Bitiruv malakavii ishning maqsad va vazifalari.
Bitiruv malakaviy ishimizning
maqsadi tilimizdagi tashqi qiyofa ifodalash imkoniyati mavjud boʻlgan sifatlarning oʻz
va oʻzlashgan qatlamlarga oidlarini toʻplab, ularning maʼnolarini oʻrganish va ularning
nutqda voqelanishini tahlil qilish hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishimizning yuqorida
qayd etilgan maqsadiga asoslangan holda uning quyidagi vazifalari ham amalga
oshiriladi:
- sifat soʻz turkumining ilmiy nuqtai nazardan oʻrganilganligiga eʼtibor qaratish;
- tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarni boshqa sifatlardan farqlab koʻrsatish.
- oʻz qatlamga oid boʻlgan tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning ijobiy va salbiy
maʼnolarini misollar vositasida koʻrsatish.
- oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning ijobiy va salbiy
maʼnolarini misollar bilan koʻrsatib asoslash.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarni
shu soʻz turkumining maʼnoviy guruhlari ichidan aniqlash boʻlsa, amaliy ahamiyati
aniqlangan tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga misollar yozish va ularning
maʼno(semantikasi)larini manbalar asosida tahlil qilishdir.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi
quyidagi holda: ushbu ishning umumiy
tavsifi, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati. Mazkur bitiruv malakaviy
ishning hajmi …. bet
BIRINCHI BOB
SIFAT SOʻZ TURKUMI TOʻGʻRISIDA
Sifat soʻz turkumiga eʼtibor ancha oldin boshlangan. XX asrning 60-yillaridan
boshlab ilmiy-nazariy asoslarda oʻrganilgan. Bu soʻz turkumi boʻyicha bir qancha olimlar
ilmiy kuzatishlar olib borgan. Ularning yozgan ishlarida sifat soʻz turkumi bilan bog‘liq
nazariy masalalarga ham ancha eʼtibor qaratishgan.
N.R.Abdurahmonov baʼzi bir juft va juft-takror so‘zlarning komponentlari
masalalari hamda juft so‘zlarning fonetik xususiyatlarini maqolalarida bayon etgan.
4
A.Berdialiyev ot va sifat yasovchi -ma qoʻshimchasi haqida, shuningdek,
sifatlarning yasalishi haqida esa Q, Sharipov, O. Madrahimovlar maqolalarida misollar
bilan munosabat bildirishgan.
4
Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamon o‘zbek tilidagi baʼzi bir juft va juft-takror so‘zlarning
komponentlari masalalariga doir // Samarqand universitetining asarlari. Yangi seriya, 102-chiqarish. Samarqand,
I960.-B.37-44.; Abdurahmonov N.R. Juft so‘zlarning fonetik xususiyati // Samarqand universitetining asarlar.
Yangi seriya, 115-chiqarish, Samarqand, 1961.-B.55-58; Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamon o‘zbek tilida
juft soʻzlar sostavi masalalari // Samarqand universitetining asarlari. Yangi seriya, 129-chiqarish, “O‘zbek
tilshunosligi masalalari”. Samarqand, 1963. -B.44-47.; Abdurahmonov N. Juft so`zlarning sintaktik funktsiyasi
(Turkiy tillar materiallari asosida) // Samarqand universitetining asarlari. -1971. №227.-B.66-69. " Madrahimov.
O. O‘zbek tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doir // OʻzSSR Fanlar akademiyasining axboroti,
1957. 1-son. -B.58-63.; Madrahimov O. Sifat va ot turkumlari masalasiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti
masalalari. -1961, №3.-B.25-29.; Madrahimov O. Yangi sifatlar // Xorazm pedagogika institutining ilmiy asarlari.
-Xorazm, 1964.№ 1. -B. -21-28. ' Maʼrufov 3. M. O‘zbek tilida sifatlarning qiyosiy darajasi // Til va adabiyot
instituti asarlari, 1-kitob. -Toshkent, 1949. -B.31-39.; Maʼrufov 3. M. Soʻz sostavi. Ot va sifat. -Toshkent,
O‘zbekistan SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1956. Rahmatullayev Sh„ Abdurahmonov I. Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida koʻklam sifatlari // O‘zbek tili va adabiyoti. -1972. №3. -B.43-48.
Z.Maʼrufov sifatning qiyosiy darajasi, sifat tarkibi toʻgrisida , Sh. Rahmatullayev,
I.Abdurahmonovlar koʻlam sifatlarini misollar bilan koʻrsatishgan. Sifat soʻz turkumiga
oid soʻzlarning xususiyatlari M.Sodiqovaning monografiyasida toʻliqroq bayon qilingan.
5
M. Xoliyorov yasama sifatlarning otlashishi"
6
, F.Ibrohimova sifat boshqaruvi
toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Yuqorida aytilgan olimlarning fikrlari umumlashtirilgan
holda 1975-yilda nashr etilgan “O‘zbek tili grammatikasi”ning 1-tomida sifat toʻgʻrisida
oʻsha davr uchun mukammal boʻlgan maʼlumotlar berilgan .
Shu oʻrinda U. Tursunov, A. Muxtorov, Sh. Rahmatullayevlarning “Hozirgi o‘zbek
adabiy tili” nomli darsligida bu soʻz turkumiga ham maxsus toʻxtalinganligini taʼkidlash
kerak.
7
“Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya” darsligida “Sifat, uning grammatik va
lugʻaviy maʼno guruhlari” mavzuda sifatlarga atroflicha toʻxtalingan
8
.
Predmet(lar)ning belgisi, hidi, rangi, tusi, shakli, hajm-oʻlchovi, holati, taʼmi,
mazasini bildiruvchi mustaqil soʻzlar sifat deyiladi. Bundan koʻrinib turbdiki, sifatlar
narsaning belgi-xususiyatlarini turli nuqtai nazardan ifodalashi, anglatishi mumkin.
Bunday begilar bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli
boʻladi. Ular qoʻllanishiga koʻra ham farqlanadi. Shuning uchun tilimizdagi sifat
turkumiga oid soʻzlar qoʻllanishiga koʻra ikkita guruhga boʻlinadi: 1) faol qoʻllanayotgan
soʻzlar; 2) kam qoʻllanayotgan soʻzlar.
5
Sodiqova M. Hozirgi o‘zbek tilida sifat. -Toshkent: Fan, 1974.
6
Xoliyorov M. Yasama sifatlarning otlashishi // O‘zbek tili va adabiyoti. -1973, №2. Ibrohimova F. Sifat
boshqaruvi // O‘zbek gili va adabiyoti. -1971. № 6. O‘zbek tili grammatikasi.1-tom. -Toshkent:Fan,1975.-B.56-
77.
7
Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent: O‘zbekiston, 1992.-B.280-
287.
8
Zamonaviy o‘zbek tili.Morfologiya.-Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008.-B.409-415.
Sifatlar oʻzlari ifodalayotgan xususiyatlariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
1.Narsaning shakl koʻrinishini, hajm-oʻlchovini bildiruvchi sifatlar: novcha, kalta,
tor, og‘ir, uzun, katta.
2.Narsaning rangini, tusini bildiruvchi sifatlar: yashil, pushti, yashil, sariq, qora,
sapsar. Qora kiyish urf emas, ammo boshqa rangdagi materiallardan kiyim tiktirib kiyish
mumkin.
4.Narsaning holatini bildiruvchi sifatlar: shod, xursayad, goʻzal, xafa, maʼyus,
issiq, tinch, yosh, eski, quruq* Goʻzal xulqli inson oʻzgalarni ham qadrlaydi
5.Narsaning hidini bildiruvchi sifatlar: sassiq, qoʻlansa, xushboʻy. Xushboʻy hidli
oʻsimlik tog‘da ko‘p boʻladi.
6.Narsaning vaqt va oʻrni belgisini bildiruvchi sifatlar: qadimgi, bugungi, tonggi,
yozgi, kuzgi, hozirgi, avvalgi. Qishki musobaqa ancha bahsli holatda oʻtdi.
7.Narsaning maza va taʼmini bildiruvchi sifatlar: nordon, achchiq, bemaza, lazzatli,
shoʻr. Nordon soʻzlab, shirin ran eshitaman deb oʻylashning oʻzi ahmoqlik sanaladi.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, narsaning holatlarini bildiruvchi sifatlar (shod
(bashara), xursand (odam), goʻzal (inson), xafa (qiz), maʼyus (odam), issiq (yuz), tinch
(odam), yosh (yigit), eski (odam) singari soʻzlar bitiruv malakaviy ishimiz mavzusi
boʻlgan “Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar semantikasi”ga kerakli misollardan
boʻlishgani uchun ham ancha yaqinroq holatdadir. Ularga quyidagi sifatlar misol boʻladi:
shod (bashara), xursand (odam), goʻzal (inson), xafa (qiz), maʼyus (odam), issiq (yuz),
tinch (odam), yosh (yigit), eski (odam) kabilar. Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, bitiruv
malakaviy ishimiz mavzusidagi semantika soʻzi soʻz maʼnosi yoki maʼnolari degan
maʼno anglatadi. Koʻrsatilgan sifatlarda bir necha maʼnolar boʻlib, faqat ulardan bitta
maʼnosi tashqi qiyofa ifodalovchi xususiyatga ega, qolganlari boshqa maʼnolarni
anglatadi. Ularni aniqlash uchun aniqlanmish soʻzlari sifatida odam, bola, yigit, ayol, qiz
kabi soʻzlarni keltirish oʻrinli boʻladi. Shu oʻrinda sifatlar asosan ot turkumiga oid
soʻzlarga bogʻlanib, narsaga xos belgi, shu jumladan, tashqi qiyofani ifodalaydi.
Sifat otga bogʻlanib, uning biror belgisini aniqlashga xizmat qiladi: yaxshi bola,
chiroyli kitob, yaxshi koʻylak. Ishonchli doʻstni topish qiyin. Bu misollarda yaxshi,
chiroyli, ishonchli soʻzlari sifat soʻz turkumiga oid boʻlib, oʻzidan keyingi otning
belgisini ifodalab kelmoqda.
Ular baʼzan feʼlga bogʻlanib, harakatning belgisini bildiradi. Misol:
Dostları ilə paylaş: |