41
Risk indeksi qo’shimcha riskni olish evaziga qo’shimcha daromad olish
imkonini beruvchi riskpremium ko’rsatkichi bilan e’tirof etiladi va u quyidagicha
ifodalanadi:
O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va shu o‘rinda
halqaro moliya institutlari bilan bevosita aloqada bo‘lish,
investitsiya faoliyatini
moliyaviy ta’minlashda qimmatli qog‘ozlar bozorining rolini oshirish muxim
axamiyatga ega. Qimmatli qog‘ozlar bozori va unga taalluqli infratuzilmalarni
takomillashtirish korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish hamda iqtisodiyotning
real sektorini rivojlantirish bugungi kunda muxim axamiyatga ega.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – har qanday davlat iqtisodiyotida, davlat, aholi,
institutsional investorlarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini safarbar etish tizimini
tashkil etadi, ularni milliy iqtisodiyotning turli sohalariga joriy etish, moliyalash-
tirishni muhim manbalari sifatida foydalanish, pul munosabatlari holatiga ta’sir
ko‘rsatishda hamda aholi va xo‘jalik sub’ektlari daromadlarini
oshirishda muhim
ahamiyatga ega.
Kapitalni investitsiyalash jarayoni, ularni hudud yoki ishlab chiqarishning
tarmoqlariga kapitallar oqimi va muhim iqtisodiy jarayonlarning daromadi oqimi
ko‘rinishida amalga oshiriladi. Natijada talabning oshishi – tovar va xizmatlarga,
ularning narxini oshishiga hamda
ishlab chiqarishning daromad manbalari orqali o‘rganiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori va unga yondashilgan moliyaviy institutlar
tizimida – mulkiy munosabatlar amalga oshiriladi, iqtisodiy o‘sish manbalari
shakllanadi, investitsion resurslar qayta taqsimlanadi. Shuni hisobga olgan holda
qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotga kapitalni
investitsiyalash jarayonini
samarali bo‘lishiga qulay sharoitlar yaratadi.
Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining
instituttsional va funktsional rivojlanish sifati ko‘p tomondan qimmatli qog‘ozlar
bozorining yaratilishi va barqaror shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi. Rivojlanayotgan
davlatdagi qimmatli qog‘ozlar bozorining roli ikki tomonlama ko’rib chiqish
mumkin. Bir tomonidan, gap iqtisodiyotning amal kilishi samardorligini oshirish
42
haqida, ikkinchi tomonidan esa, qimmatli qog‘ozlar bozorida yordamida ijtimoiy
xususiyatiga ega bulgan qator muhim muammolarni hal etish haqida borayapti
9
.
Talab investitsiyani moliyalash uchun o‘z mablag‘lari yetmayotgan korxona,
korporatsiya va davlat tomonidan yaratiladi. Biznes
va davlat odatda qimmatli
qog‘ozlar bozori sof qarz oluvchi sifatida gavdalanadi, sof kreditor sifatida esa
ba’zi sabablarga ko‘ra, daromad joriy iste’mol va moddiy aktivlarga investitsiya
harajat hajmidan oshgan aholi, hususiy sektor keladi. Qimmatli qog‘ozlar
bozorining vazifasi jamg‘arma va investitsiyalarni iloji boricha, to‘la va tezkor
ta’minlanishidan iborat.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi
hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojla-
nishida muhim o‘rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish
jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan
sanaladi. Ya’ni, uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi
muammolar samarali yechim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan
bog‘liq bo‘ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizat-
siyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish,
inflyatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Ushbu muammo-
larni hal etish
QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi,
investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy
bog‘liq bo‘lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim
hisoblanadi.
Quyidagi rasmda QQB ishtirokchilarini alohida guruhlarga bo‘lib tavsiflan-
gan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan uzviy bog‘liqlikda faoliyat
ko‘rsatadi va QQBning yaxlit infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar
kiradi: muvofiqlashtiruvchi
va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional
ishtirokchilar hamda investorlar.
Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning barcha
mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o‘z milliy QQB rolini oshirish,
9
I.Butikov. Qimmatli qog‘ozlar bozori. Darslik. - T.: «Konsauditinform», 2001. 66 b.
43
bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani
pasaytirish, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida
investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash
hisoblanadi
10
. Ushbu muammoni hal
etishning muhim shart-sharoitlari QQBdagi investitsiyalar, jamg‘armalar, iqtisodiy
o‘sish, inflyatsiya, davlat institutlari faoliyati va monetizatsiya o‘rtasida
chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: