Jigarning punksiya qilish texnikasi. Bemor chalqanchasiga bir oz chap yonboshga qarab
o'ng qo'lini boshiga ko'tarib yostiqsiz yotadi. Teriga kerakli ishlov beriladi va 2-3 ml 1*2 %
novokain eritmasi yuborib og'riqsizlantiriladi. O'ngda 9-qovurg'a oralig'ida oldingi qo'ltiq
osti chizig'i bo'ylab (jigar bo'g'iqligining eng keng joyi) sekin - asta teri maxsus asbob bilan
(stilet) 2-4 mm teshiladi va ichida porshen joylashgan Mengini ninasi (yoki unga o'xshash
Blyuger va Sinelnikov) tiqiladi. Igna shpritsga kiygizilgan va ichida natriy xloming bir necha
millilitr izotonik eritmasi mavjud.
Punksiya vaqtida hosil bo'lgan teri va to'qima parchalarini
yuvib chiqarib yuborish uchun teri teshilgandan keyin izotonik eritmaning bir qismi
chiqariladi, so'ng tez harakat bilan teri yuzasiga perpendikulyar igna jigarga kiritiladi va
porshen bilan silindrga jigar to'qimasi so'rib olinadi. Olingan material fiksatsiya qiluvchi
eritmaga solinadi va keyin zarur tekshirishlar o'tkaziladi. Bemor punksiyadan keyin bir kun
yotoq tartibida bo'ladi va uning birinchi soatida o'ng yonboshda yotadi. Bu usulda punksiya
qilganda asoratlar juda kam kuzatiladi.
yordamida ko'rishga aytiladi ( 72-rasm). Zamonaviy laparoskoplar nafaqat qorin bo'shlig'i
a’zolarini ko'rish, balki jigami nishonli biopsiyasi va xolangiografiya o'tkazish, ranglifotosuratlar olish imkonini beradi. Laparoskopiya shifoxonada bemor dastlabki iekshiruvdah