Sochma (nasriy) she’r – lirik kechinmalar sochma nutq shaklida ifodalanib, jo’shqin ritmi bilan she’rga monand bo’lsa, sochma(nasriy) she’r bo’ladi.Nozim Hikmat ta’sirida Mirtemir o’zbek she’riyatiga schma shaklini olib kirgan.
Ballada – liro-epik poeziyaning bir turi.Qahramonlik xarakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik syujetli she’r ballada deyiladi.
Qo’shiq – kuyga solib aytiladigan she’r
Sarbast – bunday she’rning asosiy xususiyati shundaki, unda vazn,qofiya,band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi.Ayrim misralardagi bo’g’inlarni (ma’no va intonatsiyani kuchaytirish maqsadida) bir necha qatorga zinapoya tartibida joylashtiriladi.