Shifokor konsultatsiyasi


Tashxislash Jigarning umumiy holati



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/5
tarix23.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#62144
1   2   3   4   5
Tashxislash

  • Jigarning umumiy holati. Sirrozning ilk davrlarida diagnoz qo‘yish ancha mushkul. Chunki jigarda ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar ko‘rinmaydi. Birinchi navbatda jigarni UTT tekshiruvi o‘tkaziladi, bu usul orqali jigarning kattaligi, qirralari va yuzasi, to‘qima tuzilishi kabi xususiyatlari o‘rganiladi. Bu usulda steatoz va surunkali gepatit kabi sirrozga sabab bo‘ladigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash mumkin. Qorin bo‘shlig‘I tomirlar tizimini doplerografiya qilinadi, ular kengayganligini aniqlash maqsadida. Bu bilan portal venaning holati baholanadi.

  • Sirroz sababini aniqlash. Birinchi navbatda virusli gepatit B va C ni aniqlash uchun tekshiruv o‘tkaziladi, chunki ular sirroz chaqiruvchi eng asosiy omillardir. Agar virus inkor qilinsa nasliy kasalliklar, autoimmun ko‘rsatkich, jigarning alkogol kasalligi, noalkogol kasalligi va jigarning toksik zaharlanishi tekshiriladi.



Ushbu maqolani ham o‘qing: Surunkali gepatit

Jigar hujayralarining struktur va funksional holatini qon bioximik analizida aniqlanadi. (ALT,ACT, bilirubin, ishqoriy fosfotaza, oqsil fraksiyalari), shu bilan birga qonning umumiy analizi va koagullogrammada qon ivish xossasi tekshiriladi.


Tashxisni aniq va ravshanlashtirish uchun zamonaviy usullardan foydalaniladi (bu usullar noinvaziv): elstometriya (elastografiya) – jigar fibrozlanish bosqichini aniqlab beradi. Usul Fibroskan, Fibrotes, FibroMaks yordamida apparatida aniqlanadi. Jigarning zararlanishi darajalarda baholanadi: 0 dan 4 gacha; (0 – sog‘lom jigar; 4 – sirroz).

Sirrozning og‘irlik darajasi Chayl-Pyu shkalasi bo‘yicha aniqlanadi. Bunda klinik laborator ko‘rsatkichlar ya’ni qonda bilirubin, albumin, protrombin indeksini tekshirgan holda. Sirrozning faol va nofaol, kompensirlangan va dekompersirlangan turlari farqlanadi. Dekompersirlangan jigar sirrozida portal gipertenziya bo‘lishi, assit, oshqozon-ichakdan qon ketishi kuzatiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin