Shifokor konsultatsiyasi


Ushbu maqolani ham o‘qing: Gepatit C - yuqish yo‘llari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/5
tarix23.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#62144
1   2   3   4   5
Ushbu maqolani ham o‘qing: Gepatit C - yuqish yo‘llari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari


Jigar sirrozi belgilari
Kasallikning klinik belgilariga kelsak, xastalik alomatlari uning qaysi omillar ta’sirida rivojlanganligiga bog‘liq emas. Kasallik belgilari sirrozning bosqichlariga bog‘liq. Shuni ham unutmasligimiz zarurki, 12 foiz hollarda jigar sirrozi belgilarsiz kechishi mumkin. Bu ayniqsa, surunkali alkogolizm aniqlangan kishilarda ko‘proq uchraydi.
Sirrozning dastlabki bosqichida kasallik alomatlari aniq namoyon bo‘lmasligi mumkin. Dardning aynan shu bosqichida kasallik sabablarini bartaraf etish orqali jigarning sog‘lom hujayralarini saqlab qolish va uzoq muddat sog‘lom hayot kechirish mumkin. Qorinning kattalashishi (qorinda suyuqlik – assit yig‘ilishi sababli), ozib ketish, kuchli holsizlik, ta’sirchanlik, kayfiyatning tez o‘zgarishi, ishtahaning kamayishi, burun va milklarning qonashi sirrozning keyingi bosqichlarga o‘tganligidan darak beradi.

Jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlar odatda kuchli holsizlanish, ozib ketish, es-hushning o‘zgarishi (e’tiborni jamlash xususiyatining kamayishi, kunduz kunlari ko‘p uxlab, tunda uyquning buzilishi), ishtahaning kamayishi, qorinning shishi hisobiga to‘yib qolish hissi, sariqlik (teri va ko‘z pardasining sarg‘ayishi, peshobning to‘q sariq rangda bo‘lishi), terining qichishishi, qorin sohasida og‘riq kuzatilishi mumkin. Taloqning kattalashishi, oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kabi bakterial infeksiyalarning tez-tez takrorlanib turishi, ko‘ngil aynishi, qusish, o‘t kislotalarining ta’siri natijasida terining qichishishi kabi o‘ziga xos alomatlar jigar va boshqa a’zolardagi patologik jarayonning rivojlanishda davom etayotganligini bildiradi.
Jigar sirrozi asoratlari
Kasallikning asoratlariga keladigan bo‘lsak, sirrozda jigar komasi(bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadigan behushlik) va qizilo‘ngachning kengaygan vena tomirlaridan qon ketishi o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda jigar sirrozi bu a’zo saratoniga o‘tish ehtimoli yuqori.
Sirroz so‘zi grek tilida «kirros» – «malla, qizg‘ish, sariq» degan ma’nolarni anglatadi. Bu iborani fanga R.Laennek kiritgan. Bunda jigar tuzilishida o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatiladi ya’ni, jigar qattiq, g‘adir-budur, sariq rangdagi ko‘rinishda bo‘ladi. Sirroz – tarqoq jarayon bo‘lib, jigar hujayralari – gepatotsitlarning nobud bo‘lishi natijasida paydo bo‘ladi. Nekrozga uchragan jigar hujayralari dastlab to‘liq tiklanishi mumkin. Lekin sirrozning keyingi bosqichlarida buning aksi kuzatiladi.
© Allabergan BAYJANOV, Virusolog.
«Sog‘lom avlod» gazetasi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin