2-bobning “Yem-xashak ekinlarining muhim zararkunandalari”ga bag’ishlangan bo’limida chorva mollari va parrandalarga yem-xashak (koʻkat, pichan, yem, silos) tayyorlash maqsadida ekiladigan oʻsimliklarni so’ruvchi zararkunandalari keltirilgan. O‘rta Osiyoda bedaga o‘simlik shiralarining to‘rtta turi zarar yetkazadi. Ular jumlasiga Acyrthosiphon onobryhis Fonse nomli (ko‘pincha sinonimi Aphis pisi ketb. deb atalgan) no‘xat shirasi, Aphis medicaginisKoch - akatsiya shirasi, Therioaphis onnidis Kltnb. - xoldor shira va Tri fidaphis faseoli Pass - ildiz shirasi kiradi. Bulardan tashqari, bedaga Aphis incerta Ners deb atalgan shiralar ko‘plab tushishi ham aniqlangan. Shiralar so‘rishi natijasida beda o‘simligi juda noziklashib qolib, hashak va urug‘ hosili kamayadi. Shira tushgan beda gullash davriga kelib sog‘lom bedaga nisbatan 3 - 15% gacha, shira ko‘plab tushganda esa 31% gacha o‘sishdan orqada qoladi. Xoldor shiraning zarari hashaki bedada 21 - 57% gacha, urug‘lik bedada 25 - 77% gacha yetadi. Beda qandalasi bedaning yosh poyasi uchlari, barg bandi, ayniqsa, gul va g‘unchalari shirasini so‘rish bilan zarar yetkazadi.Qandala tushgan shona va gullarning ko‘pi to‘kilib ketadi, poyada gulyonbargli gulbandlargina qoladi. Beda qandalasi, asosan, urug‘lik bedaga zarar yetkazadi. Bu zararkunanda shikastlagan o‘simliklar soni 65 - 90% gacha yetadi. Beda qandalasi sebarga, g‘o‘za, lavlagi, mavrak va boshqa ko‘pgina ekinlarga ham zarar yetkazishi mumkin. O‘rta Osiyoning ba’zi rayonlarida (xususan, Farg’onada) beda qandalasi g‘o‘za ko‘saklarining 20% dan ko‘proq qismini shikastlaydi. Bunday ko‘saklardagi paxta tolalari buziladi va bir-biriga yopishgan qo‘ng‘ir massaga aylanadi (ko‘sak bakteriozi). Makkajoʻxori shirasi – tengqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Uzunligi 1,04–2,18 mm, och-yashil, boshi qoʻngʻir rangda. Makkajoʻxorining bargi, poyasi va soʻtasini soʻrib zararlaydi, barg va poyasida mayda qizgʻish dogʻlar hosil boʻladi. Qattiq zararlangan barglari sargʻayib quriydi. Mavsumda 10 tagacha avlod beradi. Bahorda va kuzda juda tez rivojlanishi kuzatlgan.
Oq jo’xori tripsi - Bu zararkunanda ba’zan juda ko’p miqdorda makkajo’xoriga va ayniqsa oq jo’xoriga hujum qiladi, u o’simliklar bargi qinining shirasini so’rib yashaydi. Masalan, ayrim barglar qinidan bu hasharotning yuzlarcha, hatto minglarcha nusxasi topilgan. Trips tushgan o’simlikning o’sishi shubhasiz susayadi, barglari burishib qoladi.
Ushbu bobning “Dukkakli va boshoqli ekinlar zararkunandalarining o’ziga xosligi” bo‘limida dukkaki va boshoqli ekinkarni so’rib zarar yetkazadigan hashoratlar hamda o’simliklarga ko’rsatgan ta’siri bayon etilgan. G‘alladoshlar shirasi- G‘alla ekinlariga shiralarning bir necha turi zarar yetkazadi, ular donning sifatini buzadi, natijada hosildorlik pasayib ketadi. Jumladan, kattag'alla shirasi (Amphorophoraavenae yoki Sitobion avenae) arpaga, bug‘doyga, makkajo‘xoriga, oq jo‘xoriga va tariqqa zarar yetkazadi. Arpa shirasi (Brachycolus noxius) arpaga va qisman bug‘doyga tushadi. Makkajo'xori shirasi (Sipha mauolis) arpa, bug‘doy, makkajo‘xori va oq jo‘xorini zararlaydi. Oddiy ildiz shirasi (Forda trivialis) bug‘doy va arpaga tushadi. Suli, makkajo'xori shirasi (Aphis mayolis) arpa, bug‘doy, tariq, makka- jo‘xori va oq jo'xorida uchraydi. Uning iqtisodiy zarari uncha katta emas. Shiralar o'simliklarning shirasini so'rishi natijasida ular normal o'smaydi, hosil tugishi kechikadi, doni puch bo'lib qoladi, barglari sarg'ayadi, don shiralari chiqargan suyuqlik bilan ifloslanib, namlik yuqori bo'lgan yillari saprofit zamburug'lar rivojlanadi, barglardagi fiziologik jarayonlar buziladi.