Dissertatsiyaning 2-bobi “Janubiy Farg’ona sharoitida qishloq xo’jalik ekinlarining so’ruvchi zararkunandalari tur tarkibi va ularni bioekologik xususiyatlari”ga bag’ishlangan bo’lib, Janubiy Farg’ona hududigi agrotsenozlarda yetishtrilayotgan g’o’za, poliz ekinlari, dukkakli-donli ekinlar hamda yem-xashak ekinlarini so’ruvchi zararkunandalarnining tur tarkibi, bio-ekologiyasi aniqlandi. Shuningdek zararkunandalar ta’sirida o’simlikning ayim organlari kuchli zararlanishi, barglari qurishi, mevalarning sifatsizligi yoki yetilmasdan to’kilishi kuzatiladi. Natijada hosildorligi pastlab ketishi aholi turmush tariziga ta’sirini ko’rsatishini, o’rni misolida ko’rish ham mumkin. 2-bobning birinchi bo’limi “G’o’zaning so’ruvchi zararkunandalari tur tarkibi va bio-ekologik xususiyatlari”ga bag’ishlangan bo’lib unda g’o’zani so’ruvchi zararkunandalarining hususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumotlarga ko’ra g’o’zada o’simlik shiralarining 7 turi qayd etilgan: xoldor shira (Thorioaphis trifolii Men), beda shirasi (Aphis crassivarce Koch), poliz yoki g’o’za shirasi (Aphis Gosypii), Plotnikov shirasi (Smyuthurodes betae vestv), katta g’o’za shira (Asyrthosip ham gossypii Mordv) va shaftoli yoki issiqxona shirasi (Muzodes persikak Sner), ulardan beda shirasi, poliz yoki g’o’za shirasi g’o’zaga katta zarar yetkazishi mumkin. Bu shiralar ko’klamda g’o’za gullay boshlaguncha beda shirasi va hatto keyinchalik (poliz yoki g’o’za shirasi va katta g’o’za yashil shirasi) va kuzda kurtaklar ochilayotganda (poliz yoki g’o’za shirasi) ekinga zarar yetkazadi.
G’o’za shiralari ko’klamda ko’chatlarni shirasini so’rib ularni susaytiradi, rivojlanishini kechiktiradi. Ildiz esa g’o’za maysalarini, ular dastlabki barglarini chiqarayotganda nobud qiladi. Katta g’o’za shirasi yosh shonalarning to’kilishiga sabab bo’ladi, g’o’za shiralari hosilni 5 % ayrim uchastkalarda esa 40 % gacha kamaytiradi (Juravleva, 1956).
Barg shiralari ayrim o’simliklarning hosilini 50-75 % gacha kamaytiradi, bu shiralar g’o’za maysasini uchki kurtagini zararlasa tuproq hasharotlari esa ildiz bo’g’zini shikastlab butunlay quritadi.
Katta G’o’za yashil shirasi - O‘zbekistonning barcha paxta ekiladigan rayonlarida uchraydi. G‘o‘zadan tashqari mosh, loviya, begona o‘tlar, yantoqqa ko‘proq tushadi.Katta g‘o‘za shirasi nisbatan yirik bo‘lib, 3,5 - 4,0 mm gacha yetadi. Shira naychalari bir milcha uzun, o’lchami 1,7 mm tanasi cho’zinchoq shaklda, yashil ba’zan sarg’ish rangli bo’ladi, qanotlilaridan bir muncha maydaroq. U boshqa shiralarga o‘xshab to‘da hosil qilmaydi.Rivojlanishining hamma fazasida ham tanasi ko‘kish yoki sarg‘ish, ko‘zlari qizil, oyoqlari va shira naychalari juda uzun bo‘ladi.Katta g‘o‘za shirasi g‘o‘zapoyada va yantoqda tuxumlik fazasida qishlaydi. Shuningdek katta g’o’za yashil shirasi yantoq, achchiqmiya, qizilmiya, keksa va boshqa begona o’tlarda hamda g’o’zapoyada tunimlik davrida qishlaydi va shu o’simliklarda ko’proq uchrab zarar yetkazadi. 2019-yili Bag’dod tumani fermer xo’jaliklarida g’o’za ko’chatlari 4 may nazoratlarimizda katta g’o’za yashil shirasi kamdan-kam sonda qayd qilingan bo’lsa, bu davrda uning miqdoriy soni yantoqda bir muncha yuqori edi. 10 maydan boshlab g’o’za nihollari 2-3 tadan chinbarg hosil qilishi davrida har bir g’o’za niholida katta g’o’za shirasining soni 2-3 tadan qayd qilina boshlanadi.Mayning ikkinchi yarmida g‘o‘zada paydo bo‘lib, yil davomida to‘liq rivojlanish davrini kechiradi, yozda partenogenetik usulda, kuzda ikki jinsli bo‘g‘ini tuxum qo‘yib, shu holda qishlab qoladi. Yuqoridagi zararkunandalar ta’sirida g’o’zaning bargi, barg bandi, meva, meva bandi, novdasi, gulkosa barglari zararlanganligi kuzatilgan.