♦ О 'tkir va surunkali jigar yetishmovchiligi sindromi.
Giperbilirubifiemiya (sariqlik)
Giperbilirubinemiya sindromi ■ bilimbin hosil bo'lishi va chiqarilishi o'rtasidagi
muvozanatning buzilishi bilan xarakterlanadi va uning asosiy klinik belgisi sariqlik (icterus)
hisoblanadi.
Bilirubin - sarg'ish-qizil rangdagi o't pigmentlaridan biri bo'lib, retikuloendoteiial ’
tizimda (suyak ko'migi va jigaming kupfer hujayralarida va boshqalar) hamda barcha
a’zolardagi biriktiruvchi to'qimaning gistotsitlarida qondagi gemoglobindan hosil bo'ladi (73-
rasm). Bu jarayon suyak ko'migi retikuloendoteiial hujayralarida, limfa tugufilarida asoisan
taloqda hamda jigaming yulduzsimon retikuloendoteliotsitlarida kechadi.
Eritrbtsitlamittg fiziologik parchalanishi oqibatida gemoglobin va undan bilimbin hosil. bo'ladi; Bunda gemoglobinni oqsilli qismi globin va gemga parchalanadi va geni tarkibida temir saqlaydi.
Retikuloendoteiial hujayralar tizimida gemdan ajralgan erkin konyugirlanmagan bilirubin hosil bo'ladi va qonda albumin oqsili bilan kuchsiz birikkan holda aylanib yuradi.
Almashinuvning keyingi bosqichida sinusoidal membranalar orqali erkin bilirubin gepatotsitlarga kiradi.