Soqiynoma – soqiyga murohaat bilan boshlanib, lirik qahramon kechinmalarini masnaviy tarzida yoziluvchi, goho qisqa lirik,goho liro-epik poemani eslatuvchi she’rdir.
Nazira – lirikada ergashish yo’li bilan, javob va o’xshatiash tariqasida yoziladigan she’r
Shiru-shakar– ma’lum bir tartibda ikki til ishtirokida yozilgan she’r
Muvashshah – ma’naviy san’atlardan biri,ayni vaqtda she’riy janr.Bunda she’r asosan g’azal shaklida yozilib, she’r misralari boshidagi harflar yig’indisidan bironta kishi ismi yoki narsa nomi kelib chiqadi.
Sarlavha: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari Jo'natildi: Robiya dan 09 Noyabr 2007, 16:23:55
II. Zamonaviy she’riy janrlar.
Sonet (italyancha jaranglamoq) – jahon she’riyatida keng tarqalgan lirik janr.Sonet 14 misradan tashkil topadi, ko’pincha a-b-b-a,a-b-b-a, v-v-g-, d-g-d- shaklida qofiyalandi.U dastlab XII asrda italyan adabiyotida vujudga kelgan.O’zbek adabiyotiga 20-30 yillarda kirib kelgan.Sonetning go’zal namunasini 30-yillarda Usmon Nosir yaratdi.Hozirgi zamon she’riyatida B.Boyqobilov bu janrda barakali ijod qilib kelyapti
Oq she’r – vazni va turog’i aniq, lekin qofiyasiz she’r.Vazni,misralardagi rang-barang ritmik qurilish oq she’rning ohangdorligini, musiqiyligini ta’minlaydi.O’rta srlarda o’zbek afabiyotida “harora” deb nom olgan qofiyasiz she’r navi bo’lgan.Oq she’r termini misralarning qofiyalanmay qolishidan,ya’ni oq qolishidan olingan.O’zbek adabiyotida Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda,R.Parfi kabi shoirlar ijodida oq she’rning ajoyib namunalari uchraydi.