Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#185774
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

 
 
 
 
 
 
 
 
UCHINCHI BOB 
OʻZLASHGAN QATLAMGA OID TASHQI QIYOFA IFODALOVCHI 
SIFATLAR 


Biz bu bobda oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga 
toʻxtalamiz. Ularni quyidagi tarzda ikkiga boʻlib, oʻrgandik: 1) oʻzlashgan qatlamga oid 
tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar; 2) oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa 
ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar. 
Bular bir-biridan maʼnolarinng ijobiy va salbiyligi jihatidan farqlanishini hisobga 
olgan holda ularni alohida oʻrganilishi maqsadga muvofiqdir. 
3 . Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar 
Biz oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi soʻzlarni yigʻib, ularning 
ijobiy maʼno ifodalashini baʼzi misollar bilan berib oʻtib, ularni “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”dagi fikrlar bilan asoslashga harakat qilamiz.Shuning uchun baʼzi kamchiliklar 
uchrashi mumkin. 
Goʻshtdor
soʻzi ikki maʼnoda qoʻllanadi, shu maʼnolardan birinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalovchi sifatlarni hosil qiladi: Goʻshtdor odam. U haqida “O‘zbek tilining 
izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Goʻshtdor [goʻsht + f. - biror 
narsaga egalikni bildiruvchi koʻshimcha] 1. Goʻshti koʻp, sergoʻsht, semiz. Goʻshtdor 
odam.Zaynab qisqa boʻy, goʻshtdor va oq tanli edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar . 
O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. I -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 634. 
Dabdabali
soʻzi toʻrtta maʼnoga ega boʻlib, ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalaydi: Dabdabali qiyofa1. 
Dilbar
soʻzi toʻrtta maʼnoda qoʻllanadi, shu maʼnolardan uchinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalaydi: Dilbar odam. Dilbar juvon. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining 
izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Dilbar [f. — dilni tortuvchi, 
jalb etuvchi, yoqimli] 3. sft. Koʻrkamligi, odobi va nazokati bilan es-hushni oladigan
chiroyli. Dilbar yigit. Eng dilbar odamni soʻrdilar Mendan, Mening otam dedim, otam, 
albatta! T. To‘la, Asarlar. Unaqa [Rahimaxondek] dilbar juvon endi qayoqda'.E. Raimov, 
Ajab qishloq”. 


Jonon 
soʻzi toʻrtta maʼnoda qoʻllanadi, shulardan ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalab kelgan: Jonon yigit. Jonon bolalar. Bu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Jonon [f. — mahbuba; maʼshuqa] 2 
sft. Juda yaxshi, goʻzal, shirin, yoqimtoy; oʻynoqi; aʼlo. Jonon yigit. Shahrimiz koʻrkidir 
jonon bolalar. Gʻ. Gʻulom. Ayqam, doʻstlar, shu tuni. Boʻlib oʻtdi jonon to‘y.
26
Zarif
soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi maʼnosi tashqi qiyofani 
ifodalagan: Zarif kishi. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Zarif [a. — goyat goʻzal; aqd-zakovatli] 1. Tez 
fahmlaydigan, ziyrak, idrokli. Bozorchilar tojikchani biladigan bu muloyim, zarif 
kishidan (Muqimiydan) juda minnatdor edilar. S. Abdulla, Quvgʻinda . 
Sohibjamol
soʻzi ikki maʼno ishlatilgan, shu maʼnolardan birinchi maʼno tashqi 
qiyofa ifodalab kelgan: Sohibjamol ayol.Sohibjamol koʻz. Mana shu haqida “O‘zbek 
tilining izohli lugati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Sohibjamol [a. - husn, 
chiroy egasi] 1. Goʻzal husn-jamol egasi; xushroʻy, barno, zebo. Sohibjamol ayol. 
Xotinining yuziga tik qarashga chog‘landi-yu, ammo kam endi u malak, u barg‘ikaram 
koʻylakli sohibjamol koʻz oldidan keldi. M. Mansurov, Yombi. Roʻmolini labga bosib 
Sohibjamol kuladi.. “Yoshlik” . 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin