Sariqlik - qondagi bilirubin miqdorining ortishi hisobiga teri hamda ko'z shilliq
qavatlarining va organizmdagi boshqa to'qimalaming sariq rangga bo'yalishi hisoblanadi.
Og‘riq xurujidan keyin rivojlangan sariqlik o‘t yo'llari kasalliklaridan dalolat beradi.
Jigar va o't yo'llari kasalliklariga shubha bo'lgan bemorlardan anamnez yig'ganda
sariqlikning xarakterini aniqlash alohida o'rin tutganligi sababli siydik va najasning ranggi
haqida so‘rab-surishtirish muhim ahamiyatga ega. Parenximatoz va xolestatik sariqlikka
siydikning pivo rangiga o'xshashi va najasning rangsizlaiiishi xos. Turli kasalliklarda
sariqlikning kelib chiqish mexanizmi «sariqliklar» bo'limida keltirilgan.