BIOGRAFIK ANKETANING SHAKLLANTIRISH.
Biografik metod (Yunon tilida bios – hayot, graho – yozayapman) – - biografik (kishini uning tarjimai holi bilan bogʼlik boʼlgan xujjatlar orqali oʼrganish) usul; - intervYu (muammoga oid boʼlgan shaxs hayot yoʼlini tadqiq etish, tashxislah, korrektsiyalash, rejalashtirish uslubi. Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbiq etila boshlandi. Birlamchi biografik usullardan yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar oʼtmishdagi siyosiy hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan. Keyinchalik bunga muhim va kelajakda boʼlishi mumkin boʼlgan hodisalarni (boʼlajak avtobiografiya, boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kauzometriya)ni, shuningdek, shaxsning muloqotdoirasini (qoʼshimcha biografiya, subʼektning munosabatlar doirasini) qoʼshishdi. Zamonaviy biografik
metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy, ijtimoiy va individual borliq doirasida oʼrganishga asoslangan boʼlib, shaxs rivojining stsenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, maʼnaviy, tabiiy va ijtimoiy makonda «makonvaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni qoʼllashda soʼrovnoma, intervYu, test, yaqinlarining koʼrsatmalari, zamondoshlarining xotiralari, faoliyat mahsulini
oʼrganish(xatlari va kundaliklarini, maʼruzalari nutqlarining content tahlili va b.)dan manba va vosita sifatida foydalaniladi. Ushbu metod inson hayot tarixini oʼrganish va baholash usullari, bu hayotni o'tkazganlar nuqtai
nazaridan aytilgan yoki xabar qilingan hayotning guvohliklari. Axborot to'plash, xatlar, intervYular, kundaliklar, kuzatuv bayonnomalari va uni tahlil qilish usullaridan,iborat. Biografik metodning mohiyati ma'lum bir shaxs qanday mexanizmlar va hodisalar tug'ilishi va kelajakda o'z taqdirini qanday shakllantirish natijasida, savolning javobida yotadi. Biografik metod ilk marotaba Chikago sotsiologik maktabi namoyondalari tomonidan qo’llanilgan.Biografik metod sinaluvchi ichki ruxiy dunyosini tushunish turli xayotiy vaziyatlardagi xulqiy koʼrinishlarni shakllantirish imkonini beradi.
Biografik tahlilning o'ziga xosligi uning shaxs, guruh (masalan, oila), tashkilot hayoti aspektlarini sub'ektiv talqin qilishga qaratilganligi hisoblanadi.
Voqeahodisalarni og'zaki yoki hujjatli tasvirlashda rivoyat qiluvchining o'zi nuqtai nazaridan hayotiy voqea sub'ekti ushbu voqealarni boshdan kechirishi, izohlashi va belgilashi shaklida bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |