Shaxsning yo'nalganligi o'rganish anketasi


Ishonch – insonni biror bir narsaga ma’lum argument faktlarsiz qat’iyatidir. Refleksiya



Yüklə 21,45 Kb.
səhifə2/5
tarix27.07.2023
ölçüsü21,45 Kb.
#137642
1   2   3   4   5
Shaxsning yo\'nalganligi o\'rganish anketasi

Ishonch – insonni biror bir narsaga ma’lum argument faktlarsiz qat’iyatidir.

Refleksiya – shaxs ongini o`ziga qarata olish layoqatidir.

Adantivlik – adantatsiyani engillashtirishga qaratilgan, organizmni moslashuvchanligi. Bu termin adantiv xulq-atvor iborasi bilan qo`llanishi normal hol sifatida qabul qilinadi.

Ishonuvchanlik - holat bo`lib, tez qabul qiluvchanlik, ta’sirga kishini beruvchanligi va uni psixologiyasi va xulq-atvorida ma’lum o`zgarishlarni yuz berishiga sabab bo`ladi.

Komformlilik – shaxsiy fikr, munosabat fikr va xatti-harakatga tashqi ta’siri kiritish tendentsiyasi bo`lib, bu tushunchadan foydalanishning uch modeli mavjud: a) xulq-atvorda. Masalan: «guruhga qo`shilish»da, ko`pchilikka o`xshab harakat qilishga intilish; b) munosabatda, tashqaridan tadqiq o`tkazilganda, o`zgalarning bosimi yoki ta’siri natijasi bilan bog`liq bo`lgan munosabat; v) shaxs xususiyati sifatida; Ko`rinib turibdiki komformlilik – bu boshqalar fikrini tashqari holatda qabul qilib, ichkari holatda o`z fikrini to`g`riligidan qaytmaslikdir.

O`z-o`ziga baho berish – psixologiyada o`z shaxsiy psixologik xususiyatlari va fazilatlar, yutuq va kamchiliklari, shuningdek muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini baholash tushuniladi. O`z-o`ziga baho berish adekvat, yuqori va past bo`lishi mumkin. Buni shartli ravishda: S q n (adekvat) S > n (yuqori) S < n (past). Bunda – S - o`z-o`ziga baho berish, n – imkoniyat. Shaxsda alohida e’tiborga frustratsiya xususiyati ham loyiq.

Frustratsiya – shaxsni o`z muvaffaqiyatligini chuqur emotsional his qilishi bo`lib, u ilojsizlik, umidsizlik bilan namoyon bo`ladi.

Frustratsiya – shaxsni agressiv yoki anatik xulq - atvori sifatida kechadi. Shu bilan birga shaxsda tolerantlik kabi xususiyat ham uchraydi. Bu shaxsni u yoki bu faktorga befarqligi yoki munosabatning mavjud emasligidir. U uch turdi namoyon bo`ladi – muvaffaqiyatsizlik, fikrlovchi munosabat, ichki bexalovatlilik va osoyishtalik.
Shaxs odamning atrofiga bo`lgan munosobatlarini va o`z-o`ziga bo`lgan munosobatni belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o`z-o`ziga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. O`z-o`ziga baho berish - uch xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin: a) shaxs o`ziga imkoniyatlari qobiliyat, layoqatlarini past baho berishi, o`z-o`ziga ishonchsizligi tufayli kechirilishi mumkin; b) o`z-o`zini imkoniyat, qobiliyatlarini tug`ri, me’yorda baholash, o`rtacha daromadi baholashi: v) o`zini imkoniyat qobiliyatlari me’yoridan yuqori baholashi, bu odamda o`ziga bino qo`yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xarakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin. Shaxsni o`z-o`ziga to`g`ri baho berishida o`z-o`zini anglash muhim hisoblanib, shaxsni tug`ri shakllanishi, individning o`zi haqida nisbatan barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi. Uning asosida individ odamlar bilan o`z munosabatini o`rganadi. O`z-o`zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir.


  1. Yüklə 21,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin