Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


III BOB. MOLIYA BOZORINING FAOLIYAT YO‘NALISHLARINI



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

III BOB. MOLIYA BOZORINING FAOLIYAT YO‘NALISHLARINI 
KENGAYTIRISH ORQALI INVESTITSION MUHITNI 
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI 
3.1. Moliya bozorining iqtisodiyoga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni 
kengaytirishga ta’sirini oshirish yo‘nalishlari 
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotimizga jalb etishni faollashtirishning 
o‘ziga xos ahamiyati shu bilan belgilanadiki, ular chet el investorlari tomonidan 
yuqori darajada daromad olish, salmoqli samaraga erishish maqsadida mutlaqo 
o‘zga davlat iqtisodiyotining tadbirkorlikka va boshqa faoliyatlariga safarbar 
etadigan barcha mulkiy-moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalar 
ichki investitsiyalardan farqli o‘laroq, tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. 
Demak, ular milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sur’atlarini yanada jadallashtirish 
uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. 
O‘zbekiston Adliya vazirligi xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta’minlash borasida izchil izlanishlar olib 
borayotir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 maydagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori muhim omil vazifasini o‘tamoqda. Natijada 
diqqatga molik yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, respublika iqtisodiyotning 
etakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4200 tadan ziyod 
korxona tashkil qilindi va hozir barchasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har 
yili 3 milliard dollardan ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb 
etilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar umumiy 
hajmining 85,5 foizidan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Davlat kafolati 
ostida jalb qilinganlari esa 14,5 foizni tashkil etadi
18
. Bu xorijiy investorlarning 
O‘zbekiston iqtisodiyotiga ishonchi, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi va 
rag‘bati ortayotganidan dalolat beradi. 
18
 
www.stat.uz-
 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari


59 
Hozir bizda xorijiy investorlarni jalb qilishning quyidagi shakllari keng 
qo‘llanilmoqda: 
– 
ulush qo‘shib, qatnashish orqali O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar tashkil 
etish; 
– 
100 foiz mol-mulk xorijiy investorga tegishli bo‘lgan xorijiy korxonalar 
ochish; 
– 
yirik xorijiy kompaniya hamda firmalar korxonalarini va korxonalar 
filiallarini barpo etish; 
– 
kontsessiya va lizing shartnomalar tuzish; 
– 
tenderlar e’lon qilish; 
– 
erkin iqtisodiy hudud (zona)lar tashkil etish; 
– 
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. 
Prezidentning 2017 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 
rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini 
joriy etish to‘g‘risida”gi Qarori yuqoridagi kabi tahlillar natijasida qabul qilindi. 
Qarorga muvofiq, mamlakatda tarmoq va hududiy loyihalarni amalga oshirish 
bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Ikkinchi bosqichda Rivojlanish 
kontseptsiyasi asosida maqsadi va moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lgan 3 yillik, 
ya’ni 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan loyihalar portfeli shakllantirilmoqda. 
Ushbu loyihalar Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va Moliya 
vazirliklari bilan kelishilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligida ekspertizadan o‘tkaziladi. Har bir loyihani amalga 
oshirish bo‘yicha batafsil kalendar rejasi ishlab chiqiladi.Uchinchi bosqichda 
tasdiqlangan 3 yillik loyihalar portfeli asosida Rivojlanish davlat dasturini ishlab 
chiqish va tasdiqlash talab etiladi.Bundan buyon Rivojlanish davlat dasturlariga 
faqat dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lgan 
loyihalar kiritilmoqda
19

19
 
www.mineconomy.uz-
 O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari


60 
Shuningdek Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni 
faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
– investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan o‘tkazish va 
mukammal tayyorlanishiga erishish;
– qo‘shma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi 
tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarni butunlay olib tashlash. 
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi 
ustuvor yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir:
– qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini 
rivojlantirish;
mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib 
chiqarish, qayta ishlash bo‘yicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish;
– transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; 
– iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilm talab va jahon bozorlarida 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish; 
– turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy 
infratuzilmasini yaratishga erishish.
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda eng muhim va asosiy muammolardan 
biri chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni respublika mintaqalari 
bo‘ylab bir tekis joylashtirishdir. Alohida diqqat va e’tiborni jalb qiladigan 
muammo Respublika hudud va tumanlarini rivojlanishidagi notekislikni 
qisqartirish masalasidir. Bu xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni 
mamlakat mintaqalari bo‘ylab joylashtirishga yo‘naltirilgan rag‘batlantiruvchi 
tadbirlarni talab qiladi. 
Respublikamiz xorijiy sarmoyasini tahlil qilar ekanmiz, unda davlat kafolati 
ostida jalb qilinayotgan investitsiya va kreditlar ko‘pchilikni tashkil etishini 
ko‘rishimiz mumkin. Binobarin, Prezidentimiz aytganidek, “Bugungi kunda chet el 
investitsiyalarining asosiy qismi bevosita xukumat kafolati ostida mamlakti-mizga 
kiritilayotgani bizni qoniqtirmaydi”. 


61 
Hozirgi kunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida nafaqat ichki 
investitsiyalar, balki xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali ijobiy natijalarga 
erishi mumkin. Ammo bugungi kunda ushbu sohada quyidagi muammolar mavjud:
– investitsiya infratuzilmasining etarli darajada rivojlanmaganligi – banklar, 
investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish 
va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga 
qo‘yish;
– tadbirkorlarning biznes-ko‘nikmalari, shu jumladan investitsiya loyihalari 
bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi – hududlarda 
konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va 
faoliyatini takomillashtirish;
– investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan 
talablarga javob bermasligi – tashabbuskorlarga investitsiya loyihalarini ishlab 
chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mutasaddi 
idoralar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan 
muvofiqlashtirish va doimiy nazoratga olish; 
– loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolining nochorligi –
investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 
dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-
iqtisodiy ahvolini mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil 
qilinishi.
Shunga ko‘ra quyidagi takliflarni keltirib o‘tamiz:
– Investitsiya infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi. Bu muammoni 
bartaraf etishda banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari 
faoliyatini rag‘batlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning 
ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yish chora tadbirlarini amalga oshirish zarur;
– Tadbirkorlarning biznes-ko‘nikmalari, shu jumladan investitsiya loyihalari 
bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari yetarli emasligi – bu muammo borasida 
hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil 
etish va foliyatini rivojlantirish darkor;


62 
– Investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining sifatli ishlab 
chiqilmaganligi–tashabbuskorlarga investitsiya loyiha-larini ishlab chiqishda 
tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul idoralar 
tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil 
etish va doimiy nazoratga olish;
– Loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoli og‘irligi – 
investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 
dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-
iqtisodiy ahvolini mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil 
qilinishi. 
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan
sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi 
uchta yo‘nalishga alohida e'tibor bilan qaraladi: 
- import o‘rnini bosish strategiyasini rivojlantirish; 
- tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash; 
- ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish. 
Ayniqsa, e'tiborli jihati Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida 
namoyon bo‘ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydala-
nishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlan-
gan mamlakatlardan, xususan AQSH va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda 
ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘ziga 
tatbiq qilishga intilgan. 
Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta 
ishlash sanoatiga yo‘naltirish bo‘lib hisoblanadi. Ushbu mamlakatda investitsiya-
larni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, 
jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori 
malakali xizmatlar kabi sohalarga yo‘naltirilmoqda. Xususiy sektorning o‘zida 
investitsiyalarning yillik o‘rtacha o‘sishi 11-12 foizni tashkil etmoqda. Ularning 
umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog‘i 50 foizdan ortiq bo‘lib, so‘nggi
besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard 


63 
AQSH dollaridan oshib ketgan Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana
bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning 
faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli 
qog‘ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg‘armalarning investitsiya 
faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan 
ajralib turadi. 
Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to‘plangan 
bo‘lib, undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini 
takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan 
mamlakatlarda investitsiya me'yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga 
erishilganligining guvohi bo‘lamiz. 
Hududlardagi investitsion muhitini shakllantirishning hozirgi bosqichi 
iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tib olish bilan izohlanadi. Bunday o‘sish alohida
investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadiki, u taraqqiy 
etgan mamlakatlar tajribasiga, investitsiya resurslari va chet el investitsiyalarini 
jalb qilish sifatida mablag‘lardan foydalanishning mavjud imkoniyatlariga 
tayanishi lozim bo‘ladi. Chet el investitsiyalarini jalb etmay turib, hozirgi
zamon talablariga javob beradigan ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta'minlash 
mumkin emas. 
Hududlar investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini 
yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tug‘diruvchi shart-
sharoitni ta'minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, 
hududlarda qulay investitsion muhit yaratishga aynan shu yo‘l bilan erishish 
mumkin. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin