Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu
2.3. Milliy iqtisodiyot invesitsion muhitiga moliya bozorining ta’sirini hududlardagi xususiyatlari Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik holatini ifodalovchi asosiy
ko‘rsatkich, uning investitsion jozibadorligi hisoblanadi. Iqtisodiyotga
kiritilayotgan investitsiyalar miqdori, uning dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini belgilovchi asosiy omil sifatida investitsiya resurslari
manbalarini shakllantirish va uning barqarorligini hududiy rivojlanishning muhim
tarkibiy qismi sifatida e’tirof etish mumkin.
Investitsiyalar hudud rivojlanishidagi asosiy omil sifatida qaralishini inobatga
olganda, hududlarda investitsion muhitni shakllantirish, investitsion jozibadorlikni
oshirishda samarali marketing strategiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga
ega.
Xorijiy kapitalning asosiy qismi birlamchi tarmoqlarga jalb qilinayotganligi
xorijiy investitsiyalarining o‘sish sur’ati o‘rtacha respublika darajasidan pastligicha
qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika kabi yuqori qo‘shilgan
qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga esa xorijiy investit-
siyalar deyarli kiritilmagan. Hududlarga investitsiyalarni jalb etish ayniqsa, xorijiy
investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalarini ko‘paytirish bo‘yicha
marketing asosnomalari to‘g‘ri belgilanmagan. Investitsiyalarning marketing
asosnomalari yetarli talablarga nomuvofiqligi natijalari, jalb etilgan investitsiya-
larning rejalashtirilayotgan samarani olib kelmagan.
Tanlab olingan indikatorlar tizimi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan
omillarga ko‘ra baholab chiqiladi, bular:
1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning muvozanatlilik bahosi – u
1
.
2.Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
va
diversifikatsiyalash
darajasi
indikatorlari – u
2
.
3. Raqobat muhitini rivojlantirish indeksi – u
3
.
4. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish indikatorlari – u
4
.
5. Hududarning ijtimoiy rivojlanish holati indikatorlari – u
5
.
48
Belgilangan omillar bo‘yicha marketing muhitini baholish bo‘yicha taklif
etilgan (1) formula asosiy hisoblanib olindi.