgan, belgisi, nishoni bor; taniqli. Belgili 
joy. Belgili qalam. Otabek kitobni belgili qilib yopdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar. Unga 
bir roʻmol oʻrab, belgili qilgan yerim yoʻq edi. “Yodgor” . 
Belgisiz 
soʻzining ikki maʼnosidan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalashga 
xizmat qiladi: 
Belgisiz turq. Belgisiz bashara
birikmalarida tashqi qiyofa anglatmoqda. U 
toʻg‘risida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Belgisiz 1. Nimaligi, qandayligi aniq ifodalanmagan; belgi qoʻyilmagan, ishorasi yoʻq, 
taniqli emas. Bu mollar doʻkonga belgisiz keldi. Soʻzlashuvdan .
17
Bichimsiz 
soʻzi ham tashqi qiyofani ifodalab kela oladi: Bichimsiz kiyim kiymoq. 
Bichimsiz yuz. Mana shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Bichimsiz Bichimi kelishmagan, beoʻxshov. Bichimsiz kiyim.. qh 
Mirkomilboyvachcha.. oyog‘ini chalishtirib, kichkina, bichimsiz yuzini mastlarcha 
burishtirib, papiros tutatadi. Oybek, Tanlangan asarlar 3”.
18
Boʻlimsiz
sifatida tashqi qiyofa anglatuvchi maʼno mavjud: Boʻlimsiz bola. 
Boʻlimsiz yigit. Mazkur soʻz toʻgrisida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻlimsiz kam qoʻll. ayn. landavur. -Akang juda tentak, 
juda boʻlimsiz yigit,— dedi nihoyat poʻngillab boy. Oybek, Tanlangan asarlar 1”. 
Boʻshang
soʻzining maʼnosida tashqi qiyofa ifodalangan: Boʻshang bola. Boʻshang 
yigit. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Boʻshang - Gapni, ishni eplay olmaydigan, boʻsh, lavang, lapashang. Anvar yoshligida 
17
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat 
ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 229.
18
“ Birinchi lugʻat. 1-tom. -B.157. 
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.100; Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.265. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.265. Ikkinchi 
lugʻat. 1-tom. -B. 342. 


boʻshanggina bir bola edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Bolalar uni boʻshang deb 
bilib, baravar tortishishdan man tortishmasdi. Shunchalik ham boʻshang boʻladimi odam, 
loaqal o‘g‘li tengi bolani tartibga chaqirib qoʻyolmasa! “Yoshlik” . 
Boʻsh-bayov
soʻzi ham aniqlanmish- olib tashqi kiyofa ifodalay oladi: Boʻsh-bayov 
bola. Boʻsh-bayov yigit. Bu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻsh-bayov Ishni, gapni eplay olmaydigan, lapashang, 
gul. Karimjon boʻsh-bayov boʻlgani uchun “ammamning buzog‘i” degan laqab olgan edi. 
M. Osim, Tilsiz guvoh. Nusratbekning bu qadar boʻsh-bayov, sodda, notavonligi uning 
jahlini chiqarib yuborgan edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi 3. 
Beandaza
soʻzi uchta maʼnoni ifodalasa hamki, uning ikkinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalashga yordam bergan: Uning gapi kabi oʻzi ham beandaza odam. U haqida 
“O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beandaza 2. 
sft. koʻchma s. t. O‘xshovsiz, beoʻxshov. Yo gapim beandazami? A. Qahhor, Sarob.
19
Benihoya soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi maʼnosi tashqi kiyofa 
ifodalagan: Benihoya ariq odam. Ushbu soʻz toʻgrisida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Benihoya(T) [be.. + nihoya(t)] 1. sft. 
Yuqori darajada, ortiq darajada; cheki yoʻq, nihoyasiz, cheksiz. Qadrdoningiz Yusufbek 
hojining o‘g‘li Otabek bir necha kunlardan buyon benihoya bir dard bilan og‘rir edi. A. 
Qodiriy, Oʻtgan kunlar. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin