Shimoliy amerika milliy bog' va qo'riqxonalari kirish I bob. Shimoliy amerika materigining tabiati


Shimoliy Amerika tabiatining iqlim zonalari



Yüklə 41,37 Kb.
səhifə3/6
tarix11.05.2023
ölçüsü41,37 Kb.
#111003
1   2   3   4   5   6
SHIMOLIY AMERIKA MILLIY BOG

1.2. Shimoliy Amerika tabiatining iqlim zonalari

Shimoliy Amerika Arktika mitaqasidan tropik mitaqagacha cho`zilgan. Shuning uchun uning xududida radiatsiya sharoiti va havo ning sirkulyatsiya xususiyati juda xilma-xildir.


Materikning shimoliy yarmida radiatsiya balansi bir yilda 20 kkal/sm2, janubiy qismlarida esa 60 kkal/sm2 dan ortiqrok. Kontinentning katta qismi o`rtacha kengliklarda bo`lib, bu yerda g`arbiy havo massalari xukmrondir. Faqat eng janubiy qismlari tropik mintaqadadir. Bu yerda meridian buylab xarakat qiladigan havo massalari asosiy o`rin tutadi.
Sirkulyatsiya jarayonlari yer yuzasining suv, quruqlik yoki tog`lardan iborat ekanligiga qarab anchagina o`zgaradi. Biroq, bu ta`sir Yevrosiyodagichalik kuchli emas. Chunki Yevrosiyo maydoni Shimoliy Amerikadan juda kattadir. Shimoliy Amerika materigi ustidan qish paytida, barqaror anitsiklon va yozda barqaror siklonlar paydo bo`ladi, lekin ular Yevrosiyodagichalik kuchli emas.
Shimoliy Amerikaga siklonlar Tinch okeanidan keladi. Siklonlar qismi Kordilyera tog`larida ushlanib, barqaror siklon oblasti Aleut minimumini hosil qiladi. Bu minimum ham, Islandiya minimumi kabi, qish paytida iqlim sharoitining tarkib topishida sezilarli rol o`ynaydi.
Aleut minimumi tufayli materikning g`arbida 36° va 60° shimoliy kengliklar orasida o`rtacha kengliklarning Tinch okean iliq nam havo xukmrondir. Bu havo, asosan, janubdan qirg`oq bo`ylab esadi va Kordilyera tog`larining g`arbiy yon bag`irlarida ko`p miqdorda nam beradi. Bu havo sharqqa tomon xarakat qilib, Kordilyera tog`laridan o`tadi, biroq Buyuk tekisliklarga kelganda juda qurib qolib, yog`in bermaydi.
Fizik xossalari bir-biridan tubdan farq qiladigan havo massalarining o`zaro ta`siri natijasida materik ustida qish paytida juda o`zgaruvchan ob-havo tarkib topadi. Vaqti-vaqti bilan Kordilyera tog`lari ustidan oshib o`tib Buyuk ko`llar atrofilarida kuchayadigan Tinch okean siklonlari ta`sirida havo massalari ko`plab almashinadi g`arbiy chekkasi buylab Arktika havo massasi janubga o`tadi, sharqiy chekkasi bo`ylab esa o`rtacha kenglikning havosi Grenlandiyaga yetib boradi.
Iliq, quruq passat havo oqimlari Floridaning janubiy qismi uchun ham xarakterlidir. Lekin xuddi ana shu shamollar kuyuk bulutlar hosil qilib, Sharqiy Syerra-Madrening shamolga ro`para sharqiy Yanvarning o`rtacha xarorati Kanada axipelagining shimolida - 30° dan Florida va Meksika tog`ligining janub qismlarida 20°S gacha ko`tariladi. Shimoliy Amerikada materikda eng past xaroratli "Sovuqlik kutbi" yo`q. Grenlandiya muzligida va materikning subarktika kengliklarida eng qattiq sovuqlar bo`lib turadi.
Materikning shimoli-g`arbida, shuningdek uning sharqiy chekkasida yog`in qishda eng ko`p yog`adi. Bu yerda yog`in-sochin havo frontlari bilan bog`liqdir.
Yozda kontinent yuzasi okean yuzasiga nisbatan tezroq qiziydi. Materikning shimoliy va janubiy qismlari orasida termik farqlar kamayadi. Iyun oyida radiatsiya balansi kengliklar buylab deyarli o`zgarmaydi.
Siklonlar qishdagiga qaraganda ancha zaif bo`ladi. Okeanlar ustida bosim maksimumlari: shimoliy Tinch okean va Azor maksimumlari tobora kuchaya boradi.
Bir yilda o`rta xisobda Tinch okean soxilining shimoliy qismiga eng ko`p yomg`ir yog`adi, AQShning janubiy sharqiy qismida 1000-1500 mm yog`in yog`adi.
Arktika mitaqasining janubiy chegarasi taxminan 5°S iyul izotermasi bo`ylab o`tadi. Bu zonaning eng muxim xususiyatlari butun yil davomida Arktika havosining xukmron bo`lishi, yoz va qish paytlarida xaroratning past bo`lishi, yog`inning kam yog`ishidir.
Subarktika iqlimi mitaqasida qish xarorati materikdagi eng past xarorat bo`lib, yoz xarorati Arktika mitaqasidagiga nisbatan ancha yuqori bo`ladi.
Mo`tadil iqlim mitaqasida yil buyi o`rtacha kengliklarning havosi asosiy o`rin tutadi. Subarktika mintaqasidagiga nisbatan xarorat balandroq (yozda 20°S dan yuqori). Ayniqsa, Tinch okean soxilida yog`in ancha ko`p tushadi.
Subtropik mintaqada qishda o`rtacha geografik kengliklar havosi, yozda tropik havo xukmrondir. Tekisliklarda qishda xarorat 0°ga yaqin, yozda 25°S dan baland. Yozda sharqiy qismiga musson ko`p yog`in olib keladi. Okeandan chekka tizmalar bilan ajralgan ichki platolar va yassi tog`liklar iqlimi keskin kontinental, qurg`oqchil, g`arbiy soxilda-tipik O`rta dengiz buyi iqlimidir.
Tropik iqlimi mitaqasiga Florida yarimorolining va Meksika tog`ligining janubiy qismlarigina kiradi. Bu joylarning iqlimi yil bo`yi xaroratning baland bo`lishi va yozda yog`in ko`p yogishi bilan farq kiladi.
Ichki suvlari. Daryolari. Materiklarda okeanlarga oqib boradigan daryolar suvining 13 % Shimoliy Amerikaga to`g`ri keladi.
Materikning tropik, subtropik mintaqalaridagi va o`rtacha mintaqaning janubiy qismidagi daryolar yomg`irdan to`yinadi. Bu daryolar yilning yomg`irgarchilik davrida ancha sersuv bo`ladi. Qishki issiqlik rejimi va yozgi issiqlik rejimi bir-biridan farq qiladigan mo`tadil va subtropik mitaqalarda, shu bilan birgalikda, yoz davrida suv mikdori ancha kamayib koladi.
Markaziy tekisliklarning shimoliy qismida va Buyuk tekisliklarning o`rta qismlarida daryolarning tuyinishida yomirlardan tashqari qor-muz suvlari muhim rol o`ynaydi. Bu yerda Missisipining irmoqlari - Ogayo va Missuri eng yirik daryolardir.
Materikning 48° shimoliy kenglikdan shimoldagi ancha qismida, shuningdek, Serra-Nevada va Qoyali tog`larda shu kenglikdan shimol va janubda qordan tuyinadigan daryolar xarakterlidir. Bu daryolar qishda sayozlashib qoladi, bahorda yoki yozda birdan to`lib oqadi, Daryolar uzoq vaqt davomida muz bilan qoplanib yotadi. Muzlardan suv oladigan daryolar Kanada Kordilyera tog`lari va janubi-g`arbiy Alyaska uchun xarakterlidir. Bunday daryolar juda sersuv bo`lib, yozda to`lib oqqanligi yaqqol seziladi.
Kaliforniya vodiysidan oqib o`tadigan Sakramento va San-Xoakin daryolari asosan sizot suvlaridan tuyinadi. Bu daryolar Syerra-Nevada tog`laridan oqib tushadigan suvlar xisobiga ko`payib turadigan sizot suvlarini yig`ib oladi. Ular ko`klam paytida ayniqsa to`lib oqadi. Bu daryolarning suvidan vodiydagi unumdor yerlarni sug`orishda keng foydalaniladi.
Ko`llari. Shimoliy Amerikaning ko`pchilik ko`llari muzliklar bosgan xududlarda: Lavrentiy yassi tog`ligi va ayniqsa Markaziy tekisliklarning yon-veridagi qismlaridir.
Buyuk ko`llar sistemasi quruqlikdagi chuchuk suvli eng katta xavzadir.


Yüklə 41,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin